Ellinizm davri.
Ellin davri (miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 1-asr)
yunon madaniyati
mintaqalarining
kengayishi,
uning
Aleksandr
Makedonskiy
va
uning
vorislari
davlati
tarkibiga
kirgan
xalqlar madaniyati bilan oʻzaro qoʻsxilishi bilan belgilanadi. Ellinizm
Qadimgi Yunon madaniyatining soʻnggi davri boʻlib bu davrda
madaniyatning ba‘zi sohalarida, jumladan, falsafada erisxilgan yutuqlar
darajasidan pasa‘yish holatlari yuz beradi. Bu davrda yunon madaniyatining
boshqa mamlakatlarga, jumladan, Markaziy Osiyoga ta‘siri kuchayadi. Hatto
bu jarayon Yunonistonning Rimga qaram boʻlganidan keyin ham davom
etadi. Rim Yunonistonni siyosiy jihatdan tobe etadi. Fan sohasida bu davrda
etakchi oʻrinni matematika egallaydi. Uning asoschilari Evklid va Arximed
kabi olimlarning ijodi tufayli matematikadan mexanika, optika, qurilish
sohalarida foydalaniladigan boʻlindi. Astronomiya, meditsina va geografiya
sohalarida muhim yutuqlar qoʻlga kiritildi.
Eramizdan oldingi IV asrdayoq mavjud boʻlgan va polis mafkurasining
inqirozi tufayli vujudga kelgan kiniklar va skeptiklar oqimining ta‘siri oshib
boradi. Biroq ellinistik dunyoda eng mashhur boʻlgan voqea eramizdan
oldingi IV va III asrlar boʻsagʻasida paydo boʻlgan stoiklar ta‘limoti edi.
Eramizdan oldingi 302-yilda Afinada Qibrisning Kition shahridan boʻlgan
Zenon (er.ol 336–264yy.) tomonidan asos solingan ravoqiylar maktabiga Sol
shahridan boʻlgan Xrasipp (er.ol. III asr), Rodoslik Panetiy (mil. avv. II asr)
va boshqa faylasuflar mansub edilar. Stoiklar falsafasidagi asosiy gʻoya
insonning muammolariga alohida diqqat-e‘tibor, toʻxtovsiz harbiy va ijtimoiy
nizolar, alohida shaxsning jamiyat bilan aloqalari sustlashgan sharoitda
axloqiy-falsafiy tayanch topish edi. Agar ushbu sharoitlar tugʻdirgan ta‘sir
natijasida adabiyot va san‘atda fuqaroning ijtimoiy borligʻining
qoʻnimsizligini aks ettirish, har narsaga qodir taqdir ramzida berilgan boʻlsa,
stoiklar tomonidan bu holat barcha mavjudotlarni oqilona boshqaradigan oliy
kuch (logos, tabiat, xudo) ga insonning qaramligi sifatida tasvirlandi. Inson
endi polis fuqarosi emas, balki koinot fuqarosi edi. U baxt-saodatga erishish
uchun oliy kuch tomonidan belgilab berilgan hodisalar qonuniyligini bilib
olmogʻi lozim edi. U tabiat bilan muvofiqlikda yashash uchun xayrli faoliyat
bilan yashamogʻi lozim edi. Stoiklarning axloqiy tushunchalari orasida tabiat
va jamiyat qonunlariga muvofiq keladigan, aqliy faoliyat orqali kelib chiqqan
«kerakli narsa»toʻgʻrisidagi tasavvurni qayd etib oʻtish lozim. Stoiklarning
eklektizmi, asosiy qoidalarining koʻp ma‘noliligi ellinistik dunyoning turli
tabaqalari (shu jumladan hukmron tabaqalar doirasida ham), keyinchalik esa,
Rim jamiyatida ham ularning mashhur boʻlib ketishlarini ta‘minladi. Rim
stoiklarining yirik vakillari Seneka, Epiktet va Mark Avreliy edilar. Ularning
barchalari dunyoviy aql va dunyoviy ruh bilan bogʻlangan tabiat va
jamiyatning yagonaligi haqidagi stoiklik qoidalaridan kelib chiqdilar. Har bir
odamdagi aqllar-logoslar va ruhlar dunyoviy aql va dunyoviy ruhning
114
emanatsiyasi (oʻzidan nur chiqarishi) ekanligini ta‘kidladilar. Ular fikricha,
kishilar dono va fazilatli odamlar biladigan yagona hukmronlik qiluvchi
koinot qonunlari zarurligini idrok etgan holda, ularga koʻngilli ravishda
boʻysunishlari lozim. Ular yana shu toʻgʻrida mushohada yuritdilarki, har
kim butun narsa qarshisida oʻz burchini bajarib, taqdir tomonidan unga
belgilab berilgan joyda biror-bir narsani oʻzgartirishga intilmasdan, nolishsiz
qolish majburiyatini olishi kerak. Seneka uchun «yaxshi» imperator qanday
boʻlishi kerak degan savol katta ahamiyatga ega edi, negaki, imperatorning
boʻlishi zaruriyat hisoblanar edi. Imperator me‘yorsiz maqtovni talab
qilmasligi, fuqarolardan ularning mulkini tortib olmasligi, senat va «yaxshi»
odamlar bilan hisoblashishi, oʻz bilganicha ish tutmasligi, fuqarolarning
umumiy foydasi uchun mehnat qilmogʻi zarur ediki, buning evaziga ular
unga sadoqat koʻrsatib, uni sharaflashlari lozim edi. Sobiq qul boʻlgan
Epiktet asosiy e‘tiborni hukmdorning sifatiga emas, balki unga tobelarning
hatti-harakatiga qaratdi. Ozodlikka yoʻl moddiy ne‘matlardan, xohish-
istaklardan yuz oʻgirishda yotadi, negaki, inson nimani xohlasa, uni berishi
va olib qoʻyishi mumkin boʻlgan odamning quliga aylanadi. Tashqi
tomondan mulk, badan, hayot-xojaga yoki tiranga boʻysunadi va shuning
uchun ularning bu tashqi huquqlaridan foydalanishlariga bahslashib oʻtirish
lozim emas. Ammo insonning haqiqiy mohiyati, uning aqli va ruhi hech
kimga boʻysunmaydi, uning fikriy muhokamasini hech kim boshqara
olmaydi va hech kim unga xayrli va ezgu ishlar qilishga xalaqit bera olmaydi,
demak, baxtli va ozod boʻlishiga toʻsqinlik qila olmaydi. Epiktet uchun
erdagi barcha hukmdorlardan yuqori turgan oliy xudo Zevs haqidagi tasavvur
katta oʻrin tutadi. Uning oʻgʻli sifatida oʻzini his qilgan inson, oʻzining
qandaydir tashqi farovonligi qondirilmaganligidan doimo azobda boʻlgan
senator yoki hatto podshoning oʻzidan koʻra ozodroq boʻladi. Rimning oxirgi
stoik imperatori Mark Avreliy edi. Uning nuqtayi nazariga koʻra, dunyoda
biror – bir narsani oʻzgartirib yoki toʻgʻrilab boʻlmaydi. Uning
ta‘kidlashicha, barcha kishilar har doim laganbardor, yolgʻonchi va oʻz
manfaatini koʻzlovchi boʻlganlar, hozir ham shunday va bundan keyin ham
shunday boʻlib qoladilar. Bu tartibsizlik orasida nima qoladi? Faqat oʻz
zakovatiga xizmat qilish, oʻzini kamolotga etkazish va ezgulik. Ammo
bunday oʻzini qoʻyarga joy topolmaydigan, hayotda hech qanday maqsadi
boʻlmagan ezgulik insoniyatga xizmat qilish borasidagi oʻz ma‘nosini
yoʻqotar edi. Negaki, insoniyat oʻzgarmas va illatlardan xoli boʻlmaganligi
uchun, uni hech qachon ilhomlantirib boʻlmas edi.
Stoiklar uchun falsafa donolikka erishish, yashash san‘atini oʻrganish
vositasi sanalgan. Unga koʻra, tabiatga muvofiq yashash dononing ideali
sanaladi. Stoiklar azoblardan xalos boʻlib, ruhiy sokinlik va muvozanatga
erishishni baxt deb bilganlar.
115
Muxtasar qilib aytganda antik falsafa mil. avv. VII asr oxirlariga kelib
qadimgi Yunonistonda shakllana boshladi. Falsafaning vazifasi insonga qiyin
vaziyatlarda ham oʻzligini yoʻqotmaslik va qadr-qimmatini saqlay olishni
oʻrgatiishdan iborat boʻldi. Mil. Avv. II asrdan milodiy VI asrlargacha boʻlga
vaqt oraligʻida Rimda rivoj topgan falsafiy ta‘limotlar yigʻindisi, keyinchalik
mazkur an‘anada vujudga kelgan ilmiy-falsafiy gʻoya va tasavvurlar Gʻarb
sivilizatsiyasi rivoji uchun asos boʻlib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |