Faol va passiv nutq
Nutq vositasi bilan bog‘lanadigan aloqada hamisha ikki yoki bir necha kishi ishtirok etadi, bulardan bittasi biron narsani yo og‘zaki, yoki yozma bayon qiluvchi kishi bo‘lsa, qolgani, yoki qolganlari shu nutqni idrok qiluvchi — cshituvchi yoki o‘quvchi kishi, yoki kishilar bo‘ladi. Shuning uchun ham nutqni faol nutq va passiv nutq deb ajratiladi.
Biz biror narsani ifodalab, boshqa kishilarga og'zaki yoki yozma bayon qilsak, bizning bu nutqimiz faol nutq deb ataladi. Faol nutq biror narsa gapirayotgan va yozayotgan kishining nutqidir. Shuningdek, kishi biror shaxs- ga maktub yozayotgan, olim maqola, kitob yozayotgan yozuvchi o‘zining ada- biy asarini yaratayotgan vaqtidagi nutq ham faol nutq boMadi.
248
Boshqa birovning faol nutqini idrok qilish va tushunish jarayoni passiv nutqdir. Gapirayotgan kishining so‘zini tinglab turgan yoki yozilgan narsani o‘qiyotgan kishi boshqa bir kishining faol nutqini o‘zicha takrorlagandek bo'ladi. Masaian, olqituvchi darsni tushuntirib berayotganida, o'quvchilar esa uning darsini eshitayotganlarida okqituvchining nutqi faol nutq bo‘ladi, о‘quvchilaming shu nutqni idrok qilish, ya’ni tushunish jarayoni esa passiv nutq bo‘ladi.
Boshqa birovning nutqini, shu nutq so‘zlanayotgan tilni o‘zitniz bil- ganimiz taqdirdagina bu nutqni idrok qilishimiz va o‘z!ashtirishimiz mumkin. Ammo shunda ham o‘sha nutqni idrok qilishimiz hamisha bayon qilinayotgan nulqqa aynan teng va muvofrq bolavermaydi. Ba’zan boshqa bir kishining nutqini tushunmaslik, bu nutqni bir tomonlama, noto‘g‘ri tushunish, so‘z illuziyalari va boshqa shu kabilarning hosil bo‘lishiga sabab ham shudir. Passiv nutqning bu xususiyatlari idrok qilayotgan kishining aqli qay darajada yetukligiga bog'liq bo'ladi. Gapirayotgan kishi okz nutqining mazmunini va shaklini shu nutqni tinglovchilarning qay darajada idrok qilishini ko‘zda tutib tuzadi. Chunonchi, o‘qvtuvchL o‘z nutqining o‘quvchiIar qanchalik tushuna olishini nazarda tutib, so'zlayotgan nutqi- ni shunga qarab tuzadi.
Har bir kishi passiv nutqni faol nutqqa qaraganda, birmuncha oldin- roq egallaydi. Yosh bola oldin kattalarning gapini tushunadigan bo‘ladi, so'ngra o‘zi ham tilga kirib, gapira boshlaydi. Xuddi shuningdek, boshqa bir tilni o‘rganish vaqtida o‘rganilayotgan tilda faol nutqni egallash passiv nutqni egallashga qaraganda birmuncha keyinda qolib boradi.
YII. NUTQNING 0‘SISHI
Bolalar, odatda, ikki yoshga o‘tganida, o‘rta hisobda o‘n yetti-o‘n sakkiz oylik bo‘lganida faol nutqni egallay boshlaydilar. Bolaning nutqi egallash vaqtigacha bo‘lgan davrni va shu davrdagi o‘sib borish vaqtini uning tili chiqmagan davri yoki til chiqmagan bosqich deb aytiladi. Bolaning o‘sishidagi bu davr nutqni egallashga tayyorgarlik davri bo‘ladi.
Tayyorgarlik davri
Bola nutqi o‘sishining tayyorgarlik davrida uchta bosqich: chinqirish bosqichi (ingalash), guvrash bosqichi, til chiqa boshlash bosqichi borligini ko‘rish mumkin.
Ma’lumki, chaqaloq tug‘ilgan paytdan boshlab, chinqira boshlaydi: u yig'laydi. Chaqaloqning chinqirib yig‘lashi uning o‘zini bezovta qilayotgan orga'nik va tashqi qo^ovchilarning ta’siriga — ochlikka, og‘riqqa, sovuqqa, tagi hoMlikka va shu kabilarga boMgan reaksiyasidir. Chaqa- loqlarning chinqirib yigMashi ularning o‘sishida ijobiy ahamiyati ham bor: chinqirib yigMash tufayli chaqaloqning nafas olish va nutq apparati o‘sadi va mustahkamlanadi. Shu sababli, bolalarning chaqaloqlik vaqtidagi chinqirib yigMashlari keyinchalik ular nutqining o‘sishi uchun zarur shartlarning biridir.
Chaqaloq ikki yo uch oylik boMganida, odaldagi chinqirib yigMashdan tashqari «а», «и», «guv-guv», «ruv-ruv», «ga», «agu-guv», «bu» va boshqa shu kabi tovush birikmalarini chiqara boshlaydi. Bu tovushlar guvrash- ning boshlanishidir. Bu xil tovushlarni chaqaloq yayrab yotganida chiqara - di: chaqaloqqa go'yo o‘z nutq apparati bilan «o‘ynashayotganidan» hu- zur qilgandek boMib, shunday tovushlarni chiqarayotgandek ko'rinadi. Bu vaqtda chaqaloq tovushlarga taqlid qilishni hali bilmaydi. Chaqaloqning mana shunday ayrim tovushlar chiqarishi uning nutq apparatini o‘stiradi, mustahkamlaydi, shuningdek, unda bir qancha yangi tovushlar hosil boMadi.
Bola uch-to‘rt oylik boMganida и til chiqara boshlaydi. Chaqaloqda, masaian, «buv-va», «nan-nan-nan», «gi-gi-gi», «dad-dad-da» va boshqa shu kabi tovush birikmalari paydo boMadi.
Bolaning til chiqarishida boshqa odamlar nutqining ta’siri sezila boshlaydi. Go‘dak tevarak-atrofdagi kishilarning nutqini eshitib, shu nutq tovush birikmalariga oczi anglamagan holda taqlid qila boshlaydi. Gung (kar-soqov) bolalarda ham qichqirish va guvrash boMadi, lekin faqat normal bolalargina til chiqara boshlaydi. Bolalarning til chiqara boshlashi nutqning o‘sishi jarayonida tayyorgarlik rolini o'ynaydi: til chiqara bosh- lash vaqtida tovushlar va bu tovushlar birikmasi hosil boMadi, nutq apparati mustahkamlanadi.
Bolalar yetti-sakkiz oylik boMganida ularning boshqalardan eshitgan so‘zlari bilan shu so‘zlarda ifodalangan narsalar o‘rtasidagi dastlabki bogManishlar ham hosil boMadi. Bolalar o‘zlariga aytilgan so'zga javoban harakat qiladilar. Masaian, «tik-tak» deyilgan vaqtda bolaning ko‘zi soatga buriladi, «ауа» degan so‘zni aytganimizda bola boshini onasi tomonga buradi, bu — passiv nutqni egallashning boshlangMchidir.
Keyinroq bola to‘qqiz yoki o‘n oylik boMganida, o‘zi og‘zidan chiqarayotgan tovushlar birikmasini maMum bir narsa bilan bogMaydi. Chunonchi: bola soatga qarab «tik-tik» deb ayta boshlaydi. Bola bu tovush birikmasini taqlid yoMi bilan aytadi, lekin shu tovush birikmalari- ning o‘zida faol nutq boshlangMchi borligini ko‘rish mumkin.
Yasli yoshidagi va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqning o*sishi
Bola tovushlami birga qo‘shib, narsalarning nomini va o‘z fikrlarini ifodalashga qadam qo‘yishidan boshlab, u tom ma’noda nutqni egallay boshlaydi.
AbstraksiyaJashga va umumiylashtirishga imkon beradigan ikkinchi signal sistemasi o‘sa borishi bilan ma’noli nutq paydo bo‘la boshlaydi.
Tarbiyaning belgilovchi ta’siri ostida tafakkur o‘sa boshlaydi va shu bilan chambarchas bog‘Iangan holda nutq ham o‘sadi.
Nutqning fonctika (tovush) jihatidan o‘sishi
Bola tilga kira boshlagan dastlabki paytlarda u nutq tovushlarini hali mukammal ayta olmaydi. Bolalar ba’zi tovushlami noto‘g‘ri talaffuz qiladi- lar. Masalan, r - o‘rniga /, sh o‘rniga s} k o'rniga t tovushini talaffuz qiladilar. Masalan, oyocj degan so‘zni oloq, Karim o‘miga Tayim, qand o‘r- niga ant, osh o‘rmg,a os, itoxi'w o‘rmga Layim deydiiar va hokazo. Ko‘piticha so‘zlardagi ayrim tovushlami va hatto butun-butun bo‘g'inlarni tushirib qoldiradilar, masalan, ber deyish o‘rniga be, olib kel dcyish o'rniga opte deb aytadilar va hokazo. Ko‘pincha tovushlaming o‘rnmi almashtirib yuboradilar, masalan, hoha o‘rniga havla, saryog* (fmvgci sayroq deydiiar va hokazo.
Endi tili chiqib kelayoigan bolalar nutqining fonetik jihatdan to‘liq bo‘lmasligining (nutq tovushlarini to‘la ajrata olmaslikning) sababi shuki, bunday bolalarda nutq (artikulyatsiya) apparati yetarli sur’atda o‘smagan bo’ladi. Shuningdek, bunga yuksak nerv faoliyatining o‘sishi xususiyatlar ham sabab bo‘ladi. Fonetik kamchiliklariga yana bir sabab shuki, bola ayrim so^zlarda o‘zi idrok qilayotgan tovushlami hali yetarli farq qila olmaydi, umumiylashtira va so‘z tarkibiga kirita olmaydi.
Bola besh yoshga to‘lib, olti yoshga o‘tganida, odatda, u oLz ona tilining fonetikasini egallab oladi.
Ba’zan tovushlami talaffuz etishdagi nuqsonlar maktab yoshidagi bolalarda ham uchraydi. Bu nuqsonlar ayrim hollarda nutq apparatining nuq- sonlariga bog'liq bo‘ladi. Bunday hollarda nutqni to‘g‘irlamoq uchun mutaxassis shifokorga murojaat qilmoq kerak. Ko‘pincha esa noto‘glri tarbiya bola nutqidagi mana shunday fonetika nuqsonlarining ancha vaqtgacha saqlanib qolishiga sabab bo4adi. Katta yoshdagi kishilarning o‘zlari ham juda ko‘p hollarda bolalaming chuchuk tiliga taqlid qilib, xuddi shu bolalardek, fonetika jihatidan nuqsonli til bilan gaplasha boshlaydilar va bolalaming nutq tovushlarini talaffuz qilishidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatmaydilar. Natijada bolalaming nutqidagi kamchiliklar ularda qattiq o'rnashib qoladi. Bolalaming nutqi to‘g‘ri o‘sib borishi uchun bolalar bilan va bolalar oldida to‘g‘ri gapirish hamda ularning nutqidagi kamchi-liklarni o‘z vaqtida tuzatib turish kerak. Bunday qilinganda bolalarning nutqi hamisha nazorat qilinib turiladi, bolalar kattalarning to‘gcri nutqiga taqlid qilishga intiladi lar, shu tariqa, o‘z nutqlaridagi kamchiliklarni ham tez to‘g‘rilab va tuzatib oladilar.
Bolalar nutqida lug‘at tarkibining oshib borishi. Bolalarning tili chiqqanidan boshlab, ularning o‘z nutqlarida foydalanayotgan so'zlar tez ko‘paya boshlaydi. Ayni bir yoshdagi bolalarda so‘z boyligi turlicha boMadi. Masaian, ba’zi psixologlarning qilgan hisoblariga qaraganda, ikki yashar bolalarning so‘z boyligi 250—400 so‘zga yetadi, bolalar yetti yoshga yetganlarida ulardagi so‘z boyligi 3000—3500 ga boradi. Tevarak-atrofdagi odamlar bilan doimiy gaplashib turish sharoitida tarbiyalangan bolalarning nutqidagi soLz boyligi esa ular ikki yashar chog‘ida 285 taga, uch yashar chog‘ida esa 2050 taga yetadi. Bolalarda so‘z boyligi ko'paya borgan sari ular nutqining scmantik jihati ham rivoj topaveradi, so‘zlarning ma’nosini tushunishlari ham rivoj topaveradi. Bolalar o‘z nutqlarini o‘sib borishining dastlabki bosqichiarida, ko‘pincha, so'zlarni noto‘g‘ri ma’noda ishlatadilar. Ko'pincha bola tasodifiy belgilariga qarab, ba’zi so‘zlarga butunlay boshqacha ma’no beradi.
Chunonchi, supurgi bilan polni supurayotgan ikki yashar qizdan «Nima qilayapsan?» deb so‘ralganida, u «changitayapman» deb javob bergan. «Nega changitayapsan?», «Toza bo‘lsin, pol iflos», ya’ni «Polning iflosini tozalamoq uchun changitayapman» deb javob bergan. Bu qizcha changi- tish so'zini «supurish» ma’nosida ishlatgan. Keyin ma’lum bolishicha, qizcha onasiga taqlid qilib, supurgi bilan supura boshlaganida onasi hamisha «Changitma, changitma» deb uni koyib, qo‘lidan supurgini olar ekan. Shu sababli, qizchada changitish degan so‘z supurish degan noto‘g‘ri ma’noda o‘rnashib qolgan.
Dastlab bola bir so'zni faqat bitta narsaning ifodasi deb va bir ma'nodagina tushunadi. Chunonchi, u stol degan so'zni faqat o‘zi bilgan bitta stol deb, piyola deganda o‘zi-o‘zining piyolasini tushunadi. Lekin bola so‘zlarning umumiylashtirilgan ma’nosini juda barvaqt (ikki yoshga kirga- nidan boshlab) egallay boshlaydi. Bir so‘z bilan bir-biriga o‘xshash ko‘p narsalar ifodalanaverganligi va shu so‘z qayta-qayta shu ma’noda takror- lanaverganligi ta’sir qilib, shu tufayli, bolada so‘zlarning umumiylashtirilgan ma’nosini tushunish o‘sa boshlaydi. Nutq orqali aloqa bog‘lash tufayli, bola, masaian, bitta stolning o'zigina emas, balki hamma stol ning ham stol deb aytilishini, piyola deb bitta piyolaning o‘zinigina emas, balki hamma piyolalaming ham aytilishini bilib oladi. Shu tariqa, bolaning nutqi o‘sa borishi, o‘z atrofidagi kishilarning tilini o‘zlashtira borishi bilan unda faqat narsalar to;g‘risida idrok va tasawurlar paydo bo‘lib va o'sibgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, tushunchalar ham hosil bo‘la boshlaydi.
Bolalar nutqi grammatik tuzilishining o‘sishi
Tilga kira boshlagan bola o‘z nutqida dastlab, bosh kelishikda keladigan bir necha otlarni va infmitiv hamda buyruq shaklda keladigan ba’zi fe’llarni ishlatadi.
Bolalaming dastlabki gaplari bir so‘zdan iborat bo‘ladi. Shu bilan birga, bolaning aytgan bitta so‘zi — gapi bir necha ma’noga ega bo'Iishi mumkin. Masalan, bola: sut (shut) deyar ekan, bundan: «Sut ber», «Sut ichaman», «Ana sut» degan va boshqa shu kabi ma’no! a mi ifoda la shi mumkin. Shuningdek, bola: «mushuk» derekan, bu bilan: «mushuk menitimdaladi», «mushukni menga ber», «mushuk bilan o‘ynayapman» degan gaplarni aytayotgan boMishi mumkin.
Bolalaming tili chiqishining mana shu dastlabki bosqichida ba’zan ular- ning gapi bir necha (ikki-uch) so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. Lekin bu so‘zlar biriktiruvchi yuklamalar yordami bilan yoki shu so4zlarning shaklini o‘zgartirish yo'Ii bilan bog‘lanmagan bo£ladi. Masalan, bola qo‘liga qog‘oz ushlab olib onasiga: «Sulat, qaypoq», deb murojaat qiladi. Bolaning onasi ilgari unga shunaqa qog‘ozga surat solib bergan, yoki qog‘ozdan qalpoq yasab bcrganligi uchun ham, u bolasining nima demoqchi bo‘lganini tushunadi. Bola: «Oyi, menga qog‘ozdan qalpoq qilib ber, qog'ozga chizib ber» degan ma’noni ifodalab, keyinchalik uzun gapni ikkita so‘z bilan aytib qo‘ya qoladi, ya’ni: surat, qalpoq.
Bola bir yoki bir necha so‘zdan iborat gapni aytish bilan o‘z fikrida bolgan va aytmoqchi bo‘lgan narsasini qo‘l yoki imo-ishora bilan ko‘rsatib berganidagina bolaning oldida turgan kishilar uning mana shu chala- chulpa gapini tushunishlari mumkin. Tilga kirgan bola bilan bir vaziyatda turgan vaqtingizdagina uning gapini tushunish mumkin.
Lekin bola bir yarim yoshga to‘lgandan keyin, ayniqsa, uch yoshga qadam qo‘yganda ona tilining grammatik tuzilishini egallay boshlaydi.
Bola 01 va ko‘p tushunchasini juda erta farq qila boshlaydi. Bola ikki yoshga to'lgunicha katta va kichik tushunchasini ham farq qila boshlay- digan bo‘lib qoiadi (aka, opa, «ninni», uka). Shuningdek, bola kelishiklarni ham juda erta (ikki yoshgacha) farq qila boshlaydi. Ammo qaratqich kelishigi o'mida, ko‘pincha, tushum kelishigi ishlatadi (bizni uyimiz). Bolalar bu yoshda fe’llarni shaxs va zamon e’tibori bilan ham birmuncha to‘g‘ri ishlatadigan bo‘lib qoladi. Bolalar buyruq fe’lini ancha tez va barvaqt o'zlashtirib oladilar.
Bola ikki yoshga to‘lib, uch yoshga o‘tganida sodda gaplarni to‘g‘ri tuzib gapirishni o'rganadi. Bola: «Sut ber», «Bobov suyak yeydi», «Surat qilib ber», «Uyqim keldi» deb gapiradigan bo‘lib qoladi. Endi bola nutqi bevosita o4zi turgan vaziyatdan tashqaridagi narsalar, shu paytdagi biron ish-harakat bilan bevosita bogManmagan narsalar haqida ham gapira boshlaydi, ya’ni o‘zi bevosita ko‘rib turmagan narsalar to'g‘risida gapira boshlaydi.
Bu xildagi nutq esa tasavvurlarga asoslanib fikr qilishning ifodasidir. Ikki yarim yoshdan besh yoshgacha boMgan bolalarning o‘zicha so‘z yasay boshlashi maktabgacha tarbiya yoshida bo‘lgan bolaning kattalardan eshit- gan so‘zlarinigina takrorlab qolmasdan, balki, shit bilan birga, grammatika shakllarini haqiqatdan egallay borganliklarni ko‘rsatuvchi belgi dir. Bu so‘z yasash shundan iborat bo‘ladiki, shu yoshdagi bolalar okzlari bilgan so‘zlarning shakllariga o‘xshatib so‘z tuza bosliiaydilar: «поп» — «nanna», «osh» — «oshsha», «u yerga» — «o‘ttaga» va hokazo.
Bolalar to‘g‘ri tarbiyalanib borganlarida, ayniqsa, maktabgacha tarbiya yoshiga yetganlarida, ularda tilning grammatika shakllarini amaliy ravishda egallash juda tez qadam bilan olg‘a qarab boradi. Shu yoshda bolalar murakkab gap sintaksisini ham egallab oladilar. Bolaning nutqida bir-biri bilan bogMangan qo‘shma gaplar paydo boMadi. Bolalarning nutqda sodda gap, bosh gap, ergash gap va hokazolar aniq ko‘rina boshlaydi. Ularning nutqlarida murakkab gaplar ishlatiladi. Bu gaplarda biror sabab, maqsad, xulosa, izoh, shart va shu kabilar aks ettirila boshlaydi. Nutqning tuziiishidagi bu murakkab shakllar tafakkurning murakkabroq shakllari o‘sib borishiga bogMiqdir. Bolalarda nutq o‘sishining ana shu bosqichida hodisalaming sabablari va bir-biriga bogManishi to‘g‘risida turli savollar tugMlaveradi. Shu yoshdagi bolalar kattalardan muttasil: «Nega?», «Nima uchun?» deb so‘rayveradilar,
Bola yetti yoshga yetganida og‘zaki nutqning grammatikasini amaliy yoM bilan egallab oladi, deyish mumkin, Bolaning nutqni ana shunday amaliy egallab olishi keyinchalik savod chiqarish va tilning grammatikasini o‘rganishga imkon beradi.
Maktabda ta’Iim jarayonida nutqning o‘sishi
Bolalar nutqining o‘sishida ularning maktabda o‘qishi, ayniqsa, katta rol o^naydi.
Bola maktabga kirmasdan oldin oczi qanday gapirayotganligt ustida o'ylab o‘tirmasdan, o‘z nutqidan aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi.
Maktabda esa bola gaplashayotgan til o‘qitiladigan va o'rganiladigan ilm boMib qoladi. Maktabda o‘qiyotgan bola o‘z ona tilining grammatika- si bilan shug^llanish natijasida, o‘z nutqini grammatika qoidalariga mu- vofiq sur'atda ongli ravishda tuzishni o‘rganadi. Grammatikani o‘qib o‘rganish jarayonida bola nutqining fonctika jihati aniqlanadi, nutqning morfologiya jihati to‘g‘ri boMib boradi, nutqning sintaksis tuzilishi ancha takomillashadi.
Nutqning ayrim jihatlariga xos bo‘lgan bu sifattar faqat grammatikani o°qib o‘rganish natijasidagina o‘sib qolmasdan, balki, shu bilan birga, maktabda o^qitilayotgan boshqa fanlarning ta’siri ostida ham o‘sadi.
Maktabda o‘qitiIayotgan hamma fanlarni o‘iganish va shu fanlar bilan shug4)l!anish jarayonida o‘quvchi nutqining lugcat boyligi boyiydi, so‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so‘zning, har qaysi terminning ma’nosi aniqlanadi. Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining o‘sishiga, ayniqsa, katta ta’sir qiladi. O'quvchilar adabiyot darslarida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi namunalari bilan tanishadilar.
Tilga doir maxsus mashg‘ulotlarda, shuningdek, boshqa fanlarni o‘qitish vaqtida, o‘qituvchilar o‘quvchilar oldiga o‘z nutqlarini muayyan talablar- ga javob beradigan qilib tuzish, masalan, muayyan savolga to‘liq va keng javoblar berish, muayyan reja asosida hikoya qilib berish, bir narsani hadeb takrorlayvermaslik, ravon tuzilgan, to‘liq gaplar bilan to‘g‘ri gapirish va boshqa shu kabi vazifalarni qo‘yadilar.
Bolalaming yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘stirishda muhim bosqich bo‘ladi. 0‘quvchi yozma nutqni to‘g‘ri tushunishni o'rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga tushun- tirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish va, ayniqsa, o‘zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning grammatika tuzilishini egallamoq uchun katta ahamiyatga egadir. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni to‘liq tushun- tirib berish zamrligi o‘quvchini o‘zi yozayotgan narsaning mazinunigagi- na diqqat berib qolmasdan, balki, shu bilan birga, o‘zining qanday qilib yozayotganiga ham e’tibor berishga majbur qiladi, uni o‘zi yozgan fikrni qayta-qayta o‘qib, o‘z nutqini analiz qilib ko'rishga majbur qiladi. 0‘quvchi yozib bayon qilayotganida, ko‘pincha, bu ishini bir necha marta qayta ko‘rib chiqishga, o‘zgartirishga, to'ldirishga, qaytadan ishlab chiqishga majbur bo‘ladi.
0‘quvchi o‘qituvchining topshirig'iga binoan yozma ishlar bajarayot- ganida o‘zining shu ishiga baho berilishini, ammo bu baho ishning faqat mazmuniga qarabgina berilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, okz fikrining «qanday til» bilan bayon qilinganiga qarab ham baho berilishini oldindan bilib turadi. Mana shu hollarning hammasi bolant o'z nutqini grammatika va mantiq talablariga muvofiq keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga majbur etadi.
Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa, monolog nutqni toVri va kengroq qilib tuzishga yordam beradi.
0‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu top- shiriqni o‘ziga-o‘zi gapirib berishni muttasil mashq qilib turishi o‘quvchi nutqining o‘sishiga katta ta’sir qiladi. 0‘quvchi darslarni tayyorlayotga
nvaqtda shu darslarni kitobdan o‘qibgina qolmasdan, balki, odatda, u kitob - dan o‘qjgan narsalarini kitobni yopib qo‘yib, o‘ziga yoki yonidagi sheri- giga so‘zlab ham beradi, Bunday hollarda o‘quvchi o‘zi tayyorlayotgan darsni grammatika qoida lariga to'g‘ri rioya qilgan holda, ayniqsa, tushunarli qilib og‘zaki gapirib berishga intiladi. 0‘qituvchi o'quvchining nimalar ni bilganligi va bilganiarini qanday gapirib berishi bilangina kifcya qilmasdan, balki, shu bilan birga, shu biigan narsasini qanday qilib va qay tariqa gapirib berayotganiga ham e’tibor berishini o'quvchi yaxshi biladi.
O'quvchi ovoz chiqarib, aynan, yoki o‘z so'zlari bilan takrorlash yo'Ii bilan opining artikulatsiya apparatini mashq qildiradi, o‘z nutqining qay darajada to‘g‘riligim nazorat qiladi, shu bilan birga, o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarning to^g'riligini va mustahkamligini ham nazorat qiladi.
Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sish!da o'qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi, chunki o‘qituvchining nutqi o'quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shu sababli, har bir o‘qituvchi o‘qu\chilar nutqini o‘stirishga intilib, o‘zi ham o‘z nutqini takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay ishlashi lozim.
Mazmunli, to£liq fikrli, to‘g‘ri tuzilgan va uslub jihatidan chiroyli boMgan nutqni o'stirish maktabda bolalarning o'qitish sohasida qo‘yilgan muhim vazifalarning biridir
.bob. DIQQAT
DIQQAT TO‘G‘RJSIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Biz bund an oldingi boblarda aqliy faoliyatning ayrim turlarini bayon qilganda diqqatning ahamiyati haqida gapirib o‘tgan edik. Aqliy faoliyatning barcha turlarida diqqat ishtirok. etadi. Bizning ish-harakatiarimiz ham diqqat ishtiroki bilan sodir bo‘ladi.
Diqqat deb, ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga faol qaratilishini aytamiz; biz o‘z faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimizning qilgan ishlarimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo‘la oladi.
Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining tora- yishidan iboratdir; bunda go‘yoki ong doirasi anchagina tig‘izlanadi. Ana shunday torayish va tormozlanish tufayli ong doirasi juda ham yorqin- lashadi. Ongning eng tormozlangan va binobarin, eng yorqin nuqtasi diqqatning fokusi (ya’ni markazi) deb ataladi. Ana shu fokusga tushgan barcha narsalar (idrok qilinayotgan predmetlar, tasawurlar, fikrlar) juda to‘la, yorqin hamda juda aniq aks ettiriladi.
Diqqatga hamma vaqt u yoki bu darajadagi faollik xosdir. Bunday faollik ongning bir nuqtaga to‘planishining kuchayishi va ma’lum vaqt mobaynida diqqat qaratilgan narsaga ongning faol yo‘naltirilishini saqlab turishdan iboratdir.
Diqqatimiz qaratilgan obyektlar ongimizning to‘plangan «zonasida» juda aniqlik va yaqqollik bilan aks ettiriladi. Bu yerda yana shuni ham nazarda tutish kerakki, diqqat — idrok. xotira, xayol, tafakkur va nutq singari alohida psixik jarayon emas. Diqqat hamma psixik jarayonlarda ko‘rinadi. Biz «shunchaki» diqqatli bo‘la olmaymiz, balki biz diqqat bilan idrok qilamiz (qaraymiz, eshitamiz), diqqat bilan esda olib qolamiz, o‘ylaymiz, diqqat bilan muhokama yuritamiz, gaplashamiz. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki faollikdir. Diqqat har qanday faoliyatning zaru- riy shartidir. Mana shu hoi fransuz olimlaridan Kyuveni o‘z zamonasida geniallikni chidamli diqqat deb ta’riflashga undagan edi. Masalan, u Nyu- tonning genialligi diqqatining kuchi va barqarorligidadir, deb ko‘rsatadi. Nyutonning o‘zi «Siz butun dunyo tortilish qontmini ochishga nima tufayli muyassar boldingiz» deb berilgan savolga: «Fikri-zikrim doimo shu masa- laga qaratilganligidan muyassar bo'ldim», deb javob bergan.
Albatta, diqqatga bunday baho berish uning ahamiyatini haddan tashqari oshirib ko‘rsatishdir. Lekin bu baho diqqatning inson faoliyatining barcha turlari uchun ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatib beradi. Darhaqiqat, o‘tin yorish, yer chopish kabi eng oddiy ishlarni ham, mashinalar bilan ishlash, ilmiy tekshirishlar olib borish kabi eng murakkab ishlami esa diqqatning ishtirokisiz bajarib boMmaydi.
Diqqat o‘ qish ishining ham zaruriy shartidir. 0‘quvchilaming dars materiallarini muvaffaqiyat bilan o'zlashtirishlari, dastavval diqqatning mavjud boMishiga bogMiqdir. K.D. Ushinskiy ning aytishicha: «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali oMib kiradi».
Ayrim o‘quvchilarda uchraydigan oczlashtira olmaslik holatining sa- babini, avvalo, ular diqqatining yetarli emasligidan qidirish kerak. Xotiraning bo‘shligi, o‘quv materiallarini o‘zlashlirishning bo‘shligi, asosan, diqqatning bo‘shiigidan kelib chiqadi.
Mana shuning uchun ham pedagog o‘qitish ishida yuksak muvaflaqi- yatga erishishm istar ekan, o‘qu\chilar diqqatini va, xususan, eng barqaror va eng kuchli diqqatini uyushtirish hamda tarbiyalash haqida jon kuydiri- shi lozim.
DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi «optimal qo‘zg‘a!ish nuqtasi» tashkil qiladi, Bunday joyni yaqqol qilib ko^rsatish uchun l.P. Pavlov shunday tasvirlaydi: «Agar bosh suyagiga qaraganda uning ichidagi miya ko‘rinadigan boMsa, agar katta miya yarim sharlarida optimal qo‘zg‘alish uchun eng yaxshi sharoit tug‘ilgan nuqtasi yiltillab kolrinadigan boMsa edi, ongi sogMom boMib, bir narsani o‘ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda, uning miyasining katta yarim sharlarida juda g‘alati jimjimador shakl bo'lib, surati va hajmi har lahzada bir o'zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turuvchi yorug4 narsaning u yoqdan- bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug£ narsa atrofidagi boshqa yerlari birmuncha xira tortib turganini ko‘rar edi» (Полное собрание сочинений, 111 tom, 1-kitob, 24S-bet).
Optimal qo‘zg‘alish nuqtasi manfiy induksiya qonuniga ko'ra, bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozlanishni vujudga keltiradi.
«Miya yarim sharlarining optimal qo^g'alishga ega boMgan qismida,
deydi I. P. Pavlov, — yangi shartli reilekslar yengillik bilan hosil boMadi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo boMadi. Shunday qilib, optimal qo‘zg‘a/ishga ega boMgan joy ayni chog‘da bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa boMadi. Miya yarim sharlarining sust qo‘zg‘a!gan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari borganda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslami bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir. Bunday qismlarning faoliyati biz ongsiz, avtomatlashgan faoliyat deb atay
-digan subyektiv faoJiyatdan iboratdir» (0‘sha kitob, 277—278-bct). Bosh miya yarim sharlarining tormozlangan qismiga ta’sir qiluvchi qo‘zg‘ovchilar idrok va tasawuming yorqin obrazlarini tug‘dira olmaydi.
Miya po‘stining optimal qo‘zg‘algan joyi («yiltillab turgan nuqtasi») o‘z o'rnini almashtirib turishi diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko'chishini va shuning bilan birga, ongimizning ma’lum narsa, ma’lum faoliyat turiga qarata yo‘naltiriiishi va to‘planishini shartlaydi.
Diqqatning fiziologik asosi bo‘(mish optimal qo‘zg‘alish o‘chog'i haqidagi I.P. Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A. Uxtomskiyning olib borgan tekshirishlari bir-biriga to'g'ri keldi. Bu tekshirishlar natijasida qu- yidagilar ma’lum boldi, Agar nerv sistemasiga bir qancha qo‘zg‘ovchilar bir vaqtda ta’sir etsa, bosh miya po‘stida shu onning o4zida bir necha qo‘zg‘alish o‘choqlari paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, har bir qo‘zg‘alish o‘chog‘i bosh miya po‘stining hamma yeriga tarqalishga, irradiatsiyala- nishga moyildir. Shuning uchun ayrim qo‘zg‘alish o^choqlari olrtasida to‘qnashish va «kurash» sodir bo‘ladi. Bu kurash natijasida qo‘zg‘alish o‘choqlaridan biri hukmron (dominanta) bo‘lib oladi. Mana shu hukm- ron bolib olgan qo‘zg4Uish o‘chog‘ini akademik Uxtomskiy «dominan- ta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko‘ra, dominanta — bu ayni chog'da markazda sodir bo‘ladigan rcaksiyalar xaraktcrini bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo‘zg‘alish o'chogMdir.
Dominantalar mavjud boigan paytda boshqa qo‘zg‘alish o‘choqlari («sub- dominantalari» — nisbatan kuchsiz cfo‘zg‘a!ish o‘choqiari) ко‘pineha yo‘qo!ib ketmaydilar. Ular dominantaga qo‘shi)ib, uni kuchaytiradilar yoki dominanta bi/an kurasha boshfaydilar. Bu kurash jarayonida subdominanta dominant ta bo4ib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa subdominanta bo‘lib qolishi mumkin. Hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘i bo‘lgan dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo‘naltirilishi va to^planishining fiziologik asosidir.
Diqqatning sirtqi alomatlari, odatda, organiznming alohida moslashuv harakatlarida tashqaridan ko'rinadi. Masalan, muayyan bir narsani e’tibor bilan idrok qilganimizda, biz bu narsaga alohida tarzda razm solamiz; bunda biz narsaga anchagina sinchiklab qaraymiz, hidlab ko‘ramiz va unga diqqat bilan tikilamiz. Biron narsani diqqat bilan eshitishda o‘ng yoki chap quIog‘imiz orqali yaxshi o^qib olish uchun boshimizni shunga moslagan holda buramiz. Bunda biz gapga quloq solib, diqqat bilan ting- laymiz. Agar diqqatimiz o‘z fikrimizga qaratilgan bo‘lsa, u paytda ko‘zlarimiz bir qadar cho‘kib, go"yoki «chuqurlashib» ketganday bo4adi. Agar diqqatimiz ijodiy xayol bilan bog4iq bo‘lsa, bunda ko‘zlarimiz «uzoq- larga» tikilgan bo‘ladi.
Diqqatning orta borishi bilan nafas olish ham o'zgaradi. Bunday holatda nafas olish biroz susayib, havo olish va chiqarish goho sekinlashadi, goho chuqurlashadi. Ba’zan nafas olishimiz to‘xtab ham qoladi. Biron narsani eshitayotgan yoki ko‘rayotgan paytimizda nafasimiz ichimizga tushib ketadi.
Diqqat paytida muskullar sistemasida ham o‘zgarish paydo boMadi. Barcha ortiqcha harakatlar to‘xtatilib, organizm qimirlamay qoladi. Muskullar sistemasi ayrim bir tarang holatda boMadi. Diqqat paytida oiganizm alohida vaziyatda boMadi. Ammo bu vaziyat diqqatning faqat tashqi ifodasi boiibgina qolmay, balki uning ma’lum yo‘nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Odatda, biz ishimizda organizmning diqqat paytida sirtdan moslashuviga e’tibor beramiz. Shuning uchun ko‘pincha, biror ishni boshlashdan oldin organizmimizni shu ishga moslab, muayyan bir vaziyatda turib olamiz.
DIQQATNING TURLARI
Diqqat dastawal o‘zining faolligi jihatidan - ixtiyorsiz va ixtiyoriy deb farqlanadi. Diqqat asosan ikki turga, ya’ni ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat turiga ajratiladi. Biron tashqi sabab bilan va bizning xohishimizdan tashqari hosil boMadigan diqqatni ixtiyorsiz diqqat deyiladi.
Ixtiyorsiz diqqatni tug‘diruvchi sabablar, avvalo, bizga ta’sir qiluvchi qo‘zg‘ovchilarning qandaydir mashhur xususiyatlaridir: chunonchi, ularning go‘zalligi, yorqinligi, kuchi, kattaligi, harakatchanligi, uzoq davom etishi, to‘satdan sodir bo‘lishi, kontrastligi va hokazo. Masaian, shiqildoqli chiroyli va yaltiroq o‘yinchoq bog‘cha yoshigacha bo‘lgan bolalarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Qattiq tovush — momaqaldiroq, otilgan o‘qning ovozi — beixtiyor ravishda diqqatimizni o£ziga tortadi. Chunonchi, kutil- magan holda to'satdan sinfga uchib kirgan kapalak yoki qovoqari ixtiyorsiz ravishda o‘quvchilaming diqqatini o‘ziga tortadi. Shuningdek, Moskva - ning ko‘chalaridagi juda katta baland binolar diqqatimizni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Jimjitlik davom etib turgan bir paytda to‘satdan paydo boMgan shovqin-suron va, aksincha, shovqin-surondan so‘ng sodir bo‘lgan jimjitlik ham beixtiyor ravishda diqqatimizni jalb qiladi.
Bundan tashqari, ixtiyorsiz diqqat bizning faoliyatimiz, turmush tajri- bamiz bilan bogMiq boMgan va ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimizga javob bera oluvchi hamda bizda ma’lum bir hissiyot uyg‘ota oluvchi narsalarning ta’siri bilan ham vujudga keladi.
Ixtiyorsiz diqqatning yuzaga kelishi odamning ayni chog‘dagi holati- ga ham bog‘liq. Bir xil narsalar va hodisalar diqqatimizni o‘ziga tortishi mumkin va mutlaqo tortmasligi ham mumkin. Bu narsa odamning ayni chog‘dagi holati bilan bogMiq boMadi.
Ixtiyorsiz diqqatning dastlabki fiziologik asosi oriyentirovka yoki lek- shirish reflekslaridan iborat.
Bu reflekslarni akademik I.P. Pavlov boshqacha nom bilan «bu nima ekan» rcfleksi deb ataydi. Shu bilan birga, Pavlov kishilarda «bu refleks juda ham yuksak taraqqiy qila borib, nihoyat fanni yarata oladigan bilimga havas tarzida kolrinadi» deydi (Полное собрание сочинений, IV tom, 28-bet).
Diqqatimiz qaratilishi lozim bo‘lgan narsani oldin belgilab olib, ongli ravishda qo£yilgan maqsad bilan ishga solingan diqqatni ixtiyoriy diqqat deyiladi.
Bu diqqatning boshlanishi va, ko'pincha, butun qilinayotgan ish mobay- nida davom ettirilishi kuch va zo'r berishni, ya’ni irodaning ishtirokini talab qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Ixtiyorsiz diqqatning kuchi asosan qiyinchiliklarni yengish bilan bog‘liq bo‘lgan irodaviy zo‘r berish darajasi bilan xarakterlanadi.
Masalan, bu yerda ana shunday qiyinchiliklarni ayni chog‘dagi ishga hech qanday aloqasi bo‘lrnagan va ixtiyorsiz tarzda yuzaga keladigan ke- raksiz taassurot, tasavvur, fikr, hissiyot va mayllarni yenga bilish orqali ifodalab berish mumkin.
Ixtiyoriy diqqat fiziologik tomondan, asosan, ikkinchi signallar siste- masining faoliyati bilan belgilanadi.
0‘quvchining tushuiitirilayotgan yangi darsni eshitib o‘tirishi shu ixtiyoriy diqqat bilan ishlashning misoli bo‘la oladi. Bunda o‘quvchi «eshitib o‘tiraman» deb, ilgaridan o‘z oldiga maqsad qo'yadi va o‘z diqqatini faqatgina o^qituvchimng so‘ziga qaratish uchun kuch sarf qiladi. Shuning bilan birga, o‘quvchi beixtiyor ravishda paydo bo£[ib, o£qituvchining so‘zini eshitishga xalaqit beruvchi idrok, fikr, hissiyot, xayol kabi boshqa psixik jarayonlami yo‘qotish uchun ongli ravishda harakat qiladi. Ixtiyoriy diqqat, masalan, ninaga ip taqish kabi juda oddiy ishda, ayniqsa, ochiq ko‘rinadi. Juda ko‘p har xil ishlar borki, ular asosan, ixtiyoriy diqqatni talab qiladi, masalan: musahhihning ishi, g‘isht teruvchining ishi, ekskavatorda ishlash va shuning kabilar. Bu ishlar boshlanishdan oxirigacha ixtiyoriy diqqat asosida bajariladi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat turlari o‘rtasidagi farq yana shundan iboratki, ixtiyorsiz diqqat bilan qilinadigan faoliyat ko‘pincha unchalik zo‘r bermay, ancha yengillik bilan va deyarli toliqmasdan amalga oshiriladi; ixtiyoriy diqqat bilan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat esa anchagina zo‘r berishni talab qiladi va birmuncha toliqarli bo‘Iadi. Yuqorida ko‘rsatilgan ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat ovrtasidagi ayirmalarga ikkita alohida funksiya deb qarash yaramaydi. Ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqatning ham muhim belgilari bir xildir. Bunday belgilar biron faoliyat davomida biz idrok va tasavvur qiladigan hamda uning haqida fikr yuritadigan ma’lum narsaga ongimizning qaratilishi va to‘planishidan iboratdir.
I3ir xi! ish jarayonida va, shu jumladan, o‘qish jarayonida ham, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga va, aksincha, ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy diqqatga o‘tib ketishi mumkin. Masaian, qandaydir o‘qish materialini o‘z!ashtirishning boshJanishi o‘quvchilardan ixtiyoriy diqqat talab qiladi. Lekin, ko‘pincha, o‘z1ashtirish jarayonida bu ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga oMib ketadi. Diqqatning bunday o‘zgarishi o‘qish materia I i maz- munining ba’zi xususiyatlari (masaian, uning ma’nodorligi, qiziqarlili- gi) tufayli yoki bayon qilishning xususiyatlari — koMgazmali boMishi, jonliligi va shuning bilan birga, o'quvchilarning o'qish materiali mazmuniga qiziqishlari tufayli sodir boMadi. Ixtiyoriy diqqatning ixtiyorsiz diqqatga mana shunday oMib ketishi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini ancha yengillashtiradi.
Buning aksincha holatj ham boMadi. Agar biron faoliyat jarayonida (masaian, bilim egallash jarayonida) qandaydir qiyinchilik uchrab qolsa, bunday paytda ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy diqqatga o‘tib ketadi.
Faoliyat jarayonida, ko‘pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy ishdan boMak narsalarga ko'chib turishi uchraydi. Bunday hodisani diqqatning chalg‘ishi deb ataladi. Diqqatning chalg‘ishi ishga yomon ta'sir qiladi. Shu sababli, diqqatni, garchi salgina boMsa ham chalgMtmaslik uchun ish jarayonida ora-sira ixtiyoriy diqqatni kuchaytirishga hamda beixtiyor paydo boMib, ishga aloqasi boMmagan idrok tasawur va llkrlarni bosmoq uchun zo‘r berishga to‘g‘ri keladi.
Ixtiyorsiz diqqat ham, ixtiyoriy diqqat ham o‘zining yo‘nalishiga ko‘ra tashqi va ichki boMishi mumkin.
Manbai bizning ongimizdan tashqarida boMgan diqqatga tashqi diqqat deb ataladi. Tashqi diqqat dastavval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon boMadi. Haydovchi, vagon haydovchisi, tikuvchining ishida sodir boMadigan diqqat tashqi diqqatga misol boMa oladi. 0‘quvchining o'qituvchi bayonini tinglashdagi, kitob o‘qishdagi, suratlarni ko‘ris!idagi va tabiat hodisalarini kuzatishdagi diqqati ham tashqi diqqatdir.
Narsa va hodisalami qaysi sezgi a’zoimiz bilan idrok qilayotganimiz- ga qarab, tashqi diqqatni ko‘rish, eshitish va shuning bilan birga, tuyish, hid bilish va ta’m bilish turlariga ajratish mumkin.
Tashqi diqqat faqat idrok qilishimiz jarayonidagina namoyon boMadi deb hisobiab boMmaydi. Tashqi diqqat biz tasavvur qilayotgan va fikr qilayotgan narsalarimizga ham qaratilishi mumkin. Masaian, muhandis o‘z xonasida ishlab oMirib, ko‘rilayotgan binoning ko‘rinishini tasavvur qilayotganda va bu binoning qurilishi bilan bogMiq boMgan matematik hisoblarni chiqarayotganda uning diqqati tashqi diqqat tarzida namoyon boMadi.
Manbayi bizning tasavvurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va maylla- rimizdan iborat boMgan diqqatga ichki diqqat deb ataladi
.Biz ongimizning o‘zida sodir bo‘layotgan jarayonlami kuzatayotga- nimizda, ya’ni o‘z hissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaklarimizni va shuning kabilarni kuzatayotganimizda ichki diqqat namoyon boladi. Masalan, biz o‘z fikrlarimizni kuzatayotganimizda, bu Fikrlami tekshirayotganimiz- da, pushaymon qilish hissini boshimizdan kechirayotganimizda, o‘z- o‘zimizni tanqid qilayotganimizda va o‘z istaklarimizni mulohaza qilayot- ganimizda ichki diqqat namoyon bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi darsning borishini va o‘z fikrlarining bayon etilish sistemasini kuzatib borishida ichki diqqat namoyon boMadi. 0‘quvchilarda ichki diqqat aqliy hisoblash ishi bilan shug ‘ u 11anayotganlarida va xususan ular qandaydir qiyinchiliklarga duch kelganlarida namoyon bo‘ladi. Diqqatning bu turi odamning o‘z-o‘zini tarbiyalash ishida juda yaqqol ko'rinadi. Ichki diqqat odamning o‘z-o‘zim tarbiyalashi bilan uz- viy bog‘liqdir. Ichki diqqat o‘z-o‘zini tarbiyalashning tarkibiy qismlari- dan biri hisoblanadi.
Ichki diqqat tashqi diqqatdan o‘zining ortiq kuchliligi bilan farqlana- di va ko‘proq ixtiyoriy bo‘ladi.
DIQQATNING XUSUSIYATLARI
Diqqat bir qancha xususiyatlarga ega bo‘Iib, ulardan asosiylari — diqqatning ko‘chuvchanligi, bo‘linishi, ko‘Iami, kuchi va barqarorligidir.
Bu xususiyatlarning qanchalik yaqqol ifodalanishiga qarab, har turli faoliyat jarayonida ayrim odamlar diqqatining ma’lum bir (ijobiy yoki salbiy) sifatlari belgilanadi.
Diqqatning ko‘chuvchanligi
Diqqatning ko‘chishi deganda, biz uning bir narsadan ikkinchi boshqa bir narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga o‘tishini tushunamiz. Masalan, odam o‘z diqqatini kitob o'qishdan surat ko‘rishga, surat ko‘rishdan esa o‘z fikrlarini bayon etishga ko'chirishi mumkin. 0‘quvchilar o‘z diqqatlarini bir fanni o‘qishdan boshqa fanga ko'chiradilar, chunonchi, matematikadan tarixga, tarixdan rus tiliga va shuning kabilar. Diqqatning ko‘chishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy tarzda sodir bo‘lishi mumkin.
Diqqatni ko‘chirishning nerv-fiziologik asosi, asosan, ikkinchi signal- lar sistemasining signal lari orqali bosh miyaning po'stida paydo bo‘lgan optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘ining okrin almashtirtshidir.
Diqqatning ko‘chirilishi ko‘p hollarda qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo'ladi. Masalan, ba’zan diqqatni bundan oldingi obyektdan aj rat ish qiyin bo‘Isa, boshqa hollarda oldingi ishining ketidan qilinadigan yangi ishga kirishib ketish qiyin bo‘ladi. Diqqatni ko‘chirishning yengillik yoki qiyinligi bir qancha sabablarga bogMiqdir. Bu sabablardan biri — ketma-ket qilinadigan ish mazmunlari o‘rtasida bogMiqlik bor yoki yo'qligidir; agarda bunday bogMiq yo‘q boMsa, diqqat tez va ycngillik bjlan ko^chishi mumkin. Diqqatni ko‘chirishning yengillik yoki qiyiniik sababJaridan yana biri diqqat qaratilgan narsalarga va bajarilayotgan ishlarga nisbatan kishining munosabatidadir. Masaian, agar kishi ilgari qilgan ishiga zo‘r qiziqish bilan qarab, undan keyingi qilinadigan ishga aytarli qiziqmasa, bunday paytda ilgarigi ishdan diqqatni ko‘chirish qiyin boMadi va sekinlik bilan amalga oshiriladi. Aksincha, agar keyingi qilinadigan ish oldingisiga qaraganda qiziqarli va yoqimliroq bo1 Isa, diqqat tez va osonlik bilan ко ‘ chad i. Agar qilinayotgan ish toMa tugallansa, u paytda kishi o‘z diqqatini bir faoliyatdan ikkinchisiga yengillik bilan ko‘chira oladi, aksincha, agar oldingi ishni oxirigacha yetkazmay turib, qandaydir sababga ko‘ra, diqqatni yangi bir faoliyatga ko‘chirish lozim boMib qolsa, bu narsa ancha qiyin boMadi.
Eng yaxshi diqqat, albatta, bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko‘cha oladigan diqqatdir. Diqqatning mana shunday xususiyati tufayli, kishi atrofidagi muhitga tez moslasha oladi hamda o'zgaruvchan sharoitdagi turli elementlaming ahamiyatlarini tezlik bilan belgilay oladi. Diqqatning tez kokchuvchanligi kishining ishini ham tezlashtiradi.
Diqqatning tez ko'chuvchanhgi, uning boshqa sifatlari kabi kishining amaliy faoliyati jarayonida taraqqiy etadi.
Diqqatning bo‘linishi
Ma’lum faoliyat jarayonida diqqat birgina narsaga emas, balki ikki va uch narsaga ham qaratilishi mumkin. Diqqatimiz ayni vaqtda ayrim faoliyat turlariga boMina oladi. Faqat birgina narsaga qaratilgan diqqatni konsentrat- siyalashgan (yigMlgan) yoki to‘p!angan diqqat deyiladi. Masaian, ninaga ip taqishdagi, qo‘lda biror narsa tikishdagi, matematik masala yechishda- gi, ma’riza eshitishdagi diqqatimiz shunday diqqatdir. Agarda diqqat faqat bir murakkab ish jarayonining o‘zida ikki yoki uch narsaga qaratilgan va faoliyatning turli usullari bilan bogMiq boMsa, bunday diqqatni bo'lingan yoki taqsim qilingan diqqat deyiladi. Masaian, tramvay haydovchisi o‘z ishi davomida diqqatni ayni bir vaqtda piyoda yuruvchilar, avtomobillar va boshqa tramvaylar harakatini hamda shuning bilan birga, motorning ishlashini na konduktorning signallarini kuzatib boradigan qilib taqsim- lashi lozim. Haydovchi ham o'z diqqatini xuddi shunday taqsimlashi kerak. 0‘qituvchi darsni tushuntirish paytida o‘z diqqatini o‘quvchilar xul- qiga, ko'rgazma qurollarni ko'rsatishga, sinf doskasiga va shu kabilarga taqsimlashi lozim.
Konsentra(siyalani§h va boMinishlik har qanday diqqatga xos boMgan xususiyatdir. BoMingan diqqat aynan bir vaqtning o‘zida bir necha narsalarga
qaratilgan bo‘lmasa kerak, deb o‘ylash lozim. Bo‘lingan diqqat bu diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tezlik bilan ko‘chishidir.
Yuliy Sezar haqida shunday qissa saqlanib qolgan. U go‘yoki bir vaqtning o‘zida bir narsani yozib, boshqa narsa haqida o‘ylash, uchinchi narsani eshitish va to‘rtinchi narsa haqida gapirish kabi murakkab ishlar- ni bajara oJgan emish. Psixologiya nuqtayi nazaridan, bunday hodisaning boTishi mutlaqo mumkin emas. Har holda Yuliy Sezar diqqat ini bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko‘chirish qobiliyatiga ega bo'Jgan bo'/sa kerak. Shu sababli, Yuliy Sezar o‘z diqqatini bir vaqtning o‘zida to‘rt xil faoliyatga qarata oladi, deb o'ylaganlar.
Shunday hollar ham bo‘Jadiki, bunda kishi biron doklad yoki ma’ruza eshitib o‘tirar ekan, ayni shu vaqtning o‘zida xayol surishi, qandaydir boshqa narsalar haqida o'ylashi, kitob yoki gazeta o‘qishi mumkin. Bu narsa hammaga olz turmush tajribasidan ma’lum. Bunday hollarda diqqat bir narsadan (doklad eshitishdan) boshqa bir narsaga (kitob yoki gazeta o‘qishga) tezlik bilan «o‘tib turadi». Bizga esa ikki xil ongli faoliyat bir vaqtda bajarilayotganday tuyuladi.
K ishi faqat shunday holda ikkita ishni birdaniga bajara olishi mum- kinki, bunda qilinayotgan ishlardan biri malum darajada avtomatlashgan bo'lishi kerak. Masalan, biz ayni bir vaqtning o‘zida doklad yoki ma’ruzani ham eshitib, ham yozib borishimiz mumkin, Bunda ma’ruzani deyarli avtomatik ravishda yozib boriladi; lekin vaqt-vaqti bilan ongimiz nazorat qilib turadi. Diqqatning bunday bo‘limshida unchalik zo‘r berishni talab qilmaydigan, ya’ni odat boblib qolgan ish, miya po‘stining ma’lum darajada tormozlangan qism- lari orqali «boshqarilishi» mumkin. «Biz, asosan, bir ish, bir fikr bilan band bo‘lganimizda, albatta, shu asosiy ishimizga aloqasi bo‘lgan miya yarim shari nuqtasi kuchli qo‘zg‘algan holda bo‘lganda, ayni zamonda biz juda yaxshi kocnikkan bir ishni bajara olishimiz, ya’ni miya varim sharlarining tashqi tormozlanish mexa- nizmi asosida tormozlangan qismlari bilan ishlay olishimiz oddiy bir narsa emasmi, axir», — deydi I.P. Pavlov (IV tom, 428-bet).
Inson diqqatining ijobiy xususiyati o‘z diqqatini bir narsa ustida to‘play olish va faoliyat xaraktcriga qarab, uni tegishli ravishda bo1 la olishdadir.
Ayrim kishilar bu jihatdan bir-biridan shu bilan farq qiladilarki, ularning bittasida asosan,
konsentratsiyalashgan diqqat taraqqiy qilgan boMsa, boshqasida boMingan diqqat taraqqiy qilgan boMadi. Odamlar diqqatidagi bu ayirma har bir kishining qiladigan faoliyati va kasbiga qarab, amaliy ish jarayonida hosil boMadi.
Diqqatning koMami
Diqqatning koMami — diqqatga eng qisqa vaqt ichida (go‘yoki birdaniga) sig‘ishi mumkin boMgan narsalar soni bilan belgilanadi. Diqqat koMami jihatidan tor yoki keng boMishi mumkin.
Tajriba qilib tekshirishda diqqatning ko‘lami, odatda, tekshirilayotgan odamga ayni bir vaqtning o‘zida bir qancha o'zaro bogManmagan harflarni, so'ztami, narsalarni va turli shakllami ko‘rsatish yoMi bilan aniqlanadi.
Tekshirilayotgan kishi bu narsalardan ayni vaqtda qanchalik ko‘pini birdaniga idrok eta olsa (diqqat doirasiga sig'dira olsa), lining diqqat doirasi shunchalik keng boMadi.
Diqqatning koMamini aniqlash uchun taxistoskop degan maxsus as- bob qoMlaniladi. Bu asbob yordamida kishiga idrok ettiriladigan narsalar juda tez kolrsatiladi. Bunda idrok qilinadigan narsalar taxistoskopning ekranidagi teshikdan ko‘rsatiladi va bu teshik juda qisqa vaqt ichida bekilib qoladi.
Taxistoskop vositasi bilan oMkazilgan tajribalar ko‘rsatishicha, katta yoshli odam ayni vaqtning olzida diqqat doirasiga uchtadan to oltita- gacha bir-biriga bogTig boMmagan narsalarni, masaian, undosh harflarni, shakllarni sig‘dira oladi.
Lekin idrok qilinadigan narsalar ma’no jihatidan bir-biri bilan bogMiq boMsa va yoki bu narsalar yaxlit bir narsaning elementlari boMsa, bunda diqqat doirasiga shu kabi narsalarning ko£pi sigMshi mumkin. Masaian, taxistoskopda alohida-alohida harflar emas, balki uch-to‘rt harflardan tuzilgan so‘zlar ko‘rsatilsa, savodli kishi bunday so‘zlardan uch-to'rttasini, ya’ni to‘qqiztadan tortib, to o‘n oltitagacha harfni idrok eta oladi, chunki savodli kishilar ay rim-ayrim harflarni donalab 0‘qiinay, balki butun so'zlami birdaniga o‘qiydi.
Taxistoskop vositasi bilan diqqat koMami yuzasidan oMkaziladigan eksperimental tekshirishlarda diqqatning ayrim individual xususiyatlari ham aniqlangan.
Masaian, shunday odamlar borki, ularga taxistoskopdan nima ko'rsatilsa, shuni o‘zlaridan hech narsa qo'shmay, aniq idrok etadilar. Bunday odamlar «obyektiv» tipdagi odamlardir. Yana shunday odamlar ham boMadiki, ularga bir narsa ko‘rsatsang, bunga o‘zidan boshqa narsa- larni qo‘shib idrok*yetadi, Bunday odamlar «subyektiv» tipdagi odamlardir. Lekin mashq qildirish yoMi bilan subyektiv tipdagi odamlarni taxistoskopda ko'rsatilgan narsani aniq idrok qilishiga erishsa bo4ladi.
Diqqat ko‘lamining kengligi aniq idrok etish bilan birga qolshilgan taqdirdagina yaxshi sifatlardan hisoblanadi. Diqqat ko‘lamining keng bo‘[ishi, masalan, sinfda mashg‘uIotlar o‘tkazi!ayotgan paytda o^qituvclii uchun zarur- dir; o‘qituvchi sinfda o‘tirgan barcha o‘quvchilarga nazar solib turishi lozim. Lekin diqqat koMamining torligi ham hamma vaqt yomon boiavermaydi. Faoliyatning ayrim turlarida diqqat ko'lamining tor borishi, lekin shu bilan bir vaqtda, chuqur va konsentratsiyalashgan bo‘lishi talab yetiladi. Masalan, bunday diqqat odamga mikroskop bilan ish qUganda zarurdir.
Diqqat ko‘lamining fiziologik asosi miya po‘stida optimal qo‘zg‘algan joyning kcngayishi yoki torayishidan iborat. Bunda miya po‘stidagi optimal qolzg‘algan joy ayni vaqtda ta’sir qilib turnvchi boshqa qolzg‘atuvchilar bilan hosil qilingan qo^zg'alish jarayonlarining qo'shilishi tufayh kengayadi, ichki tormozlanish jarayonlarining kuchayishi natijasida esa bu joy torayadi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi
Diqqatning kuchi va barqarorligi uning muhim xossasidir. Diqqatning kuchi turli darajada bo‘lishi — diqqat kuchli va kuchsiz bo‘lishi mumkin. Diqqat qanchalik kuchli bo‘lsa, u diqqat obyektiga shunchalik ko‘p to‘planadi, boshqa, ayni vaqtda keraksiz boMgan narsalarga shunchalik kam chalg‘iydi. Biz tashqi tomondan diqqatning kuchi to‘g‘risida asosan, uning chalg'ish darajasiga qarab hukm chiqaramiz. Olquvchining diqqati har xil, hatto kuchsiz darajadagi chetki qo‘zg‘ovchilardan, chunonchi, qalamning tushib ketishiga, qo‘shni partadagi o‘rtoqlarining pichirlash- ganiga, koridorda bo‘Jayotgan gaplarga chalg'ib ketaversa — bu ayni vaqtda o‘quvchining diqqati kuchsizligidan dalolat beradi. Agar o‘quvchi bunday chetki qolzglovchilar (ba’zan hatto kuchli qo'zg^vchilar) ta’sirini ham go'yo «sezmay», balki muayyan bir ishga bcriiib qunt bilan ishlasa, bu ayni vaqtda o'quvchi diqqatining kuchliligidir.
Eng kuchsiz diqqat, odatda, tarqoq diqqat, parishon diqqat yoki to‘g'ridan to‘g‘ri parishonlik deyiladi. Parishonlik odamning o;z diqqatini biron-bir muayyan ishda tutib tura olmasligidir. Parishonlikda odamning diqqati bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ravishda o‘tib turadi, bu narsalardan birontasida ham to^xtab turmaydi. Parishonlik holatini biz bolalar hayotining dastlabki kunlarida uchratishimiz mumkin: yosh bola diqqatini hali hech bir narsa ustida tutib tura olmaydi. Parishonlik holati katta yoshdagi odamlarda ham bo‘Jadi, masalan, charchaganda, nerv kasal- ligiga duchor bo‘lganda, nerv sistemasi zaharlanganda. Maktabda pari- shonxotir o‘quvchilar uchrab turadi. Bunday o‘quvchilar hamisha hamma yoqqa «alang-jalang» qilaveradi, biron narsa ustida diqqatini tutib tura olmaydi. Bolalaming parishon bo‘lib qolishlariga, ko‘pincha, yasli va maktabda ular diqqatini yetarli darajada tarbiyalamaslik sabab bo"ladi.
Parishonlikni odamning hech bir narsaga diqqat qila olmasligi deb tushunish yaramaydi. Odam hamisha diqqat qila olish qobiliyatiga egadir, lekin odam diqqatiningto‘planish darajasi hamma vaqt bir xii boMavermaydi. Parishonlik — bu eng kuchsiz diqqatdir, miya po‘stida qo‘zg‘algan joyning kuchsiz boMishligidir.
Diqqat haddan tashqari kuchli boMganida ham alohida parishonlikni ko'rish mumkin. Eng kuchli diqqatda ongimiz diqqat qaratilgan narsaga batamom to‘planadi va kam chalgMydi yoki hatto boshqa kuchli qo‘zgbovchilar ta’sir qilib turganida ham sira chalg‘imaydi. Odam narsaga juda berihb ketganda vaziyatni utiutib qo'yadi, tevarak-atrofdagi laming gapi qulogMga kirmaydi, o‘zining odatlangan ish-harakatlarini sezmay qoladi. Diqqat kuchli boMgan vaqtda odamning parishon bo lib qolishini har bir kishi o‘z tajribasidan yoki boshqa odamlarda ko‘rganIaridan yaxshi biladi. Masaian, odam haddan tashqari quvongan vaqtda mana slumday parishon bo‘Ub qoladi. Odamning quvoni- shiga sabab boMgan narsa, hodisalar ba’zan odam ongini o‘ziga shu qadar jalb qilib oladiki, boshqa hech bir narsa uning ongiga borib yetmaydi yoki yetsa ham, juda qiyinchiliklar bilan borib yetadi. Odam haddan tashqari xursand vaqtida shu xursandchilik uyg'otgan obyektga taalluqli narsalarnigina idrok qiladi, faqat shu narsalar to‘g‘risidagina o'ylaydi. Ba’zan biron-bir juda qi- ziqarli roman o‘qiganda, matematikadan murakkab bir masalani yechganda va umuman biron faoliyatga juda berilib ketgan vaqtda bizda ham shunday parishonlik holati sodir boMadi,
P. Pavlov bunday parishonlikning fiziologik asosini ko‘rsatib bergan: «0‘yga cholmib ketganimizda, biror ishga juda berilganimizda tevarak- atrofimizda boMayotgan narsalarni ko‘zimiz ko‘rmaydi, qulogMmiz eshit- maydi — bu yaqqol manfiy induksiyaning yuz berishidir» (III tom, 2- kitob, 335-bet). Buning ma’nosi, bosh miya po‘sttning bir uchastkasida sodir boMgan qo4zg‘alish po‘stnrng boshqa uchastkalarini tormozlaydi, demakdir.
Diqqatning barqarorligi. Diqqat ma’ium darajada barqaror va beqaror boMishi mumkin,
Uzoq muddatgacha bir narsaning o‘ziga qaratilib tura oladigan diqqat barqaror diqqat deyiladi. Agar diqqat biron-bir faoliyat jarayonida boshqa narsalarga, keraksiz narsalarga chalg My versa yoki tez sustlashib va so‘nib qolsa, bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi. Masaian, o‘quvchi butun dars davomida damning borishiga diqqat qilib o‘qituvchining tushumi- rishlarini boshqa narsalarga chalg‘imay tinglab borsa, biz o‘quvchining diqqatini barqaror diqqat deymiz. Bordi-yu, o‘quvchi o‘qituvchining tu- shuntirishlariga awal boshda quloq solib borib, lekin 10—15 daqiqadan keyin boshqa narsa bilan shug‘ullansa, yoki boshqa narsalar tolg‘risida xayolga berilib ketsa, yoki o‘qituvchining tushuntirishidagi ayrim moment-kimi «eshita olmay qolibinan» desa, yo bo‘lmasa kitob o‘qisa-yu, uning maztnuriming ayrim momentlariga «e’tibor bermabman» desa, bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi.
Diqqatning barqaror diqqat yoki beqaror diqqat turiga kirishini ko‘rsatnvchi qat’iy belgilangan biror-bir me’у or, ko‘rsatkich yo‘q va bunday me’yor, ko‘rsatkichning bo‘lishi mumkin ham emas. Diqqatning barqarorligini diqqatning turi — ixtiyoriy va ixtiyorsizligiga qarab, shuningdek, biron-bir turdagi diqqat bilan bajarilayotgan ishning mazmuni va xarakteriga qarab har xil baho berish mumkin.
Har bir kishining diqqati amaliyotda, faoliyat jarayonida, tarbiya qi- Hsh va o‘z-o‘zini tarbiyalash yo‘li bilan o‘sib, ma’lum darajada kuchli va barqaror diqqat bo‘lib qoladi.
DIQQATNING KUCHI VA BARQARORLIGINI TA’MIN ETADI GAN SHART- SHAROITLAR
Odam faoliyatining barcha turida, albatta, nihoyatda kuchli (eng ko‘p to‘plangan) va nihoyatda barqaror diqqatning ahamiyati juda kattadir.
Diqqatning kuchli va barqaror boiishi bir qator shartlarga: diqqat obyektining mazmundorligiga, faoliyatga, ish bajarilayotgan vaziyatga, odamning ruhiy holatiga, irodasiga va qiziqishlariga bogMiqdir.
Diqqat obyektining xarakteri va ishning mazmundorligi: Diqqatning kuchli va barqaror bo‘lishi diqqat obyektining mazmundorligiga kokp jihat- dan bog‘liqdir. Diqqat obyekti qanchalik mazmundor bo'lsa, diqqat ham shu qadar kuchli va barqaror bo‘lishi mumkin. Mazmunsiz narsalarga diqqatni qaratish va tutib turish ancha qiyin ish. Masalan, bir varaq toza qog'ozga chizilgan doiraga uzoq vaqt diqqat bilan qarab turish yoki qimir- lamay turgan nuqtaga tikilib qarab turish ancha qiyindir.
Shuningdek, tinimsiz bir xil balandlikda va bir xil kuch bilan chiqayot- gan tovushni ancha muddatgacha eshitib turish ham qiyin (ba’zan mumkin ham emas). Bu singari mazmunsiz narsalar ustida diqqatni to‘xtatib turishlikka urinib ko‘rsak, diqqatimiz har 3—5 soniyadan keyin boshqa narsalarga chalgiydi yoki tebranib turadi, ya’ni har 3—5 soniya oralig£ida odam goh qunt bilan diqqat qiladi, goh diqqati sustlashadi, bu ikki hoi biridan ikkinchisiga o‘tib turadi.
Diqqatning tebranish holatini, masalan, quyidagi misolda ko'ra olamiz. Agar kesik piramidaning rasmiga bir necha vaqt tikilib qarab lursak, bunda piramidadagi kichik to‘rtburchak goh yuqoriga bo'rtib, goh ichkariga botiq bo‘lib ko‘rinadi.
Diqqatning shunga o‘xshash tebranishini jimjit sharoitda cho‘ntak soatining chiqillashiga quloq solib ko‘rilganda kuzatish mumkin: soatning chiqillash
igoh sekinlashadi, goh to‘xtab qoladi; goh, soat yana chiqiUay boshlaydi. Idrok qilishdagi bunday o'zgarishlar — diqqat tcbranishining natijasidir. Diqqatning tebranishi, ya’ni qunt bilan diqqal qilish va diqqatning sustlashishi ba’zan bir daqiqa ichida 25—30 martagacha bo'ladi. Rus psixologi N.N. Lange ning tekshirishlarida ko'rsatilishicha, diqqat 2—3 soniyagacha, ko^pi bilan 12 soniyagacha teb- ranmay tura oiadi. Odam charchagan vaqtida diqqat tebranishining tezligi ortadi.
A mmo diqqat qaratiladigan narsaning mazmuni har xil bo‘lsa va ayniqsa, bu narsa harakat qilib tursa, diqqat ancha barqaror boMadi. Odam mazmundor ishga diqqat qilganida, uning diqqati 15—20 daqiqa va undan ko‘p vaqt hech bir narsaga boM inmay hamda chalg'imay to'xtab tura oladi. Diqqatning muttasil 20 daqiqa qaratilgandan keyin boshqa yoqqa bir necha soniya chalgMshi ish ning borishiga deyarli yomon ta’sir etmaydi. Bunda oz-moz 2—3 soniya dam berilishi bilan diqqat bir necha soat davomida barqaror turishi mumkin.
Shu bilan birga, ish qanchalik mazmunli boMsa, bu ishda xotira, xayol va fikrlash jarayonlari qanchalik samarali va xilma-xil boMsa, odamning shu ishga qaratilgan diqqati shunchalik kuchli va barqaror boMadi. Idrok, esga tushirish va shuning kabi hissiy faoliyatlarga nisbatan tashqi harakatlar bilan bogMiq boMgan faoliyatlarda diqqat kuchli hamda barqaror tarzda namoyon bo"ladi.
Ish sharoiti va diqqat. Diqqatning kuchi va barqarorligi biror yumush bajarilayotgan va odam idrok qilib turgan sharoitga bogMiqdir.
Bu sharoitda biron-bir narsa odam diqqatini beixtiyor ravishda jalb qilsa, diqqatning barqarorligiga halal berishi, diqqat kuchi esa zaiflashishi mumkin. Masaian, sinfning eshigi ochilib-yopilib tursa, sinfda ikki-uch o‘quvchi gaplashib o‘tirsa yoki koridorda to'polon bo lib tursa va shunga o‘x&hash hollarda o'quv ishi jarayonida diqqatning barqarorligiga halal beradi va diqqat kuchi zaiflashadi. Shuningdek, sinf doskasidagi muayyan darsga bevosita aloqasi boMmagan har xil yozuvlar, rasmlar ham diqqatni chalg'itadi. Bularning hammasi o‘quvchilarning zarur narsalarga qaratilgan diqqatini bo‘shashtiradigan ikkinchi darajali taassurotlardir.
Albatta, diqqatni sira chalg‘itmaydigan sharoit kam uchraydi. Fabrika va zavod sex/aridagi tnashinaJartiing shovqin-suronlari orasida g'oyatda kuchli va barqaror diqqatni talab qiluvchi ishni bajarishga to£g‘ri keladi. Bunday sharoitda diqqatning to‘planishi va barqarorligini saqlab turish uchun uni
chalg‘itadigan qo‘zg‘ovchilar ta’sirini yengishga to‘g‘ri keladi. Diqqatning kuchsizligi, uning beqarorligi, jumladan, odam diqqatini chalg‘ituvchi qo‘zg‘ovchilar ta’sirini yenga olmasligida ko‘rinadi.
Yana shu narsani ham ko‘zda tutish kerakki, har qanday o‘zga qo‘zg‘ovchilar diqqatning kuchi va barqarorligiga hamma vaqt ham yo- mon ta’sir qilavermaydilar. Juda ko‘p hollarda unchalik kuchli bo‘lmagan ikkinchi darajali qo'zg'ovchining to‘xtovsiz bir tekisda ta’sir etib turishini biz payqamaymiz. Bunday qo‘zg‘ovchining ta’siri diqqatimizni chalg‘itmaydi hamda uning kuchi va barqarorligini buzmaydi. Masalan, biz kitob o‘qib yoki hikoya eshitib turgan paytimizda soatning chiqillashini, o‘zimiz tushib ketayotgan tramvay yoki poyezdning shovqinini payqamaymiz. Ma’lumki, mana shunday ikkinchi darajali qo'zg'ovchilar ba’zan, hattoki diqqatimizni kuchaytiradi. Ba’zi vaqtda shamolning ovozi, sekin eshitilib turgan musiqa sadosining ta’siri ostida biron narsani o‘qir yoki fikr yuritar ekanmiz, bizda g'oyat to^plangan diqqat yuz beradi. Bunday holat ikkinchi darajali qo‘zglovchi ta’siri bilan tug‘ilgan qo‘zg‘al ishning diqqat markazida turgan narsadan keladigan qo‘zg‘alishga qo‘shilishi tufayli sodir bo‘lsa kerak, lekin qo‘zg'alishning bunday «kuchayishi» ikkinchi darajali qo^zg^ovchi «seziiib» turishiga qaramay, uning ta’siri diqqat markazida turgan narsaning ta’siridan anchagina sust bo‘lgandagina yuz berishi mumkin.
Hissiyot va diqqat. Diqqatning kuchi va barqarorligi hissiyotga bog‘liq. Bu yerda hissiyolning roli ikki xil — ijobiy va salbiy boMishi mumkin.
Hissiyot diqqat qaratilgan narsa bilan bog‘liq bo4gan taqdirdagina diqqat uchun ijobiy ahamiyatga ega bo‘Iadi: bunday hissiyot qanchalik kuchli boMsa, diqqat ham shunchalik kuchli va barqaror boMadi. Ixtiyorsiz diqqatning kuchi va barqarorligi, asosan, hissiyotga bogMiq. Kishining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hislar, emotsiyalar ham ixtiyoriy diqqatning kuchi va barqarorligini mustahkamlaydi va zo‘raytiradi. Bilish va amaliy faoliyat jarayonida kishining ongi tobora ko‘proq yangi narsalar bilan boyib borar, bilmagan va oz bilgan narsalarini bilib borar ekan, diqqatning to‘planishi va barqarorligi ham ortib boradi. Yangilikni sezish hissi kishining bilish faoliyatini kuchaytiradi, faollashtiradi, shu bilan birga, diqqatning kuch ini va barqarorligini mustahkamlaydi.
Diqqatning kuchi va barqarorligiga kishining ayni paytdagi umumiy kayfiyati ham ta’sir qiladi. Yaxshi kayfiyat har qanday ishda diqqatimiz- ning kuchini oshiradi.
Diqqat obyektidan bo‘lak sabablar tufayli qo‘zg‘algan his-tuyg‘ular diqqatning kuchi va barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday his-tuyg‘ular diqqatni chalg‘itadi va kuchsizlantiradi hamda lining barqarorligini buza- di. Masalan, qo‘shni sinfdagi musiqa yoki ashula ovozi tufayli tug‘ilgan hissiyot o‘quvchilarning darsga qaratilgan diqqatlarini bo‘shashtiradi.
Iroda va diqqat. Ixtiyoriy (irodaviy) diqqatning kuchi iroda kuchi bilan saqlab turiladi. Ko'pincha, ixtiyorsiz diqqatning barqarorligi ham faoliyat jarayonida irodaning zo‘ri bilan ushlab turiladi. Shuning uchun iroda, asosan, diqqatda ko‘rinadi, desa boMadi. Agar kishi diqqatli boMishni xohlab, buning uchun zo‘r bersa, diqqat kuchli va barqaror boMadi; bunda kishi ixtiyorsiz ravishda paydo boMadigan va diqqatning obyekt iga munosabati boMmagan taassurotlar, tasawurlar, fikr va hissiyotlarni siqib chiqarish va yo‘q qilib yuborish uchun zo‘r harakat qiladi.
Irodaning ishga solinishida kishining bir maqsadga intilishi,, uning ishga shaylanib, hozirlanib turishi katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun, kuchli va barqaror diqqat hosil qilishda maMum ishga moyillik va tayyor boMishlik katta rot o‘ynaydi. Bu ishga shaylanish, yoM tutishdir. Chunonchi, agarda o‘quvchi uy vazifasini tayyorlasbga shaylansa, o‘qish ishiga hafsala qo'ysa, uning diqqati butun ish davomida unchalik zo‘r berishni talab qilmaydi. Shuning bilan bir vaqtda, uning diqqati kuchliroq va barqarorroq boMadi. Diqqatning g‘oyat darajada mujassamligini va barqaror- ligini saqlab turish uchun kishining ishga muvofiqlanishi, ishlashga odat- Ianib qolganligi katta ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, deyarli har qanday ish boshda qiyinchiliklar bilan bogMiq boMadi, kishidan alohida kuch bilan zo‘r berishlikni talab qiladi. Bironta yangi ishning boshlanishida unga qarata birdaniga diqqatni to'plash qiyin boMadi. Biz, ko‘pi.ncha, o'zimizni ma’lum bir ish bilan «shug‘ullanishga» majbur qilamiz. Masaian, fanning biz uchun qandaydir yangi boMgan sohasi bo‘yicha kitoblarni sistemali ravishda o‘qiymiz. Bunday hollarda diqqatimizni to‘plash uchun, ko‘pincha, anchagina zo‘r berishga, ko‘p kuch sarf qilishga to‘g‘ri keladi. Lekin, maMum bir vaqt davomida aynan bir sharoit va ayni bir vaqt ichida ma’lum ish bilan shug‘ullanar ekanmiz, natijada bunday ishga oMganib qolamiz. Masaian, kitob bilan ishlashni olsak, unga o'rganib qolgan sharoitimiz bilanoq aytarli zo‘r bermay va unchalik kuch sarf qilmay o‘qiy boshlaymiz. Faoliyatimizning boshqa turlarida ham diqqat berib turish uchun bizda hosil boMgan odatlar xuddi shunday ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |