3 - guruhga bеriladigan vazifalar:
1. Tibbiy preparatlarning konservestiyalash usullari.
2. Sterillikni tekshirish metodlari.
3. Mikroorganizmlarga biologik omillarning ta’siri.
4. Sterillash, aseptika, antiseptika, dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya.
“QOPDAGI MUSHUK” O‘YINI
Ishni bajarish tartibi. Qur’a tashlash yo‘li bilan guruh 3–4 ta talabadan iborat bo‘lgan kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir kichik guruh alohida stol atrofida o‘tiradi toza qog‘oz varog‘i va ruchka tayyorlanadi. Varoqda sana, guruh soni, ish o‘yinining nomi, shu kichik guruhda ishtirok etadigan talabalar familiyasi, ismi, sharifi yoziladi. Har bir kichik guruhlarni bitta qatnashchisi o‘qituvchining oldiga kelib kanvertdan topshiriq variantini oladi. Talabalar varoqga o‘zlarining topshiriqlarini ko‘chiradilar va ish bajarish uchun 15 min vaqt beriladi. Kichik guruhlar topshiriqni muhokama qiladilar va to‘liq javobni yozadilar. O‘qituvchi kuzatib turishi shart, talabalar ko‘chirmasligi va boshqa guruhlar bilan aloqa qilmasligi kerak. 15 min o‘tgandan so‘ng javob varaqalari yig‘ib olinadi. O‘qituvchi dars davomida topshiriqlar to‘g‘ri, to‘la, tartib bilan bajarilishini tekshiradi.
Kichik guruhlarni hamma ishtirokchilariga bir xil ball qo‘yiladi. “5” juda yaxshi; “4” yaxshi; “3” qoniqarli; “2” qoniqarsiz. Javoblar varog‘ida o‘qituvchi ballar va imzo qo‘yadi. Darsni joriy baholashda talabalarni olgan ballari e’tiborga olinadi.
I Variant
Kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni ayting. Virulentlik omillari nima?
Patogenlik va virulentlik nima?
Prokariot va eukariotlarning yadro apparati qanday bo‘ladi?
II Variant
Infeksiya, infeksion jarayon, infeksion yuqumli kasalliklar haqida ayting.
Laboratoriya jonivorlariga kasallik yuqtirishning maqsadi va vazifalarini aytib bering.
Antitelolar va antigenlarning o‘zaro munosabati qanday?
“Oziq-ovqat mikrobiologiyasi” fanidan amaliy mashg‘ulotda yangi interfaol usularni qo‘llash o‘qituvchilardan ko‘p mehnat, mahorat, bilimlilik, izlanuvchanlik talab qiladi. Chunki har bir mashg‘ulotga u mavzuga oid ko‘plab vaziyatli masalalar, muammoli savollar, qiziqarli krossvordlar, mulyaj, maketlar, rangli jadvallar va shu bilan birga o‘qitishning yangi dasturini tayyorlaydi, kichik guruhlarda ishlash uchun ma'lumotlarni beruvchi materiallar (rangli qog‘ozlarda) to‘playdi.
O‘qituvchi katta va kichik guruhlarda faol kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi, muammoli savolni yechishda har xil alternativ yo‘llar ko‘rsatadi, qo‘shimcha savollar berib bahslashadi, muhokama qiladi, xulosa qiladi.
Ushbu yangi intefaol usullar o‘qituvchilar va talabalardan o‘z ustida mustahkam ishlashni, ma'lumotga boy materiallar yig‘ib, texnik vasitalardan foydalanishni o‘rgatadi.
Mikrobiologiya laboratoriyasining tuzilishi va uning jihozlari. Surtma tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |