Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


XX – XXI asr Gʻarb falsafasining oqimlari. XX



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

XX

XXI asr Gʻarb falsafasining oqimlari. XX

XXI asr Gʻarb 
faylasuflari ijodida fan falsafasining rivoji. 
XX asrning yangicha ilmiy tarixiy yondashuvlari asosida
materializmning ―ilmiy materializm‖, ―antropologik materializm‖ kabi 
doktrinalari va spekulyativ idealizmning: ―neorealizm‖, ―neotomizm‖ kabi
yoʻnalishlari saqlanib qoldi. Fyniiqsa,falsafa sohasida ushbu yoʻnalishlarning 
oʻzaro birlashish jarayoni kuzatilmasada, ularning oʻzaro diologi, sintezi
tendensiyasi yuz berdi. XX asrda falsafa ssientizm va antissientizm kabi 
oʻzaro qarama-qarshi yoʻnalishlarning faoliyatida aks etdi. Ssientizm XIX 
asrda vujudga kelgan pozitivizmning mantiqiy davomi boʻlib, uning gʻoyalari 
tabiiy fanlarning taraqqiyotiga qaratilgan. Unga koʻra ilmiylikning 
namunasi, zamonaviy fizika bilan belgilanadi. Biroq, zamonaviy fizika 


137 
doirasida yuzaga kelgan ―Nisbiylik‖ va ―kvantlar‖ nazariyalari fizik 
obyektlarning ziddiyatli tabiatga ega ekanligini izohlovchi, yangicha 
ratsionalizmni vujudga kelishiga imkon berdi. Bu ma‘noda ssientizm va 
antissientizmning ilmiylik haqidagi xulosalari nisbiy ahamiyatga ega, 
shuningdek, ratsionalizm va empirizm, ratsionalizm va irratsionalizm kabi 
yoʻnalishlarni oʻzaro qattiy chegaralash oʻzini oqlamadi. Irratsionalizm
gumanitar fanlarning oʻziga xosligiga urgʻu beradi hamda, jamiyat, inson, 
uning madaniyati tuganmas obyekt ekanligini ta‘kidlaydi.
XX asr falsafasi oʻzining koʻp predmetli ekanligi bilan ham ajralib 
turadi. Undagi maktab va yoʻnalishlarning turfa xilligi zamonaviy fan va 
madaniyatning 
koʻp 
qatlamliligini 
koʻrsatadi. 
XX 
asr 
falsafiy
yoʻnalishlarining tasnifiy muammosi batafsil, chuqur tahlil etilmagan, biroq 
shunga qaramay, tatqiqotchilar quyidagi uchta guruhiy tasnifni keltirishadi: 
1) tahliliy pozitivistik yoʻnalish; (mantiqiy pozitivizm, postpozitivizm), 2) 
ekzistensial fenomenologik yoʻnalish; 3) diniy falsafiy yoʻnalish; 
(neotomizm, neoprotestantizm, islom va budaviylik falsafasi).
Yuqoridagi tasnifdan ayrim yoʻnalishlarga Qisqacha toʻxtalib oʻtamiz:
Tahliliy pozitivizm – tahliliy pozitivizmning asosiy maqsadi, fanning 
tili va tamoyillarini ishlab chiqishga qaratilgan. U ilmiy nazariyalarning 
mantiqiy strukturasi va fanning ahamiyatini tadqiq qiladi. Neopozitivistlar 
ilmiy mulohazalarning ahamiyatini koʻrsatish, aniqlash maqsadida 
verifikatsiya prinsipini taklif qilishdi, keyinchalik mantiqiy pozitivistlar 
ushbu prinsipni ―tasdiqlash‖ yoki ―sinab koʻrish‖ tamoyili sifatida qabul
qilishdi. Unga koʻra biror bir mulohaza yoki faraz, tajribada sinab 
koʻrilgandagina haqiqat sanaladi. Lekin mantiqiy pozitivistlar tajribani 
oʻziga xos tor doirada talqin qilganlar. Bu ma‘noda mantiq va matematika 
olimlar oʻrtasidagi oʻzaro konvensiya, ya‘ni, kelishuv va hamjihatlikka 
asoslanadi. Keyinchalik ushbu gʻoyaga tayangan yangicha pozitivizm 
vakillari, bilimlarni unifikatsiya qilish tamoyilini ilgari surdilar va bu tamoyil 
bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Ekzistensializm – pessimistik falsafa sifatida vujudga keldi. Ushbu 
yoʻnalish zamonaviy sivilizatsiya sharoitida, keskin qarama-qarsxiliklar 
ichida inson mavjudligi muammosiga e‘tibor qaratadi. Ekzistensializm 
yoʻnalishi vakillari: Karl Yaspers, Martin Xaydegger, Jan Pol Sartr, Alber 
Kamyu, 
Gabriel 
Marsel 
va 
boshqalar. 
Ekzistensializm 
XX 
asr 
dramatizmining falsafiy ifodasi, borliq va yoʻqlik, oʻlim va hayot oʻrtasidagi 
insonning 
qarashlari 
sifatida 
maydonga 
keldi. 
Uning 
markaziy 
muammolaridan biri bu insoning jamiyatdan begonalashuvi. Begonalashuv – 
koʻp yoqlama tushuncha boʻlib, u individning oʻzi ustidan hukmronlik 
qilayotgan bosimga qarshi faoliyat, davlat, turli mehnat tashkilotlari, ijtimoiy 
insitutlar, oʻzi kabi boshqa individlarga nisbatan isyon sifatida namoyon 
boʻladi. Ekzistensializm individning tashqi dunyodan begonalashuv 


138 
holatini: qoʻrquv, befarqlilik, apatiya, yolgʻizlik kabi kechilmalarni chuqur 
tahlil qiladi. Xaydeggerga koʻra, qoʻrquv, bezovtalik, xavotir inson va 
olamning subyektiv borligʻini tashkil etadi. Bu subyektiv borliq birlamchi 
boʻlib, inson hatti-harakatini belgilaydi. Xaydegger ―olamdagi borliq‖, 
―boshqalar borligʻi‖ kabi tushunchalar tizimini keltiradi. Inson qachonki, 
jamiyat tomonidan oʻrnatilgan ustanovkalardan voz kechgandagina ya‘ni, 
oʻzini mangu emasligini anglagandagina borliq, mavjudlik tushunchasini his 
qiladi. Yaspersga koʻra bu jarayon insonning oʻz individualligini izlashi 
bilan bogʻliq. Inson individualligi nafaqat fan, balki falsafaning ham obyekti 
boʻla olmaydi. Chunki, inson xatti-harakati mohiyatan ―oliy iroda‖ xudo 
tomonidan harakatlantiriladi. Inson ushbu individuallikni chegaradosh 
vaziyat, ya‘ni oʻlim bilan yuzma-yuz kelgandagina his etadi. Fransuz 
yozuvchisi Alber Kamyu esa, hayot yashashga arziydimi yoʻqmi degan savol 
qoʻyadi. Keyinchalik u inson hayoti bema‘ni degan xulosaga keladi. Kamyu, 
Sartr, Marsel chegaradosh vaziyatlarni butun insoniyatga xos deb 
baholashadi. Bu ma‘noda ekzistensionalizm vakilari glabal olamdagi 
keskinliklarni, individ va jamiyat orasidagi tarangliklarni yumshatish yoʻli 
bilangina insonga yordam berish mumkin, degan xulosani ilgari suradilar.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish