O‘zbеkiston rеspublikasi oliy



Download 10,37 Mb.
bet169/179
Sana13.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#548877
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   179
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari-darslik

Komplekt elektr yuritmalar.



Sanoatda ishlab chiqariladigan rostlanadigan elektr yuritmalar komplekt (to‘plamli) elektr yuritmalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Ular yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgich, boshqaruvchi va sozlovchi tizim hamda himoya apparatlaridan tashkil topgan konstruktiv jihatdan tugallangan qurilmadir. Bu qurilmalar elektr motorlar bilan ham jamlanishi nazarda tutilmoqda.
Bugungi kunda juda ko‘p tipli komplektli elektr yuritmalar ishlab chiqariladi.
Ushbu bo’limda ikkita eng keng tarqalgan elektr yuritmalarni ko‘rib chiqamiz.


Uch fazali unifikatsiyalangan EPU 1M seriyali elektr yuritma.




EPU – M elektr yuritmasi 250 kWt gacha quvvatga ega bo‘lgan o‘zgarmas tok motorlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan. Motorlar o‘zgarmas magnitlardan yoki elektromagnitli qo‘zg‘atishga ega. EPU – 1M komplektli yuritma tarkibiga tiristorli (reversli yoki reverssiz) boshqariluvchi to‘g‘irlagich va yarim o‘tkazgichli
boshqaruv tizimi kiradi. EPU – 1M asosidagi elektr yuritmalar metal qirquvchi va yog‘och qirquvchi dasgohlarda metallurgiya sanoati mexanizmlarida, qog‘oz ishlab chiqarish sanoati mashinalarida plastik massalarni qayta ishlash mashina va mexanizmlarida qo‘llaniladi. Bu turdagi barcha mexanizmlar tezlikni keng diapazonda rostlashni talab qiladi.
EPU – 1M –X-XX-X-X-X-X. ko‘rinishida belgilanadigan shartli ko‘rinish
quyidagilarni anglatadi:
EPU – unifikatsiyalangan, o‘zgarmas tok elektr yuritmasi 1model –
1 – modifikatsiyasi.

    1. – jadval




Birinchi X raqam

-1-reversli, 2 – reverssiz.

Ikkinchi XX raqamlar

- motor yakor toki bo‘yicha bajarilishi 34-25A; 37-50A; 39-80A; 40-100A; 43-200A; 46-400A; 48-630A

To‘rtinchi X raqam

- To‘g‘irlangan kuchlanish 1-115V; 2-230V; 3-460V

Beshinchi X raqam

- 3 fazali ta’minot tarmog‘ining kuchlanishi 4-220V; 7-380V.

oltinchi X raqam

- funksional xarakteristika
P- tezlikni rostlash diapazoni 10000 gacha bo‘lgan elektr yuritmalar usuli.
D - tezlikni rostlash diapazoni 1000 gacha bo‘lgan ikki zonali rostlagichli bosh harakat elektr yuritmalar uchun.
M- tezlik bo‘yicha teskari bog‘lanishli rostlash diapazoni 1000 gacha bo‘lgan bir zonali elektr yuritmalar uchun.

Yettinchi X raqam

- iqlimiy bajarilishi UXL4.

EPU – 1M qurilmasi himoya va kommutatsiya apparatlari bilan komplektda boshqarish shkaflariga IP21 himoya darajasi bilan o‘rnatishga mo‘ljallangan. Qurilma konstruktiv jihatdan monoblok ko‘rinishida bajarilgan.
Bu seriyali elektr yuritmaning funksional sxemasi 12.4 - rasmda berilgan. Bu yuqori aniqlikdagi reversli 3 fazali tiristorli bir zonali TO’-D tizimi bo‘yicha elektr yuritma. Bir zonali degan tushuncha shuni bildiradiki, unda tezlikni rostlash 0-ωnom oraliqda amalga oshiriladi. Ya’ni asosiy tezlikdan pastga. Motorning qo‘zg‘atish oqimi doimiy bo‘lib qoladi.
O‘zgarmas tok motori M reversli tiristorli o‘zgartirgich UZ1 dan ta’minlanadi. O‘zgartirgich alohida boshqaruvli, uch fazali ko‘prikli sxema bo‘yicha bajarilgan (5.2 Bobga qarang). Tiristorli o‘zgartirgich esa 380 V li tarmoqdan ta’minlanadi (agar motor 440V nominal kuchlanishga ega bo‘lsa) yoki T1 transformatordan ta’minlanadi (agar motor kuchlanishi 220V bo‘lsa). Elektrmagnit qo‘zg‘atishli motorlar uchun qo‘zg‘atish chulg‘amini ta’minlash uchun UZ2 to‘g‘irlagich nazarda tutilgan. UZ1 va UZ2 o‘zgartirgichlar himoyasi G‘1 – G‘3 va G‘4 – G‘6 eruvchan saqlagichlar yordamida amalga oshiriladi.
Tezlikni rostlash tizimi – ikki konturli. Tashqi kontur – tezlik konturi – PI rostlagich, Tez.R va BR1taxogeneratordan tezlik bo‘yicha teskari bog‘lanishdan tashkil topadi. Tok bo‘yicha teskari bog‘lanish BQ boshqaruv organi kirishiga to‘g‘irlangan. Tok bo‘yicha teskari bog‘lanish uchun o‘lchov elementi bo‘lib yakor zanjirini ta’minlovchi o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulangan transformator xizmat qiladi. Bu transformator ikkilamchi chulg‘amning toki TD tok datchigi yordamida doimiy tok signaliga o‘zgartiriladi. Bu signal esa motor yakori tokiga proporsional bo‘ladi. Biroq bu signal bir qutbli bo‘lib yakor zanjiridagi tok yo‘nalishi haqidagi axborotga ega bo‘lmaydi.




    1. Download 10,37 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish