O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «Menejment»


Bino, inshootlar, texnologik va muxandislik jixozlari, transport vositalari va boshqa xarajatlarini hisoblash



Download 0,89 Mb.
bet80/135
Sana20.06.2023
Hajmi0,89 Mb.
#952389
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   135
Bog'liq
БИЗНЕС ЖАРАЁНЛАРИНИ ЛОЙИХАЛАШ

Bino, inshootlar, texnologik va muxandislik jixozlari, transport vositalari va boshqa xarajatlarini hisoblash.
Bino va inshootlar qiymati aslida loyiha-smeta xujjatlari tayyorlanib, ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng aniqlanadi. Lekin loyiha-smeta xujjatlari (LSX)ni tayyorlash katta mablag‘larni talab qiladi (qurilish-montaj ishlari qiymatining 1% dan 7% gacha bo‘lgan miqdorda). Biznes reja tayyorlanish jarayonida moliyaviy salbiy natija olish ham mumkin. Bu xolat loyihani amalga oshirish yoki oshirmaslik haqida xulosa beradi. LSX ni tayyorlab, mablag‘larni sarflanganda moliyaviy natijalar salbiy chiqsa, mablag‘lar bexuda sarflangan bo‘ladi. Bunday holatlarni oldini olish uchun kurilish-montaj ishlari qiymatini analog bo‘lgan bino va inshootlar qiymatiga nisbatan taxminan hisoblab chiqish mumkin. Ya’ni, shisha tolasi ishlab chiqarish binolari parametrlari aniq bo‘lgandan so‘ng yaqin 2 yil ichida shunday parametrda qurilgan binolarning qiymati yoki bajarilgan LSX dan 1kv metr (yoki 1 kub m) qiymatidan kelib chiqib aniqlab olish mumkin.
Texnologik jixozlar qiymatini aniqlash texnologik jixozlar aniq tanlanib bo‘lganidan so‘ng amalga oshiriladi. Bu yerda texnologik jixozlarning texnik xarakteristikalari yozilgan texnik vazifa tayyorlanadi va bir necha ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga yuboriladi. Ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng ulardan tijorat takliflari qabul qilinadi. Olingan takliflardan eng katta qiymatdagi taklifni asos qilgan holda jixozlar qiymati biznes rejaga kiritiladi (sotib olinayotgan paytda savdolashib narxlarni pasaytirish mumkin bo‘ladi). Biznes reja tuzilib, ijobiy moliyaviy natija olingan taqdirda texnologik jixozlarga taklif bergan kompaniyalar bilan xarid qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.
Muxandislik jixozlari – texnologik dastgoxlar, qurilmalar, bino va inshootlar faoliyat ko‘rsatishi uchun xizmat qiladigan jixozlardir. Bular jumlasiga elektr transformatorlar, kompressorlar, isitish va sovutish qurilmalari, suv nasoslari, ventilyatsiya tizimlari, kanalizatsiya tarmoqlari, suv quduqlari va xokazolar kiradi. Ularning parametrlari ishlab chiqarish texnologiyasi va loyixa-smeta xujjatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Texnologik jixozlar parametrlari va LSX tayyor bo‘lmagan taqdirda xuddi shunday ishlab chiqarish tarmoqlarini analog qilib olgan xolda hisoblab topish mumkin. 8.1.-rasmda ko‘rsatilgan sxemada oxirgi bosqich – biznes reja korrektirovkasi amalga oshirilishi belgilangan. Agar dastlabki hisoblar asosida biznes reja ijobiy moliyaviy natijalar ko‘rsatgan taqdirda taxminiy va analog usullarda olingan binolar va jixozlar qiymatiga aniqlik kiritib, so‘ng qaytadan biznes rejasi ko‘rib chiqiladi.
Loyihada ko‘zda tutilgan transport vositalari universal va standart jixozlar hisoblanadi (operatsiyalararo konveyerlar va robot-manipulyatrlar bundan mustasno). Ularning parametrlari va texnik xarakteristikasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar internet saytlaridan olish mumkin. Ularning narxlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning tijorat taklifidan olish mumkin.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish