Tabiiy eksperiment. Tabiiy eksperiment metodi oddiy obyektiv surat- da kuzatish metodi bilan laboratoriya eksperimenti metodi o‘rtasida tura- di. Bu metodni professor A.F. Lazurskiy kuzatish va tajriba metodlarining kamchiliklaridan saqlanish va ikkala metodning foydali tomonlarini qo‘shish maqsadida yaratgan.
Tabiiy eksperiment metodining mohiyati shundaki, bu yerda tekshiruv- chi kishining o‘zi tekshiriladigan kishida (yoki kishilarda) biron psixik jarayon (masaian, xotira, tafakkur, diqqat) ro‘y berishi uchun yoki tekshiriladigan kishilarda individual xususiyatJar (temperament, havas) ro'y berishi uchun maxsus sharoit tug‘diradi. Masaian, tekshirish lozim bo‘lgan biron psixik jarayon odatdagi dars vaqtida yoki o‘yin paytida maxsus reja bilan tekshiriluvchining o‘ziga sezdirmasdan tajriba qilib sinaladi. Albatta, bu sharoit va unda tekshiriladigan psixik faoliyat dastlab analiz qilina- di. Masaian, bolalardagi muayyan bir psixik jarayonlarni, muayyan bir xarakter xususiyatlarini, muayyan bir qobiliyatlarni ularning biron-bir o‘yindagi faoliyati sharoitida tekshiriladigan bo‘lsa, bolalarning tekshirish nazarda tutilgan psixik jarayoni, xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari qaysi o‘yjnda, ayniqsa, yaqqol ko‘rinishi oldindan bilib olinadi. Tekshiriluvchi kishilar shundan keyin tekshiruvchi kishi tomonidan maxsus ravishda, lekin tekshiriluvchi kishilar uchun tabiiy bo‘lgan sharoitga, darsga yoki bu o‘rinda o‘yinga jalb qilinadi. Tekshiruvchi kishi bolalarning faoliyatini kuzatib turadi va tekshiriluvchi bolalar uchun tabiiy sharoitda kelib chiqa- digan psixik jarayonlarni va bolalarning individual xususiyatlarini qayd qiladi. Ammo tekshirilayotgan bolalar, yuqorida aytilganidek, o£z faoliyatlari maxsus suratda kuzatib turilganligini sezmasliklari lozim. Shu shartga rioya qilingandagina, tekshirilayotgan bolalar kundalik hayot va faoliyatda o‘zlarini qanday tutsalar, maxsus yo‘l bilan atayin vujudga keltirilgan tabiiy sharoitda ham o‘zlarini o‘shanday samimiyat bilan tutadilar. Bunday eksperimentning tabiiy eksperimentligi ham shundadir.
Tabiiy eksperiment metodining tashqi kuzatish metodidan farqi shu- ki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisalami zarur bo Iganda maxsus yo‘l bilan ataylab vujudga keltiradi. So‘ngra bu psixik hodisalami boshqacha bir tarzda vujudga keltirish mumkin va bunda shu psixik hodisalaming tabiiy suratda ro‘y bermog‘i uchun eksperiment yangi bir sharoitda o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |