Yillar: viruslarning «ota-bobolari» va ilk kompyuter epidemiyalari



Download 61,21 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2022
Hajmi61,21 Kb.
#680906
  1   2   3   4
Bog'liq
viruslar 111


1970-1989 yillar: viruslarning «ota-bobolari» va ilk kompyuter epidemiyalari. Internetning ajdodi bo‘lmish ARPANET tarmog‘i 1969-yilda AQShdagi 4 yirik oliygohni o‘zaro bog‘lagan dastlabki IT-tarmog‘i bo‘lgan edi. Oradan atigi ikki yil o‘tiboq, 1971-yilda, ushbu tarmoqda o‘rmalay oladigan dastlabki zararkunanda – hozirgi barcha kompyuter viruslarining «bobokaloni» paydo bo‘lgan edi. O‘shanda, Bolt Branek and Newman kompaniyasining Bob Tomas ismli xodimi, masofadan turib ijro etiladigan operatsion tizimlarni yaratish ustida ish olib borgan va buni qarangki, tarmoqda o‘zi o‘rmalaydigan dastlabki virusni ham aynan u yaratgan ekan. Shu sababli, ushbu virusning nomini u Creeper deb nomlagan. Bu ingliz tilida «o‘rmalovchi» degani bo‘ladi (sudraluvchi deyish ham mumkin). Bu virusni Bob Tomas o‘z-o‘zini ko‘paytira oladigan dastur yaratishni iloji bor-yo‘qligini tekshirish uchun yozgan bo‘lib, Creeper modem orqali tarqalgan va o‘zi zararlagan kompyuterda o‘z nusxasini yaratib, undan avvalgi tushgan kompyuteridan esa o‘zini-o‘zi o‘chiradigan dasturiy kod ko‘rinishida bo‘lgan. Creeper shunchaki tarmoqda tarqalib, o‘zi tushgan kompyuterida o‘zini-o‘zi nusxalashdan boshqa hech qanday funksiyaga ega bo‘lmagan. Ya'ni, uning biror zararli xususiyati bo‘lmagan. Shu tufayli, aslida uni virus deyishga ham til bormaydi.
Dastlabki virus
Lekin, 1980-yillarning boshiga kelib, kompyuterlar endi «shaxsiy kompyuter» nomi ostida keng tarqala boshladi. Bu degani, endi potensial zararkunandalar uchun juda keng «ozuqa maydoni» yuzaga kela boshlagan edi. Dastlabki katta ko‘lamda tarqalgan virus 1986-yilda yoyila boshladi. Uning nomi Brain (ya'ni, «miya») bo‘lgan. Aynan Brain, hozirgi barcha kompyuter viruslari uchun «ajdod» hisoblanadi deyish mumkin. Brain virusini yaratgan dasturchilar aslida o‘g‘rilarni adabini berib qo‘ymoqchi bo‘lishgan. Asli Pokistonlik bo‘lgan Amjat va Bazid Farrux Alvi ismli aka-uka dasturchilar o‘sha paytlarda tijorat maqsadida (ya'ni, keyinchalik pullash uchun) bir dastur tuzishayotgan bo‘lgan. Lekin, ularning kompyuteriga himoyalanmagan tarmoq orqali kirayotgan noma’lum shaxslar ular tuzgan dasturni o‘g‘irlab olib, ulardan avval pullab yuborishgan. Albatta bu narsa aka-uka Farruxlarga yoqmagan va ular o‘g‘rini jazolaydigan kod yozishga qaror qilishgan. Shunda Brain virusi yuzaga kelgan. Brain zararkunandasi disketalar orqali tarqalgan. U ham kompyuterning odatiy ish jarayoniga xalaqit bermagan. Lekin, kimdir kompyuterdan yashirincha axborot ko‘chirib olishga urinishi bilan, Brain ishga tushgan va ma’lumot ko‘chirib olinayotgan disketaga o‘tib, keyin esa o‘g‘rining kompyuteriga borib tushgach, uning operatsion tizimini ishdan chiqargan. 1987-yilda Brain Pokistondan tashqariga chiqib, AQShgacha yetib borgan va 18000 dan ziyod kompyuterlarni zararlagan. Bu tarixdagi dastlabki keng geografik ko‘lamli kompyuter virusi tarqalishi hodisasi bo‘lgan edi.
Dastlabki chuvalchang
Virus bu mohiyatan – fayl ichida yashaydigan dasturiy kodning bir bo‘lagi bo‘ladi. Virus fayldan alohida tarzda mavjud bo‘la olmaydi va shu sababli ham, virus imkon qadar ko‘proq faylni zararlashni va zararlangan fayllar ustidan nazorat o‘rnatishni istaydi. O‘sha Brain virusi bilan yuz bergan ilk kompyuter epidemiyasidan ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i 1989-yilda ilk kompyuter chuvalchangi ham paydo bo‘lgan edi. Virusdan farqli o‘laroq, chuvalchang bu – doim alohida mustaqil fayl bo‘ladi. Unga boshqa fayllarni zararlashga hojat bo‘lmaydi. Lekin, o‘zining nusxalarini ko‘paytirib tashlash esa chuvalchangning asosiy qiladigan ishi bo‘ladi. Chuvalchangni aniqlash ham oson, u fayllar strukturasida yashirinib yotmaydi. Lekin, tarqalish tezligi bo‘yicha qaralsa, u virusdan ko‘ra ancha shitob tarqaladi. 1989-yilda Kornell universiteti talabasi Robert Morris ilk bora shunday chuvalchangni yaratgan edi va aynan u ilk bora katta ko‘lamdagi moliyaviy zarar keltirgan zararkunandaga aylangandi. U tufayli yetkazilgan moliyaviy zarar ko‘lami 96 million dollar deb baholangan. Morris yaratgan chuvalchang ARPANET tarmog‘idagi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash bilan shug‘ullangan. Biroq, kunlardan bir kun Morris o‘z chuvalchangining dasturiy kodini o‘zgartirishda xatolikka yo‘l qo‘ygan va natijada, chuvalchang o‘zini-o‘zi beto‘xtov nusxalab, tarmoq bo‘ylab o‘rmalay boshlagan va boshqa kompyuterlarga yetib borib, ularni ham zararlagan. O‘shanda, taxminan 9000 ta kompyuter Morris chuvalchangidan zararlangan. Shu jumladan, NASAning ham bir necha yuzlab kompyuterlariga chuvalchang tushgan bo‘lib, natijada kosmik agentlik 5 kun mobaynida ishdan to‘xtab qolgan.
Ilk troyan
O‘sha 1989-yilning dekabrida esa ilk bora troyan turidagi zararkunanda epidemiyasi ro‘y bergan edi. Bejizga ushbu turdagi zararkunandani «troyan» deb nomlanmagan. Xuddi Gomerning «Iliada» dostonida Troya qal’asiga ulkan yog‘och ot ichiga yashirinib kirib olgan Axeyaliklar singari, ushbu zararkunanda dastur ham tashqi ko‘rinishidan beozor-bezarar fayl shaklida bo‘lgan. U Aids Information Diskette deb nomlangan bo‘lib, buni «OITS ma’lumotlari disketasi» deb tarjima qilish mumkin. Albatta, yovuz niyatli xakerlarning bu holatdagi «Troya oti» ideal ko‘rinishda bo‘lgan edi. Axir yaqindagina insoniyat yuzma-yuz kelgan dahshatli kasallik bo‘lmish OITS (SPID) haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan disketadan hech kim yomonlik kutmagan. AIDS troyanini yaratgan xaker uni tarqatish uchun odatiy pochtadan foydalangan. Ya'ni u, zararkunanda dastur yozilgan disketani konvertga solib, risoladagidek marka yopishtirish orqali jo‘natma haqini to‘lab, odamlarga yuborgan. Potensial jabrlanuvchilarning manzillarini esa xaker Butunjahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining o‘shanga yaqin paytda o‘tkazgan OITS bo‘yicha konferensiyasi delegatlari ro‘yxatidan olgan. Shuningdek uning qo‘lida PC Bussines World jurnali obunachilarining manzillari ro‘yxati ham bo‘lgan. Xullasi kalom, OITS haqidagi ma’lumotlar yozilgan disketa niqobi ostida o‘shanda 20000 dan ziyod manzilga troyan zararkunandasi kirib borgan. Disketa kompyuterga solingach, AIDS troyani o‘zining yashirin fayllarini hosil qila boshlagan va sistema fayllarini ham o‘zgartirishga kirishgan. Ma’lum muddat o‘tgach, AIDS troyani bilan zararlangan kompyuterning qattiq diskidagi barcha fayllar ochilmaydigan bo‘lib qolgan. Unda faqat bitta faylni ochish imkoni bo‘lgan va unda, zararkunandani yaratgan xakerga pul jo‘natish taklifi bayon qilingan bo‘lgan.
Kompyuter zararkunandalarining asosiy uch turi – virus, chuvalchang va troyan shu tariqa paydo bo‘lgan edi.

Download 61,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish