Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Jyulen Ofre de Lametri 
(1709–1751) moddiy dunyo «oʻz xolicha 
mavjud» ekanligiga, uning boshi ham, oxiri ham yoʻqligiga ishongan. 
Lametri ta‘limoti Epikurning atomistik gʻoyalari, Spinozaning monistik 
ta‘limoti va J.Lokk sensualizmi ta‘sirida vujudga kelgan. Lametri jonni aql 
faoliyati funksiyasi va koʻrinishi deb hisoblagan va Dekartning umrboqiy 
nomoddiy jon haqidagi gʻoyasi asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan.
Deni Didro
borliq muammolarini oʻrganish sohasiga dialektikani tatbiq 
etadi. Uning fikricha, butun materiya his qiladi (bu gilozoizm nuqtayi nazari). 
Ammo u «inert hissiylik» va «faol hissiylik»ni farq qiladi. «Faol hissiylik» 
muayyan tarzda uyushgan materiyadagina namoyon boʻladi.
Nemis klassik falsafasi
«substansiya» (dunyoni tushunish zamirida 
yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq 
«Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), «obyektiv rivojlanuvchi gʻoya» 
(Gegel) kabi falsafiy kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga 
yanada teranroq mazmun baxsh etdi. 
Jumladan Gegelning «Ruh fenomenologiyasi» asari falsafiy tizimga 
oʻziga xos debochadir. Bu asarda Gegel inson ongi turli darajalari 
rivojlanishining izchil qatorini tahlil qiladi. 
Gegel tizimining birinchi va muhim qismi – «Mantiq» «Ruh 
fenomenologiyasi»ning yakuni va xulosasidir. Bu subyekt va obyektga qadar 
mavjud boʻlgan «sof fikr» sohasidir. Mantiqda uning oʻzi va mantiq 
shakllaridan tashqari hech qanday empirik mazmun mavjud emas. Mantiq 
tarix va tabiatdan oldin paydo boʻlgan. Mantiq ularni yaratgan.
Mantiq uch qismga: borliq, mohiyat va tushuncha haqidagi ta‘limotga 
boʻlinadi. Borliq va mohiyat tushuncha oʻzini toʻliq namoyon etgunga qadar 
«koʻtariladigan» pillapoyalar sifatida qaraladi. «Mantiq»da mutlaq 


149 
gʻoya‘ning rivojlanishi mavhum mantiqiy kategoriyalar koʻrinishida yuz 
beradi. Uning tayanch nuqtasi – borliq haqidagi sof mavhum fikr. Dastlab 
mazmunsiz boʻlgan bu «sof borliq» tushunchasi «nimadir» orqali oʻz 
mazmunini kasb etishga harakat qiladi. Bu «nimadir», oʻz navbatida
«muayyan borliq»dir. Gegel fikriga koʻra, mutlaq gʻoya‘ning vujudga kelish 
jarayoni ayni shu tariqa boshlanadi. «Muayyan borliq» keyingi bosqichda 
«qandaydir muayyan borliq» sifatida amal qiladi yoki sifat kasb etadi. Sifat 
kategoriyasi miqdor kategoriyasi bilan birga rivojlanadi. Sifatli miqdor yoki 
miqdoriy sifat esa oʻlchov hisoblanadi. Borliq haqidagi ta‘limotda Gegel 
dialektika qonunlaridan biri: miqdordan sifatga va sifatdan miqdorga oʻtish, 
rivojlanish jarayonlari sakrash tarzida yuz berishini asoslashga harakat qiladi.
Hodisa sifatida tushuniladigan borliqdan Gegel yanada teranroq, ichki 
qonuniyatlarga – mohiyatga oʻtadi. Bu qismda Gegel qarama-qarsxiliklarning 
bir-biriga oʻtishi, ularning birligi, ayniyat va kurash toʻgʻrisidagi qonunni 
tahlil qiladi. Gegel fikriga koʻra, ziddiyat – bu qarama-qarsxiliklarning oʻzaro 
nisbatidir. Ular bir-birisiz mavjud boʻlmaydi, lekin turli yoʻldan rivojlanadi 
va bu ular oʻrtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab boʻladi. 
Ziddiyatni echish yoki unga chek qoʻyish talab etiladi. Gegel ziddiyatni asos 
va oqibatning, shakl va mazmunning, hodisa va mohiyatning, imkoniyat va 
voqelikning, tasodif va zaruriyatning oʻzaro nisbatida koʻradi. Ziddiyat 
haqidagi ta‘limotni rivojlantirar ekan, Gegel ichdan zarur boʻlgan, har qanday 
oʻzgarish va rivojlanishning manbai sanalgan «oʻz-oʻzidan harakat» haqida 
xulosa chiqaradi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish