Ishlab chiqariladigan maxsulot: avtomobillar tovush so‘ndigichlari va qurilish ishlarini olib borishda beton ichiga ishlatiladigan shisha tolalari. Ishlab chiqarish xajmi: avtokomponentlar uchun shisha tolasi – yiliga 450 tonna; qurilish uchun shisha tolasi – yiliga 2350 tonna (xarakteristikasi to‘liq beriladi).
Ishlab chiqarish turi: ommaviy ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarish texnologiyasi:
shisha chiqindilarini saralash va tozalash jarayonida shisha chiqindilari maxsus zanglamas po‘latdan tayyorlangan vannalarda qog‘oz va axlatlardan ishqorli suv bilan tozalanadi;
shisha chiqindilarini maydalash jarayonida maxsus tegirmonlarda shichsha chiqindilari maydalanadi;
shisha chiqindilarini eritish va quyish jarayonida maxsus liniyalardagi pechlarda shisha tolalari eritiladi va pech ostki qismidagi teshiklardan oqib tushadi. SHisha chiqindisi eritilish jarayonida mustaxkamligini oshirish uchun unga maxsus kimyoviy birikmalar qo‘shiladi. SHisha tolasi oqib tushish jarayonida tolaning elastikligini ta’minlash uchun maxsus kimyoviy birikmalar (smachivatelь) bilan ishlov beriladi. SHisha tolalari g‘altaklarga o‘raladi va qadoqlash tsexiga yuboriladi;
shisha tolasini qadoqlash jarayonida g‘altaklarga o‘ralgan shisha tolalari maxsus tayyorlangan idishlarga joylanadi va belgilangan joylarga taklanadi.
(xar bir jarayon standart asosida belgilangan jadvallarga to‘liq yozilib chiqilishi shart)
Ishlab chiqarish jixozlari:
Tayyorlov tsexida 20 dona 2 tonnalik maxsus metall konteynerlarida chiqindilar saqlanadi. Zanglamas po‘latdan tayyorlangan sig‘imi 4 tonnadan bo‘lgan tsilindrsimon 2 dona vannada (vertikal o‘q atrofida aylanib harakatlanadi) ishqorli (sodali) suvda chiqindilar yuviladi va maydalash tsexiga tasmali konveyer yordamida yuboriladi. TSexda 1 dona 5 tonnalik kran o‘rnatilgan.
Maydalash tsexida 2 ta 4 tonnalik shisha maydalash tegirmoni o‘rnatilgan. Tegirmon gorizontal o‘q bo‘yicha aylanma xarakat qilib, ichidagi pulat sharlar bilan shisha chiqindilarini maydalaydi. Maydalangan shisha chiqindisi 10 kg sig‘imli idishlarga solinadi va eritish tsexiga elektr kara vositasida yetkazib beriladi.
Eritish va quyish tsexi 2 dona sig‘imi 4 tonnadan bo‘lgan eritish liniyalari o‘rnatiladi. Xar bir liniyaning soatiga ish unumdorligi 350 kg tola ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Tolaning parametrlariga qarab liniya ishchi organlarini sozlash mumkin.
(xar bir texnologik jixozni texnik xarakteristikalari to‘liq beriladi)