O'zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,57 Mb.
bet4/49
Sana30.12.2021
Hajmi3,57 Mb.
#87211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
UMUMIY PSIXOLOGIYA.pdf 2020.doc04

Kuzatish metodi

Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, odamning turli-tu- man faoliyatida qanday ko‘rinishda voqe bolsa, o‘sha ko‘rinishda kuza­tish metodining yordami bilan o‘rganiladi.

Tashqi kuzatish

Psixik hayot hodisalarini o‘rganishda awalo tashqi kuzatish metodi tatbiq etiladi.

Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi organlarimiz bevosita seza oladigan, o‘zimiz bevosita idrokqila oladigan faktlari aniqlandi va tasvirlandi. Kishining psixik hayotida: mimika, imo-ishora, nutq, turli harakatlar va umuman kishining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish mumkin.

Psixik jarayonlar bilan bevosita bog‘langan ba’zi bir fiziologik hodisa­lar yuzning o‘zgarishi, nafas olish, qon aylanish va shu kabilarning o‘zgarishi ham tashqaridan kuzatiisa bo‘ladi. Kuzatish ma’lumotlarini so‘zlar bilan tasvir etish orqali kifoyalanib qolmay, balki ko‘rsatma vositalari, suratga olish, kinoga olish, tovushni yozib olish va shu kabi yo‘llar bilan ham qayd qilish mumkin.

Masaian, bolalar nutqining o'sib borishini kuzatish yo‘li bilan tekshira olamiz. Bunda bolaning so4z boyligi qanday qilib sekin-asta orta borishi­ni, nutqning fonetik lomonini, grammatik tuzilishini shu bola qanday bilib olayotganini qayd qilsa boMadi.

Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zgartirish va yangidan ko‘rishida duch kelgan to‘sqinlikni va qiyinchilikni yengish uchun uning qanday zo‘r iroda bilan sabr-matonat ko‘rsatishini ham kuzatish yo‘li bilan ko'zdan kechirsak va tekshirsak bo'ladi.

Psixik hayot hodisalarini o‘rganayotganda psixologning o‘z-o‘zini ku­zatish metodiga ham murojaat qilib turishiga to4g‘ri keladi.

O‘z~o‘zini kuzatish



Nomidan ko‘rinib turibdiki, tadqiqotchi o‘z-o‘zini kuzatish bilan o‘zidagi psixik hodisalami tekshiradi. Bu holda tadqiqotchi psixik jara­yonlar va holatlarning ichki tomoni — odamning subyektiv kechinmalari qanday ro‘y bersa, ularai shu holida tasvir etish va aniqlab olishga intila- di. Psixolog o‘z tadqiqotlarida tckshirilgan kishilarning o‘z-o‘zini kuzatib olgan ma’lumotlariga ham asoslanadi.

Psixologiya vujudga kela boshlagan V asrdan tortib to bizning eramiz- gacha va XIX asming deyarli oxirigacha o‘z-o‘zini kuzatish metodi yoki introspektiv metod ruhiy hayot hodisalarini bilishning birdan-bir metodi bo‘lib keldi, desa bo‘Iadi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z-o‘zini kuzatish metodiga tanqidiy ko‘z bilan qaraladigan boiib qoldi. Bu metodning bir qancha kamchiliklari borligi ma’liim bo‘ldi. 0‘z-o‘zini kuzatishda tadqiqotchi ham, tekshiriladigan ham tekshiruvchi obyektga bo Mini b qolishi bu metod­ning eng muhim kamchiligi ekanligi ko‘rsatildi. Holbuki, normal kishilar shaxsining amalda bunday «bo‘linib ketishi» mumkin emas. 0‘z-o‘zini kuzatishda psixik hodisalami (masaian, shodlik yoki qayg‘u hissini, tafakkur jarayonini) ham boshdan kechirish, ham shu hodisalami o‘rganish juda qiyin ekanligi, ba’zan esa butunlay mumkin bo‘lmasligi ko‘rsatib o'tildi. 0‘z-o‘zini kuzatish metodining cheklanganligini ham uning kamchiligi deb bilish kerak. Psixolog o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan faqat o‘z psixikasini o‘rganadi-da, axir. Shunday bo‘lgach, odam psixikasi haqidagi fan faqat psixologlarning o‘'z psixologiyasiga aylanib ketadi. Bunday psixologiya madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, o‘z ixtisosiga ko‘ra o‘zini-o‘zi kuzata oladigan va o‘zini-o‘zi muhokama qila oladigan kishi­lar psixikasi haqidagina bilim beradi. Ammo madaniy taraqqiyotning past- roq bosqichida turgan kishilar psixikasi haqidagi ta’limot ham, bolalar psixikasi haqidagi ta’limot ham psixologiyaga qo'shilishi kerak. Madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuq- tayi nazaridan o‘z-o‘zini kuzata olmasligi tabiiy. Demak, o‘z-o‘zini ku­zatish yo‘li bilan odam psixik taraqqiyotining turli bosqichlari haqida bilim olib bo‘lmaydi.

Nihoyat, o‘z-o‘zini kuzatish metodining yana bir katta kamchiligi shu- ki, bu yo‘l bilan olingan ma’lumotlar psixik hayot hodisalarini turli yo‘sinda bir tomonlama, subyektiv talqin qilinishiga olib kelishi mumkin. Masaian, odamning xarakterini tekshirayotgan psixologning o‘zi egoist bo‘lsa, 0‘z- o‘zini kuzatish natijalaridan, egoizm har qanday xarakteming muhim belgisidir, deb xulosa chiqarishi mumkin. Dunyoda saxiy, oliyjanob xarakterli kishilar borligini bunday psixolog faqat o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan bila olmaydi. Zohiran ko‘rinadigan nars^ bu yerda Haqiqat bo‘lib tuyulishi, yakka hodisa umumiy hodisa bo‘lib tuyulishi mumkin. Holbuki, har qanday ilmiy bilim obyektiv va chin bilim bo‘lishi kerak.

0‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan subyektiv ravishda ko‘ngildan kecha- digan faktlarni aniqlash, tasvirlash mumkin, ammo ularni har tomonlama tushuntirish mumkin emas. Psixik hodisani tushuntirish — uning sababi- ni, nerv-fiziologik asosini topish va odam yashaydigan ijtimoiy sharoit bilan bog‘langanligini aniqlash demakdir, bularning hammasi esa 0‘z- o‘zini kuzatish doirasidan tashqaridadir. Fanning vazifasi faktlarni tasvir etishdangina iborat emas, balki asosan shu faktlarni tushuntirish, ular­ning qonuniyatlarini kashf etishdan iborat. Obyektiv metoddan foydalan- gandagina bunga erishish mumkin.

Ammo, o‘z-o‘zini kuzatish metodining yuqorida aytilgan kamchilik- lari bu metodni psixologiyada keraksiz, g‘ayriilmiy metod deb butunlay rad etishga asos bo‘lmasligi kerak, albatta. Bu kamchilik va qiyinchilik- laming hammasi ham o‘z-o‘zini kuzatishda uchrashi mumkin, lekin ular hamisha, o‘z-o‘zini kuzatishning har qandayida bo£lavermaydi. Awalo, odam o‘z-o‘zini kuzatish obyekti boMolmaydi, degan da’voni asossiz deb bilish kerak. Odam ongi taraqqiy etgan bo‘lsa, ma’lum psixik jarayonlami baravariga bosh dan kechirishi ham, kuzatishi ham mumkin, odamning xususiyati ham shundan iborat. Odam kuzatish bilangina cheklanib qol- may, psixik jarayonlarga ta’sk o‘tkazishi, turli psixik jarayonlarni yuzaga







chiqarishi, o‘zgartirishi, kuchaytirishi va to‘xtatishi mumkin. Bu har kimga yaxshi ma’lum bo‘lgan faktdir.

Har qanday ishda uchraydigan qiyinchiliklar kabi o‘z-o‘zini kuzatish­da uchraydigan qiyinchiliklar ham hamisha bartaraf qilib bo‘lmaydigan qiyinchiliklar emas, albatta. Kuchli emotsional holatlardagina o‘z-o‘zini kuzatish mumkin bo‘lmay qolishi mumkin. Bundan tashqari, psixik ha­yot hodisalarini dastlab boshdan kechirish paytidagina o'rganish shart emas, ularni esga tushirib, ko‘ngildan kechirish ham mumkin. Ko'pincha hozir boshdan kechayotgan hodisalar emas, balki ilgarigi hodisalar 0‘z- o‘zini kuzatish obyekti bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan hodisalar dastlabki paytda- giday to‘la va ravshan gavdalanmaydi, albatta. Uzil-kesil xulosa chiqar- ganda buni hisobga olish shart.

0£z-o‘zini kuzatish metodini ilmiy asosda tatbiq etmoq uchun max- sus tayyorgarlik kerak, albatta. ilmiy tadqiqotlardan birontasini ham maxsus tayyorgarliksiz olib borish umuman mumkin emas.

Psixologiya o‘z-o‘zini kuzatish metodidan yagona metod sifatida foyda- lansa va psixik hayotning subyektiv hodisalari ularning tashqi ifodalaridan, ularga asos bo‘ladigan nerv-fiziologik jarayonlardan alohida, odamning faoliyatidan alohida ko‘zdan kechiriiadigan bo‘Isa, faqat shundagina 0‘z- o‘zini kuzatish metodida bir tomonlama xulosa chiqarish va subyektivizm ro‘y berishi mumkin.


Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish