Basketbol
Basketbol (
inglizcha
basketball soʻzidan olingan boʻlib,
basket —
savat
,
ball —
toʻp
)
har birida
beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Oʻyindan bosh maqsad — toʻpni
qoʻl bilan oʻynagan holda 3,05 m balandlikdagi shitga mustahkamlangan savatga tushirib,
imkon qadar koʻproq ochko olish. Har bir jamoada beshtadan oʻyinchi ishtirok etadi.
Jahondagi eng kuchli basketbol ligasi ham Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA) dir.
Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992-yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH t/j
sharafini yirik musobaqalarda xam ximoya qilib kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol
turnirida eng koʻp AQSH t/j golib chiqqan — 12-marta, Faqatgina SSSR 2-marta (1972, 1988),
Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan. Basketbol
tarixidagi eng buyuk oʻyinchilar AQSHlik Karim Abduljabbar, Lerri Berd, Medjik Djonson, Uilt
CHemberlen, Uilyam Rassel, Maykl Jordon xisoblanishadi. Zamonaviy basketbol
yulduzlaridan SHakil Oʻnil, Kobi Brayant,
Tim Dankan, Alen Ayverson, Lebron Djeymslarni
eʼtirof etish mumkin. Yevropa basketboli yulduzlaridan rossiyalik Andrey Kirilenko,
germaniyalik Dirk Novitski, ispaniyalik Pou Gazol, serbiyalik Predrag Stoyakovich va
fransiyalik Toni Parkerlarni eʼtirof etish mumkin. SHuningdek xitoylik Yao Min va argentinalik
Emmanuel Jinobili xam Dune basketbol ixlosmandlari orasida katta nufuzga ega.
Odatda, basketbol oʻyinchilari quyidagi pozitsiyalarda oʻynashadi:
Hujumkor himoyachi (
ing. Shooting guard, SG); uning vazifasi — uzoq masofadan toʻpni
savatga tushirish.
Jamoa himoyalanayotganda esa, uch ochkolik zarbalardan savatni
himoya qilish. Ularni jamoaning „snayperi“ deb ham atash mumkin. Ular chaqqon va tezkor
boʻlishadi. Shuningdek, yaxshi sakray olishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 193-201 sm ni
tashkil qiladi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, koʻplab basketbol afsonalari, masalan,
Michael Jordan
,
Reggie Miller
,
Clyde Drexler
,
Oscar Robertson
,
Jerry West
,
Allan
Houston
,
Allan Iverson
,
Kobe Bryant
,
Dwayne Wade
kabilar aynan hujumkor himoyachi boʻlishgan.
Hozirgi kunda oʻynayotgan NBA oʻyinchilaridan
James Harden
va
Klay Thompsonni
ham
alohida aytib oʻtish mumkin.
Pleymeyker (
ing. Point guard, PG); Jamoaning „miya“si. Hamma hujumlar aynan shu
oʻyinchi orqali boshlanadi. U maydondagi barcha oʻyinchilarning joylashuvi vaziyatini va
imkoinyatlarini oʻrganib, hujum uchun kerakli yoʻnalishni tanlaydi. Toʻp bilan muomala qilish
darajasi juda yuqori. Maydonni yaxshi koʻra olishadi. Himoya
vaqtida esa raqib tezkor
qarshi hujumga oʻtib ketishining oldini olishadi. Jamoaning boshqa oʻyinchilariga nisbatan
biroz past boʻyli boʻlishi ham mumkin. Oʻrtacha boʻyi taxminan 185-195 sm ni tashkil qiladi.
Michael Jordan
basketbol matchida
slam dunk
qilmoqda.
Basketbol oʻyinchilarining pozitsiyalari
Bu pozitsiyada oʻynagan eng mashhur oʻyinchi bu
Magic Johnsondir
. U 3-marta
NBAning
eng qimmatli oʻyinchisi deb eʼtirof etilgan. Bunday unvonga yana
Oscar Robertson
,
Allen
Iverson
,
Steve Nash
va
Stephen Currylar
erishishgan. NBA boʻyicha eng koʻp samarali toʻp
uzatishlar soni 15086 ga teng boʻlib, bu natija
John
Stockton
ga tegishli.
Kichik hujumchi (
ing. Small forward, SF); vazifasi hujumkor himoyachinikiga oʻxshash, lekin
boʻy jihatdan biroz balandroq boʻlishadi (oʻrtacha boʻyi taxminan 195-210 sm), shuningdek,
maydonning istalgan nuqtasidan savatga toʻp tashlay oladi, raqib toʻplarini qaytarish uchun
blok (
ing. Block shoot) qoʻyishadi. Bu pozitsiyada oʻynaydigan mashhur oʻyinchilardan
LeBron James
,
Kevin Durant
,
Skotty Pippen
,
Carmelo Anthony
va
rossiyalik basketbolchi
Andrei Kirilenko
larni aytib oʻtish mumkin.
Ogʻir hujumchi (
ing. Power forward, PF); asosiy vazifasi hujum vaqtida va himoyalanishda
savatdan qaytgan toʻplarni qoʻlga kiritish. Shu sababli bu pozitsiyada oʻynaydigan
oʻyinchilar jismonan baquvvat va chidamli boʻlishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 200-215 sm
ni tashkil etadi. Asosan, toʻpni savatga
slem-dank
koʻrinishida tushirishadi. Boshqa
pozitsiyadagi oʻyinchilar, masalan, hujumkor himoyachi yoki kichik hujumchi ham bunday
dankni amalga oshirishi mumkin. Lekin ogʻir hujumchilar bu zarbani mutlaqo boshqacha
kuch bilan ijro etishadi. Bu pozitsiyada oʻynagan
Kevin Garnett
,
Tim
Duncan
,
Dirk Nowitzki
,
Dennis Rodman
,
Ben Wallace
kabi oʻyinchilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Markaziy oʻyinchi (
ing. Center, C); uning vazifasi — jamoa himoyalanayotganda, savatni
himoya qilish va raqibga savatdan qaytgan toʻp (
ing.
rebound
)ni qoʻlga kiritishiga yoʻl
qoʻymaslik. Hujum vaqtida esa, aynan savatdan qaytgan toʻplarni raqib savatiga tushirish
bilan shugʻullanishadi. Bu toifadagi basketbolchilar jamoaning boshqa aʼzolariga nisbatan
boʻydorroq va jismonan baquvvatroq boʻlishadi. Jarimadan toʻpni
savatga tushirishda esa,
koʻrsatkichlari 70 % dan kamroq boʻladi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 210-225 sm boʻladi. Bu
pozitsiyada oʻynagan eng yorqin basketbolchilardan biri — bu
Uilt Chemberlendir
. Uning
baʼzi rekordlari haligacha ham yangilanmagan (masalan, u bitta oʻyinda 100 ochko
toʻplagan yagona oʻyinchi hisoblanadi). Shuningdek,
Shaquille O'Neal
,
Alexsander Belov
,
Arvydas Sabonis
,
Yao Min
,
Dwight Howard
,
Patric Young
,
David Robinson
,
Kareem Abdul-
Jabbar
kabi oʻyinchilar ham basketbol tarixidagi eng kuchli markaziy oʻyinchilar
hisoblanadi.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar