Mavzu: Ekologiyada matematik modellari. Sinergetika, avtotebranmali jarayonlar chiziqli emas jarayonlar termodinamikasi
Reja:
Ekologiyada matematik modellashtirish
Kibernetika. Sinergetika
Kimyoviy termodinamika
Ekologiyada matematik modellashtirishning moxiyatini ochib berish, modellashtirishning kelajakda tadqiqotlar rejasini tuzishda kuchli omil sifatidagi ahamiyatini bayon qilish. Hozirgi vaqtda ekologiyada matematik modellashtirish uslublaridan keng foydalanilmoqda. Tabiat yaxlit bir tizim sifatida qaralib, uni o’rganishda tizimli uslubdan foydalaniladi. Bu uslubning metodologik asosi shundan iboratki, tabiatning barcha komponentlari fazo va vaqtda bir-birlari bilan o’zaro aloqada va rivojlanishda deb qaraladi. Tabiatni o’rganishdan asosiy maqsad uning haqiqiy aks ettiruvchi modellar tizimini yaratishdan iboratdir. Model olamdagi muayyan xodisani abstrakt tasvirlashdan iborat bo’lib, ushbu hodisani nisbatan oldindan aytib berish imkonini beradi. Odatda model so’z bilan yoki grafik tarzda ifodalanadi. Ammo biz uchun aniq miqdoriy malumotlar kerak bo’lsa, unda statik va qatiy matematik model bo’lishi lozim. Masalan: hasharotlar populyatsiyasidagi individlar sonini malum vaqtda o’zgarish imkonini beradigan matematik tasvirlash biologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Agarda o’rganilayotgan populyatsiyamiz zararkunanda tur bo’lsa, unda model iktisodiy ahamiyatga ham ega bo’ladi. Model ko’rsatkichlarini EHMda ishlab chiqish unga bazi o’zgartirishlarni kiritish yoki avvalgilarni olib tashlash, yangilash kabi imkoniyatlar yaratadi. Matematik modellarni xisoblash mashinalari yordamida «sozlash», takomillashtirish, xakiqiy hodisaga yaqinlashtirish mumkin.
Modellashtirish jarayoni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi, shuningdek xodisaning bazi tomonlarini aniq malumot bilan to’ldirish yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Model «ishlamay qolsa», yani xakikatga uncha to’g’ri kelmasa, EHM tamonidan o’zgartirishlar kiritilishi va yaxshilash zarurligini asoslab beriladi.
Model xaqiqatni to’g’ri aks ettirsa tajriba uchun keng imkoniyatlar ochib, tizimga yangi omillarni kiritish vaularningtasirini aniqlash mumkin bo’ladi. Matematik va kontseptual modellar ajratilib, kontseptual model malum bir ekotizimni ilmiy tasvirlovchi sxemalar majmui yoki tizimi, jadval, grafiklar va boshqalardan tashkil topadi. Masalan: energetik model bloq - sxemalardan tashkil topgan bo’lib, unda bloqlar, har bir bloqdagi energiya zaxirasi hamda energiyaning harakat yo’nalishi kabilar ifodalanadi.
Matematik modellar bir necha differentsial tenglamalar va tengsizliklar yig’indisidan iborat bo’lib, u yoki bu omilning tasir kuchi o’zgarishini modelning o’zgarishiga qarab oldindan aytib berish mumkin. Masalan, populyatsiyalardagi murakkab hodisalarni matematik modellar yordamida o’rganmoqchimiz, yani populyatsiyalarning dinamik nazariyasi bilan tanishmoqchimiz. Bunda populyatsiyaning miqdoriy dinamikasi uning jinsiy va yosh tuzilmasi, tashqi muhit tasiri, evolyutsiyaning har xil omillari tasirida o’tadigan genetik shakl va odamzot faoliyati natijalari bilan bog’lab o’rganiladi. Jonsiz olamda dinamik jarayonlar juda ko’p uchratiladi, ularni modellashtirish ham oson. Ammo tirik organizmlar uchun dinamik modellar yaratish nisbatan ancha qiyin. Shuning uchun dinamik modellar yaratishdan avval
Do'stlaringiz bilan baham: |