omil belgi,
tannarxning uzgarishi esa
natijaviy belgi
bо‘lib
hisoblanadi.
Guruhlash belgisi tо‘g‘ri tanlangandan sо‘ng, eng muhim masalalardan
biri, tо‘plam birliklarini guruhlarga ajratishdir. Bu yerda guruhlar soni va
oralig‘i (intervali)ni aniqlash muammosi paydo bо‘ladi. Bu muammo miqdoriy
belgilar bо‘yicha guruhlashga tegishlidir, chunki tipologik guruhlashda,
odatda, guruhlar soni tekshirishning vazifasi bilan aniqlanadi. Masalan, aholini
jinsi bо‘yicha guruhlash vazifasi qо‘yilsa, bu yerda guruhlar soni aniq - ikkita.
О‘rganilayotgan belgi birliklarining taqsimlanish xarakteriga qarab
guruh oralig‘i teng va teng bо‘lmagan holda xamda ochiq va yopiq, maxsus
kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin.
Agar belgining variatsiyasi juda tor chegarada namoyon bо‘lib,
taqsimlanish bir muncha tekis bо‘lsa oraliqlar teng qilib belgilanadi. Teng oraliq
deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil bо‘lgan oraliq tushuniladi. U
quyidagicha hisoblanadi:
n
x
x
i
min
max
yoki
N
x
x
i
lg
322
,
3
1
min
max
bu yerda:
i
-oraliq kattaligi;
max
X
- belgining eng katga qiymati;
min
X
-belgining eng kichik qiymati;
N
-tо‘plamdagi birliklar soni;
n
-guruhlar soni.
Agarda guruhlar soni aniq bо‘lmasa, ularning optimal sonini Sterdjess
formulasi bilan aniqlaymiz:
N
n
lg
322
,
3
1
Teng bо‘lmagan oraliq
deyilganda guruhdan guruhga yo о‘sib boruvchi
yoki kamayib boruvchi oraliq tushuniladi. Bunday oraliqlar odatda tо‘plam
birliklari juda katta tarqoqlikka ega bо‘lgan hollarda qо‘llaniladi. Masalan,
dо‘konlar kichik, о‘rta va yirik dо‘konlardan tashkil topgan bо‘lsa, ularni tovar
oboroti bо‘yicha bir xil intervallarda guruhlarga ajratsak ayrim guruhlarga bitta
ham dо‘kon tushmasligi mumkin.
Teng bо‘lgan va teng bо‘lmagan oraliqlar yopiq va ochiq kо‘rinishda
bо‘lishi mumkin. Agar oraliq "dan – gacha" aniq berilgan bо‘lsa, u holda oraliq
yopiq kо‘rinishda bо‘ladi. Agar oraliq "gacha" dan boshlanib "undan yuqori" bilan
tugasa, u holda oraliq ochiq kо‘rinishda bо‘ladi.
Tipologik guruhlash
yordamida tо‘plamning turli xildagi birliklari sifat
jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi. Xalq xо‘jaligini tarmoqlarga
bо‘lish, aholini sinflarga bо‘lib о‘rganish, qishloq xо‘jaligini jamoa va ijara,
shaxsiy xо‘jaliklar miqyosida о‘rganishlar tipologik guruhlashlarga misol bо‘la
oladi.
№ t/r
Ijtimoiy-iqtisodiy toifalar
Erkaklar
Ayollar
2000
2007
2000
2007
1.
Ishchilar
–
–
–
–
2.
Dehqonlar
–
–
–
–
3.
Xizmatchilar
–
–
–
–
Tuzilmaviy guruhlash
yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil
bо‘lgan guruhlarning (birliklarning) salmog‘i hisoblanadi va shu tariqa tо‘plam
tarkibi о‘rganiladi. Bunday guruhlashlar yordamida aholining milliy, jinsiy tarkibi,
ishchilarning kasbiy tarkibi yoki tuzilmasi kabilar о‘rganiladi.
№ t/r
Samolyotdagi
о‘rindiqlar soni
Stollar soni
Bandlari
soni
1 joyga
tovarooborot
1.
25 gacha
–
–
–
2.
16 – 50
–
–
–
3.
51 – 70
–
–
–
4.
71 – 100
–
–
–
Analitik guruhlash
yordamida hodisalar о‘rtasidagi о‘zaro bog‘lanish
о‘rganiladi. Bunday guruhlashlar omil va natijaviy belgilar bо‘yicha amalga
oshiriladi. Masalan, ishchi malakasining oshishi (omil belgi) mehnat
unumdorligining (natijaviy belgi) oshishiga olib keladi.
№ t/r
Ish о‘rinlari bо‘yiach
magazinlarning
guruhlanishi
Magazinlar
soni
Tovarooborot
1 ishchiga
1 ish joyiga
1.
5 gacha
100
12,0
13,0
2.
6 – 10
50
14,0
16,0
3.
11 – 15
10
15,0
17,0
4.
16 – 20
4
30,0
39,0
5.
21 – 25
2
31,0
42,0
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Statistik jamlash qanday turlarga bo’linadi va qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
2.
Savdo korxonalari ulgurji va chakana korxonalarga ajratiladi, talabalarning dars qilish
soati bilan ularning fanlardan o’zlashtirish darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish uchun,
talabalar dars qilish soati bo’yicha guruhlarga bo’lindi, korxona ishlovchilari ish staji
bo’yicha guruhlarga bo’linadi. Bu taqsimlashlar guruhlashning qaysi turiga kiradi?
Javobingizni izohlang va isbotlang.
3.
Guruhlashning qanday belgilarini bilasiz? Har bir belgiga misol keltiringchi?
4.
Guruhlar soni va intervalini aniqlashda nimalarga e’tibor berasiz?
5.
Birinchi guruh 18 yoshgacha, ikkinchi 18-20 yoshgacha deyilsa, 18 yoshli talabani
qaysi guruhga qo’shasiz? Guruh chegarasini aniqlashda qanday qoidalarga rioya qilasiz?
Ularga misol keltiring?
6.
Ikkilamchi guruhlash nima uchun kerak?
7.
Klaster-tahlil qanday muammoni hal qiladi?
4-MAVZU. STATISTIK JADVALLAR VA GRAFIKLAR
Reja:
4.1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati.
4.2. Statistik jadvallarning turlari.
4.3. Statistik jadvallarni tuzish
qoidalari.
4.4. Statistik jadvallarni
о‘qish va tahlil qilish.
4.5. Statistik kо‘rsatkichlarni grafiklarda tasvirlashning ahamiyati.
4.6.Statistik jadvallar va grafiklardan amaliyotda
foydalanish.
4.7.Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda statistik jadvallar va statistik
grafiklardan kompleks foydalanish va uning ahamiyati.
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26
Tayanch iboralar:
Statistik kо‘rsatkichla, jadval va grafiklar, jadval skeleti, jadval
egasi va kesimi, jadval maketi, jadval sarlavhasi, diagrammalar; statistik kartalar,
kartogrammalar va kartodiagrammalar.
Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish
qulay bо‘lsin, ularni о‘qish va tushunish oson bо‘lsin. Ularni taqdim etishning
eng kamida 3 ta usuli mavjud: matnda sо‘z bilan bayon etish, jadval zuhurida
va grafiklar orqali tasvirlash.
Ma’lumotlarni sо‘z bilan matnda bayon etish kо‘rinishda yaxshi yо‘lga
о‘xshab tuyulsa ham, ammo subyektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin
qilishdagi о‘ziga xoslikka bog‘liq. Bundan tashqari, bu holda ularni har
taraflama tushunish, bog‘lanishlarini payqash birmuncha og‘irlashadi.
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash sо‘z bilan bayon etishga
qaraganda о‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan
tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning
turli tomonlarini ta’riflovchi kо‘rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda,
о‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va о‘ziga xos xususiyatlarini
oydinlashtiradi.
Jadvallar yotiq va tik tо‘g‘ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan
geometrik shakl bо‘lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda
о‘rganilayotgan obyektlar va ularning kо‘rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir
qator va ustun о‘z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bо‘lib, bular
jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari о‘z nomlariga hamda umumiy
sarlavhaga ega bо‘lib, sonlar bilan tо‘ldirilmagan bо‘lsa, u jadval maketi deb
ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar
ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bо‘lishi kerak.
Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi
ifodalangan bо‘lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan
olinganligi kо‘rsatilgan bо‘lishi, shuningdek, о‘lchov birligi ham berilgan
bо‘lishi lozim.
Statistik jadval chuqur ma’noga ega bо‘lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni
ifodalashi bо‘yicha uni о‘ziga xos mantiqiy gapga о‘xshatish mumkin. Shuning
uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil
kо‘rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik tо‘plam jadvalning egasi,
kо‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda,
jadvalning chap qismida, kesimi esa о‘ng tomonida bо‘ladi. Lekin ular aksincha
joylanishi ham mumkin (jadval 4.1 ga qaralsin).
Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qо‘llaniladi.
Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bо‘linadi: oddiy,
gruppaviy va kombinatsion.
Oddiy jadval deb о‘rganilayotgan obyektlar va ularning kо‘rsatkichlari
birma-bir rо‘yhat kо‘rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Oddiy statistik jadvalning egasida statistik kuzatishga jalb qilingan
obyektlarning nomlari yoki ma’lumotlar tegishli davrlar yozilgan bо‘ladi.
Jadvalning ega qismida о‘rganilayotgan obyektning muhim bir belgisi
bо‘yicha gruppalash amalga oshirilgan bо‘lsa, bunday jadval gruppaviy jadval
deyiladi (5.5 jadvalga qaralsin).
Gruppaviy jadval deganda о‘rganilayotgan obyektlarni bir belgi asosida
guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi.
Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bо‘yicha guruhlaganda
ularni tо‘liq о‘rganishning iloji bо‘lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar
ikki va undan ortiq belgisi asosida guruhlarga ajratilib о‘rganiladi. Buning
uchun, avval о‘rganilayotgan hodisa tо‘plami bir belgisi bо‘yicha, keyin har
qaysi guruh boshqa belgi bо‘yicha ichik guruhchalarga ajratiladi. Bunday
guruhlash natijalari asosida kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy
jadvallarga qaraganda voqea va hodisalarning о‘zaro aloqasi va bog‘lanishlarini
chuqurroq va tо‘la yoritishga yordam beradi.
Voqea va hodisalarni о‘rganish jarayonida va qо‘yilgan vazifalarga
qarab ega va kesim о‘z о‘rinlarini almashtirib turishi mumkin. Statistik
jadval ixcham va kо‘rimli chiqishi uchun, uni tuzishda quyidagi qoida va
tartiblarga amal qilish kerak:
1. Jadvallar hajmi katta bо‘lmasligi kerak. Murakkab tо‘plamlarni
о‘rganishda jadval hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq о‘zaro
bog‘langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va о‘qishga oson
kо‘rinishda tuzilishi kerak.
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi
lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas.
3.
Jadvalda bir-biri bilan bog‘liq kо‘rsatkichlar birin-ketin, sodddan
murakkabga о‘sib borish tartibida joylashtirilishi lozim.
4.
Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bо‘lishi uchun ularni
bir xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash
lozim.
5.
Shartli belgilashlarga katta e’tibor berish kerak. Zarur bо‘lganda ayrim
kо‘rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qо‘yilib, ularni qayerdan yoki
qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak.
6.
Hodisa sodir bо‘lganligi tо‘g‘risida ma’lumotlar bо‘lmasa, jadvalda shu
kо‘rsatkich о‘rniga “ma’lumot yо‘q” yoki nuqtalar (...) qо‘yiladi, agarda hodisa
umuman sodir bо‘lmagan bо‘lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni
tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni о‘qish va tushunish ishi ancha
osonlashadi.
Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga
sazovor va lо‘nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad
uchun xizmat qilib, amalda keng qо‘llanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni
shartli olingan meyorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar,
predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan
shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini о‘ziga
tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, tо‘laroq va
chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun grafiklar iqtisodiy,
madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan
yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini о‘taydi.
Shunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida
ularni soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va
pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bо‘lamiz.
Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va о‘zaro
bog‘lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan
nazoratni amalga oshirishda, о‘rganilayotgan murakkab tо‘plamlarning
tuzilishini tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish kо‘lamini tasvirlashda
qо‘llanadi.
Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil
turlarga, tasnifiy guruhlarga bо‘linadi.
Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik shakllar
yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik
kartalarga tushirish yо‘li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb
ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan
tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy
taqsimlanishiga
qarab
konturlarga
(bо‘laklarga)
bо‘linadi
va
ularda
ma’lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va
kartodiagrammalar
hodisalarning
makonda
(territoriyada)
joylanishini
tasvirlashda qо‘llanadi.
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda kо‘pincha
yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi.
Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab
qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi.
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan kо‘rsatkichlarni tekislikdagi
tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli meyorga aytiladi. U о‘rganilayotgan
hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb
shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi. Masalan, О‘zbekistonda paxta
yetishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb
qabul qilsak, bu meyor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari
tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bо‘ladi va, demak, shu
miqdor deb о‘qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir (4.2-tarh).
0 10 20 30 40 50
1-chizma. Shkala (teng meyorli).
1) shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq;
2) chiziqlar bilan nishonlanib ma’lum tartibda shkala tayanchiga
joylashgan nuqtalar;
3) shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.
Shkala tayanchining har bir nuqtasiga о‘rganilayotgan hodisaning ma’lum
miqdori mos keladi va, aksincha, hodisaning har bir miqdorini chiziqdagi
ma’lum nuqta ifodalaydi. Masalan: 2000 yil О‘zbekistonda 3.8 mln. tonna paxta
hosili olingan edi. Agar masshtabni, yuqorida aytilganidek, 1 sm. 1 mln tonna
paxtaga teng deb olsak, u holda shkala tayanchi chizig‘ining sanoq
boshlanadigan “0” nuqtasidan 3.8 sm uzoqlikda yotgan nuqtasi jami
yetishtirilgan paxtani bildiradi yoki aksincha, 3.8 mln tonna paxta “0”
nuqtasidan 3.8 sm olislikda yotgan nuqta orasidagi masofa о‘lchami bilan
tasvirlanadi.
Shkala tayanchi tо‘g‘ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bо‘lishi
mumkin. Shunga qarab shkalalar tо‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli shkalalarga
bо‘linadi. Tо‘g‘ri chiziqli shkalaga oddiy millimetrli chizg‘ich (lineyka) misol
bо‘la oladi. Soatning siferblati esa egri chiziqli shkalaga misoldir. Kо‘p о‘lchov
asboblari yoysimon egri chiziqli shkalaga ega. Bundan tashqari shkalalar teng
meyorli va о‘zgaruvchan meyorli bо‘lishi mumkin. Grafiklarni statistikada
qо‘llayotganda
odatda
teng
meyorli
shkalalardan
foydalaniladi.
Tasvirlanayotgan miqdorlar bir-biridan keng kо‘lamda farq qilsa, grafiklarni
tuzishda о‘zgaruvchan meyorli shkalalar ishlatiladi. Bu turdagi shkalalar
qatoriga logarifmik yoki nimlogorifmli shkala kiradi. Unda shkala tayanchidagi
kesmalar tasvirlanayotgan miqdorlarning logarifmlariga proporsionaldir.
Chiziqli va yassi diagrammalarning juda kо‘p turlari mavjud bо‘lib, ular
orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |