I. NERV SISTEMASINING TUZILISHI, NERV TO‘QIMASI, UNING ELEMENTLARI VA XOSSALARI
Nerv sistemasi nerv to‘qimasidan iborat, bu to‘qima esa nerv hu- jayralaridan tuzilgan.
Nerv hujayrasi protoplazmadan tuzilgan tana bo‘lib, ikki turli o‘simtalari bor, bu o‘simtalaming bir xillari kalta, boshqa bir xillari uzun bo‘ladi. Kalta o‘simtalari sertarmoq bo‘lib, dendritlar deb ataladi. Uzun o‘simtalari aksonlar yoki neyritlar deb ataladi. Har bir hujayrada bu o‘simtalar ikkitadan ortiq boMmaydi. Neyrit ikkita parda bilan o‘ralgan. Neyritga yopishib turadigan birinchi pardasi yoysimon parda bo‘lib, uni et parda yoki mielin pardasi deb ataladi. Ikkinchi tashqi pardasini shvani pardasi deyiladi. Bu pardalar toladan o‘tuvchi nerv qo‘zg‘alishini ajratib turuvchi izolatsiyadek bir vazifani o‘taydi. Neyrit, odatda, nerv tolasi deb ataladi.
Nerv hujayrasi, uning o‘simtalari va ularni qoplovchi pardalar birga- likda neyron deb ataladi (2-rasm). Nerv sistemasi juda ko‘p neyronlardan tuzilgan. Nerv tolalari miyadan tutam-tutam bo‘lib chiqib nerv stvolini
y oki oddiy so‘z bilan aytganda, nervni hosil qiladi.
Nerv hujayralari va mielinsiz tola- lar to‘plami miyaning kulrang mod- dasini, mielinli nerv tolalarining to‘plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi.
Hujayralar ularning yadrolari va tolalari sinapslar degan maxsus may- da tolachalar yordami bilan bevosita bog‘lanadi (sinaps grekcha so‘z bo‘lib, «ilgak» degan ma’noni bildiradi).
Nerv sistemasining maxsus xos- 2-rasm. Nerv hujayrasi. salari bor, bu xossalardan asosiylariqo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlikdir. Bu xossalar shundan iborat.
A gar nerv tolasining biror joyiga tegilsa, issiq, so- vuq, elektr toki, kimyoviy moddalar va boshqa shu kabilar bilan ta’sir etilsa, yoki o‘zgartirilsa, nerv tolasining qo‘zg‘atilgan joyida maxsus fiziologik jarayonlar ro‘y beradi, buni qo‘zg‘alish deyiladi.
Agar nerv tolasi yetarli darajada qokzg‘atilsa, bu qo‘zg‘alish sodir bo‘lgan joyidagina qolmay, balki nerv tolasi bolylab tarqala- di va bir nerv hujayrasi- dan ikkinchi nerv hu- jayrasiga o‘tadi, nihoyat, qo‘zg‘atish kuchi muayyan darajaga yetganda qo‘z- g‘alish butun nerv sistemasiga yoyilishi mumkin.
Nerv to‘qimasida qo‘zg‘alish jarayoni yuz berganda bir qancha hodisalar elektr, kimyo, issiqlik hodisalari paydo boMadi. Yonma-yon turgan bir nerv hujayrasining aksoni bilan ikkinchi nerv hujayrasining tutashadigan joyi sinapslar borligi tufayli, qo‘zg‘alish nerv tolalarida bir tomonga tar- qaladi. Mielin pardasi borligidan, qo‘zg‘alish nerv tolasida ayrim-ayrim tarqaladi.
Odamning nerv sistemasi hayvonot olamining uzoq, evolutsiyasi jarayonida va odamning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan.
Nerv sistemasi birinchi marta kovakichli hayvonlarda ro‘yirost ko‘rinadi. Bu nerv sistemasi butun organizmga yoyilgan ayrim hujayralardan tuzilgan. Masaian, gidroid poliplarning nerv sistemasi shunday bo‘ladi. Bu — dififuz tipda tuzilgan nerv sistemasidir (3-rasm).
Meduzalarda nerv elementlarining talaygina qismi zontik tevaragida ikki halqa shaklida joylashgandir. Chuvalchanglar, molluskalarning nerv sistemasi ular tanasining o‘ng va chap tomonida simmetrik suratda joylashgan (4-rasm). Bu — zanjir (yoki tugun) shaklida tuzilgan nervsistemasi bo‘lib, nerv sistemasi taraqqiyotining yuqoriroq bosqichidir. Xordali hayvonlarning nerv sistemasi shu bilan farq qiladiki, nerv elementlari bir- biri bilan tutashib tugun hosil qilmaydi, balki uzun chilvir shaklida tuzilgan va ichida ko‘pincha bo‘shlig‘i bo‘ladi. Xordali hayvonlarda orqa miya va ibtidoiy darajada bosh miya bo‘lganligini ko‘ramiz. Umurtqali hayvonlar bilan odamda nerv sistemasi murakkab tuzilgan boMib, uch qismga: markaziy, periferiyadagi va vegetativ qismlarga bo‘Iinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |