Elektryuritmaningmexanikaqismiqurilmalari- elektr yuritmaning mexanika qismiga mexanik harakat qiluvchi, ya’ni aylanma yoki ilgarilanma harakat qiluvchi qismlari kiradi. Bu qismlar elektr motor valini ishchi mashina ijrochi organi bilan o‘zaro mexanik bog‘lovchi reduktorlar, shkivlar, transportyor lentalari, tasmali va zanjirli uzatmalar va shuningdek turli gidravlik va elektrmagnit muftalar tashkil qiladi.
Elektryuritmaningharakattenglamasi- elektr yuritmaning harakat tenglamasi birinchi tartibli differensial tenglama bo‘lib, elektr motorning harakatlanuvchi qismi (rotori yoki yakori) va har qanday mexanik harakatlanuvchi qismlarining (reduktor, variator va h.k.) aylanma yoki ilgarilanma turdagi noturg‘un va turg‘un harakatlarining qanday kechishini va bu harakatlarga elektr yuritma harakatlanuvchi mexanik qismlarining umumlashgan inersiya momentlarining ta’sirini ifodalaydi va elektr yuritma harakatining tezlanuvchan yoki so‘nuvchan xarakterga ega ekanligini ham tom ma’noda belgilaydi.
Ishchimashinaijrochiorganiningmexaniktavsifi- ishchi mashina ijrochi organi tezligining ishlashi davomida hosil qiladigan momenti yoki zo‘riqishga bog‘liqlik tavsifi ishchi mashina ijrochi organining mexanik tavsifi deyiladi.
Yuklanishmomentlariningxarakterigako‘raturlari-yuklanish momentlari xarakteriga ko‘ra aktiv va reaktiv turlarga bo‘linadi. Tezlik yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lmagan yuklanish momentlari aktiv yuklanish momentlari deyiladi. Masalan,
yuk ko‘targich mexanizmning hosil qiladigan yuklanish momenti. Harakat yo‘nalishiga doimo teskari yo‘nalgan yuklanish momentlari reaktiv yuklanish momentlari deb ataladi. Masalan, ishqalanish kuchlari hosil qiladigan momentlar. Elektrmotorningmexaniktavsifi- elektr motor vali tezligining elektr motor hosil qiladigan elektromagnit momentiga bog‘liq o‘zgarish tavsifi elektr motorning mexanik tavsifi deyiladi. Mexanik tavsiflar tabiiy va sun’iy turlarga bo‘linadi.
Elektr motorning pasportida keltirilgan nominal ko‘rsatkichlari asosida qurilgan mexanik tavsifi uning tabiiy mexanik tavsifi deyiladi.
Elektr motorning mexanik tavsifi kuchlanishi yoki boshqa ko‘rsatkichlari pasportida keltirilgan nominaldan farqli bo‘lgan hol uchun qurilgan bo‘lsa, u holda bu tavsif motorning sun’iy mexanik tavsifi deyiladi.