Eron nefti uchun kurash Eron inqilobi



Download 23,71 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi23,71 Kb.
#554384
Bog'liq
35.eron islom respublikasi xx asr ox

Reja:


  1. Eron nefti uchun kurash

  2. Eron inqilobi

  3. Eron — O‘zbekiston munosabatlari

Ikkinchi jahon urushi oxirida Eron shoh Muham¬mad Rizo Pahlaviy (1919—1980) tomonidan boshqarilar, hukumat boshlig‘i Qavam as Sulton edi. 1947-yil uning o‘rniga I. Hakimiy va undan so‘ng Razmari tayinlandi. 1945-yili Eronda yashovchi ozarbayjon va kurd xalqlarining milliy muxtoriyat uchun kurashi boshlandi. Eron Ozarbayjonida faoliyat ko‘rsata boshlagan Ozarbayjon demokratik partiyasi quyidagi talablarni ilgari surdi: yaxlit mamlakat doirasida Eron Ozarbayjoniga madaniy hayot va mahalliy boshqaruv sohasida muxtoriyat berish; ozarbayjon tilini muxtoriyat hududida rasmiy til deb tan olish; o‘z parlamentiga ega bo‘lish. 


Bu talablar shoh hukumatining boshqa millat vakillariga nisbatan o‘tkazayotgan shovinistik siyosati oqibati edi. 1945-yilning oxirida Eron Ozarbayjoni parlamentiga (majlis) saylov o‘tkazildi. Parlament 9-dekabrda Ozarbayjon Muxtor Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Saylovdan so‘ng tuzilgan hukumat markaziy hokimiyatni tan olishini hamda uning muxtoriyat manfaatlariga zid bo‘lmagan barcha ko‘rsatmalarini bajarishini ma’lum qildi. Maktablarda ta’lim ozarbayjon tilida olib borila boshlandi. Ozarbayjon davlat universiteti ochildi.
1945-yilning oxirida Shimoliy Kurdistonda (Eron Kurdistonida) ham muxtoriyat uchun kurash boshlandi. Tez orada muxtor Kurd Xalq Respublikasi tuzildi. Bu kurashga Kurdiston demokratik partiyasi rahbarlik qildi. Biroq bu harakatlar aslida SSSR tomonidan rag‘batlan- tirilgan va qo‘llab-quvvatlangan edi. Bu esa o‘zga davlatlar ichki ishlariga bevosita aralashish edi. Ayni paytda SSSR Tude (Eron kommunistik partiyasi)ni qo‘llab-quvvatladi. Eron hukumati, tabiiyki, Eron Ozar¬bayjoni va Shimoliy Kurdistondagi voqealarni separatchilik harakati, deb baholadi.
Buyuk Britaniya hukumati esa SSSRning Eron ichki ishlariga arala- shuviga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Chunonchi, Eronga qo‘shimcha harbiy kuchlar jo‘natdi. SSSR manevr qilishga majbur bo‘ldi. 1946-yil 4-aprelda Eron bilan aralash sovet — eron neft kompaniyasi tuzish haqidagi shartnoma evaziga o‘z qo‘shinini Shimoliy Erondan olib chiqib ketishga majbur bo‘ldi. 1946-yilning oxiriga kelib Eron hukumati bu shartnomani bekor qildi va mamlakat shimolini to‘la o‘z nazoratiga bo‘ysundirdi. Ozarbayjon va Kurd muxtor respublikalarini tugatdi. SSSR bu voqealarga aralashmadi. Chunki bunday aralashuv Buyuk Britaniya va AQSHning birgalikdagi aks arala- shuviga duch kelishi mumkin edi.
Ayni paytda Eronda ingliz — amerika ta’siri kuchayib bordi. 1947-yilda Eron armiyasida AQSH mutaxassislarining rahbarlik lavozimini egallashlari mumkinligini ham ko‘zda tutuvchi Erondagi Amerika harbiy missiyasining faoliyati haqida eron — amerika shartnomasining imzolanishi Eronda AQSH mavqeyini yanada mustahkamladi. 1950-yilda bu masala yangi shartnoma bilan mustahkamlandi. Ayni paytda ingliz — amerika qarama-qarshiligi
Ingliz — eron neft kompaniyasi (IENK) Buyuk Britaniya uchun katta ahamiyatga ega edi. Bu kom- paniya 1933-yilda tashkil etilgan. Kompaniya daromadining asosiy qismini Buyuk Britaniya olardi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ham u bu kompaniyani saqlab qolishga zo‘r berib urindi. Shu maqsadda Buyuk Britaniya 1949-yilda «Qo‘shimcha shartnoma» deb ataluvchi shartnoma ishlab chiqdi. Unda kompaniya daro- madidan Eronga beriladigan ajratma miqdorini qisman oshirish ko‘zda tutilgan edi. Eron xalqi qarshi chiqdi. 
Buyuk Britaniya shu yo‘l bilan IENKda o‘z xo‘jayinligini saqlab qolmoqchi bo‘ldi. Biroq Eron hukumati uni rad etdi. 1951-yilning 15- martida esa mamlakat parlamenti IENKni milliylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 29-aprelda bosh vazir lavozimiga tayinlangan, Milliy front (Eron- ning chet davlatlarga iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaramligiga qarshi kurashuvchi kuchlar) rahbari M. Mossodiq bu qarorni bevosita amalga oshirishga kirishdi.
Buyuk Britaniya va AQSH har xil yo‘llar bilan bunga to‘sqinlik qildilar. Ular bu masalani xalqaro Gaaga sudida hal etmoqchi bo‘ldilar. Biroq Eron hukumati bu sud vakolatini tan olmadi. Buyuk Britaniya endi BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qildi. Xavfsizlik Kengashi Eron neftini xalqaro kom- paniya ixtiyoriga berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Biroq Mossodiq bu qarorni rad etdi. U Eron nefti Eronning milliy boyligi ekanligini, uni mil- liylashtirish Eronning ichki ishi ekanligini ta’kidladi.
Bunga javoban Buyuk Britaniya Eronga nisbatan iqtisodiy qamal tashkil etdi. Eron hukumati esa Buyuk Britaniya bilan diplomatik muno- sabatlarini uzdi. Shoh boshchiligidagi ichki g‘arbparast kuchlar Buyuk Britaniya va AQSH ning qo‘llab-quvvatlashiga tayanib, 1953-yilning 19-avgustida davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Unga general Zohidiy rahbarlik qildi. Shoh uni bosh vazir etib tayinladi. Barcha siyosiy partiyalar, tashkilotlar, Mossodiq siyosatini qo‘llab-quvvatlagan vaqtli matbuot nashrlari tor-mor etildi. Shu tariqa Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy o‘z mavqeyini mustahkamlab oldi.
Yangi hukumat 1954-yilda Xalqaro neft konsorsiumi bilan shartnoma imzoladi. (Unda AQSH va Buyuk Britaniya neft kompaniyalari yetakchi mavqega ega edi.) Shartnomaga ko‘ra, Eron nefti 25 yil muddat bilan (1979-yilgacha) shu konsorsium ixtiyoriga berildi. Konsorsiumning neft qazib chiqarishi yildan yilga o‘sib bordi. Xususan, 1950-yilda u 32 mln tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 1961-yilga kelganda bu ko‘rsatkich 57 mln tonnani tashkil etdi.
Ayni paytda, Eron ham neft eksportidan katta daromad topa boshladi. 70-yillar o‘rtalariga kelganda bu daromad 20 mlrd dollardan oshdi. Eron 1955-yilda Bag‘dod paktiga (1959-yildan SENTO) a’zo bo‘ldi. «Eyzenxauer doktrinasi»ni qo‘llab-quvvatladi. 1959-yilda AQSH bilan shartnoma tuzib, unga deyarli qaram bo‘lib qoldi. Budjetning 40 foizi harbiy maqsadlarga ketdi.
1955-yildagi qonun bilan Eronda 1000 dan ortiq turli firmalar ish ko‘rar edi. Import eksportdan 5 baravar ortdi. Eron mahalliy sanoati sindi. Ko‘plab korxonalar yopildi. Eron AQSHdan g‘alla sotib oldi. Eron shohi mamlakat taraqqiyotini jadal sur’at- larda tezlatishga, og‘ir iqtisodiy ahvoldan qutulishga va mamlakat hayotida g‘arbga munosabatlarni qaror toptirishga, to‘xtovsiz davom etayotgan norozi- lik to‘lqinlarini bostirishga harakat qildi. 
Shu maqsadda, 1963-yilning 23- yanvarida quyidagi 6 qonun loyihasi yuzasidan referendum o‘tkazildi: 1. Yer islohoti. 2. O‘rmonlarni milliylashtirish.
3. Yer islohotini moliyalashtirish uchun davlat zavod va fabrikalarini sotish. 4. Ish- chilarning korxona foydasidan ulush olishi.
5. Parlamentga saylov to‘g‘risidagi qo- nunga o‘zgartirish kiritish. 6. Savod-siz- likka qarshi kurashish uchun «maorif kor- pusi» tuzish.
Shoh bu islohotlar ahamiyatini inqi- lobga tenglashtirdi va uni «oq inqilob» deb atadi. Sanoat ishlab chiqarishining yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 10—15 foizni tashkil etdi. Islohot natijasida Eron agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylan- di. Ayollarga erkaklar bilan teng saylov huquqi berildi. Hayotga Yevropacha tus berila boshladi. Mamlakat G‘arb dunyosining bir qismiga aylandi. Biroq islohot xalqning turmush darajasini yaxshilamadi. Chunki Eron jamiyati agrar islohotga tayyor emas edi. Buning ustiga, islohot juda tez sur’atlar bilan o‘tkazila boshladi. Aholining ongi esa buni o‘ziga singdira olmadi. Chunki iqtisodiy islohot dastlab aholi turmush darajasini pasaytirib yuborishi tabiiydir. Bundan tashqari, islohot aholining ma’lum tabaqasini haddan tashqari boyitib yubordi. O‘n millionlab odamlar esa tobora kambag‘allashdi. Jamiyatdagi bu o‘zgarishlar aholi ko‘z o‘ngida islom an’analaridan, asrlar osha davom etib kelayotgan turmush tarzidan voz kechishdek gavdalandi. Xalq noroziligi kuchaydi. Xalqqa qarshi maxfiy po- litsiya (SAVAK) tashkil etildi. Uning yerto‘lalarida 380 mingdan ortiq eron- liklar yo‘q qilindi. Bu hodisa G‘arbcha tamoyillar asosida o‘tkazilayotgan islohotlarga boshdanoq qarshi bo‘lgan ruhoniylarga qo‘l keldi.
Diniy mutaassiblik aholi ongini chulg‘ab olgan jamiyatda ruhoniylarning mavjud hukmron doiralarga qarshi turishi ular uchun juda katta xavf tug‘dirar edi. Shoh hukumati muxolifat kuchlarga qarshi repressiyani kuchaytirdi. Bu hol shohga qarshi kurash harakatini vujudga keltirdi. Harakatni islomning shia oqimi ruhoniylari boshqardi. Ularning rahnamosi Eronning oliy diniy arbobi Oyatullo Ruhullo Musovi Xumayniy edi (1898—1989). U ham shoh repressiyasiga duchor etilgan edi (1964-yil). Inqilob arafasida Parij shahrida yashardi.
Eron aholisining juda katta qismi shohga qarshi kurashga qo‘shildi. Armiyaning katta qismi shohni qo‘llab-quvvatlamay qo‘ydi. Natijada 1979-yilning 16-yanvarida shoh mam- lakatdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. 11-fevral kuni esa umumiy qurolli 
qo‘zg‘olon boshlandi, armiya ham qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tdi. Shu tariqa Eronda inqilob g‘alaba qildi. Bu inqilob Islom inqilobi edi. 15-fevral kuni Oyatullo Xumayniy Tehronga qaytib keldi. U «Islom inqilobining rahnamosi» deb e’lon qilindi. Mamlakat ruhoniylari yangi hukumat tuzdilar.
1979-yilning 1-aprelida davlatning rasmiy nomi o‘zgardi. Endi, u Eron Islom Respublikasi deb ataladigan bo‘ldi.
Ayni paytda yangi konstitutsiya ham qabul qilindi. Konstitutsiya Oyatullo Xumayniyni umrbod mamlakatning oliy siyosiy va diniy rahbari deb e’lon qildi. Hatto mamlakat prezidenti ham unga bo‘ysunar edi. 1979-yilda Tehronda AQSH diplomatlari garovga olindi va 1981-yil yanvarida Eron — AQSH bitimidan keyin ozod qilindi. 1980-yilda mamlakat prezidenti va parlamenti (majlis) saylandi. Diniy bo‘lmagan hamda milliy partiyalar faoliyati taqiq- landi.
Garchand Eron ham ko‘p millatli davlat bo‘lsa-da, Oliy rahbariyat barcha musulmonlarning tengligini ro‘kach qilib, mamlakatda milliy masala tan olinmasligini ta’kidladi. Shu tariqa yangi rahbariyat ichki siyosatda jamiyat va davlat hayotini to‘la islomlashtirish siyosatini yurita boshladi.
Ichki muxolifatni tugatish maqsadida Xumayniy «Islom madaniy inqilobi»ni e’lon qildi. Bu hol hukmron doiralar o‘rtasida ham kelishmov- chilik keltirib chiqardi. Mamlakatning birinchi Prezidenti Banisadr Xumayniy atrofidagilarning ekstremistik harakatlariga qarshi chiqdi. Oxir- oqibatda u mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.
Oyatullo Xumayniy o‘z hokimiyatini mustah- ka.mla.sh uchun uning rejimiga qarshi chiqqanlarni qatag‘on qilishni uyushtirdi. Natijada 1982—1984- yillar davomida 70 mingdan ortiq kishi o‘ldirildi. Biroq jahon jamoatchiligi talabi Eron rahbariyatini o‘z ichki siyosatini yumshatishga majbur etdi. 1989-yilda (Xumayniy vafotidan so‘ng) mamlakat prezidentligiga saylan- gan Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjoniy (1934-yilda tug‘ilgan) iqtisodiy islo- hot o‘tkaza boshladi. Ayni paytda ijtimoiy hayotni liberallashtirish yo‘lini tutdi.
Biroq bu yo‘l katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bu, bir tomondan, 1980— 1988-yillarda davom etgan Eron — Iroq urushi oqibatida ko‘rilgan katta iqtisodiy yo‘qotish (350 mlrd dollar zarar ko‘rildi, 700 ming eronlik o‘ldi) bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, AQSHning Eronni xalqaro terro- rizm markazlaridan biri deb e’lon qilishi bilan bog‘liq edi. AQSH Eron bilan savdo aloqalarini to‘xtatib qo‘ydi. Boshqa G‘arb davlatlari esa Eronga ilg‘or texnologiya kiritishni taqiqlab qo‘yishdi.
Aho lining ishlab chiqarish sur’atiga nisbatan tez ko‘payishi, jahon bozorida neft narxining pasayishi, ayni paytda, Eronda neft ishlab chiqarishning 2 baravar kamayishi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Shunday sharoitda, 1997-yil avgustida Muhammad Xotamiy mamlakat prezidentligiga saylandi. U shia ruhoniylarining yangi avlodiga mansub
edi. U tashqi siyosatda AQSH va G‘arbning boshqa davlatlari bilan munosabatlarni yumshatishga intildi.
Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantira boshladi. Rossiya Eronga kimyo sanoatini rivojlantirishda, atom elektr stansiyasi qurishda hamda armiyani zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirishda yordam bermoqda. Ayni paytda O‘rta Osiyo Respublikalari bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanmoqda. 1996-yilda Mashhad (Eron) — Saraxs (Turkmaniston) temir yo‘li qurilishini tugallashga muvaffaq bo‘lindi. Buning natijasida O‘rta Osiyo respublikalari Fors ko‘rfaziga chiqish imkoniga ega bo‘ldilar.
Eron rahbariyati Afg‘onistondagi voqealarga faol aralashib keldi. Uning bu aralashuvi Afg‘onistondagi muxolifatchi kuchlardan biri — Shimoliy Alyans (Ittifoqi)ni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. 2001-yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida yana Muhammad Xotamiy g‘alaba qozondi. Eronda jamiyat hayotini liberallashtirish siyosati davom etdi.
2005-yilgi saylovlarda Mahmud Ahmadiy Najot mamlakat prezidenti lavozimiga keldi.
Eron Islom Respublikasi 1992-yil 10-mayda O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi. O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning 1992-yil noyabr oyidagi Eronga rasmiy safaridan so‘ng mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlik miqyosi yanada kengaydi. 1993-yil yanvar—avgust oylarida, ya’ni faqat 8 oy davomida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida 186,1 ming dollarlik tovar ayirboshlandi. Eronning «Pors grupp», «Sepand grupp» va boshqa firmalari respublikamizda faoliyat ko‘rsatmoqda. Bir qancha qo‘shma korxonalar tashkil etilgan. 1993-yil aprelida bo‘lib o‘tgan Eron tasviriy san’- at va avgustda o‘tkazilgan savdo-sanoat ko‘rgazmasi ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi.
Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Said Gulpoyagoniy 1993-yil oktabrda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutiga fors tilining ko‘p jildli mukammal lug‘atini, Alisher Navoiyning dastxati nusxalarini taqdim etdi. Respublika madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasi huzurida O‘zbekiston — Eron aloqalari rivojlanishidan minnatdorligini bildirdi.
1993-yil 18-oktabrda Eron Prezidenti Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjo- niyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikning yanada samarali bo‘lishiga ko‘maklashdi. Safar davomida tranzit aloqalarni tartibga solish, xalqaro avtomobil qatnovi haqida va boshqa bitimlar imzolandi.
1992—1996-yillarda uzunligi 295 km bo‘lgan Mashhad — Seraxs — Tajan temir yo‘li qurildi. Bu temir yo‘l O‘zbekistonning Fors qo‘ltig‘iga chiqishiga imkon yaratdi.
Shunday qilib, Eron hozirgi kunda dunyo diqqat markazida turgan mamlakatdir. Uning yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish
dasturi AQSH boshliq G‘arb davlatlariga yoqmayapti. Ular Eronni turli tarafdan siquvga olishga harakat qilmoqdalar. Lekin Eron o‘z yo‘lidan qaytmayapti.
Download 23,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish