Tayanch iboralar:
ishlab chiqarish jarayoni, texnologik jarayon, texnologik operatsiya va uning tarkibi, texnologik jixozlar, muxandislik jixozlari, donabay ishlab chiqarish, seriyali ishlab chiqarish, ommaviy ishlab chiqarish, ishlab chiqarish quvvatlari, natural birlik, quvvatlardan foydalanish koeffitsienti, ishlab chiqarish dasturi, ishlab chiqarish xarajatlari, xarajatlarni me’yorlashtirish
Nazorat va muhokama uchun savollar
Biznes rejaning ishlab chiqarish bo‘limini maqsadi va vazifalari nimadan iborat?
Ishlab chiqarish jarayoni deganda nimani tushunasiz?
Ishlab chiqarish turlariga ta’rif bering.
Ishlab chiqarish texnologiyasi va texnologik jarayonga ta’rif bering.
Texnologik jixozlar tarkibiga nimalar kiradi?
Muxandislik jixozlari deb nimaga aytiladi?
Ishlab chiqarish quvvati nima va u qanday hisoblanadi?
Ishlab chiqarish dasturi nima va ishlab chiqarish quvvatidan farqi qanday?
Ishlab chiqarish xarajatlarini sanab bering.
7-Mavzu. BIZNES REJANING TASHKILIY BO‘LIMI
Mashg‘ulot turi: Amaliy
Mashg‘ulot maqsadi: talabalarga biznes sub’ektlari tashkil qilinishida tashkiliy tuzilmalar vazifalari, ishlovchilar sonini aniqlash, korxona boshqarish sxemalarini yaratishni o‘rgatishdan iborat. SHu bilan bir qatorda asosiy ishlab chiqarish tizimlaridan tashqari korxona tarkibiy tuzilmasiga qanday bo‘limlar kiritilishi haqida tushunchalar beriladi.
Mavzuni o‘rganishga doir nazariy ma’lumotlar
Biznes reja tashkiliy bo‘limining maqsadi va vazifalari.
Korxonada ishlovchilar miqdorini aniqlash.
Korxona tarkibiy tuzilmasini tayyorlash.
Biznes reja tashkiliy bo‘limining maqsadi va vazifalari.
Biznes rejaning tashkiliy bo‘limi kompaniyani faoliyat ko‘rsatishi va boshqarilishi uchun zarur bo‘lgan bo‘limlar va ularda ishlovchi ishchi-xodimlar miqdori, ularning vazifalari xaqidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladi. Tashkiliy bo‘limning ishlab chiqishda korxonaning miqyosi, yuridik maqomi, mulkchilik shakli, ta’sischilari, korxona faoliyatidagi vazifalar va ularning xajmi inobatga olinadi.
Bo‘limni ishlab chiqishda quyidagi ma’lumotlarga asoslanadi:
Korxona faoliyatidagi muhim pozitsiyalar (xarid qilish, ishlab chiqarish, nazorat qilish, sotuv va moliyaviy faoliyat);
TSexlar, deparmamentlar va bo‘limlar tarkibi;
Har bir tarmoqdagi boshqaruvchilarning vazifalari;
Bo‘limlar va tsexlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tizimlari;
Korxonadagi ishlab chiqarish jixozlari, tarmoqlari, bo‘limlari va ularda ishlovchi xodimlar miqdori.
Biznes reja tashkiliy bo‘limining asosiy vazifasi korxona faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan tizimni tashkil qilish, tizimda faoliyat yuritadigan xodimlarning vazifalari, ularning o‘zaro munosabatlari, ularning lavozimlari va ish xaqi, xuquq va majburiyatlarini ishlab chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |