Antrokoz va antrosilikoz
Antrokoz, asosan ko'mir konlari yerosti ishchilari va ko'mir changi
yutish bilan bog'liq boigan boshqa ishlab chiqarishlarda kuzatiladi.
Antrokoz boshqacha qilib ko 'mirchilar pnevmokoniozi ham deyiladi. Lekin
koinir konlari changi tarkibida erkin kremniy dioksidi boigan aralash
jinslardan iboratligi sababli ko'mirchi-konchilarda pnevmokonioz
rivojlanishiga ko'pincha aralash chang-ko'mir va kvars tarkibli chang
ta’sir etadi va o z kelib chiqishi jihatidan u antrokoz hisoblanadi.
Antrosilikoz ko'pincha yerosti ko'mir konlari ishchilarida rivojlanadi.
Antrokoz - sekin rivojlanuvchi kasallik. U antrosilikoz sifatida ko'mir
yoki ko'mirjinsli chang bilan ish boshlagaudan 10-15 yil o‘tib paydo
bo'ladi.
Kasallikning ilk ko'nnishlari kam ifodalangan klinik belgilarga ega.
Hansirash faqat sezilarli zo'riqishdan keyin paydo boiadi. Fizikal belgilar
kam ifodalangan bo'lib, o'pka emfizemasi va bronxit ko'rinishida
aniqlanishi mumkin.
Tashqi nafas ko'rsatkichlari o'zgarmagan yoki o'pkaning tiriklik
sig'imi va qoldiq havo hajmi hisobiga kamayadi. Antrokozda rentgen
suratlarda asosan fibrozning interstitsial yoki mayda tugunchali shakli
ko'rinadi.
Antrakoz kechishi bo'yicha pnevmokoniozning tez rivojlanmaydigan,
bemor ahvoli qoniqarli holda bo'ladigan pnevmokoniozlarga kiradi.
Antrosilikozda fibrozning yoyilgan sklerotik, tuguncha va tugunli
shakllari kuzatilishi mumkin. Interstitsial antrosilikozda asoratlar
bo'lmasa, tez suratda rivojlanmaydi.
Antrokosilikozning tugunli shakli esa klinik rentgenologik ko'rinishi,
kechishi va asoratlari bo'yicha umuman silikozdan farq qilmaydi.
Antrokoz va antrokosilikozning yoyilgan sklerotik shaklining
tuberkulyoz bilan asoratlanishi nisbatan kam kuzatiladi. Shu bilan bir
qatorda, antrosilikozning interstitsial turi ko'pincha bronxit bilan
asoratlanadi (25-40 %) (A.M. Monayenkova va b., 1996-y.).
Shuni ta’kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasining (Sharg'un,
Angren) ko'mir konlarida changga qarshi samarali tadbirlami qoilash
sababli oxirgi 10 yil ichida ko'mirchilar pnevmokoniozi kuzatilmaydi.
ARALASH CHANG TA’SIRI SABABLI PAYDO BO‘LADIGAN
PNEVMOKONIOZLAR
Aralash changdan kelib chiqadigan pnevmokoniozlar tarkibida
kremniy dioksidi mavjud boigan turli changlar ta ’sirida kuzatiladi.
Shuning uchun ushbu guruh pnevmokoniozlarining klinik-rentgenologik
ko‘rinishi turli-tumandir.
Tarkibida erkin kremniy dioksidi (10% ko'proq) yuqori boigan aralash
changdan kelib chiqadigan pnevmokoniozlar ko'pincha, ko'mir konlari
(antrokosilikoz) va temir konlari ishchilarida (siderosilikoz). chinni-fayans
va keramika ishlab chiqarishda, o'tga chidamli buyumlar ishlab
chiqarishda (silikosilikatoz) kuzatiladi.
Klinik kechishi va rentgenologik o'zgarishlarga k o ‘ra, ushbu
pnevmokoniozlar silikozga yaqin.
Yuqorida aytilgan pnevmokoniozlar 0 ‘zbekiston Respublikasi
hududida kam uchraydi.
Tarkibida kremniy dioksidi boigan yoki kam boigan aralash chang
yutish natijasida kelib chiqadigan pnevmokoniozlarga elektr
payvandchilar va gaz quvuri qirquvchilari, silliqlovchi va sayqallovchi
va boshqalarda uchraydigan pnevmokoniozlar kiradi. Ko'pincha bunday
pnevmokoniozlarning kechishi yengil boiadi.
ELEKTROPAYVANDCHILAR PNEVMOKONIOZI
Elektr payvandchilar pnevmokoniozi aralash chang, ya’ni tarkibida
ikki va undan ortiq unsurlar saqlagan chang ta’sirida rivojlanadi.
Elektr payvandlash, metall qirqish jarayonida hosil b o ig a n
kondension aerozollar tarkibida mayda-mayda payvand zarrachalari bor,
ularning kimyoviy tarkibi payvandlanayotgan metall, ishlatilayotgan
elektrod markasiga va ularning qoplovchi qavatiga bogiiqdir. Havo
changida temir, kremniy marganes, rux, xrom oksidlari, aerozollar va azot
oksidi, azot, vodorod ftorid gazlari ham boiadi. Shu sababli, elektr
payvandchilarda pnevmokonioz va surunkali bronxitdan tashqari kasb
kasalliklarining boshqa turlari - bronxial astma, marganes, azot,
ugleroddan zaharlanish hollari, quyish isitmasi uchrashi mumkin. Elektr
payvandlash aerozollari ta ’siridan paydo bo'ladigan kasalliklar
pnevmokoniozning yengil kechuvchi turiga mansub, u asta-sekin
rivojlanish bilan tavsiflanadi. Ular asosan xodim ish boshlagandan 10-
20 yil o'tgach paydo bo'ladi.
Ammo yopiq joylarda. havosi og'ir ish joylarida kasallik 6-10 yil ichida
ham paydo bo'lishi mumkin.
O'zbekiston mashinasozlik sanoatida ko'p sonli elektr payvandchilar
ishlaydi, shuning uchun ham elektr payvandchilar pnevmokoniozi bizning
hududimizda tez-tez uchrab turadi.
Respublika kasb kasalliklari markazida hisobda turgan pnemokonioz
bilan og'rigan bemorlaming 129 tasini elektr payvandchilar
pnevmokoniozi tashkil etadi.
Toshkent traktorsozlik zavodi elektr payvandlash sexining o'zida 36
nafar kishi ana shu kasallikka chalingan. Demak, bizning sharoitimizda
bu xastalik turining kelib chiqish sabablariga va kasallikka tashxis qo'yish
usullariga alohida ahamiyat berish zarur.
Bunday bemorlar batafsil tekshirib ko'rilganda, ushbu kasallikning
o'ziga xos klinik belgilari aniqlangan. Mazkur xastalikka yo'liqqan
bemorlaming aksariyati (50,7 foizi) nafas yetishmovchiligidan, ko'krak
qafasida o g'riq sezishidan (50,1 foizi) va quruq y o 'ta l bezovta
qilishidan (28,1 foizi) noliydilar. Bundan tashqari, ba’zi ishchilar
darmonsizlikdan. ko'p-ko'p terlashdan va toliqqanidan ham shikoyat
qilishadi.
Bemorlar o'pkasi sinchiklab tekshirib ko'rilganda yon va pastki
qismlarda perkutor tovushning o'zgarganligi, aniqrog'i, quticha tusida
o'pka tovushi aniqlanadi.
Auskultativ tekshirishda sust vezikular nafas olish yoki qattiq
vezikular nafas olish va quruq xirillashlar eshitiladi.
Yuqorida aytib o'tilgan subyektiv va obyektiv klinik belgilar asosan
kasallikning II bosqichida namoyon bo'ladi. Boshqa pnevmokoniozlarga
o'xshab bu kasallikda ham klinik belgilar bir qadar yengil kechsa ham,
lekin rentgenologik belgilar ochiq-ravshan namoyon bo'ladi.
O'pka rentgenogrammasida kasallikning boshiang'ich va I darajasida
(21-rasm) quyidagi o'zgarishlami ko'rishimiz mumkin: o'pka suratining
yaqqolligi, ayrim bronxlaming uzunasiga va ko'ndalang kesimda
ko'rinishi, o'pka ildizlari soyasining zichlashishi va kengayishi, ikkala
o'pkaning o'rta va pastki qismida yoyilgan to'rsimon fibroz to'qimasi
rivojlangani, diametri 1-2 mm keladigan tugunchalar soyasining babbaravar
joylashgani shular jumlasidandir. Kasallikning II
bosqichida yuqorida aytib o‘tilgan rentgenologik o'zgarishlar bundanda
ko'proq ifodalanadi.
Hosil bo'lgan fibroz tugunchalarining hajmi kattalashib, diametri 1-
3 mm gacha yetadi. O'pka ildizlari kengligi konturlari noto'g'ri, ba’zan
ildizlar shakli o'zgarib, o'ziga xos ≪chopilgan≫ ko'rinish hosil qiladi.
Bu xastalik rentgen va morfologik belgisi yoyilgan fibroz to'qimasining
rivojlanish jarayoni bilan tavsiflanadi. Bu pnevmokoniozda sil kasalligi
kabi asorat kamdan-kam kuzatiladi. Kasallikning III bosqichiga doir
ma’lumotlar to'planmagan.
Pnevmokoniozlarni differensial diagnostikasi. M a ’lumki.
pnevmokoniozlarning boshiang'ich davrida tashxis qo'yish ancha
mushkul, shu sababli vrach bu sohada maxsus bilimga ega bo'lishi zarur.
Kasallikka qanchalik erta tashxis qo'yilsa, bemorni davolash shunchalik
oson bo'ladi.
Pnevmokoniozning klinik-rentgenologik belgilari o'ziga xos bo'lsa
ham bu kasallikni boshqa o'pka fibrozlaridan ajrata bilish zarur. Bunda
a lb a tta korxonalarda sanitariya-gigiyena sharoitlarini, faqat
pnevmokonioz kasalliklariga xos bo'lgan belgilarni, kasallikning qay
tariqa rivojlanganini nazarda tutish kerak.
Pnevmokoniozlarni bir-biridan emas, balki ko'pincha, chang ta ’siridan
kelib chiquvchi rentgen suratida pnevmokoniozga o'xshash o'zgarishlar
ko'rinadigan bir qator kasalliklardan farq qila bilish kerak.
Pnevmokoniozlarda ko'pgina umumiy belgilar namoyon bo'ladi. Shu
bilan birga, ularning nafas olinayotgan havodagi chang tarkibiga qarab,
farqi ham bir xil bo'ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |