35
Mulkchilik munosabatlari rivojlana borgan sari vassalliklar lashkarlari Qurolli
kuchlarning asosini tashkil etgan. Har bir mulkdor mohir jangchi bo’lib, o’z qurolli
otryadiga ega bo’lgan. G’arbiy Yevropada piyoda askarlar ahamiyatini yo’qotib, og’ir
qurollangan otliq ritsarlar asosiy kuchga aylangan. Sharqda arablar, turklar,
mo’g’ullar va boshqalarning
davlatlarida Qurolli kuchlar, asosan, og’ir va yengil
qurollangan otliq askarlardan iborat bo’lgan. Yangi davrda, ya’ni XVIII asr oxirida
Yevropa davlatlarida umumiy harbiy xizmat majburiyati joriy etildi.
XIX asr
oxirlariga kelib rivojlangan davlatlarda Qurolli kuchlari soni keskin ko’paydi [3.
392].
Har qanday mustaqil davlatning xavfsizligini uning fuqarolari himoya qilmog’i
lozim. Shuni hisobga olgan holda, yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki
kunlarida – 1991 yil 6 sentyabrda O’zbekiston Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.
1992 yil 14 yanvar kuni esa mamlakat hududidagi barcha harbiy qism va
bo’linmalarini O’zbekiston yurisdiktsiyasiga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi.
Har yili ushbu sana mamlakatimiz bo’ylab “Vatan himoyachilari kuni” deb
nishonlanishi e’lon qilindi. Qurolli kuchlar safida xizmat
qilayotgan har bir harbiy
xizmatchi va uning oila a’zolari ham moddiy, ham ma’naviy tomondan qo’llab-
quvvatlab kelinmoqda.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018
yil 14 maydagi PQ-3726-son “O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiylari
va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashaga oid chora
tadbirlar
to’g’risida”gi qarorida ko’zda tutilganidek, 2018-2019 o’quv yilidan boshlab, Qurolli
Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari,
shartnoma bo’yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari
uchun va nogironligi bo’lgan fuqarolar uchun qabul
kvotasidan tashqari kvota
doirasida o’qishga qabul qilish joriy etildi [2].
Yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, sadoqat va milliy armiyamizga
bo’lgan iftixor va qiziqishni shakllantirish maqsadida ko’plab
amaliy tadbirlar ham
tashkil etilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
“O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda
36
Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi Qarorni imzoladi. Qaror bilan birga O’zbekiston Respublikasi
Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini
nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishga bag’ishlangan Vatanparvarlik oyligi
2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 15-yanvarga qadar o’tkazish bo’yicha tadbirlar
dasturi ham tasdiqlandi. Ushbu dasturga asosan mamlakat bo’ylab Vatanparvarlik
oyligi aholining barcha qatlamlari ishtirokida keng miqyosda nishonlandi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz rivojlanib borayotgan davlatlar qatorida
ekanligi avvalo yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi bilan uzviy bog’liq. Shuni anglab
etgan davlatimizning ertasi hisoblangan yoshlar Qurolli
Kuchlarida fidoyilarcha
xizmat qiladi. Kelajakda esa davlatimiz sarhadlarini himoyasi, vatanparvar, fidoyi va
o’z yurtiga sodiq insonlarning ishonchli qo’llarda bo’lishiga ishonamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: