O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Adabiyot 
Ergasheva G.M. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda 
ko’rgazmali qurollardan foydalanish (albom – o’quv-uslubiy qo’llanma). – T., 2008. 
– B.20. 112
 
 
BO’LAJAK HARBIY XIZMATCHILARNI VATANPARVARLIK 
RUHIDA TARBIYALASH MASALALARI
3
 
Hozirgi kunda pedagogika fani faqat yosh avlodni tarbiyalash va shakllantirish 
uchungina zarur bo’lib qolmay, balki fanning roli jamiyatning barcha sohalarida 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Binobarin, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini 
mustahkamlash O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining [4] 
ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. Ushbu Strategiyaga binoan 2017 
yilda boshqa sohalar qatorida harbiy sohada ham keng ko’lamli o’zgarishlar amalga 
oshirildi. Qisqa muddatda dastlabki aniq natijalarga erishildi va yangilanayotgan 
Qurolli Kuchlar tizimi bo’yicha strategik yondashuv ishlab chiqildi. Bu esa “yosh 
avlodimizda qat’iy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak mas’uliyat 
tuyg’usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olib, 
mamlakatimizda o’rta maktabdan boshlab oliy o’quv yurtlarigacha qamrab oladigan 
uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo’yicha o’ziga xos noyob va yaxlit 
3
 
Akramova Shaxnoza Abrorovna
– pedagogika fanlari doktori, dotsent - O’zbekiston Respublikasi Milliy 
Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti 


16 
tizim yaratilmoqda” [1], deya bayonot qildi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan 
yig’ilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. 
Ma’lumki, Vatan himoyasida toblangan mard o’g’lonlar o’zining mardlik va 
jasurlik fazilatlari, yuksak vatanparvarlik tuyg’usi bilan obro’-e’tibor qozongan 
harbiy xizmatchilar yoshlarga har tomonlama ibrat va o’rnak namunasi hisoblanadi.
Inson dunyoga kelgan joy uning uchun jondan aziz Vatani hisoblanadi. 
Ajdodlarining hoki to’kilgan joy inson uchun bebaho, barcha ne’matlardan ham 
qimmatli hisoblanadi. Shunday ekan, ona-Vatanni ardoqlash, unga bo’lgan faxr-
iftixor tuyg’usini his etish, dushmanlardan asrashda qalqon bo’lish komil inson qalbi 
va vijdonida yaqqol aks etadi. Xizmat safari yoki sayohatga chiqqan damlarida 
Vatanni sog’inib, ko’z oldiga har zamon hayolan keltirishi, o’z yurti boshidan 
kechirayotgan xursandchilik va qayg’uli voqealarga nisbatan daxldorligini namoyon 
etishi Vataniga bo’lgan muhabbatning yaqqol namunasidir.
Zero, Islom dini ta’limotida ham odamzot o’zi istiqomat qiladigan hududini, oila 
ahlini, yoru-birodarlari, ojizlarni himoya qilishi eng ulug’ amallardan biri 
hisoblanadi. Vatan himoyasi uchun harbiylik xizmatida turish ham Islom dinida ulkan 
savobli amal sanaladi. Imom Muslim rivoyatida Payg’ambar Muhammad: “Bir kecha 
kunduz “ribot” (ya’ni dushman qarshisida turish), bir oy tutilgan nafl ro’za va 
o’qilgan tungi namozdan yaxshidir” [2]
,
– deya ta’kidlagan.
Uzoq o’tmishdan ayonki, dushman tomonidan ishg’ol etilgan mamlakatda o’sha 
joyning xalqi, millati hech qachon ro’shnolik ko’rmagan. Shuning uchun, Vatan 
yog’iylar qo’lida qolishi millat uchun xo’rlik va azob-uqubat, qaddi bukilishi 
demakdir. Zero, Vatan, millat kalomi inson bolasi uchun har narsadan buyuk va 
muqaddasdir.
Xalqning boshiga og’ir musbat tushganda, o’z huzur-halovatini asrash uchun 
Vatanni tashlab, qulayroq mamlakatni o’zi maskaniga aylantirishi insoniylikka to’g’ri 
kelmaydi. Donolar bejizga “O’zga yurtda shoh bo’lganingcha o’z yurtingda gado 
bo’l”, deb aytishmagan. O’z jismi huzur-halovatini o’ylab, yoru-birodarlarini unutgan 
kishi nafaqat o’z ona-Vatanini tark etadi, balki o’zga yurtlardan yaxshi qo’nim topish 
uchun o’z xalqiga hiyonat ham qiladi.


17 
1370 yilda taxtga chiqib, mustaqil davlatchilikni tiklagan Amir Temur 
mamlakatni obod qilib, uning har tomonlama rivojlanishi uchun juda katta kurash va 
muhim tadbirlarni amalga oshirgan Sohibqiron o’z qo’shinida xizmat qilayotgan har 
bir askardan Vatanga sadoqat talabini yuqori qo’ygan. Chunonchi, “Qaysi bir askar 
tuz haqqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o’z egasidan yuz o’girib, mening 
oldimga kelgan bo’lsa, unday odamni o’zimga eng yomon dushman deb bildim. 
O’zimcha, “Bular o’z sohibiga vafo qilmagach, menga qilarmidi?” deb o’yladim” [3] 
deya bildirgan fikri barcha zamonlar uchun tarixiy saboq vazifasini o’taydi. 
O’zbekiston istiqlolga erishganining ilk kunlardanoq yosh avlodga katta e’tibor 
qaratildi. Binobarin, uzluksiz ta’limda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar 
yoshlar, ayniqsa, bo’lajak harbiylarni o’z ona-Vataniga, milliy g’oyaga sadoqat, 
ajdodlar va milliy qadriyatlarga nisbatan faxr-iftixor ruhida tarbiyalanishida yuqori 
o’rinni egallaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyundagi “Yoshlarga oid 
davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini 
qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmonida bu o’z aksini topdi. Farmonga muvofiq 
Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik 
va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o’rnak bo’lib xizmat 
qilishini inobatga olgan holda Respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga 
“Temurbeklar maktabi” nomi berildi. 
Shuningdek, so’nggi yillarda mamlakat yoshlari uchun Milliy armiya chinakkam 
hayot maktabiga aylandi. Chunonchi, yoshlarning muddatli harbiy xizmatni o’tash 
tizimi takomillashtirildi, harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya 
qilish, armiyani zamonaviy texnika, qurol-aslahalar bilan ta’minlash, davlat 
himoyachilarini ma’naviy rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu o’rinda bir 
jihatga e’tiborni qaratish juda muhimki, armiyani moddiy jihatdan barcha zamonaviy 
qurol-yarog’lar, zarur informatsion texnologiyalar bilan ta’minlagan bilan harbiy 
xizmatchilarda jangovar ruh, Vatanga muhabbat va sadoqat, uning taqdiri uchun 
jonkuyar bo’lmasa yoki beparvolik, loqaydlik kayfiyati hukm sursa, mamlakatning 
ertangi kuni tahdidli holatda qoladi. Ushbu masalada uzoqni ko’ra bilgan O’zbekiston 


18 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev 
“Xavfsiz 
shahar 
– 
xavfsiz 
mamlakat” kontseptsiyasi asosida jamoat tartibini ta’minlashga qaratilgan katta 
ishlarni amalga oshirish asnosida yangi tuzilma, ya’ni, Milliy gvardiyani tashkil 
etilishida o’z tashabbusini ko’rsatdi. Ma’lumki, 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Ichki ishlar vazirligining harbiy qismi 
negizida O’zbekiston Respublikasining Milliy gvardiya brigadasi tuzilgan edi. 
Endilikda Milliy gvardiya tarkibida bir nechta harbiy qism, Harbiy-texnik instituti, 
Toshkentdagi “Temurbeklar maktabi”, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va 
san’at akademik litseyi faoliyat ko’rsatadi. Milliy gvardiya saflarini to’ldirishga 
xizmat qiladigan Harbiy-texnik instituti faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qabul 
qilingan chora-tadbirlarni sifatli va to’liq amalga oshirishni belgilagan holda 
Prezident Sh.Mirziyoyev: “Mazkur institutni mamlakatimizning eng yaxshi oliy 
o’quv yurtlaridan biriga aylantirishi lozim. Kelgusida armiyamiz uchun yuksak 
malakali tayyor kadrlar, kerak bo’lsa, Qurolli Kuchlar qo’mondonlari darajasidagi 
nomzodlar zahirasi aynan mana shu o’quv yurtidan yetishib chiqishi zarur” [1] deya, 
bu sohada faoliyat ko’rsatayotgan pedagog va tarbiyachilarga katta ishonch 
bildirganlar. 
Harbiy xizmatchi deganda, ko’z o’ngimizda, eng avvalo, qomatiga harbiy libos 
yarashgan, tug’ilgan yurti va oq sut bergan xalqini jondan sevuvchi, zamonaviy 
harbiy bilim va ko’nikmalarga ega, tinchlik va barqarorlikni saqlashdek olijanob 
maqsad yo’lida har qanday jasoratga tayyor mard va botir o’g’lonlar namoyon 
bo’ladi. Hozirda Milliy gvardiya saflarida jangovar shayligi va kasbiy malakasi 
yuqori, chuqur bilim va intellektual salohiyatga, o’z muqaddas harbiy burchini 
bajarish yo’lida qat’iy iroda va mustahkam tayyorgarlikka ega bo’lgan, yurtimizga 
sadoqatli, mard va fidoiy insonlar ko’p. Biroq, bu kadrlarni zahirasini shakllantirishda 
tobora globallashib borayotgan zamon talablariga javob bera oladigan ilg’or 
innovatsiyalarni tatbiq qilish doimo dolzarb masala bo’lib qolaveradi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish