O‘zgaruvchantokboshqariluvchio‘zgartgichlari - ularga yarim-o‘tkazgichli chastota o‘zgartgichlari va o‘zgaruvchan tok kuchlanishi qiymatini rostlovchi kuchlanish rostlagichlari kiradi.
Parametriko‘zgartgichlar - ularning ishlash asosini aktiv va reaktiv elementlardan iborat bo‘lgan elektr zanjirlarda hosil bo‘ladigan tok va kuchlanish
rezonanslari hodisalari tashkil etadi va bunday o‘zgartgichlar kuchlanish yoki tok manbalari sifatida elektr yuritmalarda qo‘llaniladi.
Mexanikuzatuvchiqurilmalar - elektr motor vali tezligi bilan ishchi mashina ijrochi organi tezligini o‘zaro moslashtiruvchi mexanik uzatish qurilmalari reduktorlar, shkivlar, transportior lentalari, tasmali va zanjirli uzatmalar, turli rusumli muftalar va boshqa mexanik uzatuvchi qurilmalar bo‘lishi mumkin.
Elektrikvanoelektriko‘lchovo‘zgartgichlari - elektr yuritmaning elektrik va noelektrik ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va bu ko‘rsatkichlardan elektr motorlarni boshqarish maqsadida qollaniladi. Masalan, tok va kuchlanish transformatorlari, taxogeneratorlar, kuchlanish bo‘lgichlar, termoqarshiliklar, termoparalar va o‘nlab turdagi o‘lchov o‘zgartgichlari.
Elektryuritmalarningtarixiyrivojlanishi- elektr yuritmalarning tarixiy rivojlanishi elektr mashina ishlab chiqarish va undan unumli foydalanish bilan chambarchas bog‘liqdir. Elektr yuritmaning fan sifatida shakllanishi 1880 – yildan boshlangan bo‘lsa ham, tom ma’nodagi rivojlanishi yigirmanchi asrning birinchi yarmida shakllandi va tez rivojlana boshladi. Elektr yuritmaning rivojlanishi yarim o‘tkazgichlar texnikasi va mikroelektrotexnikaning rivojlanishi va ular asosidagi boshqariluvchi o‘zgartgichlar yaratilishi bilan uzviy bog`langandir. Avval boshqarilishi oson bo‘lgan an’anaviy o‘zgarmas tok elektr yuritmalari tez rivojlana boshladi. Keyinroq esa o‘zgarmas tok elektr motorlariga nisbatan konstruktiv sodda, tannarxi bir necha marta arzon va istiqbo‘lli o‘zgaruvchan tok motorli, ya’ni asinxron motorli, chastotani o‘zgartirib, tezligi rostlanadigan asinxron elektr yuritmalarni loyihalash va yaratish ishlari olib borildi.
Elektr yuritmaning ushbu sohasini rivojlantirishda o‘zbek olimi akademik
M.Z. Hamudxonov va uning ilmiy maktabi a’zolarining chastotani o‘zgartirib tezligi rostlanadigan asinxron va sinxron elektr yuritmalarni yaratish va ularning statik va dinamik rejimlarining ilmiy tadqiqotlari natijasida erishgan natijalari elektr yuritma fani taraqqiyotiga sezilarli xissa bo‘lib qo‘shildi.
Hozirga kelib zamonaviy elektr yuritmalarning rivojlanishi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda bormoqda: zamonaviy yarimo‘tkazgichli boshqariluvchi
o‘zgartgichlar va ularni mikroprotsessorli boshqarishga asoslangan komplekt elektr yuritmalarni yaratish va ishlab chiqarishga keng joriy qilish; elektr yuritmalarning energetik ko‘rsatkichlarini oshirish; tezligi rostlanuvchi asinxron motorli elektr yuritmalarning qo‘llanish doirasini tinmay kengaytirish va ularning energiya tejamkor ish rejimlarini tahlil qilish va ular asosida energiya tejamkor elektr yuritmalarini yaratish hamda ishlab chiqarish qurilmalarini boshqarishga joriy qilish; zamonaviy avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarni loyihalash, yaratish va ekspluatatsiya qilishni uddalovchi yuksak malakali muhandis–texnik va ilmiy xodimlarni tayyorlash.