0‘rta miya. Muskul tonusining normal taqsimlanishini va gavdaning tovush hamda yorug‘lik singari qo‘zg‘ovchilarga, shuningdek, og‘irlik kuchi- ga nisbatan to‘g‘ri turishini idora qiladi.
Oraliq miya muhim funksiyalarni o‘taydigan bir qancha nerv uchast- kalaridan iborat, gavdaning umumiy sezuvchanligini ham o‘rta miya idora etadi. Pastroqdagi vegetativ markazlarning ishlarini birlashtiradigan va muvofiqlashtiradigan oliy vegetativ markazlar ham o‘rta miyada deb taxmin qilinadi.
Uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi, olrta miya va oraliq miya hammasi birgalikda miya dastasi yoki miya stvoli deb ataladi.
Oldingi miya va uning po'sti bosh miyaning oliy qismlaridir. Hayvon biologik taraqqiyot bosqichining qancha yuqorisida tursa, oldingi miyasi bosh miyaning boshqa qismlariga nisbatan o‘shancha ko‘proq joy egal- laydi. Biologik taraqqiyotning turli bosqichlarida uchrovchi hayvonlar bilan odam, oldingi miyasining kattaligi 8-rasmda taqqoslab ko‘rsatilgan. Odamda oldingi miya butun bosh miyaning katta bir qismini, taxminan 80 foizini egallaydi. Oldingi miya ikkita yarim shardan - o‘ng va chap yarim shar- lardan iborat, bosh miyaning peshana bo‘lagidan ensa boMagiga qarab boradigan katta egat bu yarim sharlarni bir-biridan ajratib turadi. Oldingi miyaning o‘ng va chap yarim sharlari qadoq modda deb ataluvchi jism yordami bilan o‘zaro birlashadi. Yarim sharlaming miya po‘sti deb atala- digan butun yuzasi shuncha chuqurroq va pushtalari ko‘proq bo‘ladi. Odam miyasining yarim sharlaridagi pushtalar juda ko‘p va egatlari ko‘p darajada chuqurdir.
Egatlardan eng yaqqol ko‘rinib turadiganlari Silviy egati bilan roland egatidir. Silviyning ko‘ndalang egati chakka boMagini ajratib turadi. Roland egati esa tepa bo‘lakning o‘rtasidan peshana va chakka bo‘laklarga qarab boradi.
B
Tepa bo'lagi
9-rasm. Bosh miya.
osh miya po‘sti miyaning kulrang moddasidan iborat. Miyaning turli qismlarida po‘stning qalinligi 1 mm dan 4-5 mm gacha boradi.
Odamning bosh miya po‘stining butun yuzasi o‘rta hisob bilan 2000 kv. sm keladi. Bosh miya yarim sharidagi po‘stining yuzasi odatda to‘rtta katta qismi — peshana qismi (eng kattasi), tepa qismi, ensa qismi va chakka qismiga bo‘linadi (9-rasm). Ba’zi bir olimlarning hisobiga qaraganda, bosh miya po'sti va yarim sharlarida 15 mUliardga yaqin nerv hujayrasi bor.
Katta yarim sharlar polsti shakli va funksiyasi bilan bir-biridan farq qiladigan olti qavat nerv hujayralaridan tuzilgan (11-rasm). Oltinchi qavat o‘z navbatida ikki qatlamga boMinadi. Ammo bosh miya po‘stining turli qismlari olti qavat hujayradan iborat emas, balki ikki, uch, to‘rt qavatdan, ba’zi qismlari esa olti qavatdan iborat. Bosh miya po‘stining hujayralar qavati bir xilda bo‘lgan uchastkalari maydon hosil qiladi. Odam bosh miyasining po‘stida hammasi bo‘lib 52 ta maydon bor. Tuzilish jihatidan bir- biriga o‘xshaydigan maydonlar sohalarni tashkil etadi; bunday sohalar 11 tadir. Bosh miya po‘stining uchinchi va beshinchi qavatlari katta-katta piramidasimon hujayralardan tuzilgan, qolgan qavatlari esa mayda (donasi- mon) hujayralardan, uchburchak va dutsimon hujayralardan tuzilgan.
Bosh miya po‘stida shu aytib o‘tilgan hujayralar bilan birga nerv tolalari ham bor. Bu nerv tolalari yarim sharlardan bittasi po‘stining ayrim jamlanmasi ham (assotsiativ tolalar), har ikkala yarim shar po‘stining ayrim qismlarini ham (qo‘shuvchi tolalar) birlashtiradi, shuningdek, bosh miya po‘stini markaziy nerv sistemasining pastroqdagi boshqa bo‘limlari bilan birlashtiradi (proeksion tolalar).
Bosh miyaning po‘sti ostidagi qismlari po‘st ostidagi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |