«BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH» FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLARNI BAJARISHGA DOIR
USLUBIY KO‘RSATMA
Farg‘ona - 2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
«Menejment» kafedrasi
«BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH» FANIDAN
AMALIY MASHG‘ULOTLARNI BAJARISHGA DOIR
USLUBIY KO‘RSATMA
Farg‘ona - 2023
Ushbu uslubiy ko‘rsatma barcha noiqtisodiy bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga amaliy mashg‘ulotlar bajarish uchun mo‘ljallangan. Uslubiy qo‘llanmada “Biznes jarayonlarini loyihalash” fanidan o‘tiladigan mavzular bo‘yicha asosiy tayanch tushunchalar, amaliy mashg‘ulotlar, nazorat va muhokama uchun savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
Mualliflar: Yu.Shakirova
F. Avulchayeva
Taqrizchilar:
“Menejment” kafedrasi uslubiy
seminarida ko‘rib chiqildi
Bayon “____” ______ 2023 y.
“ICHB” fakul’teti uslubiy
Kengashida ma’qullandi
Bayon № “____” ____2023 y.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi rejalashtirilgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda, iqtisodiy sektorda davlat ulushining kamayib, xususiy sektorning salmog‘i ortib borishida iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishni zamonaviy usullarini qo‘llash, biznesni loyihalashda jahon standartlariga mos bo‘lgan texnologiyalardan foydalanishni toqazo etadi.
Kuchayib borayotgan raqobat sharoitida mahsulot sifatini doimiy takomillashtirish borish, bozorda o‘z o‘rnini topish uchun mahsulot tannarxi ustida ishlash borish xozirgi zamonaviy menejerning ustuvor vazifasi sanaladi. Biznes jarayonlarini loyihalashda loyihaoldi ishlarini va loyihalash bosqichlarini to‘g‘ri ishlab chiqish, ishlab chiqarish texnologiyalarini va jixozlarini to‘g‘ri tanlash loyihalarni kelgusida samarali ishlashi uchun asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi.
Har bir ishlab chiqilayotgan loyiha samaradorligi o‘z navbatida moliyaviy, iqtisodiy va texnologik risklarni to‘g‘ri baholash, texnologik va tashkiliy qarorlar qabul qilinishida zamonaviy bilimlardan foydalanishga ko‘p jixatdan bog‘liq bo‘ladi.
Zamonaviy bilimlar uchun birinchi navbatda oliy ta’lim dargohlarida berilgan bilimlar poydevor bo‘lib xizmat qilsa, ikkinchidan talabalar, loyihalar ishtirokchilari va boshqaruvchilari bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or texnologiyalar bilan jixozlangan korxona va tashkilotlardagi amaliyotlari hamda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida foydalanilayotgan o‘quv dasturlari va qo‘llanmalaridan foydalanishi orqali erishiladi.
Bugungi kunda Respublikamizning barcha xududlarida turli yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilmoqda va mavjud bo‘lgan korxonalarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyotning yangi tarmoqlari tashkil qilinmoqda. Bunga misol qilib avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati tarmoqlarini tashkil qilinishi bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni takomillashtirish, to‘qimachilik va yengil sanoat, kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish bilan eksportbop hamda import o‘rnini bosuvchi maxsulotlar ishlab chiqarilayotganini keltirish mumkin. Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar mamlakatimizdagi qator ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishi bilan bir qatorda O‘zbekistonni jaxon bozoridagi o‘rnini mustaxkamlash uchun xizmat qilmoqda.
Yuqoridan ko‘rinib turibdiki, yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning negizida ijrochilarning chuqur bilimi va tajribasi, intilishi va o‘rganishi poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |