1991-yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida O’zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risidagi qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i ramzi
mamlakat hududida ilgari
mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo’lgan eng yaxshi
an’analarni da
v
om ettirgan holda
R
espublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy
va madaniy o’zligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi havorang – zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy - lojuvard – havorang
Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham o’z bayrog’iga bu rangni
tanlagan.
Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o’z yo’lida baland dovonlardan
oshib o’tishi kerak. Bayroqdagi oq rang O’zbekiston Respublikasi tanlagan yo’lning musaffo
va charog’on bo’lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yo’llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.
Yashil rang – serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi
vaqtda butun dunyoda atrof-
muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.
Yarimoy – O’zbekiston xalqining ko’p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarimoy va
yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri
mukammallik belgisidir.
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli
hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, ko‘z
qorachig‘idek asraganlar. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq
ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.
Vatanimiz mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1991
yilning 18 noyabrida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul
qilindi. Mazkur hujjatda ta’kidlanganidek, milliy bayrog‘imiz
davlat suverenitetining
ramzlaridan biridir.
O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi -
davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
Davlat gerbi dumaloq ko`rinishga ega bo`lib, bu shaklning so`l tomoni rizq-ro`zimiz timsoli -
bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa o`zbekning dong`ini dunyoga taratgan bebaho
boyligimiz - chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan,
uzoqdagi
tog`lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni
paytda bu O`zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori
qismida esa O`zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki
qismida yarimoy va yulduz, markazida - baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Xumo
qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`ini ifoda
etuvchi chambar tasmasiga “O`zbekiston” deb yozib qo`yilgan.
O‘tayotgan har bir kun bizni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston
davlat
mustaqilligining o‘n yetti yillik ayyomiga tobora yaqinlashtirmoqda. Bu sananing Vatanimiz,
xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, ahamiyati beqiyosdir. Zotan, biz mustaqillik tufayli
o‘zligimizni angladik, kimlarning avlodi ekanligimizni chuqurroq tushunib yetdik.
Davlatimiz rahbarining 2008 yil 12 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligining o‘n yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida“gi
qarorida ta’kidlanganidek, mustaqillik bizning borligimiz, shonu shuhratimiz, erkin va farovon
kelajagimiz garovi sifatida har birimizning dilimizdan mustahkam joy oldi.
Shu o‘rinda aynan istiqlol tufayli mamlakatimiz timsoli bo‘lgan davlat ramzlarining qabul
qilinganini ta’kidlash lozim. Zero, el-yurtimizning g‘ururi, iftixori bo‘lgan
bu ramzlarda
tariximiz, boy ma’naviy-madaniy merosimiz, milliy urf-odat hamda an’analarimiz, buyuk
maqsad, ezgu orzu-intilishlarimiz tajassum topgan.
1992 yil 2 iyulda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul
qilindi.
Davlatimiz
gerbida xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi o‘z aksini topgan. Unda tarovatli
vodiy uzra nur sochayotgan quyosh tasvirlangan. Bu serquyosh yurtimizga, undagi obod
manzillarga ishora. Baland tog‘lar oralab oqayotgan daryolar – mangulik timsoli bo‘lsa,
gerbning so‘l tomonidagi bug‘doy boshoqlari xalqimizning rizq-ro‘zi
butunligidan, o‘ng
tomonidagi qiyg‘os ochilgan g‘o‘za ifodalangan chambar yurtimiz odamlarining oppoq
orzulari, ezgu niyatlaridan dalolatdir. Gerbning yuqori qismida elu yurtimiz jipsligining ramzi
sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Uning ichida joylashgan yarim oy va yulduz
xalqimizning dinu diyonatiga xos muborak timsollardir.