O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Tashkilotchi:
Harbiy-texnik instituti, Gumanitar va
ijtimoiy fanlar kafedrasi 
Mas’ul muharrir:
p.f.d., dotsent Sh.Akramova 
 
Tahrir hay’ati:
f.f.d. (PhD), dotsent K.Usmonov 
f.f.d. Musayev F.A. 
p.f.d. S.Abduxalikov 
p.f.n. Raximov J. 
t.f.n., dotsent Rasulova N.S.
To’plamga kiritilgan ma’lumotlarning to’g’riligi va aniqligi uchun mualliflar 
mas’ulligi belgilangan.
© O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2019. 



O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti boshlig’i 
yu.f.d., professor, polkovnik Rustambayev Mirzayusup Xakimovichning
KIRISH SO’ZI
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari va mehmonlar!
Inson dunyoga kelgan joy uning uchun jondan aziz Vatani hisoblanadi. 
Ajdodlarining hoki to’kilgan joy inson uchun bebaho, barcha ne’matlardan ham 
qimmatli hisoblanadi. Shunday ekan, ona-Vatanni ardoqlash, unga bo’lgan faxr-
iftixor tuyg’usini his etish, dushmanlardan asrashda qalqon bo’lish komil inson qalbi 
va vijdonida yaqqol aks etadi.
Ma’lumki, Vatan himoyasida toblangan mard o’g’lonlar o’zining mardlik va 
jasurlik fazilatlari, yuksak vatanparvarlik tuyg’usi bilan obro’-e’tibor qozongan 
harbiy xizmatchilar yoshlarga har tomonlama ibrat va o’rnak namunasi hisoblanadi.
Dunyoda g’oyaviy va siyosiy kurashlar keskinlashayotgan bir sharoitda 
yoshlarda vatanparvarlik, xususan, harbiy vatanparvarlik hissini shakllantirishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarning 
vatanparvarlik tarbiyasi bo’yicha davlat dasturi, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi 
samaradorligini oshirish kontseptsiyasi qabul qilingan, yoshlarning vatanparvarlik 
borasidagi tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi va davlat tomonidan moliyaviy ko’mak 
beriluvchi ko’plab jamoatchilik asosidagi faxriylar tashkilotlari, skautlar uyushmasi, 
Kadetlar kuchlari tashkiloti tashkil etilgan. 
Jahonda mamlakat mudofaasining asosiy ko’rsatkichi vatanparvarlik hissi 
yuqori darajada rivojlangan, fidoyi, bilim va tajribasini Vatanga baxshida etuvchi 
avlodni shakllantirish hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, mazkur fazilatlarni 
shakllantirish mexanizmlarini, rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishni taqozo 
etadi. Shu bois, bugun dunyoda milliy vatanparvarlikning genezisi, evolyutsiyasi va 
transformatsiyasi; 
millatlararo 
munosabatlarda 
vatanparvarlikning 
o’rni; 
vatanparvarlik va geosiyosat muammosi; vatanparvarlik fenomenining axloqiy 
mazmuni, o’zgarish dinamikasi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda vatanparvarlik tarbiyasi va targ’ibotiga 
munosabat tubdan o’zgardi. Vatanparvarlikni targ’ib qilishning samarali 
mexanizmlari ishlab chiqildi, bu borada texnik va texnologik vositalarning 
imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish tizimi yo’lga qo’yildi. Yoshlarda fuqarolik 



pozitsiyasi, mas’uliyatini shakllantirish maqsadida turli harbiy-sport musobaqalari, 
ko’rik-tanlovlar o’tkazilmoqda. «Mustaqillik», «Amir Temur», «Jaloliddin 
Manguberdi» ordenlari, «Jasorat», «Sodiq xizmatlari uchun», «Mardlik» medallari 
ta’sis etildi. Ayniqsa, yoshlarda harbiy vatanparvarlik hissini shakllantirishga katta 
e’tibor qaratilmoqda. Harbiy akademik litseylarga «Temurbeklar maktabi» nomi 
berilishi fikrimizning yorqin dalilidir. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini 
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini 
takomillashtirishning beshta ustuvor yo’nalishlaridan biri “Xavfsizlik, millatlararo 
totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro 
manfaatli va amaliy tashqi siyosat” qilib belgilanganligi harbiy vatanparvarlikni 
chinakam e’tiqodga aylantirish bilan bog’liq ilmiy muammolarni tadqiq etish 
zaruratini keltirib chiqaradi.
Yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining metodologik 
asosiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “O'zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini 
oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-3898-son Qaroriga 
tayangan holda mazkur Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi muayyan darajada 
xizmat qiladi.
O’ylaymizki, ushbu konferensiyada bildirilgan fikr-mulohazalar yoshlar va 
kursantlar vatanparvarlik tarbiyasini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan 
ishlarimizni tubdan yaxshilashga va uni bosqichga ko’tarishga xizmat qiladi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish