Shtangali chuqurlik nasos qurilmasi va ularning ishlash prinsipi Tebratma–dastgoh (TD) – quduqqa tushirilgan shtangali chuqurlik nasosini balansir yordamida harakatlantiruvchi mexanizm. Mo’tadil va sovuq makroiqlimli hududlarda qo’llaniladi. Tebratma–dastgohning asosiy qismlariga rama, tayanch (oddiy to’rt oyoqli piramida ko’rinishida), buriladigan boshchali balansir, balansirga sharnirli osilgan travers va qarshi yuk o’rnatilgan krivoshiplar kiradi. Tebratma–dastgohni tebranishlar sonini o’zgartirish uchun yechiladigan shkivlar komplekti bilan ta’minlanadi.
O’tgan asrning 80 yillarida ikki turdagi tebratma–dastgohlar ishlab chiqarilgan:
– TD (yetti tur o’lchamda);
– DTD (dezaksiyal tebratma dastgoh, olti tur o’lchamda).
Bundan kelib chiqib yuqoriga harakatlanishi pastga harakatlanishidan katta bo’lgan uncha katta bo’lmagan ters dezoksial tebratma–dastgoh ishlab chiqariladi. Juda katta dezoksialli tebratma – dastgohda tepaga harakatlanishida plunjerdan sizish kuzatiladi, pastga yuqori tezlikda harakatlanishida quvurga ushlanish, ayniqsa parafinli neftni qazib olshda ko’p kuzatiladi.
DTD turidagi tebratma–dastgohning boshqalaridan ajralib turadigan xususiyatilari:
Aylantiruvchi mexanizmning knematik sxemasi simmetrik emas 9 gradus dezaksiyal burchak va yuqori knematik munosabati 0,6; og’irligi va kichik tashqi o’lchamli; reduktor bevosita tebratma–dastgoh ramasiga o’rnatilgan.
Balansir boshchasi harakat amplitudasini (silliq shtok yurish uzunligi) o’zgartirish krivoship va shatun birlashgan nuqtaning aylanish o’qiga nisbatan uzoqlashtirish yoki yaqinlashtirish orqali erishiladi (krivoship teshikchasini boshqa joyga o’zgartirish orqali).
Balansir boshchasining harakat chastotasini o’zgartirish (tebranishlar soni) elektrodvigatel validagi shkivni boshqa diametrdagi shkivga almashtirish orqali erishiladi.
Shtangali chuqurlik nasosi jixozlariga quyidagilar kiradi (3–rasm): shtangali chuqurlik nasosi 19, nasos kompressor quvuri tizimi 17 va shtangalar tizmasi 18, quduqda u yordamida nasos ushlanadi, harakatlantiruchi qismi tebratma – dastgoh va elektrodvigateldan tashkil topgan balansirli individual shtangali qurilma, quduq usti jixozi 15 ustini zichlash va nasosni osish uchun xizmat qiladi, nasos shtangalarni tebratma–dastgoh balansir boshchasini osish uchun moslamalar metal arqon 13 va silliq shtok 14. Nasos silindri 24 qudquqqa suyuqlik sathidan pastga nasos kompressor quvurlari (NKQ) tizmalari yordamida tushiriladi. Keyin porshen 25 nasos kompressor quvuri ichiga shtangalar tizmasida tushiriladi. Plunjer faqat yuqoriga ochiluchi bir yoki ikki haydovchi deb nomlanuchi klapan 26 bilan jixozlanadi. Shtanganing yuqori uchi tebratma–dastgoh balansirining oldingi yelkasiga mahkamlanadi. Nasos kompressor quvurlari tizmasidan haydalayotgan suyuqlikni chiqish chizig’iga yo’llash va ustiga to’kilishini oldini olish uchun quduq ustiga uchlik va undan yuqoriga sal’nik 21 o’rnatiladi, undan silliq shtok 14 o’tkaziladi. Quduq nasosi tebratma–dastgoh orqali harakatga keltirilib, chuqurlik nasosi plunjeri elektrodvigatel yordamida borib–qaytish harakat yuzaga keltiriladi. Elektrodvigatel aylanma harakati valga o’rnatilgan shkif orqali rezina tasma yordamida ikki yoki uch pog’onali tishli uzatmaning (reduktor) 4 yetaklovchi valiga o’rnatilgan shkifga uzatadi. Harakat reduktorning yetaklanuvchi vali orqali krivoship–shatun mexanizmi va balansirga 10, u yerdan balansir boshchasiga ulangan metal arqon, silliq shtok, shtangalar tizmasi va nasosning harakatlanuvchi qismiga uzatiladi.
Plunjer yuqoriga harakatlanishida pastki qismidagi bosim tushadi va so’ruvchi klapan quvur ortki qismidagi suyuqlik ustini bosimi ta’sirida ochilib, nasosga suyuqlik kira boshlaydi. Bu vaqtda plunjerning haydovchi klapani haydalayotgan suyuqlik ustuni og’irligi hisobiga yopiq bo’ladi. Plunjer pastga harakatlanishida so’ruvchi klapan nasos kompressor quvuridagi suyuqlik ustuni hisobiga yopiladi, plunjerda joylashgan haydovchi klapan ochiladi va suyuqlik plunjerning yuqori qismiga o’tadi. Plunjerning uzliksiz harakati evaziga suyuqlikni so’rish va haydash jarayoni takrorlanadi. Plunjer harakatining takrorlanishi natijasida qatlamdan suyuqlik yer yuzasiga haydaladi.