Bosh miya va psixik funksiyalar
Po‘st ostidagi soha va po‘st ostidagi tugunlar differensiallashmagan va umumiy sezuvchanlik markazidir. Emotsiya va instinktlarimiz shu soha bilan chambarchas bog‘Iiqdir. Harakatlarimizni idora etish uchun po‘stostidagi tugunlardan targ‘il jismning ahamiyati, ayniqsa, kattadir. Targ‘il jism zararlanganda, odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-poy bo‘ladi.
Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy asosi bosh miya po‘stidir. Bosh miyaning pastroqdagi boshqa hamma qismlari, shuningdek, orqa miya — ongsiz reflektor harakatlaming markazlari bo‘lib, xilma-xil fiziologik jarayonlarni idora etadi. Bu yerda yana shuni aytib o‘tish kerakki, bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya markaziy nerv sistemani bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘Iining bosqichlaridir. Bosh miyaning taraqqiyotidagi har bir qismi (pastdan yuqoriga qarab hisob qilganda) o‘zidan awalgi qismning ustiga qoplangan. Orqa miya, undan keyin esa uzunchoq miya markaziy nerv sistemasining eng qadimgi qismlaridir. Oldingi miya va po‘st genetik jihatdan miyaning eng yosh qismlaridir. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari taraqqiy qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq psixik funksiyalarni ham bajargan deb o‘ylash mumkin. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari tarkib topib taraqqiy qilishi bilan murakkabroq psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‘tadi. Shu bilan birga psixik funksiyalar tobora mu- rakkablashib va takomillashib bordi. Psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‘tishi bilan miyaning pastdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv harakatlarnigina idora etadigan bo‘lib qoldi. Buning haqiqatan ham shunday ekanligini quyidagi hollar ko‘rsatib turibdi. Biologik taraqqiyotning ancha past bosqichlarida turgan hay- vonlarning miya po‘sti va oldingi miyasi olib tashlanganda, bu qism- larning funksiyasini pastroqdagi qismlar o‘tay boshlaydi (garchi mukammal shaklda boMmasa ham, har holda, o‘taydi). Masaian, oldingi miyasi olib tashlangan baqa tamomila normal baqaga o‘xshaydi. Bunday baqa odatdagicha o‘tiradi; baqa turgan taxta ag‘darila boshlasa, u ag‘anab tushmaslikka harakat qiladi; agar baqa chalqancha ag‘anab tushsa, o‘nglanib oladi. Shunday qilib, baqa miya yarim sharlaridan mahrum bo‘Isa ham harakat qilish va o‘z harakatiarini muvofiqlashtirish qobiliyatini saqlab qoladi.
Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og‘ziga soling an ovqatni yeydi, turtib yuborilsa yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo kaptar turtib yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasining ikkala yarim shari olib tashlansa, sun’iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay oladi. Bunday it og‘ziga solingan ovqatni yeydi, yura oladi. It urilsa vangillaydi, qattiq tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo bunday it o‘zicha ovqat qidirib topolmaydi va hatto yaqinidagi ovqatni ham topib yeya olmaydi. Bu it uni boquvchi kishilami tanimaydi. Awal hosil qilgan malakalari yo‘qoladi, shu bilan birga, yangi malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo‘qoladi.
Ba’zi fiziologlar maymunlarning yarim sharlarini olib tashlab tajriba- lar qilganlar. Maymunlar operatsiya qilingandan keyin psixik funksiyalari yo‘qolishi bilan birga, harakatlar, harakatni muvofiqlashtirish ham buzil- gan. Ular to‘ppa-to‘g‘ri o‘tirib tura olgan, shuningdek, narsalarni chan- gallay olgan, ammo, murakkabroq harakatlar, ayniqsa, yurish qobiliyati buzilgan, shunday qilib, evolutsiyaning yuqori bosqichlarida murakkab harakatlar va ulami muvofiqlashtirish funksiyalari ham miya po‘stiga o‘tadi.
I.P. Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday hodisalami ilmiy asosda tushuntirib berdi. Hayvonlar bosh miyasining ayrim qism- larini olib tashlash ustidagi tajribalar shuni ko‘rsatdiki, hayvon biologik taraq- qiyotning qancha yuqori bosqichida tursa, quyi qismlarining yuksak psixik funksiyalami bajara olish imkoniyati o‘shancha kam bo‘ladi. Odamda miya- ning quyi qismlari yuksak psixik ftmksiyalami bajarishga mutlaqo qodir emas. Odam miyasining po'sti ostidagi qismlari po'st funksiyasini loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tug‘ilgan bolalar (anzitsefallar)ni kuzatish bu holni juda ravshan tasdiqlaydi. Odatda, bunday bolalar uzoq ya- shamaydi. Shunday bolalardan birining faqat uch yil-u to‘qqiz oy yashagani ma’lum. Bu bola doim yotgan, turishga biron marta ham harakat qilib ko‘rmagan. U narsalarni ushlashga hech urinmagan, hatto narsalarni qo‘lda ushlab turishni ham bilmagan. Faqat yuzida ba’zi bir harakatlar ko‘ringan; u ba’zan ijirg‘angan; emganda va qoshiqlab ovqat berilganda lablari va tili ha- rakatga kelgan. Bola tagi xo‘l bo‘lganda ham hech parvo qilmagan. Bu bola bilan gaplashish yoki unga biron narsa o‘igatish aslo mumkin boMmagan. Unda hatto eng oddiy ko‘nikmalar ham hosil bolmagan. Yuqorida aytilgan- lardan, miyaning po‘st ostidagi qismlarining psixik hayotga hech qanday alo- qasi yo‘q degan ma’no chiqmaydi. Yarim sharlar po‘sti o‘z tolalari bilan bosh miyaning hamma qismlariga va orqa miyaga bog‘langan. Shu bilan biiga, yuqorida aytilganidek, orqa miyadagi nerv hujayralarining tolalari va po‘st ostidagi sohalaming tolalari yarim sharlar po‘stining qismlariga bogMangandir. Shu sababli butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati boimasa, psixik hayot ham bo‘Imas edi. Shu bilan biiga, butun nerv sistemasining va butun organizmning faoliyatida bosh miya po‘sti asosiy rol o‘ynaydi. I.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, yarim sharlar po‘sti oiganizmdagi hamma funksiyalami idora etadi, katta yarim sharlar po‘sti organizmning barcha funksiya- larini boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |