о‘zaro bog‘lanishda va bir
butunlikda
qayd qilish lozim.
Binobarin, statistik ma’lumotlar tasodifiy yulib olingan, tо‘plam bilan
bog‘lanmagan holda emas, balki tо‘la olingan bо‘lishi kerak.
Ma’lumotlar tо‘la-tо‘kis bо‘lishi uchun eng avvolo kuzatilayotgan
tо‘plamdagi birliklar
makon (mintaqa, hudud) chegarasida tо‘la hisobga
olinishi
kerak. Bu yerda sо‘z faqat yoppasiga kuzatish ustida borayotgani yо‘q.
Statistik kuzatishning tо‘laligi
ma’lumotlarning vaqt bо‘yicha qamrab
olinishi
bilan ham belgilanadi.
Olinayotgan ma’lumotlar
aniq, ishonchli va haqqoniy bо‘lishi shart,
aks
holda ular isbotlab beradigan kuchga ega bо‘la olmaydi. Bu yerda gap
ma’lumotlarning faqat arifmetik jihatdangina (masalan, tiyin, grammgacha) aniq
bо‘lishi tо‘g‘risida emas, balki u ma’lumotlarning obyektiv haqiqatni aks
ettirishi haqida boryapti.
Statistik kuzatish ikki shaklda – statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan
statistik kuzatishlar (tekshirishlar) shaklida tashkil etiladi.
Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bо‘linadi) statistik
kuzatishning asosiy shakli bо‘lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati
haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni tо‘plash uchun imkoniyat yaratadi. Uning
ma’lumot manbai bо‘lib buxgalteriya va operativ hisob hujjatlarida qayd etilgan
boshlang‘ich yozuvlardir.
Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarni voqea va hodisalarning sodir
bо‘lishini qayd qilish vaqtiga qarab uch turga – uzluksiz, fursatli va bir yо‘la
kuzatishga ajratish mumkin.
Uzluksiz kuzatish
deganda hodisalar rо‘y berishi bilanoq qayd qilinadigan
kuzatish tushuniladi. Masalan, bola tug‘ilishi, nikohdan о‘tish kabi voqea
(hodisa)lar sodir bо‘lishi bilanoq ya’ni о‘sha kunning о‘zidayoq qayd etiladi.
Fursatli kuzatish
deganda ma’lum muddatlarda о‘tkaziladigan kuzatishlar
tushuniladi. Masalan, aholi rо‘yxati va boshqalar.
Bir yо‘la kuzatish
deb birorta masalani yechish uchun о‘tkazilgan
kuzatishga aytiladi. Masalan, savdo korxonalari jihozlanish darajasining bozor
iqtisodiyoti talablariga javob berishi va bermasligini о‘rganish uchun maxsus
kuzatish о‘tkazish. Bunday kuzatish keyinchalik о‘tkazmaslik ham, zaruriyat
tug‘ilsa, yana о‘tkazish mumkin.
О‘rganilayotgan tо‘plam birliklarini о‘z ichiga qamrab olishiga qarab,
statistik kuzatish ikki turga: yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga bо‘linadi.
Yoppasiga kuzatishd
a tо‘plam birliklarining barchasi kuzatiladi. Masalan,
О‘zbekistonda aholi rо‘yxati о‘tkaziladigan bо‘lsa, respublika fuqarolarining
barchasi (qayerdaligidan qat’iy nazar) rо‘yxatga olinadi. Bu degani fuqaro chet
davlatdami, dengizdami, okeandami va hatto kosmosdagi kishi ham rо‘yxatdan
о‘tishi kerak.
Qisman kuzatishd
a о‘rganilayotgan tо‘plam birliklarining bir qismi
kuzatishga jalb qilinadi. Qisman kuzatish tо‘rtta turga: anketa orqali kuzatish,
monografik tasvirlash, asosiy massivni kuzatish, tanlab kuzatishga bо‘linadi.
Anketa orqali kuzatishd
a savollar yozilgan varaqalar kuzatish birliklariga
tarqatilib, ular tо‘ldirilgandan sо‘ng yig‘ishtirib olinadi va umumlashtiriladi.
Bunday kuzatish jamoatchilik fikrini aniqlashda va ayniqsa, bozor iqtisodiyoti
sharoyitida ayrim hodisa va voqealar bо‘yicha maxsus mustaqil ekspertlarning
fikrlarini bilishda yaxshi natija beradi.
Monografik tasvirlash
deganda tо‘plamning bir bо‘lagini har tomonlama
va chuqur о‘rganish tushuniladi. Masalan, viloyatda bir jinsli 104 ta korxona
bor, shundan 4 tasi juda ham ilg‘or. Nima sababdan ilg‘or ekanligini bilish va
ularning ilg‘orlik tajribasini boshqa korxonalarga yoyish va ommalashtirishda
qо‘llaniladi.
Asosiy massivni kuzatishd
a о‘rganilayotgan belgi umumiy hajmining
о‘zgarishiga olib keladigan eng salmoqli о‘rin tutgan birliklar ajratib olib
о‘rganiladi. Masalan, shaharda 150 oziq-ovqat dо‘koni bо‘lib, shundan 15 tasi
tovar aylanmasining 70-80 foizini beradi. Demak, 150 ta oziq-ovqat dо‘konining
barchasini о‘rganib о‘tirmasdan, 15 dо‘konni о‘rganib shaharda oziq-ovqat
savdosi qanday tashkil qilinganligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Tanlab kuzatish
degandabosh tо‘plamdan bir qismini tanlab olibtekshirish
tushuniladi. Agarda kuzatishning bu turi tо‘g‘ri tashkil qilinsa, qisman
kuzatishning turlari ichida eng yaxshi о‘rganilgan ma’lumotlar umumiy tо‘plam
haqida tо‘la-tо‘kis va aniq fikr yuritish imkonini beradi. Bu kuzatishda asosiy
muammo tanlama tо‘plamning reprezentativligini (vakolatliligini) ta’minlashdir.
Agrda tanlab olingan tо‘plamda bosh tо‘plamning muhim xususiyatlari
namoyon bо‘lsa, u tо‘plam reprezentativ deyiladi. Reprezentativlikni ta’minlash
tanlash usullarini tо‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir. Statistikada tasodifiy, tipik
mexanik va seriyalab tanlash usullari mavjud.
Boshlang‘ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish bevosita
kuzatish, hujjatli, savol-javob usullarida amalga oshiriladi.
Bevosita kuzatishd
a kuzatuvchi о‘rganilayotgan tо‘plam birliklarini
birma-bir kо‘rib, sanab, tortib va о‘lchab, keyin rо‘yxatdan о‘tkazadi.
Hujjatli
usul
da esa kerak bо‘lgan ma’lumotlar faqat maxsus hujjatlardan olinadi.
Savol-
javob usuli
da kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar
kuzatish varaqasiga yoziladi. Bu usulda sо‘raluvchidan hech qanday hujjat talab
qilinishi mumkin emas. Bu usulga aholi rо‘yxatini misol keltirish mumkin.
Sо‘roq-javob usuli о‘z navbatida uchga bо‘linadi: og‘zaki usul; о‘z-о‘zini qayd
qilish usuli; korrespendensiya uchuli.
Og‘zaki usul
da, kuzatish organlari tomonidan maxsus tayyorlangan
shaxslar kuzatilayotgan shaxslarga og‘zaki savol berib javob oladilar. Olingan
javoblar varaqaga yozilib, keyin umumlashtiriladi.
О‘z-о‘zini qayd qilish usul
ida kuzatuvchi maxsus tayyorlangan sо‘rov
varaqasini kuzatuvchilarga tarqatadi va ma’lum vaqtdan sо‘ng tо‘ldirilgan
varaqalarni yig‘ishtirib oladi. Bu usulda savollarga javobni kuzatilayotgan
shaxslarning о‘zi beradi va о‘z qо‘li bilan savol varavasini tо‘ldiradi.
Zarur bо‘lgan ma’lumotlarni ixtiyoriy korrespondentlar orqali ham tо‘plash
mumkin. Bu esa
korrespensiya usuli
hisoblanadi. Bunga misol Germaniyada
chorrahalarda ixtiyoriy valanterlar turib (kamida uch kishi) yо‘l qoidasini
buzgan
haydovchilar
haqidagi
ma’lumotlarni
politsiya
xodimlariga
yuborishlarini keltirish mumkin. Oxirgilari esa haydovchilarga nisbatan chora
belgilaydilar. Ularni о‘zaro uchrashuvi ta’minlanmaydi. Valantyorlarga tо‘la
ishoniladi.
Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilardan tashkil
topadi: kuzatish maqsadi va vazifalari; kuzatish dasturi; kuzatish obyekti va
birligi; kuzatish formulyari va yо‘riqnoma.
Kuzatish dasturi
– bu kuzatish davomida yig‘ilishi kerak bо‘lgan savollar
yoki qayd qilinishi lozim bо‘lgan belgilar va kо‘rsatkichlar rо‘yxatidir. U qisqa,
tushunarli bо‘lishi kerak va faqat aniq javob olinishi mumkin bо‘lgan, shubha
tug‘dirmaydigan va bir-birining javoblarini nazorat qila oladigan savollardan
tashkil topgan bо‘lishi kerak. Dastur tuzish statistik kuzatishning eng og‘ir va
ma’suliyatli bosqichidir.
Kuzatish obyekti
deyilganda о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlar tо‘plami
tushiniladi. Masalan, aholi rо‘yxati о‘tkazilayotgan bо‘lsa, biz aniq belgilab
olishimiz kerak, qaysi aholini rо‘yxatga olmoqchimiz: mavjud aholinimi? yoki
doimiy aholinimi?; tijorat korxonalarini rо‘yxatga olish uchun, oldin aniq
bilishimiz kerak, qaysi korxonalar tijorat korxonalari hisoblanadi?
Kuzatish obyektini tо‘g‘ri chegaralash, uni boshqa obyektlardan
ajratuvchi belgilarini aniqlash amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Bu chegara
quydagilar bilan belgilab olinadi:
birinchidan, mazmunan qanday hodisa kuzatishga jalb qilinishi kerakligi,
masalan, davlat korxonasimi yoki koopirativ, sanoatmi yoki qishloq hо‘jaligi va
hokazo;
ikkinchidan, qanday hudud (mintaqa) chegarasida bu ma’lumotlar
olinishi kerakligi,masalan , tuman miqyosida yoki ayrim viloyatlar yoki
respublika chegarasidami;
uchinchidan, qaysi davr yoki vaqt uchun ma’lumot olinishi kerakligi,
masalan, aniq bir yil yoki bir necha yil va hokazo.
Ayrim hollarda kuzatish obyektini belgilayotganda maxsus senzlardan
foydaniladi. Senz deganda barcha obyektlari ichidan ayni kuzatishda xisobga
olinishi lozim bо‘lganlarini belgilash uchun qabul qilingan ma’lum miqdoriy
meyor tushiniladi.
Kuzatish birligi
– bu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga ega
bо‘lgan birlikdir. Kuzatish birligi bо‘lib, aholi rо‘yxatida har bir shaxs,
korxonalar rо‘yxatida har bir korxona hisoblanadi.
Kuzatish birligidan hisob birligini farq qilishi lozim. Ular ayrim vaqtda bir-
biriga teng. Masalan, aholi rо‘yxatida har bir shax, ham kuzatish birligi, ham
tо‘plam birligi hisoblanadi. Ayrim paytda, ular о‘zaro teng emas. Masalan,
sanoat korxonalarida jihozlar rо‘yxatga olinganda sanoat korxonasi kuzatish
birligi, har bir jihoz esa tо‘plam birligi hisoblanadi.
Hisob birligini tо‘g‘ri aniqlash statistik tekshirishning muvaffaqiyatli va
samarali bо‘lishida muhim rol о‘ynaydi.
Kuzatish dasturi
da savollarga javob maxsus hujjatlarda aks ettiriladi.
Bu hujjat statistik formulyar deb ataladi. U har xil nom bilan yuritiladi,
jumladan. Hisobot formasi. Tabel’, nakladnoy, rо‘yxati olish varaqasi va
hokazo.
Statistik formulyar ikki xil bо‘ladi:
alohida shakldagi formulyar;
rо‘yxat shaklidagi formulyar.
Alohida kо‘rishidagi formulyaga korxonalarning yillik hisoboti formulfr
misol bо‘la oladi. Rо‘yxat kо‘rinishidagi formulyada bittasi emas, balki bir
necha hisob birliklari haqida ma’lumot keltiriladi.
Kuzatish dasturidagi savollarni talqin qilish va bir xilda tushinishni
ta’minlash maqsadida statistik formulyarlarni tо‘ldirishi uchun yо‘riqnoma
tuziladi.
Yо‘riqnoma
statistik kuzatish maqsadi va vazifalari;
kuzatish obyekti va birligi;
ma’lumotlarni qayerdan kimdan olish;
kuzatish muddati;
hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
materiallarni topshirish va jо‘natish muddati;
kо‘rsatkichlarni hisoblash tartibi va shunga о‘xshash kuzatilayotgan
hodisa bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan masalalar yoritiladi.
Yо‘riqnoma odatda kо‘p mutaxasislar ishtirokida muhokama qilinishi
lozim.
Statistik kuzatishning asosiy tashkiliy shakllari, turlari va usullari
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari quydagilardan iborat
kuzatish organi;
kuzatish vaqti va muddati;
kuzatish joyi;
kadrlarni tanlash va о‘qitish;
kuzatish varaqalarini kо‘paytirish va joylarga jо‘natish.
Kuzatish organi
– bu statistik kuzatish bevosita tashkil qiladigan va
о‘tkazadigan tashkilotlardir. Ularning noma-nom rо‘yxati hamda huquq va
vazifalari kuzatishning tashkiliy rejasi belgilab olinadi.
Kuzatish vaqti
va muddati kuzatishni qachon va necha kunda amalga
oshirishni aniqlaydi.
Hisob vaqti olinayotgan ma’lumot qaysi vaqtga tegishli bо‘lgan davr bilan
о‘lchanadi. Hisobot vaqtini kuzatish vaqtidan farq qilishi lozim. Masalan, bir
oylik hisobotda joriy oy hisobot vaqti bо‘lsa, kuzatish vaqti esa ushbu taqdim
etilishi lozim bо‘lgan muddat bilan belgilanadi.
Kritik fursat
(moment) deyilganda ma’lumotlarni ma’lum vaqtga
tо‘g‘rilab rо‘yxatga olish tushuniladi. Aynan shu holatga nisbatan hodisalar
rо‘yxatga olinadi.
Kritik fursatni belgilash tartibi quydagicha:
birinchidan, rо‘yxatga olinadigan ma’lumotlarni bir fursatning о‘zida
tushirgandek bо‘ladi;
ikkinchidan, takror (ya’ni bir kishini ikki marotaba) hisobga olishdan holi
qiladi;
uchinchidan, rо‘yxatga belgilangan muddatda tugatishni ta’minlaydi.
Kuzatish joyi
deyilganda kuzatish qayerda о‘tkazilishi lozim bо‘lgan joy
tushiniladi. Uni belgilash ayniqsa joyi о‘zgarib turishi mumkin bо‘lgan
hodisalarni kuzatayotganda juda katta ahamiyatga ega. Agar о‘rnatilgan
stanoklar rо‘yxati olinayotgan bо‘lsa, u holda kuzatish joyini belgilab olish
uncha qiyin emas, chunki bu stanoklar doimo bir joygga biriktirib qо‘yilgan.
Agar aholini rо‘yxzatga olinayotgan bо‘lsa, u holda kuzatish joyini
aniqlab olish juda ham qiyin, chunki aholini aynan iqaysi joyda rо‘yxatga olish
kerak: yashayotgan joyidami yoki ishlayotgan joyidami, degan savolni yechib
olish zarur.
Statistik kuzatish о‘tkazilgandan sо‘ng uning natijalarini qabul qilish
boshlanadi. Statistik kuzatish materiallarini tekshirish usullari uchga bо‘linadi:
tashqi nazorat, mantiqiy tekshirish va arifmetik tekshirish.
Tashqi nazorat
da asosan hujjatlarning tо‘g‘ri rasmiylashtirilishi, ya’ni
yо‘riqnoma talabiga javob berish darajasi va ma’lumotlarning tо‘laligi
tekshiriladi.
Mantiqiy tekshirish
deyilganda statistik ma’lumotlar mazmunini
tekshirish tushuniladi.
Arifmetik tekshirish
deb о‘zaro bog‘liq bо‘lgan ma’lumotlarni son
jihatdan tekshirishga aytiladi.
Statistik kuzatish materiallarini tekshirish va qabul qilish davomida ikki
tipdagi xatoliklar aniqlanishi mumkin: qayd etishdagi xatolar va reprezentativ
xato. Qayd qilishdagi xatolar hodisani kuzatish formulyariga yozayotganda yoki
ma’lumotlarning mazmunini notо‘g‘ri tushunib qayd etish tufayli yuzaga keladi.
Qabul qilishdagi xatolar
о‘z navbatida tasodifiy va muntazam xatolarga
bо‘linadi. Tasodifiy xatolar har xil kо‘rinishga ega bо‘lib yozuvdan tushirib
qoldirish va sanashda xatolikka yо‘l qо‘yish, kuzatuvchining toliqishi,
charchashi tufayli rо‘y berishi mumkin.
Muntazam xatolar
har doim bir yо‘nalishda bо‘ladi va umumiy
kо‘rsatkichlarga kuchliroq ta’sir kо‘rsatadi. Muntazam xatolar bila turib va
bilmasdan yо‘l qо‘yilgan xatolarga bо‘linadi.
Bilmay turib qilingan muntazam xatoga aholini rо‘yxatga olishda yoshni
butunlashtirib kо‘rsatish mumkin. Odatda 78 yoki 81 yoshli qariyalar 80
yoshdalar deb aytiladi.
Reprezentativ xato
deb bosh tо‘plam bilan tanlama tо‘plam natijalari
о‘rtasidagi tafvutga aytiladi. Bu xato faqat tanlama kuzatishga xosdir.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Statistik tadqiqot statistik kuzatishdan nima bilan farq qiladi?
2. Statistik kuzatish bilan oddiy kuzatishning nima farqi bor?
3. Statistik kuzatish o’tkazish uchun qanday qoidalar mavjud?
4. Siz o’z xususiy korxonangizni moliyaviy holatini tahlil qilish uchun korxona balansi va
boshqa hisobotlar orqali ma’lumot to’pladingiz. Bu ish statistic kuzatishning qaysi shakliga
kiradi?
5. Maxsus tayyorlangan dastur orqali ma’lumot to’plasak qanaqa statistik kuzatish o’tkazgan
bo’lamiz?
6. Siz nikohdan o’tdingiz, muchalga to’lganda to’liq tibbiyot ko’rigidan o’tdingiz, 40 yoshga
kirganda oilangiz bilan tog’ bag’irlarida dam oldingiz. Bu hodisalar statistik kuzatishning
qaysi shakli?
7. Moliya-iqtisod fakultet dekani talabalarning o’qituvchilar to’g’risidagi fikrlarini bilish
uchun kurs va guruhlarda «O’qituvchilar talabalar nigohida» so’rovnomani o’tkazdi. Kredit-
iqtisod fakultet dekani esa faqat IV kurs talabalari bo’yicha bu ishni bajardi. Fakultet
dekanlari statistik kuzatishning qaysi turini qo’lladilar?
8. Kuzatish ob’ekti va kuzatish birligi teng bo’lishi mumkinmi? Qani misollar keltiringchi?
9. Kuzatish formulyari va yo’riqnomasi nima uchun kerak? Ularni kim ishlab chiqadi?
3-MAVZU. STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH
Reja:
3.1. Statistik jamlash mazmuni va uni masalalari.
3.2. Statistik guruhlashning mohiyati va uni ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni tahlil
qilishdagi ahamiyati.
3.3. Statistik guruhlash turlari.
3.4. Statistik guruhlashni tuzish tamoyillari.
3.5. Statistik guruhlash yordamida yechiladigan iqtisodiy masalalar.
3.6. Taqsimot qatorlari va ularni grafiklari.
3.7. Kо‘p о‘lchovli guruhlash va uni tuzish yо‘llari.
3.8. Kо‘p о‘lchovli guruhlashdan statistika amaliyotida foydalanish.
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26
Tayanch iboralar:
Statistik jamlash, statistik guruhlash, atributiv va miqdoriy
guruhlash, oddiy guruhlash, kо‘p о‘lchovli guruhlash, kombinatsion guruhlash, irearxik
guruhlash, gistogramma, poligon, kumulyata, ogiva.
Statistik kuzatish ma’lumotlarini tо‘plash, bir tizimga solish, qayta
ishlash, umumlashtirish bosqichi svodkalash va guruhlash deb yuritiladi.
Statistik svodkalash
– bu tо‘plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan
kо‘zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlashdir.
Agar ma’lumotlar juda kо‘p bо‘lmasa, ularni о‘sib borish yoki kamayib
borish tartibida bir tizimga solish, ya’ni ranjirlangan qatorlarni tuzish mumkin.
Agar kuzatish ma’lumotlari kо‘psonli bо‘lsa, bu holda ularni guruhlashlar
yordamida bir tizimga solish mumkin bо‘ladi.
Statistik guruhlash
deb ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va xar
tomonlama о‘rganish maqsadida muhim belgilar bо‘yicha bir xil guruh va
guruhchalarga ajratib о‘rganishga aytiladi. Guruhlash о‘rganilayotgan
hodisaning xarakterli xususiyatini, undagi qonuniyatni aniqlashga imkon beradi.
Mazmuniga kо‘ra guruhlash quyidagi uch turga bо‘linadi:
tipologik - hodisalar ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratiladi (;
tuzilmaviy - ijtimoiy-iqtisodii hodisalar tuzilmasi о‘rganiladi;
analitik - hodisalar о‘rtasidagi bog‘lanish aniqlanadi.
Bitta belgi bо‘yicha amalga oshirilgan guruhlashlar
oddiy
, ikki va undan
ortiq belgilar bо‘yicha amalga oshirilgan guruhlashlar esa murakkab
(
kombinatsion) guruhlashlar
deyiladi. Bunday guruhlashlar bitta belgi bо‘yicha
bajarilgan guruhlashlarga qaraganda kengroq analitik xususiyatga ega bо‘ladi.
Bunda guruhlar boshida bitta belgi bо‘yicha shakllantiriladi, keyin ular boshqa
belgilar bо‘yicha quyi guruhchalarga bо‘lib tashlanadi.
Har qanday guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisi
va oralig‘i aniqlab olinadi. Agar bular notо‘g‘ri belgilab olingan bо‘lsa, u holda
guruhlash ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayotni bо‘yab kо‘rsatuvchi
natijalarni beradi.
Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi
tushuniladi.
Ifodalanishga qarab, guruhlash belgilari atributiv va miqdoriy belgilarga
bо‘linadi.
Atributiv belgi
deyilganda son bilan ifodalanmaydigan, bir-biridan
mazmunan va sifat jihatdan farq qiluvchi belgilar tushuniladi. Odamlar toifasi,
fazilati, kishining kasbi, millati, mahsulot turi, ish haqi shakli kabilar bu belgiga
misol bо‘la oladi.
Muqobil (alternativ)
belgi atributiv belgining bir kо‘rinishi bо‘lib, ikkita
qarama-qarshi, bir-birini taqozo etmaydigan belgilardir. Masalan, ma’lumotli-
ma’lumotsiz, tajribali-tajribasiz, ha-yо‘q va hokazo.
Miqdoriy belgi
deb son (raqam) bilan ifodalanuvchi belgilarga aytiladi.
Masalan, mahsulot hajmi, talabalar soni, stanoklar soni va hokazolar bevosita
raqamlarda ifodalanadi.
Hodisalar о‘rtasidagi о‘zaro bog‘lanish ularning omil va natijaviy belgilari
bо‘yicha guruhlarga ajratib о‘rganiladi. Omil belgi natijaga ta’sir qiluvchi
belgidir. Natijaviy belgi esa omil belgi ta’sirida о‘zgarib turuvchi belgidir.
Masalan, mehnat unumdorligi guruhlash belgisi bо‘lib, uning ta’siri ostida
mahsulot tannarxining о‘zgarishi kuzatilayotgan bо‘lsa, u holda mehnat
unumdorligi
Do'stlaringiz bilan baham: |