Korxona tarkibiy tuzilmasini tayyorlash. Korxonaning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv bo‘g‘inlari va bosqichlari miqdori va tarkibi tushuniladi. Korxona tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli bo‘lishi uning ish qobiliyati yuqori bo‘lishini kafolatlaydi, ya’ni boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo‘g‘inlarqkancha kam bo‘lsa, boshqaruv shunchalik samarali bo‘ladi. Boshqaruv bo‘g‘inlari - bu bitta yoki bir qancha vazifalarni bajaruvchi mustaqil tarkibiy unsurlardir. Tuzilma elementlari, ularning bo‘linmalari va ularda ishlovchilardir. Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma’lum bo‘g‘inlar yig‘indisidir. SHu belgisiga ko‘ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari - ko‘p bosqichli (ko‘p bo‘g‘inli), uch, ikki bosqichli (bo‘g‘inli) bo‘ladi. Bosqichlar va bo‘g‘inlar o‘rtasidagi aloqa vertikal va gorizontal bo‘lishi mumkin. Vertikal bo‘g‘inlar raxbarlarning ularga bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni, gorizontal aloqalar boshqaruvning teng xukukli bo‘g‘in va unsurlari o‘rtasidagi munosabatlarni bildiradi.
Tashkiliy tuzilmalar turlari. Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog‘liklikka ega va qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chizikli va funktsional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funktsional tuzilmalar tarkib topadi. CHiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo‘g‘inlari yuqori bosqichdagi raxbarga bevosita bo‘ysunishi bilan tavsiflanadi. CHiziqli tuzilmada har bir xodim bitta raxbarga bo‘ysunadi va yuqori tizim bilan fakat u orqali bog‘langan bo‘ladi. chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligidir. Har bir raxbar butun mexnat jamoasi faoliyati natijalari bo‘yicha javobgar bo‘ladi. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qilish xuquqi markazlashishiga olib keladi. CHiziqli tuzilmalarni xal etiluvchi masalalar doirasi keng bo‘lmagan, bu masalalar yechilishi oson bo‘lgan xollarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Sof xolda chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo‘lim, shirkat, kichik korxonalarda qo‘llaniladi. CHiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo‘g‘inlar koordinatsiyasi puxta bulmaydi. Raxbar universal mutaxassis bo‘lishi va unga bo‘ysunuvchi barcha bo‘g‘inlar faoliyatining xamma tomonini qamrab olishi lozim. Funktsional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funktsional bo‘g‘inlar va raxbarlar o‘rtasida taqsimlanishiga asoslanadi.
CHizikli-funktsional strukturada, funktsional zvenolar quyi turgan bo‘linmalarga o‘zlari buyruq bera oladilar, lekin ular kompetentsiyasiga taaluqli bo‘lgan aniq belgilangan savollar bo‘yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bo‘limi tsex boshlig‘iga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo‘yicha buyruq berishi mumkin. Zavodning bosh buxgalteri esa tsexda xisob va xisobotni yaxshilash bo‘yicha va x.k. CHiziqli funktsional strukturasining ustunligi uning boshqaruv printsiplarini buyruq berishning yagonaligi printsipi bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik strukturada aloqalarning murakkab tiplari mavjud: loyixa bo‘yicha boshqarish; matritsali struktura va boshqalar. Loyixa bo‘yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zgarishi bilan bog‘lik qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo‘lgan korxona va tashkilotlarda qo‘llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish uchun faqatgina shu loyixaga javob beruvchi boshqaruv organi tuziladi. Boshqaruvning loyixa bo‘yicha organi vaqtinchalik tashkilot xisoblanadi. Unga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so‘ng u tugatiladi. Matritsali struktura chiziqli va loyixa bo‘yicha boshqaruv strukturalarining birlashtirilishi natijasida ko‘riladi. chiziqli boshqaruv printsipi saqlanib qolinadi, loyixa bo‘yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar bo‘yicha dasturlar, loyixalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab chiqarish maxsulotini tayyorlash, sotish va x.k.lar tashkil qilinadi. Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali strukturasida loyixa yoki dastur raxbarlarining faoliyati erkinligi ta’minlanadi, ular oldiga qo‘yilgan masalalar maqsadli xal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo‘yicha raxbarning ma’suliyati aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar buyicha raxbarning ma’suliyati aniklanadi.
Tashkiliy tuzilmalarni loyixalashtirish. Korxonaning tashkiliy tuzilmalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning xar bir zvenosining ishlab chikarish-texnik, xo‘jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo‘yicha xamma funktsiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi boshqaruvni islox qilish boshqaruv ishlari va funktsiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruvning aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo‘yicha bir qator tadbirlarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Maqsad - boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalardan biri xisoblanadi. Boshqaruv maqsadlarini shakllantirish boshqaruvning boshlang‘ich, unga erishish esa yakuniy bosqich xisoblanadi. Boshqarish maqsadi boshqaruv ob’ekti va uning aloxida parametrlarining istalgan xolatidir. Aniq bir korxona uchun boshqaruv maqsadi aniq bir mahsulot turini eng kam resurslar xarajatini sarflagan xolda kerakli miqdorda va yukori sifatda chiqarishdan iborat.
Maqsadli yondashuv boshqaruv organlari ishining kollektiv oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga bo‘ysunishni talab qiladi. Boshqaruvning xar bir tagtizimi o‘zining maqsadlari (tashkiliy, iqtisodiy, marketing, texnik, ijtimoiy)ga ega, shuning uchun maqsadlarning mos kelishi muammosi yuzaga keldi. Boshqaruvning xar xil darajalari umumiy maqsadga javob berishlari, bir-birini to‘ldirib turishi zarur. Maqsadlarni tartiblashni usullaridan biri maqsadlar daraxtini tuzish xisoblanadi.
Tashkiliy tuzilma tayyor bo‘lganidan so‘ng xar bir bo‘limning nizomi va xar bir lavozimning xizmat yo‘riqnomalari ishlab chiqiladi. Xizmat yo‘riqnomasida lavozim egasining vazifalar, xuquqlari va majburiyatlari bayon qilinadi. Bo‘lim to‘g‘risidagi nizomda bo‘limning vazifasi, uning tarkibi, bo‘lim boshlig‘iga qo‘yilgan talablar bayon qilinadi.