Binolarning ekspluatatsiyaga yaroqlilik omillari 2 guruhda oʼz ifodasini



Download 13,08 Kb.
Sana05.01.2021
Hajmi13,08 Kb.
#54883

2. Binolarni vazifasiga koʼra foydalanish, texnologik ekspluatatsiya deb

qabul qilingan. Binoni yaroqli holda saqlash bilan bogʼliq jaraѐnlar esa

texnik ekspluatatsiya deb ataladi. Har bir bino vazifasiga koʼra meʼmoriy jihatdan koʼrimli, chiroyli va umrboqiy boʼlishi lozim. Unda issiqlik va tovush izolyatsiyasi, hamda germetiklik taʼminlanishi, sanitar-texnik qurilmalar mavjud boʼlishi kerak.

Binolarning ekspluatatsiyaga yaroqlilik omillari 2 guruhda oʼz ifodasini

topishi mumkin:

Birinchi guruhga fizik-kimѐviy omillar taʼsiri ostida konstruktiv ishonchlilik va jismoniy chidamlilikni tavsiflovchi parametrlar, ayniqsa, mustahkamlilik, barqarorlik, konstruktsiyalarning namlanishga va muzlashga chidamliligi, yoʼl qoʼyiluvchi deformatsiyalar, tom qoplamalarning germetikligi, gidroizolyatsiya va boshqalar kiradi.

Ikkinchi guruh vazifasiga funktsional muvofiqlikni tavsiflovchi parametrlar – maʼnaviy umrboqiylik, faoliyat-yashash sharoitlari (omborxonalardan tashqari), xususan: nisbiy maydon va kubaturalari, xonalarning harorat-namlik rejimi, toʼsiqlarning germetikligi, tovush izolyatsiya, namligi va boshqalar kiradi. Binolarni qurishda loyihada koʼrsatilgan parametrlarning qiymatini taʼminlashi, loyiha va QMQ talablarini aniq bajarilishi, qurilishmontaj ishlarini yuqori sifatli boʼlishi orqali taʼminlanadi. Har qanday bino berilgan xizmat muddati mobaynida loyihada koʼzda tutilgan va qurishda unga berilgan sifat darajasi saqlanishini hisobga olgan holda

quriladi. Masalan, devor yetarli mustahkamlik va tovush izolyatsiya hossalari bilan bir qatorda oʼzining butun xizmat muddati mobaynida 1 soatda 1 kv.m yuzasidan hisobiy miqdor kaloriyadan koʼp boʼlmagan issiqlik oʼtkazishi kerak, isitish tizimi esa oʼz navbatida xonaga maʼlum miqdordagi



issiqlikni yetkazib berishi lozim va shu kabilar.

Binoning maʼlum chegaralarida unga qoʼyilgan parametrlarni saqlash xossasi binoning ishonchliligi deb ataladi. U meʼѐriy vaqt mobaynida berilgan ekspluatatsiyaviy sharoitlarda talab qilinuvchi parametrlarni saqlashi ehtimoli bilan baholanadi. Ishonchlilik loyihalashtirish jaraѐnida mustahkamlik, barqarorlik, germetiklik va shu kabilarni hisoblash vaqtida qoʼyiladi. Bunda ashѐlarning xossalarini konstruktsiyalarning ishlash sharoiti bilan bogʼlovchi koeffitsientlar konstruktsiyaning yaroqli holda tutib qabul qilinadi. Binolarning ishonchliligi uni qurishda yuqori sifatli ashѐlardan foydalanish, ish texnologiyasiga qatʼiy rioya qilish, loyiha talablariga toʼla muvofiqlik orqali taʼminlanadi. Ekspluatatsiya jaraѐnida binolarning ishonchliligi pasayishi mumkin, zero tabiiy taʼsirlar ostida, asosan tashqi tarafdan atmosfera omillari va ichki tarafdan turli tajovuzkor texnologik chiqindilar taʼsirida konstruktsiya eskiradi va sekin-asta yemiriladi. Ekspluatatsiya xizmatining vazifasi berilgan xizmat muddati mobaynida binolardagi koʼzda tutilgan parametrlarni saqlanishini taʼminlovchi chora tadbirlar ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirilishdan iborat.
Download 13,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish