Masalalar Sinf ishi 1. Ikkita yassi to‘g‘ri to‘rtburchakli ko‘zgu ikki qirrali =179° burchak hosil qiladi. Ko‘zgularning tegib turish chizig‘idan l=10 cm masofada va har bir ko‘zgudan bir xil masofada nuqtaviy yorug‘lik manbai turibdi. Manbaning ko‘zgulardagi mavhum tasvirlari orasidagi d masofa aniqlansin.
2. Botiq ko‘zguning fokus masofasi F=15 сm. Ko‘zgu buyumning haqiqiy tasvirini uch marta kichraytirib beradi. Buyumdan ko‘zgugacha bo‘lgan a masofa aniqlansin.
3. Qavariq ko‘zguning egrilik radiusi R=50 сm. Balandligi h=15 сm bo‘lgan jism ko‘zgudan a=1 m masofada turibdi. Ko‘zgudan tasvirgacha bo‘lgan masofa b va tasvirning balandligi H aniqlansin.
4. Nur d=30 mm qalinlikdagi shisha plastinkaga i=60° burchak ostida tushadi. Plastinkadan chikkandan keyin nurning yon tomonga siljish masofasi aniqlansin.
5. Yorug‘lik nuri sindirish ko‘rsatkichi n bo‘lgan prizma qirrasiga kichik burchak ostida tushadi. Agar prizmaning sindirish burchagi kichik bo‘lsa, u holda nurlarning og‘ish burchagi tushish burchagiga bog‘liq bulmasligi va =(n–1) ekanligi ko‘rsatilsin.
6. Shisha prizmaning sindirish burchagi =30°. Yorug‘lik nuri prizma qirrasiga uning sirtiga tik ravishda tushadi va dastlabki yunalishdan =20° burchakka og‘gan holda, boshqa qirrasidan havoga chiqadi. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n aniqlansin.
7. Sindirish burchagi =60° bo‘lgan shisha prizmaning qirrasiga i1=45° burchak ostida yorug‘lik nuri tushadi. Nurning prizmadan chiqishdagi sinish burchagi i1 va nurning dastlabki yunalishidan orish burchagi topilsin.
Uy ishi 1. Botiq sferik ko‘zgu ekranda buyum tasvirini =4 marta kattalashtirib beradi. Buyumdan ko‘zgugacha bo‘lgan masofa a=25 сm. Ko‘zguning egrilik radiusi R aniqlansin.
2. Stolda qog‘oz varag‘i yotibdi. Qog‘ozga i=30° burchak ostida tushayotgan yorug‘lik nuri unda yorug‘ dog‘ hosil qiladi. Agar qog‘oz ustiga d=5 сm qalinlikdagi yassi parallel shisha plastina qo‘yilsa bu dog‘ qanchaga siljiydi?
3. Parallel nurlar dastasi i=60° burchak ostida qalin shisha plastinaga tushadi va sinib shishaga o‘tadi. Dastaning havodagi kengligi a=10 сm. Dastaning shishadagi kengligi b aniqlansin.
4. Yorug‘lik nuri sindirish kursatkichi n1 bo‘lgan muhitdan sindirish kursatkichi n2 bo‘lgan muhitga o‘tmoqdi. Agar qaytgan va singan nurlar orasidagi burchak /2 ga teng bo‘lsa, tgi1=n2/n1 (i1 – tushish burchagi) shart bajarilishini ko‘rsating.
5. =60° sindirish burchagiga ega bo‘lgan shisha prizmaga yorug‘lik nuri tushadi. Agar nur prizma ichida simmetrik yurganda og‘ish burchagi =40° bo‘lsa, shishaning sindirish ko‘rsatkichi n aniqlansin.
6. Yorug‘lik nuri shisha prizma qirrasiga uning sirtiga tik ravishda tushadi va dastlabki yo‘nalishidan =25° burchakka og‘gani holda qarama-qarshi qirrasidan chiqadi. Prizmaning sindirish burchagi aniqlansin.
7. Prizmaning sindirish burchagi =60°. Nurning dastlabki yo‘nalishidan eng kam og‘ish burchagi =30°. Prizma yasalgan shishaning sindirish ko‘rsatkichi n aniqlansin.