Patogen mikroorganizmlarning maxsus belgilari. Patogenlik - mikrobning irsiy determinantlashgan potensial kasallik chaqira oladigan qobiliyatiga aytiladi yoki patogenlik- turga xos, nasldan-naslga beriluvchi xossadir.
Bir turdagi mikrob o‘ziga xos infeksion jarayon chaqiradi. Infeksion jarayonning xususiyligi bu yaxshi belgi bo‘lib, u yordamida qo‘zg‘atuvchilarni organizmda joylanishini ayrim hujayra va organlarni tanlab ta’sir etishini, kasallikni klinik belgilarini, mikroblarni organizmdan ajralib chiqish yo‘llarini va immunitetni hosil bo‘lishini bilib olamiz.
Virulentlik –shtammga xos belgi bo‘lib, patogenlik darajasiga aytiladi. Patogen mikroblarning virulentligi ham o‘zgarib turadi. Uni kuchaytirish va pasaytirish mumkin. Agar virulentligi past bo‘lgan mikroblarni, ularga sezgir hayvonlarga bir necha marta passaj qilinsa, transduksiya, transformatsiya, konversiya yo‘li bilan virulentlikni ko‘paytirish mumkin. Agar virulentli mikroblarga turli tashqi omillar ta’sir ettirilsa (dezinfektorlar, immun zardoblar) virulentlik pasayadi. Virulentligi pasaytirilgan mikroblar turli vaksinalar tayyorlashda ishlatiladi. Patogen mikroblarning virulentligini ta’riflash uchun o‘lchov birligi qabul qilingan. O‘lchov birligini qilib, DLM – dosis letalis minima olingan, bu sezgir hayvonlarni ma’lum vaqt ichida o‘ldira oladigan mikroblarning eng oz miqdori. DSL - dosis certa letalis laborator hayvonlarning hammasini 100% o‘ldiradi. Hozirgi vaqtda DL50 birligi ishlatilmoqda, bunda zararlantirilgan hayvonlarning 50% o‘lishi kerak.
Organizmda kasallik chaqiradigan patogen mikroblarning ma’lum miqdoriga infeksion doza deyilidi. Virulentlik mikroblarning turli xususiyatlarini yig‘indisi bo‘lib, u mikrobning invazivlik, toksigenlik, kapsula hosil qilish, adgeziya, kolonizatsiya xususiyatlariga bog‘liq.
Adgeziya- mikroorganizmlarni sezuvchan hujayra yuzasiga so‘rilishi, yopishishi xossasidir. Bunga kiprikchalar, tukchalar ma’sul.
Kolonizatsiya- patogen mikroorganizmlarni moyil organizmda ko‘payishi.
Invazivlik- patogen mikroorganizmlarni organizmning limfoid, epiteliy, asab va hujayra to‘qimalariga kira olish qobiliyati va infeksiyaning tarqalishi. Invazivlik patogen mikroblar tomonidan ishlab chiqarilgan patogenlik fermentlari tomonidan amalga oshiriladi:
gialuronidaza – qo‘shuvchi to‘qimalardagi gialuron kislortasini emiradi;
neyraminidaza – glikoproteidlar, glikopeptidlar, polisaxaridlar, turli to‘qimalardan neyramin kislotasini ajratadi va ularning mikroblar uchun o‘tkazuvchanligini oshiradi;
fibrinolizin – odam qoni fibrinini gidrolizlaydi va qon bilan tarqalishini ta’minlaydi;
letsitinaza – hujayra qobig‘i tarkibiga kiradigan letsitinni parchalaydi va shu bilan o‘tkazuvchanligini oshiradi.
Virulentlik. Yuqorida aytib o’tilganidek, odamda patogen mikroblarning muayyan turlari bor, masalan, tuberkulyoz, qorin tifi, dizenteriya, toun ta-yoqchalari, zahm spiroxetasi, quturish, chin chechak, qizamiq viruslari va shu kabilar patogen mikroblardan hisoblanadi. Binobarin, patogenlik turga xos belgidir. Lekin biron turning ayrim shtammlari (kulturalari) turli darajada patogen bo’ladi, buni muayyan shtammning virulentligi deyiladi. Shtamm qancha virulentli bo’lsa, organizmga kasallik yuqishi uchun mikroblarning shuncha kam dozasi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |