Periferiyadagi nerv sistemasi
Periferiyadagi nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan chambar- chas bog‘liq bo‘lib, undan ajralmasdir. Periferiyadagi nerv sistemasi nerv-
3 3 i (iNV.^ IQlOf(—J
lardan tuzilgan: bu nervlar markaziy nerv sistemasidan chiqib va butun organizmga tarmoqlanib, organizmning har bir qismini bosh miya va orqa miya bilan bogMaydi. Bosh miyadan 12 juft nerv, orqa miyadan 31 juft nerv chiqadi (2-rasm).
Periferiyadagi nerv tolalari orqa miya bilan bosh miyaning ichki qismlariga kiradi. Ular bosh miyaning hamma qismlari bilan, jumladan, bosh miya po‘sti bilan bog‘lanadi.
Periferiyadagi nervlar bosh miya bilan orqa miyadan chiqqanda hiyla yo‘g‘on (ba’zilari juda ham yo‘g‘on) bo'ladi, Lekin bu nervlar organizm- ga yoyilib ketganda, ko‘pgina juda ingichka ip va tolalarga bo‘linadi, chekka tarmoqlar deb shularga aytiladi.
I.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, periferiyadagi nerv analizatoming bir qismini, ya’ni uning retseptor qismini (chekka tarmoqlarini) va o‘tkazuvchi yoini tashkil etadi.
Periferiyadagi nervlar ikkiga, ya’ni sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv- larga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |