O'zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bosh miya po‘stming faoliyatidagi sistemalilik va dinamik stereotip



Download 3,57 Mb.
bet23/49
Sana30.12.2021
Hajmi3,57 Mb.
#87211
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
Bog'liq
UMUMIY PSIXOLOGIYA.pdf 2020.doc04

Bosh miya po‘stming faoliyatidagi sistemalilik va dinamik stereotip.

l.P. Pavlov bosh miya katta yarim sharlari po'stini turli fiziologik rol o‘ynaydigan ayrim nerv nuqtalarining son-sanoqsiz to'plamidan tuzilgan juda murakkab «mozaika» deb hisoblash bilan biiga, shu turli nuqtalarning faoliyatini birlashtirish jarayonlari doimo voqe bo'lib turadigan muayyan sistema deb biladi. Muayyan vaqt davomida va muayyan tartibda takrorlana- digan qo‘zg‘ovchilarning ta’siri bilan bosh miya po‘stida muayyan (qo‘zg‘ovchilarga mos keladigan) qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari to- bora mustahkamlanib qoladi. Bu mustahkamianish shundan iboratki, keyin bir xilda takrorlanadigan hamma jarayonlar juda osonlik bilan voqe boladi, ularning voqe bo‘lishi uchun «tobora kamroq nerv mehnati» kerak boradi. Nerv jarayonlarining l.P. Pavlov dinamik stereotip deb nom bergan birmun- cha turgkun sistemasi shu tariqa tarkib topadi. Shu tariqa tarkib topgan bun­day sistema o‘z navbatida yangi qo‘zg‘ovchilar ta’siri bilan voqe bo‘ladigan jarayonlarning xarakteriga (tezligiga, turg‘unligiga) ta’sir etadi.

Bundan anglashiladiki, hayvonning har bir reaksiyasi shu paytda qaysi qo‘zg‘ovchining ta’sir etishi bilangina belgilanib qolmay, balki bosh miya po‘stida qanday bog4anish sistemasi tarkib topganligi, qanday dinamik ste­reotip borligi bilan ham belgilanadi. Mustahkam tarkib topgan dinamik ste­reotip ayrim qo‘zg‘ovchi paydo bo‘lganda butun boshli reaksiyalar sistemasi­ning takrorlanishiga imkon beradi. Dinamik stereotip organizmning takror- lanib turadigan bir xil tashqi ta’sirlaiga moslanishi demakdir. Agar sharoit o‘zgarsa, agar mavjud dinamik stereotipga mos kelmaydigan yangi qo‘zg‘ovchilar paydo bo'Isa, bu stereotip o‘zgaradi, qayta quriladi.

Bu qayta qurilish ko'pincha nerv sistemasining ishini qiyinlashtiradi. Mustahkam tarkib topgan stereotip l.P. Pavlovning so‘zlari bilan aytganda,

«qattiq urishib qolgan, ko‘pincha qiyinchilik bilan o‘rganadigan, yangi sha­roit, yangi qo‘zg‘ovchilar arang yenga oladigan bo‘lib qoladi» (I.P.Pavlov. Полное собрание сочинений. 2-kitob, III tom 333-bet). Nerv jarayon- larining sistemaliligi haqidagi l.P. Pavlov ta’Umoti hayvonlaming xulq- atvoriga o‘tmish tajribasining ta’sir etish mexanizmlarini ochib beradi. Juda mustahkam o'rnashib qolgan odat va malakalar stereotiplarga asoslanadi.

  1. Odamning yuksak nerv faoliyatining xususiyatlari

Yuksak nerv faoliyatining yuqorida bayon etilgan qonuniyatlarini l.P. Pavlov hayvonlar ustidagi tajribalarida ochib berdi. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, odamning yuksak nerv faoliyati ham o‘sha qonuniyatlaiga bo‘ysunadi. «Katta yarim sharlarga jo boMgan yuksak nerv faoliyatining eng umumiy asoslari taraqqiyotning yuqori darajasiga chiqqan hayvonlarda, shuningdek, odamlarda bir xil ekanligiga shubha qilmasa bo‘ladi, shuning uchun ham bu faoliyatning elementar hodisalari taraqqiysi yuqori darajaga chiqqan hayvon­larda ham, odamlarda ham bir xil bo'lishi kerak» (0‘sha kitob IV tom, 415- bet). «Ammo takomil topib boigan hayvonlar olamida odam paydo bo‘lishi bilan, — deydi l.P. Pavlov, — nerv faoliyati mexanizmlarida bunga qadar bo‘lmagan yangi, g‘oyat muhim qo‘shimcha sodir bo'ldi». Odamda yangi shartli qo‘zglovchi so‘z, nutq paydo bo‘Idi, hayvonlarda esa bunday qo‘zg‘ovchi yo‘q. Odam so‘zlashni bilganligidan undagi yuksak nerv faoliyati asosiy qonuniyatlarinmg ko‘rimshlari hayvonlardagi yuksak nerv faoliyatidan sifat jihatidan tubdan farq qiladi.

«Odam bilan hayvonga ta’sir qiladigan hamma umumiy real shartli qo‘zg‘ovchilar singari, so'z ham odam uchun shartli real qo‘zg‘ovchidir, ammo, shu bilan birga, so‘z hamma boshqa qo‘zg‘ovchilarga nisbatan shun- chalik keng imkoniyatga egaki, bu tomondan hayvonlarga xos bo‘lgan shartli qo‘zg‘ovchilar bilan uni sifat jihatidan sira taqqoslab boHmaydi. So‘z ulg‘aygan odamning o‘tgan butun umri ichida katta miya yarim sharlariga ta’sir qilib turgan barcha tashqi va ichki qo‘zg‘ovchilar bilan boglangan boMadi, bularning hammasidan signal beradi, hammasining o‘mini bosadi va shu sababdan organizmning haligi qo‘zg‘ovchilar ta’siri bilan belgilana- digan barcha harakatlarini, reaksiyalarini yuzaga chiqara oladi» (0‘sha kitob IV tom, 429-bet). Hayvonga voqelikdan darak bemvchi signallar faqat ko‘rish, eshitish va organizmning boshqa retseptorlarining maxsus hujayralariga bevosita boradigan ta’sirlar va bularning katta miya shari da qoladigan izlaridan iborat desak bo‘ladi. l.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, «bu voqelikdan signal beruvchi birinchi signal sistemasi bo‘lib, bu sistema bizda ham, hayvonlarda ham

  1. 7

bor» (Ocsha kitob, Ш tom, 2-kitob, 335—336-betlar). «Ammo so‘zlar, — deydi Pavlov, — voqelikning odamga xos bo‘lgan ikkinchi, maxsus signal sistemasini tashkil etadi». So‘z bevosita narsa va hodisalardan olingan signallaming o‘rnini bosadi, shuning uchun ham, Pavlov uni (so‘zni) signallaming signali deb atadi. Har qanday so'z, eshitilgan, qilgan, baland ovoz bilan yoki ichida aytilgan so'z odamning tajribasi bilan bogMangan bo'lib, xilma-xil birinchi signallar haqida signal beradi.

Shunday qilib, odamning katta yarim sharlar po‘stida birinchi signal sistemasidan tashqari, ikkinchi signal sistemasi ham bor, ikkinchi signal sistemasi odamning yuksak nerv faoliyatini hayvonlarning yuksak nerv faoliyatidan ajratadigan, sifat jihatidan yangi sistemadir.

Ikkinchi signal sistemasi mehnat jarayonida, kishilarning tarixiy taraq­qiyoti jarayonida kelib chiqqan, shu bilan birga, u odamning ijtimoiy hayotining zarur shartidir.

Odam bilan muhit o'rtasidagi mumkkab munosabatlaming hammasi ik­kinchi signal sistemasi orqali voqe bo‘ladi. Ikkinchi signal sistemasi «odamga jo bo‘lgan munosabatlarda eng doimiy va qadimgi regulator» bo'lib qoldi. Ammo ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasidan ajralgan hol- da voqe bo'lmaydi, balki u bilan mahkam bog‘langan holda voqe bo‘ladi.

Ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkur va nutqning fiziologik asosidir. Ikkinchi signal sistemasi, birinchi signal sistemasi bilan o‘zaro ta’sir etar ekan, tafakkur faoliyati kuzatish, logik xotira, his va iroda bilan chambarchas bog'langan funksiyalarning ham fiziologik asosidir.Ill bob. PSIXIKANING TARAQQIYOTI


Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish