32
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib Birinchi Prezident
Islom Karimov tashabbusi bilan ushbu tarixiy sana, ya’ni 14-yanvar – “Vatan
himoyachilari kuni” etib belgilangan. Shuning uchun har yil 14-yanvarni “Vatan
himoyachilari
kuni”
sifatida
nishonlaymiz
[1,
279-297].
O’zbekiston
Respublikasining Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo’shinlari, havo hujimidan mudofaa
qo’shinlari, harbiy havo kuchlari, maxsus qo’shinlari, chegara qo’shinlari va boshqa
harbiy tuzilmalardan tashkil topgan. Bundan ko’rinib turibdiki,
bizning armiyamiz
mamlakatimizni har tomonlama ishonchli himoya qila oladi. Hozirgi kunda
armiyamiz har jihatdan takomillashtirildi. Armiya eng zamonaviy qurol-yarog’lar,
harbiy texnika va asbob uskunalar bilan ta’minlandi, askarlar uchun barcha shart-
sharoitlar yaratildi.
Harbiy san’at yurtimizda juda qadim zamonlardanoq rivojlangan. Jaloliddin
Manguberdi, Amir Temur, Bobur kabi ajdodlarimiz qo’shin tuzish va uni boshqarish
ishini, harbiy jang san’atini puxta egallagan edilar. Amir Temur qo’shin tuzib, navkar
olishda yigitlarning kuch- quvvatiga, aql-zakovotiga, chapdastligi va jasurligiga, aql-
zakovotiga e’tibor qaratgan.
Bobolarimiz aytganidek,
Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan
go‘shadan, insonning kindik qoni to‘kilgan xonadon tuprog‘idan boshlanadi. Shu
bois, inson ilk bor nafas olib, ulg‘ayib, voyaga yetgan ona zaminga mehr-muhabbat
va sadoqatli bo‘lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog‘ini ko‘ziga to‘tiyodek
surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz,
ham qarzdir. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etganlar,
qayerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olganlar.
Milliy armiyamizni bosqichma-bosqich va tizimli ravishda shakllantirishda,
avvalo, O‘zbekistonning mintaqamizda va hozirgi dunyoda tutgan geostrategik va
geosiyosiy o‘rnini, mamlakatimiz xavfsizligiga qarshi qaratilgan ichki va tashqi
tahdid va xatarlarni, ayniqsa, kuchayib va faollashib borayotgan xalqaro terrorchilik,
ekstremizm, tobora ko‘lami kengayib
borayotgan narkoagressiya, ommaviy qirg‘in
qurollarining tarqalishi kabi balo-qazolarni hisobga olgan holda ish tutildi.
33
Armiyamiz jahondagi harbiy sohadagi eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam
etgan bo‘lib, ayni paytda milliy jangovar an’analarimizni yuksak sadoqat bilan
davom ettirmoqda. Harbiy o‘quv yurtlarimizdagi ta’lim tizimi tubdan o‘zgartirildi,
ularda bo‘lg‘usi zobitlar tayyorlash va tarbiyalash hozirgi zamon talablariga to‘la mos
keladigan, prinsipial jihatdan mutlaqo yangi bo‘lgan o‘quv-texnik va ma’naviy-
axloqiy asosda yo‘lga qo‘yilgan.
Jamiyatimizda Respublikamiz Qurolli kuchlarining salohiyati va obro‘si,
mamlakatimiz mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayotini va
mustaqilligini mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilish, yosh
avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini keng yoritib berish, ularni
o‘z Vataniga sodiq va fidoiy insonlar etib tarbiyalash har bir fuqaro uchun eng
muhim vazifalaridan biriga aylangan. O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng
ko‘lamli islohatlar tufayli yurtimiz xavfsizligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli
himoya qilishga, aholimizning tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan
har qanday
g‘arazli urinishlarning oldini olishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, tashkiliy jihatdan
mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan milliy
armiyamiz shakllantirildi.
Bugungi kun yoshlari Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi,
komil
inson, ijtimoiy hamkorlik kabi milliy g‘oyaning asosiy yo‘nalishlari shakllangan
holda tarbiyalanmoqda. Armiyamiz hozirgi kunda nafaqat Vatanimiz chegaralarini,
xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilmoqda, ayni vaqtda mustahkam
iroda
va xarakter, mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadigan, jismoniy chiniqish va
yuksak insoniy fazilatlar kamol topadigan haqiqiy professional malaka oshirish
maktabiga aylandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 14 dekabrdagi Oliy Majlis
palatalarining qo‘shma majlisida “O‘zbekiston va uning bag‘rikeng
xalqi
tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan
qarash tamoyillarini amalga oshirish pozitsiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda.
Lekin, zarur bo‘lsa, biz mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga, xalqimizning
tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba
34
berishga qodirmiz dedilar.
Shuning uchun men, xalqimizga murojaat qilib, shuni
aytmoqchimanki, bu masalada hech kimda hech qanday ikkilanish va shubha
bo‘lmasligi lozim. Bunga bizning kuchimiz ham, qudratimiz ham yetarli” deb g‘urur
bilan ta’kidlab o‘tdi.
Shuning uchun biz yoshlarning asosiy vazifamiz, Vatanimiz, xalqimiz
tinchligi
va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish ham bugungi kunda har birimizning
burchimizga aylanib bormoqda. Buning uchun biz yoshlar Vatanimiz taraqqiyoti
uchun astoydil bel bog’lashimiz lozim. Muntazaam sport bilan shug’ullanib
chiniqishimiz, til va kasb-hunar o’rganishimiz shart. Ana shundagina biz chinakam
yurt posboni bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: