O'zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Psixikaning taraqqiyoti haqida so‘zlaganda: 1)



Download 3,57 Mb.
bet24/49
Sana30.12.2021
Hajmi3,57 Mb.
#87211
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
Bog'liq
UMUMIY PSIXOLOGIYA.pdf 2020.doc04

Psixikaning taraqqiyoti haqida so‘zlaganda: 1) hayvonlar psixikasi­ning taraqqiyot ini, 2) odam ongining tarixiy taraqqiyotini, 3) odam psixi­kasining yoshga qarab taraqqiy qilishi nazarda tutiladi.

I. HAYVONLAR PSIXIKASI



Yuqorida ko‘rsatilganidek, psixika organik hayotning taraqqiyoti jara­yonida paydo bo£]gan. Organik materiyaning anorganik materiyadan farq qiladigan xususiyatlaridan biri shuki, organik materiya seskanuvchandir, ya’ni tashqaridan bo‘lgan ta’sirlarga seskanib javob beradi. Muhitning ta’siri bilan qo‘zg‘aladi. Masaian, bittagina hujayradan iborat bo‘lgan amyoba tashqi ta’sirga javob berar ekan, shu ta’sirga qarab hamkatlanadi yoki undan qochadi.

Organik materiyaning bundan buyongi taraqqiyot bosqichiarida yangi xossa — sezuvchanlik, sezish xossasi paydo boiadi, ya’ni organizmga ta’sir etadigan narsalarning xossalarini aks ettiruvchi sezish qobiliyati paydo bo‘lgan. Bu sezish xossasi nerv sistemasining kurtaklariga ega bo‘lgan hayvonlar vujudga kelgan vaqtda, balki undan ham ilgariroq eng boshlang‘ich shaklda paydo boMgan A.N.Leontev gipotezasiga ko‘ra, sezuvchanlik «...genetikjihatdan olib qaraganda muhitning organizmni boshqa ta’sirlar bilan bogMovchi, ya’ni organizmning muhilda oriyentirovka qilishga yordam beruvchi signallik vazifasini o‘tovchi ta’sirlarga seskanuvchanlikdan boshqa narsa emas» (A.N. Leontev. Проблемы развития психики. М., «Мысл», 1965, 45- bet). AN. Leontev seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o‘tish boshqacha hayot tarixi bilan bog‘liq deb ko‘rsatadi va yuksak tashkil topgan hayvonlarda se­zuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a’zolari tarkib topadi, deb ko‘rsatadi.

Sezish qobiliyatining paydo bo‘lishi psixika taraqqiyotidagi dastlabki davrdir. Keyinchalik hayvonlar nerv sistemasining taraqqiysiga va jumla­dan sezgi organlarining taraqqiysiga qarab, tashqaridan boiadigan ta’sirni aks ettirish, sezish qobiliyati o‘sib, tobora murakkablasha bordi. Masaian, maxsus sezgi organlari bo‘lmagan eng sodda hayvonlarda, aftidan, faqat umumiy, differensiallashmagan sezuvchanlik mavjud bo‘lsa kerak. Taraq­qiyotning ancha yuqori bosqichiarida hayvonlarda sezgi organlari paydo bo‘ladi, nerv sistemasining analiz qilish qobiliyati ham o'sadi. Biologik taraqqiyotning yuqori bosqichiarida hayvonlarning ba’zi turlarida sezgi organlari hayron qolarlik darajada takomillashadi. Masaian, burgutning ko‘rish organi, itning hid bilish organlari va hokazo.

Nerv sistemasi sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga hay­vonlar psixikasining taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot kechirish tarziga

,shu hayvonlarning qayerda, qanday yashashiga, qanday oziqlanishiga, qanday ovqat topishiga, kimga qarshi kurashishiga va shu kabilarga bog‘liqdir. Masaian, parrandalar umrining ko‘p qismini havoda, uchib yurib o‘tkazadi. Bunday hayot kechirish bepoyon bo‘shliqlarda adash- maslik zaruriyatini tug‘diradi. Shuning uchun ham parrandalarning, ay­niqsa, yirtqich va ко‘chib yuradigan parrandalarning ko‘ruv organi va ko‘rib idrok qilish xususiyatlari ham taraqqiy qilgandir. Maymunlar asosan daraxtlarda hayot kechiradi. Shunga ko‘ra, maymunlarning ko‘z bilan chamalash, harakatlarni uyg‘unlashtirish va chaqqon ushlab olish xususi- yati, darrov vaziyatga qarab ish ko‘rish qobiliyati paydo bo‘lgan. Hayvon­lar psixikasining taraqqiysida tevarak-atrofdagi tabiat xususiyatlari, o‘sha turga kiradigan hayvonlarning birgalashib yashashi katta ahamiyatga ega- dir. Uy hayvonlari psixikasining shakllanishida odamzod muhiti katta rol o‘ynaydi. Bir sharoitdan ikkinchi bir sharoitga ko‘chib o‘tgan hayvon­larning psixikasi ham bir qadar o'zgarishi mumkin.

Hayvonlar o‘z turiga kiradigan hayvonlar to‘dasidan chetda o‘sganda ularning xatti-harakatida ba’zi bir xususiyatlar paydo bo‘ladi. Uy hayvon­lari doimo odamga yaqin yurganidan, ularning xatti-harakatlari shu tutga kiradigan yovvoyi hayvonlar xatti-harakatiga qaraganda juda ham boshqacha bo‘lib tuyuladi.

Hayvonlarda bo'ladigan xaUi-harakatlaming ikki xil shaklini, ya’ni tug‘ma (yoki nasi dan-naslga o4adigan) xatti-harakatlar bilan hayvonlarning o‘z tirikchiligi tajribasi natijasida paydo qiladigan (yoki hosil qiladigan) xatti-harakatlami bir-biridan farq qilmoq kerak. Ammo tug‘ma xatti-ha­rakatlar shakllari bilan hayvonlarning o‘z tirikchiligi tajribasida hosil qi- lingan (individual) xatti-harakatlar shakllarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish yaramaydi. Tug‘ma xatti-harakatiar shakllarining o‘zgarishi va individual xususiyatlarga aylanishi mumkin, individual xatti-harakat shakl­lari esa tug‘ma xatti-harakatlar shakllari zaminida hosil boMadi. Buni quyida ko‘ramiz.

Hayvonlar xatti-harakatining asosiy tugcma shakli instinktlardir. Hay- vonlaming o‘z tirikchiligi tajribasi natijasida hosil bo‘ladigan (individual) xatti-harakat shakllariga ko4nikmalar va kurtak holdagi fahm bilan aloqa- dor harakatlar kiradi.


Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish