Dinamika nisbiy miqdorlari bazisli va zanjirsimon nisbiy miqdorlarga
bо‘linadi.
1.
0
100
Д
Д
Д
i
б
НМ
2.
1
100
i
i
з
НМ
Д
Д
Д
bu yerda
б
НМ
Д
- bazisli usulda hisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari.
i
Д
- davr darajasi.
1
i
Д
- har bir keyingi davrdan oldingi davr darajasi.
0
Д
- bazis davr darajasi.
Bazisli yoki zanjirsimon nisbiy miqdorlarni qо‘llash tahlil oldiga
qо‘yilgan maqsadga bog‘liq.
Tuzilma nisbiy miqdorlari deyilganda tо‘plamdagi ayrim guruhlarning shu
tо‘plamning umumiy yig‘indisiga bо‘lgan nisbati tushuniladi.
Umumiy
kо‘rinishda bu kо‘rsatkich quyidagicha hisoblanadi.
%
100
n
n
Т
НМ
bu yerda:
НМ
Т
- tuzilma nisbiy miqdorlari.
n
- tо‘plamdagi ayrim guruhlar.
n
- tо‘plam yig‘indisi.
Tuzilma nisbiy miqdorlari, odatda, tо‘plam о‘z mohiyati jihatdan bir-
biridan tubdan farq qiluvchi guruhlarga, bо‘laklarga ajratilgan hollarda keng
qо‘llaniladi.
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari deyilgan tо‘plamdagi
guruhlarning bir-
biriga bо‘lgan nisbati tushuniladi.
Intensiv nisbiy miqdorlar hodisa va jarayonlarning tarqalish zichligini,
uchrashish tezligini tavsiflaydi. Bunday miqdorlar bir-biri bilan turli xildagi
hodisalarni taqqoslash natijasida olinadi. Intensiv nisbiy miqdorlarning boshqa
turdagi nisbiy miqdorlardan farqi shundaki, bu miqdorlarning natijalari mavhum
kо‘rinishda, ya’ni koeffitsiyent, foizda emas, balki aniq son,
hajm va miqdorlada
ifodalanadi.
Obyektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari turli obyekt va
mintaqaga mansub bо‘lgan har bir kо‘rsatkichning nisbatini tavsiflaydi. Ular
koeffitsiyentda yoki foizda hisoblanadi va bir mintaqa (obyekt)ning tegishli
kо‘rsatkichi ikkinchisiga necha marta kо‘p yoki ozligini kо‘rsatadi.
Taqqoslama nisbiy miqdorlarni hisoblashda oldin avvalo taqqoslandigan
miqdorlarni taqqoslama holga keltirish kerak. Buning uchun quyidagilarni
hisobga olish kerak:
1.
Taqqoslanadigan hodisalar bir-biri bilan bog‘langan bо‘lishi, aniqrog‘i
ularni
umumlashtiruvchi asos bо‘lishi kerak.
2.
Taqqoslanadigan miqdor mohiyati jihatdan mazmunan bir xil bо‘lishi kerak.
3.
Taqqoslanadigan miqdorlar bir xil usulda hisoblangan bо‘lishi kerak.
4.
Taqqoslanadigan miqdorlar bir xil о‘lchov birligida, pulda hisoblanganda esa
о‘zgarmas baholarda ifodalanishi lozim.
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni qо‘llashdagi eng muhim jihat – ularni
kompleks qо‘llash zarurdir.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Statistik ko’rsatkichlar deganda nimani tushunasiz va ular qanday turlarga bo’linadi?
2. Respublikadagi talabalar soni, umumiy aholi sonida ayollar hissasi, avtomobillar soni,
umumiy ishlab chiqarilgan bug’doy miqdori, bir sigirdan sog’ib olingan sut,
qazib olingan
oltin hajmi, bir gektardan olingan hosil miqdori qaysi miqdorlarga misol bo’la oladi?
3. Mutlaq miqdorlarni qanday usullarda aniqlash mumkin?
4. Mutlaq miqdorlar nega bir necha o’lchov birliklarida ifodalanadi?
5. Samarqand va Qarshi konserva zavodlari bir oyda 500 ming bankadan tomat pastasi
ishlab chiqargan. Shartli banka hajmi 353,4 sm3. Samarqand konserva zavodida ishlab
chiqarilgan banka hajmi 600 grammni, Qarshi - 258 grammni tashkil etgan. Shartli bankalar
sonini aniqlab, zavodlarni oylik ishiga baho bering.
6. Mutlaq miqdorlarning kamchiligi nimada?
7. Nisbiy miqdorlar qanday shakllarda ifodalanadi?
6-MAVZU. О‘RTACHA MIQDORLAR
Reja:
6.1.О‘rtacha miqdorlar mohiyati va ahamiyati.
6.2. О‘rtacha arifmetik miqdorlar va ularni qо‘llash shart-sharoitlari.
6.3. Oraliqli variatsion qatorlarda о‘rtacha arifmetikni hisoblash tartibi.
6.4. О‘rtacha arifmetik xossalari.
6.5 .О‘rtacha arifmetikni «shartli moment» va “yig‘indi” usullari yordamida
hisoblash.
6.6 .О‘rtacha garmonik miqdorlar va ularning qо‘llash shart-sharoitlari.
6.7. Moda va mediana, ularni taqsimot qatorlarida hisoblash tartibi.
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26
Tayanch iboralar:
О‘rtacha,
taqsimot qatorlari, “shartli moment” va “yig‘indi”
usullari, intensivlik nisbiy kо‘rsatkichlari va о‘rtacha arifmetik miqdorlar о‘rtasidagi tub
farqlar, kvartil, kvintil, detsil, persentil, moda.
Mutlaq va nisbiy miqdorlarning yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan bir qancha
ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning kamchiligi shundaki,
ular о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirpb ta’rif bera
olmaydilar. Bu vazifani statistikada о‘rtacha miqdorlar bajaradi.
О‘rtachalarning mohiyatini tо‘g‘ri tushunish. ularning alohida
о‘rni va
vaznini aniqlaydi.
О‘rtacha miqdor deyilganda bir turdagi hodisaning о‘zgaruvchan belgilari
asosida umumlashtirib ta’riflovchi miqdor, kо‘rsatkich tushuniladi.
Statistikada о‘rtacha miqdorlarning turli shakllari mavjud bо‘lib, ular
quyidagilar:
о‘rtacha
arifmetik;
о‘rtacha garmonik;
о‘rtacha xronologik;
о‘rtacha kvadratik;
о‘rtacha geometrik.
U yoki bu о‘rtachani qо‘llash о‘rganilayotgan hodisa harakteriga bog‘liq.
Har qanday о‘rtachani hisoblash uchun quyidagilar bо‘lishi kerak:
о‘rtalashtirilayotgan belgi va uning variantlari -
Do'stlaringiz bilan baham: