Yuqumli kasalliklarning yuzaga kelish sharoitlari.
Yuqumli kasalliklarning tirik qo‘zg‘atuvchilari to‘g‘risidagi fikr birinchi bo‘lib rim yozuvchilari asarlarida uchragan. Yangi eragacha Terrensiy Varron yuqumli kasalliklarning boshlanishiga “tirik” tabiatni rolini ta’kidlagan edi.
Toun qo‘zg‘atuvchisini 1659-yilda Kirkor “Soptagium vivum” atamasi bilan atagan edi. Kontaliy ta’limotining asosiy axvoli XVI asrda taniqli vrach D. Frakastoro tomonidan aniqroq ko‘rsatilib, quyidagi yuqish yo‘llarini aytib o‘tgan edi: yaqinlashish, har xil predmetlar orqali, masofada, havo orqali.
“Infeksiya” so‘zi lot. – “yuqtirish”, “iflos qilish” so‘zlaridan olingan. Atamani 1841-yilda Gufeland kiritgan.
Infeksiya deganda organizmga mikroorganizmlarni kirishi yoki u bilan yuqtirilishi, mikrob va organizm bilan bo‘lgan o‘zaro munosabat tushuniladi.
Infeksion (yuqumli) kasalliklar – patogen mikroorganizm moyil makroorganizmga tushib ko‘payishi, yuqumliligi, yashirin davrining borligi, qo‘zg‘atuvchiga organizmning reaksiyasi, siklik o‘tishi va kasallikdan so‘ng immunitetni shakllanishi bilan tavsiflanadigan bir guruh kasalliklardir. Ko‘pchilik yuqumli kasalliklar uchun umumiy belgi bo‘lib, zararlangan organizmdan soglom organizmga berilishi va ko‘pchilik orasidagi keng (epidemik) tarqalishi hisoblanadi.
Yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi uchun uchta sharoit bo‘lishi shart:
1. Patogen mikrobning bo‘lishi;
2. Uni moyil makroorganizmga kirishi;
3. Mikro va makroorganizmlarning o‘zaro munosabatda bo‘layotgan tashqi muxit sharoiti bo‘lishi kerak.
Infeksiya o‘chog‘i- mikroorganizmning makroorganizmga birinchi bo‘lib tushib ko‘paygan joyi.
Makro- va mikroorganizm o‘rtasidagi muvozanatning buzilish infeksiya o‘chog‘i faollashib patogen mikrobni gematogen, limfogen va neyrogen yo‘l bilan organizmda tarqalishiga olib keladi.
Infeksion jarayon rivojlanayotgan mikroblar tushgan joyidan tarqalib, qonga o‘tishi mumkin va qon orqali butun organizmga tarqalishini bakteremiya, viruslarni esa virusemiya deyiladi.
Ko‘p yuqumli kasalliklarda sepsis yoki septitsemiya holati yuz berish mumkin (grekcha septicas- chirish) bunday holatda mikroblar turli organlar va hujayralarga qonda ko‘payib tarqaladi. Septik jarayon turli to‘qima va organlarda yiringli yallig‘lantirishni chaqirsa, bunday holatni septikopiemiya deyiladi.
Shunday qilib, infеksion kasalliklarning qo’zg’alishi va tarqalishi yuqoridagi uchta zarur shartlar mavjud bo’lganidagina amalga oshadi. Ularning birortasini mavjud bo’lmasligi kasallikning tarqalishiga yo’l qo’ymaydi.
Sog’lom odam tanasiga kasallik tarqatuvchi mikroblar shilliq qavatlar va tеri orqali, yuqori nafas yo’llari, ovqat xazm qilish sistеmasi qon va boshqa a’zolar orqali kirishi mumkin.
Kasallikni yuqish yo‘llari har xil bo‘lib, har bir qo‘zg‘atuvchi uchun o‘ziga xosdir. U qo‘zg‘atuvchining organizmida joylanishiga, ajralish yo‘llariga, mikroblarni tashqi muhit omillari ta’siriga chidamliligiga bog‘liqdir.
Quyidagi yuqish yo‘llari ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |