140
narsagina borliqqa ega boʻlishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini
beradi.
«Yoʻqlik» har qanday tilda amalda mavjud boʻlmagan
narsa bilan
tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha
aytganda, yoʻqlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya‘ni
amalda mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan narsalar) oʻzligini yoʻqotgan holda
«yoʻqlik» ata‘masi ayni shu ma‘noda ishlatiladi va ular haqida ular
«yoʻqlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy ma‘noda bu
fikrni toʻgʻri deb boʻlmaydi. Borliq va yoʻqlik oʻrtasida dialektik oʻzaro
aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga koʻra, biz
yashayotgan Olam boʻshliqdan bino boʻlgan. Boʻshliq materiya‘ning alohida
holati. Boʻshliq fizik borliqning eng boy tipi, oʻziga xos potensial borliq
sifatida namoyon boʻladi, zero unda mumkin boʻlgan
barcha zarralar va
holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yoʻq
1
.
Yana shuni ham e‘tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va
boshqalar) nuqtayi nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona
emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli
Olamlarning Cheksiz sonidan tashkil topadi. Shu ma‘noda borliq va
yoʻqlikning oʻzaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi. (bu fikr qadimgi
mifologiyada olamning xilma-xilligi gʻoyasi bilan uygʻun).
Ikkinchidan, amalda mavjud boʻlgan narsaning obyektiv borligʻi
yoʻqlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay
u haqda gapirilayotgan, ya‘ni u
muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan boʻlsa, bu narsa ongda mavjud boʻladi
va oʻzining «ikkinchi» borligʻini saqlaydi, ayni holda u dastlabki obyektning
nusxasi, ideal obrazi boʻlib qoladi.
Shunday qilib,
oʻtgan zamondagi borliq yoʻqlikdir
, deb aytish mumkin.
Borliq doim hozirgi zamonda mavjud boʻladi, u faqat hozirgi zamonda oʻzini
namoyon etadi,
basharti u dolzarb va amalda namoyon boʻlish imkoniyatiga
ega boʻlsa, agar u potensial, ya‘ni axborot manba‘larida mavjud yoki uning
paydo boʻlishi obyektiv rivojlanish mantigʻi bilan belgilangan boʻlsa.
Amalda yoʻq boʻlgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin.
Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-
shamoyilini berish mumkin. Oʻtmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu
ma‘noda soʻz yuritishimiz mumkin.
Aynii shu ma‘noda
biz gʻoyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar
yoki oʻzimizga yaqin odamlar toʻgʻrisida soʻz yurita‘miz, bunda ular
yoʻqlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi oʻzgacha
borliq kasb etganini nazarda tuta‘miz.
1
Қаранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, гносеология,
логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – С.93.
141
Shunday qilib,
borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-
barangligi va turli-tuman namoyon boʻlish shakllari bilan yaxlit aks ettirish
imkonini beradi.
Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar oʻz xususiyatlari,
xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi
boʻlmish insonni bilish yoʻlidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va
mohiyati,
uning rang-barangligi, turli darajalari, koʻrsatkichlari, ramz-
a‘lomatlari, shakllari va hoka‘zolar haqidagi mulohazalarning asosiy
koordinatalar tizimsi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substansiya,
materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar
muomalaga kiritiladi.
Inson oʻzi va umuman dunyo haqida oʻylar ekan, odatda muayyan
narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish koʻradi. aynii vaqtda u oʻzini
qurshagan dunyoni sinchiklab oʻrganish va uning butun rang-barangligini
tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi boʻlib
xizmat qiladigan
qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan
biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon
faylasuflarida tabiat elementlari, oʻrta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda:
«Men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan ongli inson amal qilganini
koʻramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida toʻxtab qolmagan va
oʻzini qurshagan borliqning koʻp sonli turli-tuman
holatlari orasida qolgan
barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning
ayni shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq
qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning koʻp
sonli turli-tuman shakllaridan ularning,ayniqsa,aniq boʻlgan bir nechtasini
farqlash imkonini beradigan tajriba va bilim toʻpladi.
Do'stlaringiz bilan baham: