21 ma’ruza. Suyuq yoqilg‘ilarni yoqish



Download 76,8 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi76,8 Kb.
#910559
Bog'liq
21 ma’ruza. Suyuq yoqilg‘ilarni yoqish


21 MA’RUZA. SUYUQ YOQILG‘ILARNI YOQISH

Metallurgiyada pechlarda suyuq yoqilg‘i turlaridan asosan - mazut qo‘llaniladi. Mazut kuydirish, ruda va boyitma eritish, metallarni tozalash pechlarida ishlatiladi. Metallurgik zavodlarga mazut temir yo‘llar orqali sisternalarda keltirilib, zavodlarda max-sus qurilgan va jihozlangan - mazut saqlash xo‘jaligida saqlanadi va pechlarga taqsimlanadi. (1-rasm)



1-rasm. Metallurgik zavodlarda mazut saqlash xo‘jaligi sxemasi

Pechlarda mazutni yoqish uchun maxsus moslama - forsunka deyiladi. Forsunkada mazut mayda tomchilarga parchalanib havo bilan to‘liq aralashadi, so‘ngra yoqilg‘i havo aralashmasi ma’lum bosim ostida pechning ishchi qismiga purkaladi. Yoqilg‘i - havo aralashmasini purkash usuliga qarab forsunkalar bir necha sinflarga ajraladi, ya’ni mexanik, bug‘li, havoli va kombinatsiyalashgan.


Metallurgik pechlarda suyuq yoqilg‘ilarni yondirishda yuqori bosimda ishlaydigan forsunkalar keng qo‘llaniladi, (2 - rasm).
Forsunkalar yuqori bosimga chidamli metall qotishmalar dan tayyorlanib, ko‘ndalang kesimini ko‘rganda bir-biriga kiygazilgan ichki 1 va tashqi 2 naydan iborat. Mazut forsunkaning ichki nayiga va havo (yoki bug‘) tashqi nayga ma’lum bosim ostida beriladi. Yoqilg‘i bilan havo forsunka uchida, ya’ni ichki va tashqi naylar ma’lum burchak ostida qisqargan yeri 3 da to‘qnashadi. Forsunkaning uchi ichki va tashqi nayga nisbatan keskin kengaytirilgan 4, forsunkaning shu qismida ichki naydan kelayotgan suyuqlik yoqilg‘i (mazut) tashqi nayda yuqori bosimda berilayotgan havo (yoki bug‘) bilan to‘qnashib, mayda tomchilarga parchalanadi va pechning ichki kamerasiga purkaladi.

2-rasm. Yuqori bosimda ishlaydigan forsunka sistemasi

Purkalanayotgan ishchi yoqilg‘ining bosimi havoli forsunka-larda 0,5 - 8 atmosferada va bug‘li forsunkalarda 3-12 atmosferaga teng bo‘ladi. Yonilg‘ini yondirish uchun 0,8-1,2 m3/kg havo yoki 0,4-0,6 m3/kg bug‘ sarflanadi.


Sanoatda suyuqlik yoqilg‘ilarni yoqishda qo‘llaniladigan forsunkalarning bir necha turlari ishlab chiqariladi. Ular davlat standartlari talabiga javob bergan holda o‘lchamlari, texnik ko‘rsat-kichlari va ishlatilish sohalari asosida bir-biridan farq qiladi. Masalan: qora metallurgiyada marten pechlarining yoqilg‘ini yoqish sistemasida DMI va UPI markali forsunkalar qo‘llaniladi. Ularning boshqa forsunkalardan farqi mazutni bir va ikki bosqichli purkashga moslashtirilgan bo‘lib, yoqilg‘ini yoqish bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi 3,0 t/soat. Unda yoqilg‘i keng ko‘lamda tarqalib bir maromda yonadi va pechning yuqori harorat bilan ta’minlaydi.


Gaz holidagi yoqilg‘ilarni yoqish

Rangli metallurgiyada pechlarni issiqlik bilan ta’minlashda tabiiy gaz va ikkilamchi yonilg‘i gazlari alohida ahamiyatga egadir.


Pechlarni qizdirishda gazli yoqilg‘ilardan foydalanish boshqa turdagi yoqilg‘ilardan foydalanishga nisbatan ko‘p afzalliklarga ega:
Gazli yoqilg‘ilarni yoqishda gazli yondirgichlardan foydalaniladi. Ularning yordamida gaz havo bilan aralashtirilib ma’lum aerodinamik ko‘rsatkichlar bilan pechning hajmiga purkaladi. Gazli yondirgichlar bir necha turda bo‘lib, ular gazni bosimi, gaz bilan havoni aralashtirish va konstruksiyasiga asosan bir nechta sinflarga ajraladi.
Gazning bosimiga asosan yondirgichlar yuqori bosimli – 500 mm suv. ust. dan yuqori bosimda ishlaydi. Past bosimli yondirgichlar esa 80-300mm suv ust bosimida ishlaydi, (3-rasm).



3-rasm. Gaz-mazutli gorelka

Yondirgichlar gaz bilan havo aralashtirish usuli asosan quyidagicha sinflanadi:


1. Dastlabki aralashtirish, ya’ni gaz yondirgichdan oldin,
2. Aralashtirish gaz yondirgichining o‘zida aralashtirish;
3. Gaz - yondirgichdan keyin pechning ichida aralashtirish.
Gaz va havoni dastlabki aralashtirish - yuqori bosimli yondirgichlar uchun qo‘llaniladi, chunki yuqori bosimda gaz va havo juda katta tezlikda harakatlanishi natijasida portlash sodir bo‘lishi mumkin. Bunday gazli yondirgichlarning alangasi juda qisqa bo‘lganligi sababli ularni alangasiz yondirgichlar deyiladi.
Agar gaz bilan havo yondirgichning o‘zida kuchli o‘rama hosil qilib aralashsa - bunday yondirgichlarni trubulent deyiladi. Gaz bilan havo yondirgichdan chiqishda aralashsa, unda yondirgich diffuziyali yondirgich deb ataladi. Ularda alanga uzun bo‘lib yonadi. Agar yondirgichdan harakatlanayotgan gaz oqimining kinetik energiyasi hisobiga yondirgichga yoki pechkaga havo so‘rilsa, u holda yondirgichlar injektorli deyiladi, bu esa yuqori bosimda ishlaydigan yondirgichlarga xosdir.






4-rasm. Metallurgik pechlarda gazli yoqilg‘ilarni yondirishda qo‘llaniladigan yondirgichlarning namunalari
a) past bosimda ishlaydigan GTN markali trubгlentli gaz - yondirgich, yondirgich yoqilg‘ini yoqish bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi 45-1000 m3/soat; b) yuqori bosimda ishlaydigan injektorli gaz - yondirgich ishlab chiqarish unumdorligi 5÷25000 m3/soat.


O‘zlashtirish uchun savollar

1. Metallurgik pechlarni qizdirishda qanday suyuq yoqilg‘ilar qo‘llaniladi? Metallurgik zavodlarda suyuq yoqilg‘ilarni saqlash xo‘jaliklari.


2. Suyuq yoqilg‘ilarni yoqish uskunalari qanday nomlanadi va ularni ishlash prinsipi.
3. Forsunkalarning texnik ko‘rsatkichlari va ularning markalari (sinflari).
4. Metallurgik pechlarni qizdirishda gazli yoqilg‘ilardan foydalanishning afzalliklari.
5. Gaz holidagi yoqilg‘ilarni yoqish uskunalari qanday nom-lanadi va ular qanday sinflarga ajratiladi?
6. Turbulent diffuzion, injektorli – yondirgichlarning ishlash prinsipi nimaga asoslangan?
7. Gorelkalar turlari, ularning texnik ko‘rsatgichlari va markalari.


Download 76,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish