О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana22.05.2023
Hajmi0,68 Mb.
#942184
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim



О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI 
“Iqtisodiyot” fakulteti 
“Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi” kafedrasi 
“STATISTIKA” 
fanidan 
MA’RUZA MATNLARI 
Qarshi-2015 yil 


Tuzuvchi: 
kat. o’qit. Sh.Turоbоv 
Taqrizchilar: 
QarMII “Ishlab chiqarishda buxgalteriya 
hisobi” 
kafеdrasi 
dotsenti, 
i.f.n.X.Ziyatov
QarMII 
“Iqtisodiyot” 
kafеdrasi 
o’qituvchisi, i.f.n., dots. Sh.Fayziyeva
Ma’ruza matnlari to’plami «Iqtisodiyot» fakultеti “Iqtisodiyot”, 
“Moliya”, “Buxgalteriyahisobi va audit”, “Marketing”, va “Kasb ta’limi” 
(iqtisodiyot) ta’lim yo’nalishidagi bakalavrlar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda 
ushbu fan bo’yicha ta’lim standartlari va namunaviy dasturda ko’zda tutilgan 
barcha ma’ruzalarning asosiy mazmuni yoritilgan. 
"Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobit" kafеdrasi majlisida ma’ruzalar 
matni to’plami (bayon № __ «___» ____________201__ yil) «Iqtisodiyot» 
fakultеti Uslubiy komissiyasida (bayon № __ «__» ___________ 201__ yil) va 
institut Uslbuiy Kеngashida ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida foydalanishga 
tavsiya etilgan. 
 
 
 
 


Annotatsiya 
Mazkur ma'ruzalar matni talabalarda statistika predmeti va metodi, uning 
ahamiyati va roli haqida chuqur bilimga va tasavvurga ega bо‘lish; statistikaning 
nazariy, uslubiy va amaliy masalalarini har taraflama о‘rganish; О‘zbekistonda 
davlat statistikasining tashkil etilishi, uning «Davlat statistikasi haqida»gi 
Qonundan kelib chiqadigan vazifalari va huquqlarini bilish; statistik kuzatish 
mohiyati, turlari, dastur – uslubiy va tashkiliy masalalarini о‘rganish; statistik 
kuzatish ma’lumotlarini svodkalash va guruhlash hamda uning natijalarini 
statistik jadvallarda ifodalay olish; taqsimot qatorlarini tuzish va tahlil qilish 
usullarini egallash; statistik kо‘rsatkichlar, ularning turlari va shakllari, 
taqqoslash yо‘llari, makro va mikro iqtisodiy kо‘rsatkichlar haqida chuqur 
tasavvurga ega bо‘lish; tanlanma kuzatishning mohiyati, nazariy va amaliy 
masalalari, tanlanmaning reprezentativligini baholash yо‘llarini bilish, ilmiy va 
tajribaviy gipotezalarni statistik tekshirish va yechimlarni olish usullarini 
egallash; bozor hodisalari о‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini ochish uchun 
korrelyatsion-regression tahlilni qо‘llay olish; dinamika qatorlarini tuzish va 
tahlil qilish usulubiyatini bilish; statistika amaliyotida qо‘llaniladigan iqtisodiy 
indekslarni hisoblash tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘lishni ta’minlash, hamda 
ular asosida xulosalar chiqarish bо‘yicha kо‘nikmalar hosil qilishdan iborat. 
Annotation 
The text of this report the statistical method and the subject of his 
students to have a deep knowledge and understanding about the importance and 
role; statistics comprehensive study of the theoretical, methodological and 
practical issues; The establishment of the state statistics, arising from the “Law 
of State Statistics” to know the responsibilities and rights; The essence of 
statistical observation, the types of software - the study of the methodological 
and organizational issues; the results of statistical observation data concentration 
and groups correspond to the statistical tables; master the methods of analysis as 
well as the creation and distribution; statistical indicators, their types and forms, 
by comparison, do not think about the macro and micro-economic indicators; 
The essence of sampling observed, theoretical and practical issues, find ways to 
elect representation assessment, scientific research and experimental hypotheses 
to master the methods of statistical analysis and solutions; to connect cause and 
effect between the events of the opening of the market korrelyatsion-use 
regression analysis; to know the dynamics as well as the creation and analysis 
stylistics; statistical calculation of economic indices used in practice and ensure 
that they do not think about is to make conclusions on the basis of skills.


KIRISH 
Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida О‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A. Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston 
sharoitida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari”
1
hamda “2015 yil 
Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga kо‘taradigan yil bо‘ladi”
2
nomli asar va 
ma’ruzalarida keltirilgan ma’lumotlar, asosiy tushuncha va qarashlar, ustuvor 
yо‘nalishlar va xulosalarni puxta о‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatlarida samarali 
foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanning oldida turgan 
asosiy vazifalardan biridir. 
О‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
I.A.Karimov 
О‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qо‘shma 
majlisidagi ma’ruzasida О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada 
rivojlantirish borasida tо‘xtalib “Izchil yuqori о‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo 
etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, 
iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va о‘zgarishlar, umuman, 
mamlakatimizni modernizatsiya qilish yо‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo 
jamoatchiligi, shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo 
taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof 
etilmoqda”
3
deb ta’kidlab о‘tdilar. 
Ushbu kursda statistika fanining nazariyasi, predmeti va metodi kо‘rib 
chiqilgan bо‘lib, mamlakatimizda bozor munosabatlarining yuzaga kelishi va 
qaror topishi bilan uyg‘unlashgan holda bozor iqtisodiyotining muhim 
tushunchalari, kategoriyalari, tasniflari, bozor hodisalari va jarayonlari 
о‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlar, ularning rivojlanish qonuniyatlarini 
statistika uslubiyati yordamida о‘rganish masalalari batafsil yoritilgan.
Ushbu fanda ma’ruza va amaliy (seminar) mashg‘ulotlarida muammoli 
ta’lim texnologiyalari, «Bumerang» va «Veer» texnologiyalari, klaster usullari 
kabi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Shuningdek,
har bir 
mavzuda, kompyuterdan, slaydlardan foydalanish, eshitish (audio) vositalari, 
kо‘rish (video) vositalari, kо‘rish -eshitish (audiovideo) vositalari, multimediya 
vositalari ham Internet sahifalari va xizmatlaridan foydalaniladi. 
1
I.A.Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharotida uni bartaraf etishning yо‘llari va 
choralari. – T.: О‘zbekiston, 2009. – 56 b. 
2
 
Prezident Islom Karimovning “2015 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga kо‘taradigan yil bо‘ladi” 
mavzusidagi 2011 yilning asosiy yakunlari va 2015 yilda О‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi
.
// Xalq sо‘zi gazetasi, 
2015 yil 20 yanvar, № 14 (5434). 
3
I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi va Senatining qо‘shma majlisidagi ma’ruzasi. T.: О‘zbekiston, 2010. – 56 b. 


1-MAVZU. STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI 
Reja: 
1.1.Statistika tо‘g‘risida umumiy tushuncha. 
1.2.Statistika fani predmeti va uning о‘ziga xos xususiyatlari. 
1.3.Statistika fani asosiy kategoriyalari va tushunchalari. 
1.4.Statistika fani uslubiyati. 
1.5.Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning tutgan о‘rni va ahamiyati. 
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26 
Tayanch iboralar: 
Statistika, amaliy faoliyat sohasi, raqamlarda ifodalangan ma’lumot 
(axborot), statistik tadqiqot uslubiyati, tasviriy va induktiv statistika. 
«Statistika» atamasi lotincha «Status» sо‘zidan olingan bо‘lib, 
hodisalarning holati ahvoli degan ma’noni bildiradi.
Ctatistikaning fan sifatida shakllanishidagi asosiy yо‘nalishlar: 
-
Tasviriy maktab - G.Konring (1606-1681) va G.Axenval (1719-1772) 
(Germaniya). Davlat holatini ta’riflash, tasvirlash yoki rо‘yxatga olish. Asosiy 
maqsad boshqaruvchi sinf vakillarini boshqaruv usullari va davlatlarning boyligi 
bilan tanishtirishdan iborat edi. 
-
«Siyosiy arifmetika» - U.Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) 
(Angliya). Ularning ishlarida demografik va iqtisodiy statistik masalalarga 
alohida e’tibor berilgan. Asosiy xatosi - ular kichik tо‘plamlarni о‘rganib, 
ma’lum bir xulosaga kelganlar.
- «Sotsial fizika» yо‘nalishi. XIX asrning birinchi yarmi. Asoschisi A.Ketle 
(1796-1874). Asosiy maqsad ijtimoiy qonunlarni miqdoriy usullar yordamida 
о‘rganishdir.
Statistikaning о‘rganish obyekti insoniyat hayotida rо‘y beradigan barcha 
ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va 
hodisalarni miqdoriy tomonlarini о‘rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda 
hodisalarning rivojlanshi qonuniyatlarini о‘rgatuvchi metodlar yig‘indisidir. 
Statistika predmetining asosiy xususiyatlari: 
-
statistika alohida hodisalarni emas, balki ommaviy ijtimoiy hodisalarni 
о‘rganadi. 
-
statistika ommaviy hodisalarning miqdoriy tomonlarini о‘rganadi.
-
statistika hodisalarni aniq sharoit va vaqt ichida о‘rganadi. Hodisalar 
makonda farqlanadi va vaqt bо‘yicha bо‘yicha о‘zgaradi.
-
statistika ijtimoiy hodisalarning tarkibini tavsiflab beradi. Hodisalarning 
tarkibi ommaviy hodisalarning ichki tuzilishidir.
-
statistika hodisa va jarayonlarning vaqt davomida о‘zgarishini, ya’ni 
dinamikasini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Statistikaning asosiy tushunchalari. 
Statistik tо‘plam - muayyan bog‘lanishda bir xil sifatga ega bо‘lgan 
hodisalar, elementlar, birliklar, dalillar tо‘plamidir. Statistik tо‘plamdagi alohida 
element statistik tо‘plam birligi deyiladi.
Statistik birliklar umumiy va alohida belgilarga ega. Umumiy va alohida 
belgilar о‘zaro qо‘shilib ijtimoiy hodisalar natijalarining turlicha bо‘lishiga, 


ya’ni variatsiyalashuviga olib keladi. Bunday belgilar variatsion, ya’ni 
о‘zgaruvchan belgilar deb ataladi.
Statistika ommaviy ijtimoiy hodisalarni mana shu variatsion belgilar 
asosida о‘rganib, ularning rivojlanish qonuniyatini belgilab beradi.
Qonun bu ikki hodisa о‘rtasidagi ichki va zaruriy bog‘lanishdir. Qonun 
hodisalardagi muhim, umumiy, zaruriy takrorlanadigan bog‘lanishlarni ifoda 
etadi.
Qonuniyat deyilganda kо‘pincha hodisalardagi takrorlanish, ketma-ketlik, 
izchillik va tartib tushuniladi.
Faqat alohida hodisalarda rо‘y beradigan qonuniyatlar dinamik 
qonuniyatlar deb, ommaviy ma’lumotlarni umumlashtirish yо‘li bilan 
aniqlanadigan qonuniyatlar esa statistik qonuniyatlar deyiladi.
Har qanday fan о‘z obyektiini ma’lum usullar yordamida о‘rganadi. Barcha 
fanlar uchun umumiy usul – dialektik usuldir. Chunki bu usul ijtimoiy 
hodisalarning rivojlanish jarayonida о‘zaro bog‘langan holda о‘rganishni taqozo 
etadi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Oddiy hisob-kitoblar haqida nimani bilasiz.? 
2. Statistika fan sifatida qachon va qaerda paydo bo’lgan.? 
3. Siyosiy arifmetikchilarning statistika fanini rivojlantirishdagi tutgan o’rni qanday.? 
4. Tasviriy maktab namoyondalari kimlar.? 
5. Statistika so’zini birinchi bo’lib kim qo’llagan va u nimani bildiradi.? 
6. A.Ketlening xizmati nimada.? 
7. Statistikadagi matematik oqim namoyondalari kimlar.? 
8. Statistikaning rivojlanishiga rus olimlarining qo’shgan hissasini aytib beringchi.? 
9. Statistika deganda nimani tushunamiz.? 
10. Statistika bu fanmi yoki metodmi.? 
2-MAVZU. STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI 
Reja: 
2.1. Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati. 
2.2. Kuzatish shakllari. 
2.3. Kuzatish bosqichlari. 
2.4. Statistik kuzatish dastur–uslubiy va tashkiliy masalalari. 
2.5. Statistik kuzatish turlari va usullari. 
2.6. Statistik kuzatishning о‘ziga xos jihatlari. 
2.7. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash yо‘llari. 
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26 
Tayanch iboralar: 
Statistik kuzatish, statistik kuzatish dasturi, hisob birligi, statistik 
formulyar va yо‘riqnoma. Kuzatish joyi. Kuzatish kritik payti va muddati.
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, 
uyushtirilgan asosda tо‘plash jarayoni 
statistik kuzatish
deb ataladi. 
Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichni о‘z ichiga oladi: 

statistik kuzatish; 

kuzatish materiallarini svodkalash va guruxlash; 



kuzatilayetgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi-umumlashtiruvchi 
kо‘rsatkichlarni hisoblash va ularni taxlil qilish. 
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, 
uyushtirilgan asosda tо‘plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi.
Statistik kuzatish amalga oshirilayotganda bir qator shart-sharoitlarning 
hisobga olinishi talab qilinadi. Aks holda tо‘plangan ma’lumotlar ilmiy 
tekshirish talablarini tо‘la qondirmasligi va hattoki butunlay yaroqsiz ham 
bо‘lishi mumkin. Eng muhim ilmiy talablar, shart-sharoitlar quyidagilardan 
iborat: 

Statistik kuzatish dalillarni bir-biri bilan 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish