O'zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,57 Mb.
bet31/49
Sana30.12.2021
Hajmi3,57 Mb.
#87211
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
UMUMIY PSIXOLOGIYA.pdf 2020.doc04

14-rasm. Ko‘r dog'ni topish tajribasi. 72

KO‘R DOG‘NI TOPISH USULI

Ko‘r dog‘ni topish uchun rasm ko‘zdan 25 — 30 sm uzoqlikka qo‘yiladi, o‘ng ko‘zni yumib, chap ko‘z bilan rasmning o‘ng tomonida turgan doira- gacha qaraladi. Suratni oldinga va orqaga dam-badam surib, shunday masofaga keltiriladiki, bunday masofada rasmdagi krestcha shakli ko‘rinmay qoladi. Buning sababi shuki, krestchadan kelayotgan nur ko‘zning ko‘r dogMga tushib qoladi.

Agar chap ko‘zni berkitib, o‘ng ko‘z bilan krestchaga qaralsa, doiracha ko‘rinmay qoladi. Tajriba vaqtida ko‘zni chalgMtmaslik kerak, chunki ko‘zning salgina chalg‘ishi ham ko‘r dog‘ harakatini o‘zgartiradi, ko‘z soqqasidan chiqadigan ko‘ruv nervining tolalari yarim sharlardan oltib, bosh miyaning ensa bo‘lagiga boradi — bosh miya po‘stining ko‘ruv markaz­lari ham shu yerdadir.

Ko'rish sezgilarining fizik sababi

Ko‘rish sezgisini hosil qiladigan fizik sabab - yorug‘likdir, ya’ni elekt- romagnit toMqinlaridir. Bu to‘lqinlar turlicha uzunlikda boMib, vaqt birligi hisobi bilan (bir soniya ichida) tebranish tezligi (chastotasi) ham har xil yorug‘lik toMqinlarining uzunligini millimikron (millimetrning milliondan bir boMagi) hisobi bilan oMchanadi. Odam ko'zi sezadigan ranglar taxmi- nan 380 millimikrondan 780 millimikrongacha uzunlikdagi toMqinlarning ta’siri bilan hosil boMadi. YorugMik toMqinlarining tebranish tezligi darajasi (chastotasi) bu toMqinlarning soniyasiga necha million marta tebranishiga qarab oMchanadi. Eng uzun toMqinlar (uzunligi 780 millimikron boMib, soniyasiga 450 billion marta tebranadigan toMqinlar) qizil rang sezgisini hosil qiladi. Eng kalta toMqinlar (uzunligi 380 millimikron boMib, soniyasiga 750 billion marta tebranadigan toMqinlar) binafsha rang sezgisini hosil qiladi.

Spektrdagi ayrim ranglarni ko‘rish sezgisi yorugMik toMqinlari (mil­limikron hisobi bilan) quyidagicha uzunlikda boMganda hosil boMadi: toMqin uzunligi 780-610 millimikron boMganda - qizil rang, 610-590 millimikron boMganda - zarg‘aldoq rang, 590-575 millimikron boMganda - sariq rang, 560-510 millimikron boMganda - yashil rang, 480-470 millimikron boMganda — havorang, 470—450 millimikron boMganda ko‘k rang, 450— 380 millimikron boMganda - binafsha rang seziladi.

Ko‘rish sezgilarining xossalari. YorugMik toMqinlarining turlicha qo‘shilishi va turlicha ta’sir ko‘rsatishi umumiy rang toniga, seziladigan ranglaming ochiqlik va to'qlik darajasiga ta’sir etadi. Barcha xromatik ranglar shu xossalarga qarab ajratiladi. Axromatik ranglar faqat ochiqlik darajasibilan farq qiladi. Rang toni deb bir rangni ikkinchi rangdan farq qiladigan spetsifik sifatiga aytamiz. Rang toni ko‘zga ta’sir etadigan yomg‘lik toMqinining uzunligiga bogMiq. Odam ko‘zi rang toni jihatidan 150 ga yaqin har xil tuslarni ajrata oladi.

Ochiqfik deb, muayyan rangni qora rangdan farq qilish darajasiga aytamiz. Ochiqlik - qaytarish koeffitsiyentlariga, ya’ni narsa yuzasiga tushadigan yomgMikning necha foizi olsha yuzadan qaytishiga bogMiq. Oq rang eng ochiq rang hisoblanadi, chunki oq yuza o‘ziga tushadigan yorugMikning deyarli hammasini qaytaradi. Qora rangning ochiqligi eng kam boMadi. Chunki qora yuza o‘ziga tushadigan yorugMikni deyarli bu- tunlay qaytarmaydi. Qulay sharoitlarda odam ko‘zi ranglarning ochiqligi- ga qarab qora bilan oq rang o‘rtasidagi 200 tacha tusni ajrata oladi.

Seziladigan ranglarning ravshanligi ochiqlikdan farq qilishi kerak. Rangning ravshanligi ko‘zga ko‘rinib turgan rangli narsaning yaxshi yoki yomon yoritilib turishiga bogMiq boMgan ochiqlikdir. Ma’lum darajada quyuq boMgan har bir rangning ko‘z ilg‘aydigan ravshanlik darajasi 600 ga yetadi.

Rangning quyuqiigi deb, ma’lum bir rangning ochiqlik jihatidan o‘zi bilan bir xildagi kulrangdan qay daraja farq qilishini (yoki o‘xshashligini) aytamiz. Boshqacha aytganda, rangning quyuqiigi deb muayyan rang tonining yaqqollik darajasiga aytamiz. Rangning quyuq boMishi muayyan yuza rangi uchun xos spetsifik nurlar miqdori bilan o‘sha yuzadan qaytadigan yorugMik nurlarining umumiy miqdori o‘rtasidagi nisbatga bogMiq. Muayyan yuzaning rang tonini belgilab be­radigan nurlar yuzadan qancha katta joy egallasa, seziladigan rang shun- cha to‘qroq boMib tuyuladi. Rang tonini belgilab beradigan nurlarning

k



15-rasm. Ranglarni aralashtiradigan charx.
amayishi natijasida awalgi to‘q rangning tobora ochlashib borishiga biror xromatik rangdan (masaian, qizil rangdan) sof oq rangga o‘tish orasida uchraydigan rang tuslari misol boMa oladi. Eng quyuq, eng to‘q rang eng chekkadagi (qizil) rang boMadi; boshqa ranglar oq rangga yaqinlashgan sayin to‘qligi ketib, tobora oqarib borib, oxiri sof oq rangga o‘tadi.


Ranglarning aralashib keti-

shi, ko‘z to‘r pardasining biron joyiga turli uzunlikdagi yorugMik nurlari bir yo‘la ta’sir etganda sodir boMadi. Shuning natijasida biz faqat bir rangni sezamiz, lekin bu rang aralashib ketgan ranglarning hech biriga o‘xshamaydigan, alohida rang boMadi. Ikkita xromatik rangning aralashib ketishidan nim rang hosil boMadi. Masaian, qizil rang bilan sariq rangning aralashishidan zarg‘aldoq rang hosil boMadi, qizil rang bilan ko‘k rangning aralashishidan binafsha rang hosil boMadi va hokazo. Spektrdagi hamma ranglarning aralashi­shidan neytral oq rang hosil boMadi. Spektrdagi ba’zi ranglarning ikkita- sini qo‘shib, xuddi boyagidek oq rang yoki och kulrang hosil qilish ham mumkin. Masaian, spektrdagi har bir rang o‘ziga mos boshqa rang bilan qo'shilib, axromatik oq rang yoki kulrang hosil qiladi. Bunday ranglar qo‘shimcha ranglar deb ataladi. Qizil rang bilan och havo rang, ko‘k rang bilan sariq rang bir-biriga qo‘shilib, qo‘shimcha ranglar hosil qiladi. Ranglarning aralashib ketishidagi ana shu qonuniyatlarning hammasini rangdor doiralar deb ataluvchi doiralarni maxsus asbobga kiygizib tek­shirib ko‘rish mumkin. Bu asbob «ranglarni aralashtiradigan charx» deb ataladi.

Charx tez aylanganda o‘sha doiralardagi har xil ranglar aralashib, muayyan ranglar hosil qiladi. Ranglarning aralashib ketishi — periferik jarayon emas, balki markaziy jarayon ekanligi hozirgi vaqtda aniqlandi. Ranglarning binokulyar aralashib ketish faktlari shundan dalolat beradi. Agar bir ko‘zga sariq rang, ikkinchi ko‘zga ko‘k rang to‘g‘ri tutilsa, ranglar­ning oddiy aralashib ketishidagi kabi kulrangni sezamiz.

Ko‘rish sezgisi jarayoni

Rang va yorugMikni ko‘rish organining yordami bilan sezish jarayoni qanday voqe boMadi? Rang va yorugMik sezish jarayonlarining o‘z xususi­yatlari bor.

Rang sezish jarayonlarini tushuntirib beradigan eng mashhur nazariya «uch rangrji ko‘rish* nazariyasidir. Bu nazariyaning asosiy qonun-qoi- dalarini rus olimi M.V. Lomonosov 1756-yildayoq bayon qilib bergan edi. Ma’lum nemis fiziologi va fizigi Gelmgolts Lomonosovdan 100 yil keyin o‘sha nazariyani toMa bayon qilib berdi. Bu nazariyaga ko‘ra, to‘r parda­ning kolbachalarida uchta asosiy element bor. 0‘sha elementlardan biri- ning alohida qo‘zg‘alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi birining qo‘zg‘alishi yashil rang sezgisini va uchinchi birining qo‘zg‘alishi binafsha rang sez­gisini hosil qiladi. YorugMik toMqinlari birdaniga uchta elementni bir xilda qo‘zg‘asa, oq rang sezgisi hosil boMadi. Lekin, yorugMik toMqinlari ikki yoki uch elementga ta’sir etsa-yu, ammo bu ta’sir bir tekisda boMmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qo‘zg‘alganligiga qarab, har xil rang sezgilari hosil boMadi.Yuqoridagi rasm turli ranglaming qanday sezilish jara- yonini yaqqol ko‘rsatib beradi.

S



16-rasm. Uch rangni ko‘rish яхдтах'.
pektming rang sezuvchi ele- mentlar qo
lzg‘alish kuchiga qa- rab hosil bo‘ladigan ayrim ranglarining bosh harflari sxema- da kokrsatilgan. Sxemadagi figu- ralar rang sezuvchi elementlar- ning qo‘zg‘alish kuchini ko‘rsatadi. «Uch rangni ko‘rish» nazariyasi rang sezish jarayonla- ridagi ko‘ruv organining rolini ochib berishda eng та ’qui aaza- riya deb hisoblanadi. Ammo bu nazariya haqiqatda ehtimolga eng yaqin gipotezadir, chunki kolbachalarda rang sezuvchi uch elementning borligi hali aniq isbot etilgan emas, balki faraz qilinadi, xolos.

Hozirgi vaqtda psixologlar va fiziobglar ranglarni sezish yolg‘iz to‘r pardasidagi jarayonlar bilangina emas, balki boshqa miya po‘stida bo‘ladigan jarayonlar bilan ham bog'liq ekanligini isbotlashga harakat qilmoqdalar. YorugMik sezishda ro‘y beradigan spetsjfik jarayonlar mukammalroq tek- shirilgan. Tayoqchalarda ko‘rish purpuhj degan maxsus modda bor ekan. Ko‘zga yorugMik ta’sir etganda ko'rish рифип kimyoviy yo‘l bilan par- chalanib, tarkibiy qismlariga bo‘linib ketadi. Ko‘rish puфuгining shu tariqa parchalanish jarayoni ko‘rish nervini qo‘zgl
ab, yorugMik sezgisi hosil bo‘ldi. Qorong‘ida рифиг yana tiklanadi.

Ko‘rish sezgilaridagj maxsus hodisalar

Ko‘rish sezgilaridagi bir qancha maxsus hodisalar ko‘rish organidagi apparatlarning holatiga bogMiq. Rang kontrasti, «shapko‘rlik» (qorong‘ida va tunda yaxshi ko‘ra olmaslik) va «raiig ajratolmaslik» (rang turlarining farqiga bora olmaslik) shunday hodisalardan hisoblanadi.

Rang kontrasti. Qizil rangli kvadratni bir varaq oq qog‘oz ustiga qo‘yib tikilib qarasak, bir necha vaqtdim keyin shu kvadrat atrofida och havo rang hoshiyani, ya’ni qizil rangga qo‘shimcha rangni ko‘ramiz. Kontrast hodisasi ana shudir. Yuqorida keltirilgan misolda qo‘shimcha rang asosiy rang bilan bir vaqtda seziladi. Bu bir vaqtdagi kontrastdir. Bundan tashqari, izma-iz kontrast bo‘ladi. Masalan, qizil doiraga uzoq vaqt qarab turib, keyin oq yuzaga ko‘? tashlansa och havo rang - sariq rangli doira, ya’ni qizil rangga qo‘shimcha rung ko‘ramiz. Buning teska- risini ham qilib ko‘rish mumkin. Izma-iz kontrast hodisasi ana shudir.

Rang kontrastining hosil bo‘lishiga sabab shuki, kishi uzoq qarab turganda kolbachalarning qizil rangni sezuvchi elementlari charchaydi, natijada ularning sezuvchanligi kamayadi. Ayni vaqtda qo‘shimcha rangni sezuvchi elementlar qo‘zg‘alganicha qolaveradi, ularning sezuvchanligi kuchliroq bo‘lib chiqadi. Shu sababli, ranglarning aralashish qonuniga muvofiq, qo‘shimcha rang seziladi.

  • Shapko‘rlik» shundan iboratki, odam kechqurun va tunda xira ko‘radi yoki butunlay ko‘rmaydi. Bu hodisaning sababi shuki, to‘r par- dalaridagi tayoqchalar sust ishlaydi yoki butunlay ishlamaydi.

«Rang ajratolmaslik» xromatik ranglarni seza olmaslik va farq qila olmaslikdan iborat. Ba’zi bir kishilar ranglarni sira ayira olmaydigan boMadi. Bunday kishilar hamma ranglarni axromatik kulrangdek ko‘radilar (xuddi fotografiyadagi singari). Ba'zi kishilar ranglarni qisman ayira olmaydigan boMadi. Bunday kishilar faqat ba’zi bir ranglarni ayira olmaydilar. Statis- tika ma’lumotlariga qaraganda, ranglarni ajrata olmaslik hodisasi erkaklar orasida taxminan 4 foiz va ayollar orasida 0,5 foiz uchraydi. Qizil va yashil rangni ayira olmaslik hodisasi ko‘proq uchraydi. Binafsha rangni ajrata olmaslik hodisasi esa kamroq uchraydi. Ranglarni sira ayira olmas­lik hodisasi juda kamdan kam boMadi. Ranglarni ajrata olmaslik sababi shuki, ko‘zning to‘r pardasidagi kolbachalar ishlamaydi yoki qisman ish­laydi. Shapko‘rlik va rang ajratolmaslik haqiqatan ham kolbacha va tayoq- chalardagi nuqsonlarga bogMiq ekanligi turli hayvonlarning ko‘rish organ- Iarini maxsus tekshirishda tasdiqlanadi. Kunduzgi yorugMikda hayot kechi- radigan hayvonlar (kaltakesaklar, ilonlar, tovuq, kaptarlar) ko‘zining to‘r pardasida faqat kolbachalar boMadi, ular kechasi hech narsani ko‘rmaydi, tunda hayot kechiradigan hayvonlar (ko‘rsichqon, ko‘rkalamush, kiфilar, boyqushlar, ko‘rshapalaklar) ko‘zining to‘r pardasida faqat taskchalar boMadi, ular kunduz kuni ko‘rmaydi.

Eshitish sezgilari

Eshitish sezgilari tovushlami sezishdan iboratdir. Tovushlar musiqiy tovushlarga (ashula tovushi, cholg‘u asboblarining tovushi) va shovqinli tovushlarga (taraq-turuq, tars-turs, sharaq-shuruq, taqir-tuqur va boshqa shu kabi tovushlarga) boMinadi.

Tovushlar oddiy va murakkab tovushlarga ham boMinadi. Oddiy to­vushlar tonlar (yoki mikrotovushlar) deb ataladi, masaian, kamertonni jaranglatganimizda tonni sezamiz. Ohangli tovushlar murakkab tovush boMib, ular bir necha tondan tarkib topadi. Shu tonlardan biri asosiy ton

  1. 7



boMib, tovushning balandligini va kuchiiii belgilab beradi, boshqalari birga qo‘shiluvchi tovushlar boMib, obertonlar deb ataladi. Obertonlai turli as- boblardan, masaian, royal, skripka, gitaradan chiqadigan bir xil balandlik­dagi tovushlarning o‘ziga xosligini belgitevdi. Tovushlaming ana shu tariqa o‘ziga xosligi tembr deb ataladi.

Nutq tovushlari ohangli tovushlar (asosan, unli tovushlar) bilan shov- qinlardan iborat (shovqinlarda undosh tovushlar ko‘proq boMadi). Eshi­tish sezgilari organi quloq boMib, u uch qismdan: tashqi quloq, o‘rta quloq va ichki quloqdan iboratdir.

Tashqi quloq - quloq suprasi bilan eshituv yoMidan iborat. Tashqi quloq havo toMqinlarini yig‘uvchi kamay desa boMadi. Tashqi quloq biJan o‘rta quloq o‘rtasida bir parda bor, u nog‘ora parda yoki ok
rta quloq pardasi deb ataladi. 0‘rta quloq - nog‘ora parda v;» unga yopishgan uchta suyakcha: bolg‘acha sandon va uzangidan iborat. Nog‘ora parda, shuningdek, unga yopishuvchi suyakchalar (bolg‘acha, sandon va uzangi) havo tebranish- iarini ic№ qu'ioqqa o'tkazadi. Cfrta qutoq maxsus кэткЛ tYtrvStaxiy rrayi) yordami bilan ogMz bo‘shligMga va burun bo‘shligMga tutashgan.

Ichki quloq yoki quloq labiranti o‘zaro birlashgan uchta boMakdan iborat. Ichki quloqning yuqori qismi uchta yarim joyga kanaldan, o‘rta qismi kameradan (u ichki quloq dahlizi deb ataladi) va pastki qismi chig‘anoqdan iborat, ichki quloqning uchala boMimi endolimfa nomli

m



17-rasm. Quloqning tuzilishi: 1. Quloq suprasi. 2. Tashqi eshitish yoMi.

3. Nog‘ora pardasi. 4. Orta quloq.

5. Yevstxiy nayi. 6. 0‘rta quloq ichidagi suyuklar. 7. Ichki quloq dahlizi.

8. Yarim doira kanallari. 9. Chig'anoq.
axsus suyuqlik bilan toMa. Ichki quloqning asosiy qismi chig‘anogMdir. Chig‘anoqning ichida Koniy organi deb atala­digan boMakcha bor. Bu organ gumbaz shaklida boMib, uning negizida asosiy
membrana bor. Membrana - uzunligi sekin-asta qisqarib boruvchi elastik tola- lardan iborat. Bu tolalar arfa yoki fortepianoning tarang tortilgan torlariga o‘xshaydi. Asosiy membranani yuqori to- mondan maxsus tayoqchasimon hujayralar berkitib turadi, bu hujayralar Kortiy duralari deb ataladi. Asosiy membrananing tolalari endo-limfaga eng ingichka qillari botib turadigan maxsus hujayralar yordamibilan Kortiy duralari orqali eshitish nerviga bog‘lanadi. Eshitish markazlari bosh miya po‘stining chakka bo‘lagidadir.

Eshitish sezgilarining fizik sababi

Eshitish sezgilarining fizik sababi — havo to‘lqinlarining harakati bo‘lib, bu havo to‘lqinlari tovush chiqaruvchi jismlar tebranganda hosil bo‘ladi. Musiqiy tovushlar to'lqinlaming tekis, ritmik harakatlari natijasida hosil bo‘ladi, shovqinli tovushlar esa to‘lqinlarning notekis harakatlaridan tug‘iladi.

Tovush balandligi asosiy tonning balandligi bilan belgilanadi. Ton balandligi tovush to‘lqinlarining vaqt birligi hisobi bilan tezlik darajasiga (chastotasiga) bog‘liq. Tovush chiqaruvchi jismlar tebranish tezligi (chas- totasi) qancha ko‘p bo‘lsa, eshitiladigan tovush shuncha yuqori bo‘ladi. Sekundiga 16-20 dan tortib 20000-22000 tebranish bo4ganda odam qulog'i tonlami seza oladi. Sekundiga 100 dan tortib, 5000 gacha tebranuv- chi o‘rtacha balandlikdagi tonlarning farqi, ayniqsa, yaqqol seziladi. Mu- siqa asboblari (royal) soniyasiga 20 dan tortib, 4200 gacha tebranish doira- sida 7 oktavaga egadir. Odam nutqidagi tovushlarning registri soniyasiga 150 dan tortib, 2000 gacha tebranish o‘rtasidadir.

T ovushning qattiqligi — tovushning subyektiv seziladigan kuchidir. Shu sababli, tovushning qattiqligi awalo tebranish energiyasiga bog‘liqdir. Ammo tovushning qattiqligini tovush kuchi bilan tenglashtirish yara- maydi. Bir xil kuchdagi, ammo turli balandlikdagi tovushlar bizga qat­tiqligi jihatidan har xildek seziladi. Tovush kuchi oshgan sari tovush­ning qattiqligi oshavermaydi. Tovushning qattiqligi quloqning tovush manbaidan qancha masofada ekanligiga va tovush tarqaladigan sharoit- ga bog‘liq. Tembr tovush to‘lqinining shakliga bog‘liq. Tovush to‘lqinining shakli odam sezgilarida xil-

ma-xil tonlarda aks etadi, bu tovush shu tonlardan hosil bo‘ladi. Tovush tem- ;
bri bir qancha oberton- lardan tashkil topadi. Bu obertonlar asosiy tonga IS
r
r
f
m
:
Korteonsanmmg ko-ndahngkesigi:


aaraeanda 2 3 4 va hoka- p'-kortiy dugalan; c-tukli hujayralar yoki qaraganaa /, i,
4 va пока eshitish hujayraiari; t-asosiy purda yoki

zo marta ortiq tebranishi membrana.mumkin. Odam ovozining tembrlaridagi, musiqa asboblarining tembr- laridagi farqlar obertonlardan qaysi birining kuchliroq jaranglashiga va bu obertonlarning balandligiga bog‘liqdir.

Eshitish sezgisi jarayoni

Eshitib sezishlar chog‘ida eshitish organida ro‘y beradigan spetsifik jarayonlar sababini anglatishda eng ko‘p qabul qilingan nazariya Gelm- gols ishlab chiqqan rezonans nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra havoning toMqinsimon harakatlari tashqi va o‘rta quloq orqali ichki quloqdagi en- dolimfaga o‘tadi. Bu yerda endolimfaga botib turuvchi qillar orqali asosiy membrana tolalari harakatga keladi, ulardan eshitish nervi ham harakatga keladi.

Gelmgols eshituv sezgilarining sifat farqlarini (tonlarning farqlarini) tushuntirganda umumiy rezonans nazariyasiga tayanadi. Bu nazariyaga ko‘ra, har bir musiqa asbobi tashqaridan keluvchi biron tovushga javoban o‘sha tovushga bir tonda moslangan torini tebrantiradi, xolos. Gelmgols nazariyasiga muvofiq, odam qulogMda ham shunga o‘xshash hodisa voqe boMadi. Endolimfaga o‘tuvchi muayyan balandlikdagi har qanday tovushga javoban asosiy membrana o‘z tolalaridan birontasini tebranti­radi, qo‘zg‘alish o‘sha tola orqali eshitish nerviga o‘tadi. Eshitish haqidagi rezonans nazariyasi ko‘p faktlar bilan tasdiqlanishini aytib o‘tmoq kerak.

Asosiy membrana tolalarining soni odam quIogM sezadigan tovush- larning soniga umuman baravar keladi, ya’ni 20000 tacha boMadi. So‘ngra, arpa yoki guslining uzun torlari singari, asosiy membrananing uzun tola­lari ham past (yo‘g‘on) tovushlarga rezonans (aks-sado) beradi, musiqa asbobining kalta torlari singari, asosiy membrananing kalta tolalari ham baland (ingichka) tovushlarga rezonans beradi. Bu, masaian, hayvonlar ustida qilingan quyidagi tajribalar bilan isbot etiladi. Agar it qulogMning asosiy membranasidagi uzun tolalar qirqib olinsa, u past (yo‘g‘on) to- vushlarni sezmaydigan boMib qoladi, agar asosiy membrananing kalta tola­lari kesib olinsa, baland (ingichka) tovushlarni sezmaydigan boMib qoladi.

Hid bilish sezgilari

Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi. Hidlar nihoyatda ko‘p va xilma-xil boMadi. Hidlarni klassifikatsiya qilish uchun umumiy bir mezon yo‘q. Hidlar odatda hidli narsalarning nomi bilan ataladi, masa­ian, rayhon hidi, non hidi, olma hidi va hokazo. Hidlar odatda, xush va noxush deb ikkiga boMinadi, lekin bu taqsimot hidlarning mohiyatini ko‘rsatib

80
bermaydi, balki o‘sha hidlarga qanday qa- rashimizni ko‘rsatadi.

H



19-rasm. Burun kavagining kesigi: -shilliq parda; 2—hid bilish so‘g‘oni.
id bilish sezgilarining organi
bumn ko- vagining yuqori tomoni bo‘lib, bu yerda hid bilish hujayralari va sezuvchi nervning tar- moqlari bor, sezuvchi nervning tarmoqlari hid bilish sohasining shilliq pardasiga botib turadi.

Hidli moddalar sezuvchi nervni qo‘zg‘aydi, bu qo‘zg‘alish bosh miyaga o‘tadi, natijada biz turli hidlarni sezamiz. Hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida deb faraz qilinadi.

Hidli moddalar hid bilish hujayralariga faqat gaz holatidagina ta’sir etadi va kimyoviy reak- siya yo‘Ii bilan ulami qo‘zg‘aydi. Ma’lumki, hidli moddalaming hammasi bug‘lanadi va eriydi. Gaz holatidagi moddalar nafasga olinadigan havo bilan burun kavagiga kiradi.

Ta’m bilish (maza) sezgilari

Ta’m bilish sezgilariga shirin-achchiq, nordon-shirin his qilish kiradi. Shu asosiy ta’m bilish sezgilaridan tashqari, umumiy klassifikatsiyasi bo‘Imagan juda ko‘p va xilma-xil ta’m bilish sezgilari ham bor. Hid bilish sezgilari kabi ta’m bilish sezgilari ham, muayyan ta’mli narsa yoki mod­dalaming nomi bilan ataladi. Masalan, sutning mazasi, yog‘ning mazasi, go‘shtning mazasi, nonning mazasi va hokazo deb ataymiz.

Ta’m bilish sezgilarining organi — tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidir. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish so‘rg‘ichlari bor.

U larning ichida tayoqehasi- mon hujayralardan tuzilgan max­sus ta’m bilish «kurtaklari» yoki «sugonlari» bor. Har bir ta’m bi­lish sezgisining o‘ziga xos tuzil­gan «sugoni» bo‘ladi. Spetsifik si- fatlari bilan farq qiladigan bu ta’m bilish sugonlari til yuzasida bir tekisda taqsimlangan emas.

Tilning asosiy yoki orqa qismi

achchiq mazani, ayniqsa, yax- 20-rasm.
Til shilliq pardasidagi


shi sezadi, til uchi, asosan, shi- ta m biI,sh so ichlari
-
rin mazani, ayniqsa, yaxshiroq sezadi, tilning chetlari esa nordon mazani yaxshiroq sezadi. Tilning o‘rtasi ta’m sezmaydi. Ta’m bilish organlarining hujayrali qismlarida maxsus sezuvchi rtervlarning chekka uchlari bor, bular maza (ta’m) bilish organidagi qo‘zg‘alishni bosh miyaga o‘tkazadi. Ta’m bilish organining miyadagi markazlari hid bilish markazlarining yaqinida- dir, deb faraz qilinadi.

Ta’m bilish sezgilari moddalarning kimyoviy xossalari tufayli hosil boMadi. Ta’m bilish sugonlari faqat suyuq suvda yoki soMakda erigan moddalar ta’siri ostida qo‘zg‘aladi (masaian, qand eriy boshlashi bilangina shirin mazasi sezilarli boMib qoladi). Hid va ta’m bilish sezgilari bir-biri bilan chambarchas bogMangandir. Hid bilish sezgilari ham, ta’m bilish sezgilari ham sezgi organlariga kimyoviy moddalarning ta’sir etishi natijasida hosil boMadi. Ammo ta’m bilish sezgilarirti hosil qilmoq uchun o‘sha ta’mli narsa bevosita totib ko‘rilmogM kerak, hidli narsalarning isi esa uzoqdan ham sezilaveradi.

Teri sezgilari

Teri sezgilariga tuyush va harorat sezgilari kiradi, bu sezgilarning teri sezgilari deb atalishiga sabab shuki, bu sezgilarning chekka nerv apparat- lari (retseptorlar) terida va organizmimizning tashqi shilliq pardalarida boMadi.

Tuyush sezgilari - tegish, tarqalishni tuyush sezgilari yoki (21-rasm) tuyush tanachalari. Taktil sezgilar, shuningdek, silliq yoki g‘adir-budurni tuyush sezgilaridir. Biror narsaning tegjshini sezish tashqi ta’sir (qo‘zg‘a!ish) kuchayganda siqiq sezishga aylanadi- Qo‘zg‘alish yanada kuchayganda siqiq og‘riq sezgisiga aylanishi mumkin. Ammo terida seziladigan har qanday ortiq teriga ta’sir etadigan tashqi qo‘zg‘alishga bogMiq boMavermaydi, albatta.

Tuyush sezgilari organi - teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tu­yush tanachalari degan maxsus tanachalardir. 0‘sha tanachalarning ichida,

qisman esa tashqarisida

  • —-—-y, (bevosita epiteliyda) tuyush

Г

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish