Yer shoʻrini yuvish



Download 15,54 Kb.
bet1/2
Sana17.01.2022
Hajmi15,54 Kb.
#382207
  1   2
Bog'liq
Yer shoʻrini yuvish


Yer shoʻrini yuvish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Jump to navigationJump to search

Yer shoʻrini yuvish, shoʻr yuvish, shoʻrlangan tuproqlarni yuvish— tuproqdagi oʻsimlik uchun zararli tuzlarni eritib, tuproq-grunt Oʻzbekiston Respublikasi yer fondining toifalar boʻyicha taqsimoti (2001-yil 1 yanvar, ming ga)ning yuqori qatlamlaridan quyiga va soʻng shoʻri yuviladigan maydon tashqarisiga chiqarib yuborish; melioratsiya tadbirlaridan biri. Oʻzbekistoida shoʻr va shoʻrlanishga duchor boʻlgan yerlarni suv bilan yuvib oʻzlashtirishni birinchi marta A. Middendorf, keyinchalik V. V. Dokuchayev, M.M. Bushuyev, N. A. Dimo na-zariy asoslab berdilar. Shoʻri yuviladigan maydon yuzasiga berilgan suvda tuproq zarrachalaridagi tuz kristallari eriydi. Hosil boʻlgan eritmani shimilishda davom etayotgan suv oʻz harakati bilan tuproqning pastki qatlamlariga olib tushadi va shunday qilib, tuproqning oʻsimlik ildizi tarqaladigan qismi zararli tuzlardan tozalanadi.

Yer shoʻrini yuvish yu. kapital (yerlarni oʻzlashtirish davrida oʻtkaziladi) va eksplua-tatsion yoki profilaktik (joriy) turlarga boʻlinadi. Kapital shoʻr yuvishda aeratsiya zonasidagi tuproqgrunt qatlamini kerakli chuqurlikda (2,5—3,0 m) va grunt suvlarning 3–4 m dan kam boʻlmagan yuqori qatlamini shoʻrsizlantirish maqsadida oʻtkaziladi. Asosan qadimdan sugʻoriladigan zonalardagi juda shoʻrlangan partov (qoʻriq va boʻz uchastkalarni yoki yangi sugʻoriladigan maydonlardagi shu kabi shoʻrlangan) yerlarni oʻzlashtirishda qoʻllaniladi. Oʻzlashtirish suvi katta normalar bilan oʻtkaziladi (10—25 ming m³/ga). Kuchli shoʻrlangan, mexanik tarkibi ogʻir, vertikal suv ayirboshlashni qiyinlashtiradigan, qatlamli tuzilishga ega boʻlgan tuproqlarni oʻzlashtirish kuzqish yoki erta bahorda 2—3 mavsumga choʻzilishi mumkin. Bir mavsumning oʻzida katta shoʻr yuvish normasi (5—10 ming m³/ga). 5—12 sutkalik oraliq bilan, ilgari taxminan 20 sm qalinlikda berilgan suv toʻliq shimilganidan keyin 2,5 — 3,0 ming m³/ga miqdorda boʻlib-boʻlib yoki egatlar boʻylab uzluksiz oqizib beriladi. Baʼ-zan Yer shoʻrini yuvish yu.da tuproqning filtratsiya xususiyatiga qarab bir-biridan 15–25 m uzoqlikda, chuq. 1,2—1,8 m boʻlgan zovur-suv quyigichlar ochiladi. Suv berish 1,5–2 m qalinlikdagi tuproq-grunt qatlami toʻla chuchuklanguniga qadar davom ettiriladi (qarang Shoʻr yerlar melioratsiyasi). Kapital shoʻr yuvish turlaridan biri sholi ekib shoʻr yuvishdir. Umumiy 20—30 ming m³/ga normada kapital shoʻr yuvish tuproq-gruntning suv-fizik xossalariga va hududning drenaj qilinganligiga qarab 3—4 oy vaqt kerak boʻladi. Ekspl uatatsion yoki profilaktik (joriy) Yer shoʻrini yuvish yu. dalalar ekindan boʻshagan davrda amalga oshiriladi va tuproq-gruntning yuqori qatlamini mavsum davomida toʻplangan tuzlardan tozalash uchun oʻtkaziladi. Shunday shoʻr yuvishlarni bir necha yil davomida uzluksiz oʻtkazish natijasida tuproqni shoʻrsizlantirishta erishiladi. Bunday usul kapital shoʻr yuvishga nisbatan yerlarni q.x. oborotidan chiqarish, qoʻshimcha drenaj qilish va sugʻorish tarmogʻini kuchaytirish yoki qayta qurishni talab qilmaydi. Ayrim hollarda joriy shoʻr yuvishni tuproqda nam jamgʻarish uchun oʻtkaziladigan suv berish — yaxob ham bajaradi. Su-gʻorma dehqonchilik zonalarida eksp-luatatsion shoʻr yuvish kuzqish faslida 3—4, ayrim yerlarda esa 6—8 ming m³/ga umumiy normada, 6—8 kun oralatib, 2—3 marta suv berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Atmosfera yogʻinlari koʻp (250 mm) yerlarda profilaktik shoʻr yuvishni kuzqish davrida oʻtkazish maqsadiga muvofiqdir. Yogʻinlar kam tushadigan mintaqalar (Xorazm, Qoraqalpogʻiston)da yerlarni kuzda (noyab.) 2—3 marta va albatta ekish oldidan qoʻshimcha (fev.—mart) yuvish tavsiya etiladi. Kam shoʻrlangan va mexanik tarkibi yengil tuproqlarda faqat ba-horgi yuvish bilan cheklanish mumkin. Bunday suv ayni vaqtda yaxob vazifasini ham bajaradi.

Shoʻr yerlar melioratsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Jump to navigationJump to search


Download 15,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish