О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana22.05.2023
Hajmi0,68 Mb.
#942184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim

Chiziqli diagrammalar

Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bо‘lib, ular 
yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog‘lanishlar, taqsimlanish 
qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish kо‘rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli 
diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal 
о‘qqa (ordinata о‘qi) olingan masshtabda dinamika qatorining kо‘rsatkichlari 
yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. 
Gorizontal о‘qqa (absissa о‘qi) ma’lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) 
yoki faktor belgisining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin 
о‘qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi о‘qqa nisbatan parallel 
ravishda perpendikulyar chiziqlar о‘tkaziladi. Ularning о‘zaro uchrashgan 
nuqtalari (ordinata chо‘qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq 
chiziq hosil bо‘ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki о‘rganilayotgan 
hodisalarning о‘zaro bog‘lanishini tasvirlaydi. 
Intervalli (oraliqli) variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma esa 
taqsimlanish gistogrammasi deb yuritiladi. 4.4-grafikda О‘zbekiston fermer 
xо‘jaliklarida paxta terimchilarining kundalik terim normasini bajarish darajasi 
bо‘yicha taqsimlanishi gistogramma shaklida tasvirlangan. 
Chiziqli diagrammalar kо‘pincha siniq chiziq shaklida tuziladi. Ammo 
murakkab hodisa va jarayonlarni о‘rganishda bu shakl har doim qо‘l 
kelavermaydi. Ayrim hollarda chiziqli diagrammani spiral shaklida tuzish 
maqsadga muvofiqdir. 
Spiral shaklli diagrammalar о‘rganilayotgan tо‘plamning umumiy 
о‘zgarishi bilan bir vaqtda uning tarkibiy qismlarining о‘zgarishini ham 
tasvirlash yoki hodisaning davrma-davr (masalan, yilma-yil) о‘zgarishi bilan bir 
yо‘la har bir davr ichidagi (masalan, oyma-oy) о‘zgarishini ham aks ettirish 
zarur bо‘lganda qо‘llaniladi. 
Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammlar. Ustun (yoki tasma) shaklli 
diagrammalar statistik ma’lumotlarni kо‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy 
usulidir. Ular har xil kо‘rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning 
tuzilishi va ularning zamonda (vaqtda) о‘zgarishini tasvirlash uchun xizmat 
qiladi.
Sektorli diagramma bо‘laklarga ajratilgan doiradan iborat bо‘lib, ularning 


kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida 
murakkab hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning 
strukturasi tasvirlanadi. Ular quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni 
о‘rganilayotgan tо‘plamning umumiy yig‘indi soni (100%) deb qabul qilinadi. 
Keyin esa tarkibiy qism sonlariga proporsional holda doira sektorlarga bо‘linadi. 
Buning uchun sektorlarning markaziy burchaklari topilib, transportir yordamida 
ular doirada belgilanadi. Agar butun va bо‘lak sonlar absolyut miqdorda 
ifodalangan bо‘lsa, markaziy burchaklarni aniqlash uchun 360
0
ni umumiy 
butun songa bо‘lib, masshtab belgilanadi va uni ketma-ket bо‘lak sonlarga 
kо‘paytiriladi. Agarda hodisaning tuzilishi tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan 
ifodalangan bо‘lsa (umumiy tо‘plam 100% deb olinib, uning ayrim qismlari 
jamiga nisbatan protsentda hisoblangan), u holda masshtab 3,6
0
ga teng (360
0

100%) bо‘lib, ayrim qismlarning salmog‘i (% da hisoblangan) unga 
kо‘paytiriladi.
Grafiklarning 
ta’sirchanligini 
kuchaytirish 
uchun 
diagrammlar 
о‘rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yо‘li bilan tuziladi. 
О‘lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) 
olinadi. Masalan, temir yо‘lda yuk aylanmasining о‘sishini tasvirlash uchun yuk 
vagonlari chiziladi.
Jо‘g‘rofiy tuzilishga ega bо‘lgan statistik qarorlar statistik xarita shaklida 
tasvirlanadi. Bu xaritalar о‘rganilayotgan hodisalarning hududiy taqsimlanishida 
qanday xususiyat va qonuniyatlar mavjudligini oydinlashtiradi. Ular ishlab 
chiqaruvchi kuchlarni iqtisodiy mintaqalar bо‘yicha joylashtirish va 
rivojlantirish masalalarini о‘rganishda, iqtisodiy resurslardan foydalanishni 
hududiy kesimda qarab bu boradagi miqdoriy nisbatni va qonuniyatlarni 
belgilashda juda qо‘l keladi. 
Statistik xaritalar iqtisodiy jо‘g‘rofiy xaritalardan farq qiladi. Iqtisodiy-
jо‘g‘rofiy xaritalar ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatdan tavsiflab va 
chamalab (baholab), ularning jо‘g‘rofiy joylanishini katta aniqlik bilan mufassal 
tavsiflaydi. Statistik xaritalar esa shu masalalarga oid statistik ma’lumotlarni 
umuman hududiy kesimda fazoviy miqdoriy nisbatlarni yaqqolroq tasavvur 
qilishga imkon beradi. Demak, iqtisodiy jо‘g‘rofiy xaritalar iqtisodiy 
resurslarning joylanishini sifat tomondan ta’riflab bersa, statistik xaritalar esa 
uni miqdor jihatidan ifodalaydi. Bu о‘rinda statistik xaritalarni, umuman 
jо‘g‘rofiy kesimda tuzilgan statistik jadvallar mazmunini tasviriy ifodalash deb 
ta’riflash mumkin bо‘lar edi. Ammo ular bunday jadvallarga nisbatan bir 
muncha sermazmundir, chunki tasviriy til jadval tiliga qaraganda jо‘g‘rofiy 
jadvallarda ifodalangan miqdor va nisbatlarni fazoda belgilab olish uchun 
yaxshiroq moslashgandir. Demak, statistik xaritalar jо‘g‘rofiy tartibda tuzilgan 
jadvallarni zо‘raytirib beradi.
Statistik xarita shunday konturli jо‘g‘rofiy xaritaki, unda faqat ma’muriy 
bо‘linmalarning konturlari (ayrim hollarda yana suv arteriyalari) mavjud bо‘lib, 
ular chegarasida statistik ma’lumotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi. 
Statistik xaritalar kо‘zlangan maqsad va vazifalarga qarab uch turga - 
xaritogramma va xaritodiagrammalarga va markazgrammalarga bо‘linadi. 


Agarda biror hodisaning hududlar bо‘yicha taqsimlanishini tasvirlash zarur 
bо‘lsa, u holda xaritogramma qо‘llaniladi. Ammo maqsad ayrim mintaqalarni 
berilgan belgilar asosida tо‘laroq ta’riflashdan yoki mintaqalararo aloqalarni 
tasvirlashdan iborat bо‘lsa, u holda xaritodiagramma tuziladi.
Xaritogramma 
- shunday statistik xaritaki, unda о‘rganilayotgan 
hodisaning hududiy taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymatlariga moslab 
olingan shartli belgilar (shtrixlar, rang, nuqtalar va h.k.) bilan tasvirlanadi. Bu 
belgilar har bir bо‘linma konturi ichiga kо‘rsatkichning qiymatiga qarab 
joylashtiriladi. Xaritogarmma tusli va nuqtali turlarga bо‘linadi.
Hodisaning intensivligini (masalan, aholi zichligi) hududlar bо‘yicha 
ta’riflovchi taqsimlanish qatorlari tusli xaritogarmma kо‘rinishida tasvirlanadi. 
Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlarning yig‘indisi iqtisodiy mazmunga 
ega emasdir. Demak, shunday hollarda tusli xaritogarmmalarni tuzish mumkin.
О‘rganilayotgan hodisaning ayrim hududlarda tarqalishi, ya’ni uning 
tumanlar bо‘yicha taqsimlanishi nuqtali xaritogrammalar shaklida tasvirlanadi. 
Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlar (sonlar)ning yig‘indisi iqtisodiy mazmunga 
egadir. Faqat shunday xolatda nuqtali xaritogrammalarni tuzish mumkin. 
Markazgrammalar deganda jadvallar tо‘la holda joylashtiriladigan 
xaritogrammalar tushuniladi. Masalan, viloyatlar bо‘yicha aholi dinamikasi 
haqidagi ma’lumotlarni statistik-jо‘g‘rofiy jihatdan tasvirlash uchun bunday 
markazgrammalar tuzish mumkin. Bu holda konturli xaritalarda ma’lumotlar 
tegishli hududiy bо‘linmalar (viloyatlar) bо‘yicha tasvirlanadi. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Statistik jadvallar deganda nimani tushunasiz? Ular so‘z bilan bayon etishga 
qaraganda afzalliklarga egami? 
2.
Statistik jadval qanday unsurlardan tarkib topgan? Uning ega va kesimi deganda nima 
tushuniladi? Jadval maketi deganda-chi? 
3.
Statistik jadvallarning qanday turlarini bilasiz? 
4.
Oddiy jadvallar nima? Gruppoviy-chi? Kombinatsion jadval-chi? 
5.
Talabalar davomati qayd qilinadigan jurnal qanday jadval turiga misol bo‘ladi? 
Reyting daftarchangiz-chi? Reyting jurnali-chi?
6.
Kursdoshlaringiz o‘zlashtirishi bilan davomati o‘rtasidagi bog‘lanish natijalari 
keltirilgan jadval qaysi jadval turiga misol bo‘ladi? 
7.
Kursdoshlaringiz fanlarni o‘zlashtirish jarayonini tasvirlaydigan kombinatsion jadval 
maketini tuzing?
8.
Kombinatsion jadval gruppaviy jadvalga nisbatan qanday afzalliklarga va nuqsonlarga 
ega? 
9.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti shakllanish jarayonini tasvirlash uchun oddiy, 
gruppaviy va kombinatsion jadval maketlarini tuzing. 
5-MAVZU. STATISTIK KО‘RSATKICHLAR
Reja: 
5.1. Statistik kо‘rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati. 
5.2. Mutlaq kо‘rsatkichlar va ularning turlari. 
5.3. Nisbiy miqdorlar va ularni ifodalash shakllari. 
5.4. Nisbiy miqdorlar turlari. 
5.5.Shartnoma bajarilishi va reja bajarilishi nisbiy miqdorlari. 


 5.6.Dinamika va tuzilma nisbiy miqdorlari о‘rtasidagi о‘zaro bog‘lanish va uni 
ahamiyati. 
5.7.Mutlaq va nisbiy miqdorlardan statistik tahlilda foydalanish. 
5.8. Mutlaq va nisbiy miqdorlardan birgalikda foydalanish 
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26 
Tayanch iboralar: 
Statistik kо‘rsatkichlarning tasniflari. Individual va jamlama 
kо‘rsatkichlar. Birlamchi va hosilaviy kо‘rsatkichlar. Mutlaq, nisbiy va о‘rtacha 
kо‘rsatkichlar. Momentli va intervalli kо‘rsatkichlar. Additiv va noadditiv kо‘rsatkichlar.
Statistik kо‘rsatkich ijtimoy iqtisodiy hodisa va jarayonlarni miqdoriy 
tavsiflovchi kо‘rsatkichlardir. Statistik tadqiqotlar о‘z maqsadi va vazifalaridan 
qat’iy nazar turli statistik kо‘rsatkichlari hisoblash va tahlil bilan yakunlanadi. 
Statistik jarayonlar va hodisalar nisbatan murakkabligi bois ularni alohida 
olingan kо‘rsatkichlar orqali ifodalab bо‘lmaydi. Bu holda statistik 
kо‘rsatkichlar tizimidan foydalanimiz.
Statistik kо‘rsatkichlar tizimi – bu muayan statistik vazifani hal etishga 
yо‘naltirilgan va alohida yoki murakkab tarkibga ega о‘zaro bog‘liq 
kо‘rsatkichlar yig‘indisidir.
Statistik kо‘rsatkichlar ikkiga bо‘linadi: 1) aniq statistik kо‘rsatkichlar; 2) 
kо‘rsatkichli kategoriyalar.
Aniq statistik kо‘rsatkichlar
– hodisa va jarayon hajmi, miqdorini aks 
ettiradi. 
Kо‘rsatkichli kategoriya
– statistik kо‘rsatkichning mohiyati, umumiy 
farqli belgilarini ifoda etadi.
Statistik kо‘rsatkichlar qamrov darajasiga kо‘ra 
alohida 
va 
umumiy
kо‘rsatkichlarga bо‘linadi. Namoyon bо‘lish shakliga kо‘ra statistik 
kо‘rsatkichlar 
absolyut, nisbiy
va 
о‘rtacha 
kо‘rsatkichlardan iborat.
Statistik kuzatish, svodkalash va guruhlash amalga oshirilgandan keyin 
о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning hajmini, miqdori, darajasini 
ta’riflovchi qator kо‘rsatkichlarga ega bо‘lamiz. Bunday kо‘rsatkichlar 
boshlang‘ich hisob ma’lumotlari asosida umumlashtirilgan va qayta ishlangan 
miqdorlar bо‘lib, ular:

mutlaq;

nisbiy;

о‘rtacha kо‘rinishda bо‘lishi mumkin.
Statistik kuzatish natijasida dastlab mutlaq sonlar olinadi, sо‘ngra shu 
sonlar asosida nisbiy va о‘rtacha miqdorlar hisoblab chiqiladi.
Mutlaq miqdorlar
kuzatilayotgan miqdor birliklarini qо‘shish yoki 
ayirish yо‘li bilan aniqlanadi. Birinchi holda mutlaq miqdorlar «bir», «ikki», 
«uch» va hokazo tartibda sanaladi va aniqlanadi. Masalan, guruhdagi talabalar, 
zavodda ishlab chiqarilgan mashina, stanoklar soni bevosita sanash yо‘li bilan 
aniqlanadi. Bunday miqdorlar 
son kо‘rsatkichlari 
deb yuritiladi. Ular butun 
sonlar kо‘rinishida bо‘ladi. Ikkinchi holda mutlaq miqdorlar bevosita о‘lchash 
yordamida aniqlanadi. Masalan, jamoa xо‘jaligida yetishtirilgan sabzavot va 
poliz mahsulotlarining miqdori, fabrikada ishlab chiqarilgan matoning hajmi 
kabilar 
hajm kо‘rsatkichlari 
deb yuritiladi. Ular butun yoki irratsional (butun 
bо‘lmagan) sonlar bо‘lishi mumkin.


Ifodalanishga qarab, mutlaq miqdorlar: yakka va umumiy miqdorlarga 
bо‘linadi. 
Yakka mutlaq miqdorlar
statistik kuzatish jarayonida olinib, 
boshlang‘ich hisob va kuzatish hujjatlarida qayd qilinadi. Bunday miqdorlar 
kuzatilayotgan tо‘plamning alohida birliklarini tavsiflaydi va statistik tekshirish 
uchun manba bо‘lib hisoblanadi.
Umumiy mutlaq miqdorlar
– kuzatilayotgan tо‘plamning har bir birlgini 
emas, balki uning yig‘indisini ta’riflovchi miqdorlar. Ular boshlang‘ich statistik 
kuzatish materiallarini svodkalash natijasida olinadi. Umumiy mutlaq miqdorlar 
mohiyati jihatdan bir xil bо‘lgan yakka mutlaq miqdorlarning yig‘indisidir. Buni 
quyidagicha yozish mumkin:
1
2
3
1
....

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish