O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


YOSHLARNI YUKSAK HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

YOSHLARNI YUKSAK HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA 
TARBIYALASHNING DOLZARB MASALALARI
69
 
Yuqori professional, harbiy va vatanparvarlik bo’yicha sadoqatli, fidoyi va 
mard harbiy xizmatchilarni tarbiyalsh Vatan yaxlitligini himoya qilishning eng 
muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So’nggi yillarda armiyani izchillik bilan isloh 
69
 
Musayeva Shahzoda
 
Ibrohimovna
 - 
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti



258 
qilish va rivojlantirish, davlatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy 
kadrlarni tayyorlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. 
Shu o’rinda aytib o’tishimiz joizki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik-ruhida 
tarbiyalash konsepsiyasi to’g’risida”gi 140-son qarorining qabul qilinishi, armiya va 
xalq birligini ta’minlash borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan 
hamkorlikdagi ishlarning kuchaytirilganligi milliy armiyamiz saflarini mustahkam 
iroda, faol fuqorolik pozitsiyasiga ega bo’lgan yoshlar bilan to’ldirib borish imkonini 
bermoqda. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga jismonan 
va ma’nan sog’lom avlodni tarbiyalashga oid yaxlit ta’lim-tarbiya tizimining uzviy va 
ajralmas qismi sifatida qaralib, O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda 
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi talablari asosida milliy va jahondagi 
ilg’or tajribalar, bugungi O’zbekiston hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar 
bilan uyg’un ravishda takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib 
kelmoqda.[1] 
Ona-Vatanimizni ko’z qorachig’idek asrash, uning shuhratini dunyoga 
tarannum etish bilan bog’liq eng muhim tushunchalar, hayotiy va professional 
ko’nikmalarni ilm-ma’rifat asosida yoshlarning qalbi va ongiga ilk bolalik davridan 
boshlab singdirib borish orqali O’zbekistonning haqiqiy vatanparvar fuqarolarini 
tarbiyalash Kontseptsiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi va uni amalga oshirish, 
ijrosini ta’minlash biz ustoz-murabbiylarga ham katta ma’suliyatni yuklaydi. 
Vatan tuyg’usi bo’lgan kishidagina vatanparvarlik jo’sh uradi. Birinchi 
prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: “Vatanga muhabbat hissi odamning 
qalbida tabiiy ravishda tug’iladi. Ya’ni, inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini 
bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz 
qanchalik chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz 
bo’ladi”.[2] 
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — bu millati, tili va 
kasbidan qat’i nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg’usini shakllantirish, ularni o’z 
fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat 


259 
manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan davlat 
organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ko’p bosqichli, tizimli, 
maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyati hisoblanadi. 
Biz yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalar ekanmiz quyidagi asosiy 
vazifalari hisobga olishimiz darkor: 
-yoshlarni milliy g’oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi 
va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish; 
-qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va 
ravnaqi yo’lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga 
munosib voris bo’lish tuyg’usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va 
salohiyatiga bo’lgan ishonchni kuchaytirish; 
-milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, 
harbiy xizmat har bir O’zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi 
tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko’nikmalarni mustahkamlash; 
-yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro’y berayotgan siyosiy-ijtimoiy 
jarayonlarga 
milliy 
manfaatlarimizdan 
kelib 
chiqqan 
holda 
yondashish 
ko’nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni 
shakllantirish; 
-har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, 
zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega 
yoshlarni tarbiyalash; 
O’zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha 
jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo’lish — bu bugungi 
kun talabi ekanini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga 
singdirib borish bizlarning oliy maqsadlarimizdan biriga aylanishi lozim. Albatta bu 
jarayon birdaniga bo’lib qolmaydi, buni bosqichma-bosqich amalga oshirish 
maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadni ifoda etuvchi turli davra suhbatlari, faxriylar 
bilan uchrashuvlar, sport musobaqalari, viktorinalar tashkil etish, harbiy kasb 
mutaxassisliklari, harbiy kadrlar tayyorlash masalalari hamda yoshlarning harbiy-
vatanparvarlik tarbiyasiga yo’naltirilgan hujjatli filmlarni ko’proq namoyish etish, 


260 
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylik kasbi nufuzini oshirish, 
harbiy xizmatchilar erishayotgan yutuqlar va ularning ijtimoiy himoyasi borasida 
amalga oshirilayotgan ishlar haqida respublika va mahalliy ommaviy axborot 
vositalari orqali chiqishlar uyushtirish ham bu jarayonga samarali ta’sir etadi. 
Yoshlar ongida vatanparvarlikni shakllantirish va ularni umuminsoniy 
qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifasi ekan, 
bizningcha aynan harbiylar ongiga milliy-istiqlol g’oyalarini singdirish bugunning 
dolzarb masalasidir. Chunki harbiylar vatanimiz sarhadlarini qo’riqlaydilar, ular tom 
ma’noda vatan qalqonlaridir. Bu murakkab va sharafli burchni milliy o’zligini 
anglagan, insonparvarlikni muqaddas deb bilgan yosh yigitlargina to’la-to’kis ado eta 
oladilar. Tarixda o’tgan sparta, usmoniylar, temuriylar kabi davlatlarda harbiylar 
vatanparvarlik ruhida maxsus dasturlar asosida tarbiyalanganlar. 
Ma’lumki, Sohibqiron Amir Temur davlat boshqaruvini, jumladan, harbiy 
ilmni san’at darajasiga ko’targan va uning siyosati, harbiy tizimi asrlar osha boshqa 
yirik davlatlarga dastur vazifasini o’tagan. Yoshlar va harbiylar ongiga vatanparvarlik 
g’oyalarini singdirish uchun biz sohibqironning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, 
madaniy ta’limotiga ko’proq murojaat qilishimiz kerak. Teranroq qaralsa “Temur 
tuzuklari”da o’z davrining milliy g’oyalari aniq va puxta bayon etilgan. 
Darhaqiqat, 
biz 
Vatanga 
bo’lgan 
muhabbatimizni 
vatanparvar 
va millatu mamlakatga 
xizmat 
qiladigan 
farzandlarni 
tarbiya 
etish 
bilan 
ko’rsatishimiz mumkin. Zero, qo’nim topgan joyimiz, Vatan deb bilgan shu yurt 
uchun qanchadan-qancha insonlar joni fido bo’lganligini unutmaylik. Vatan – 
yagonadir, Vatan – bittadir, degan g’oyani shu mo’tabar zaminimizda yashayotgan 
har qaysi inson, unib-o’sib kelayotgan avlodlarning ongi va tafakkuriga singdirish, 
ularning hayotiy ehtiyojiga aylantirishni eng ustuvor maqsadimiz deb bilmog’imiz, 
xalqimiz orasidan etishib chiqqan buyuk qahramonlarimiz, jumladan Amir Temur 
merosi, o’z xalqi istiqboli uchun ko’rsatgan jasoratlarini o’rganishni asosiy darajaga 
olib chiqishimiz kerak.


261 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish