Tafakkur. Idrok va tasavvurlarimizda aks etadigan narsa tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumiylashtiriladi. Tafakkur — voqelik- ning umumiylashtirilgan bevosita va eng to‘liq hamda eng aniq intihosidir. Tafakkur jarayonlaridagi fikrlar — muhokama va tushunchalar tushuniladi va vujudga keladi. Odam fikrlash faoliyati tufayli voqelikni idrok va tasav- vurlaridagiga qaraganda aniqroq, to‘laroq va chuqurroq bilib oladi.
Nutq. Tafakkur nutqqa chambarchas bog‘liq. Fikrlarimiz nutq yor- dami bilan shakllanadi va ifodalanadi. Kishilar nutq vositasida aloqa qilar ekanlar, fikrlarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashadilar; odamning hissiyoti va intilishlari ham nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq kishilarning til vositasi bilan aloqa qilish usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |