Adabiyotlar
1. Karimov I. Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta
hayotimizning mustahkam kafolatidir. - Toshkent: O’zbekiston. 2003.
2.
Islamov A. Vatan himoyasi — muqaddas burch. - Toshkent: O’qituvchi,
2001.
3. Ashurov S. Armiya — davlat tayanchi va tinchlik kafolati. - Toshkent:
Akademiya 2005.
QUDRATLI ARMIYA – DAVLATNING ZABARDAST USTUNI
6
Dunyoda elim deb, yurtim deb yashaydigan inson eng baxtli insondir. Vatan
himoyachilari – o‘zgalar rohatini o‘z hayotidan ustun qo‘ya olgan ana shunday
fidoyilar. Ular Vatanimizni, erk va ozodligimizni har qanday yovdan, xatardan
muhofaza etadilar. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Bu dunyoda
er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo, o‘z oilasi, Vatani va
xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir” [1, 4-b.].
6
Abdisalomova Shahlo Abdimurod qizi
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti
universiteti
28
Har bir insonning vatanparvarlik tuyg‘usi bolalikdan shakllanadi. Shu ezgu
niyatni doimo mustahkamlab turadigan maskan – bu Armiya. Mustahkam zamonaviy
armiyaga ega bo‘lish har qanday davlat oldidagi asosiy vazifadir. Shuning uchun,
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki
yillaridayoq harbiy sohani rivojlantirishga alohida e’tibor bergan. Jumladan, 1991-yil
6-sentabrda Mudofaa ishlari vazirligi tuzilganligi ma’lum qilindi. Yurtboshimizning
1992-yil 14-yanvardagi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz hududida joylashgan barcha
harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasining harbiy tasarrufiga o‘tkazildi. Ana shu
tarixiy kun – 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlanib
kelinmoqda. Shu tariqa, yurtimizning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini,
aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etildi [2, 149-b.]. Bu Konstitutsiyamizning 125-
moddasida ham o‘z ifodasini topgan [3, 68-b.]. Davlatimiz o‘z osoyishtaligini
ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega. U quruqlikdagi qo‘shinlar,
harbiy havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari, maxsus va muhandislik-
qurilish qo‘shinlari, chegara qo‘shinlari hamda saralangan qo‘shinlardan iborat.
Mustaqillik yillaridan to bugungi kungacha Qurolli Kuchlar tizimini mustahkamlash,
mamlakatimiz harbiy qudratini yuksaltirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirib
kelinmoqda. Yurtimizda yuksak malakali harbiy kadrlarni tayyorlash ko‘zda tutilib,
Toshkentda Qurolli Kuchlar akademiyasi va Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim
yurti, Chirchiqda Oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Samarqandda
Oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jizzax oliy harbiy
aviatsiya bilim yurti, Toshkent harbiy-texnika instituti, Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti qoshida maxsus fakultet, Toshkent tibbiyot akademiyasi
huzurida harbiy tibbiyot fakulteti, fuqarolik oliy o‘quv yurtlarining harbiy
fakultetlari, serjantlar tayyorlash maktablari va harbiy litseylar faoliyati yo‘lga
qo‘yildi. Muddatli harbiy xizmat bir yil etib belgilandi, shuningdek, harbiy
xizmatchilarning
ijtimoiy-maishiy
sharoitlari,
oziq-ovqat
ta’minoti tubdan
yaxshilandi. Yurt posbonlarining xizmatlarini munosib rag‘batlantirish yo‘lida
davlatimizda harbiy kadrlar uchun katta imkoniyatlar yaratib berildi. Xususan,
29
muddatli harbiy xizmatni o‘tab, rezervga bo‘shatilgan yoshlarning ishga joylashishi
va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi bilan bog‘liq imtiyozlar tizimi belgilandi.
“Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Mardlik” ordenlari,
“Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” kabi medallarning ta’sis etilishi ham harbiy soha
vakillariga nisbatan cheksiz hurmat va ehtirom namunasidir [4, 33-b.]. Bularning
barchasi harbiy jamoalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirib, yoshlar
o‘rtasida harbiy xizmat nufuzining keskin oshirilishida muhim omillardan bo‘ldi.
Ko‘rinib turibdiki, tarixan qisqa muddat ichida o‘zining buyuk tarixi va
ajdodlariga munosib voris bo‘lgan xalqimiz mamlakat xavfsizligini ta’minlashga
qodir armiyani barpo eta oldi. Zamonaviy qudratli armiyani shakllantirish yo‘lida
bugungi kunda ham tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, Milliy gvardiya va
mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tuzilib, harbiy okruglarning tarkibiy
tuzilishi va vazifalari tubdan qayta ko‘rib chiqildi, qo‘shinlarni boshqarish tizimi
takomillashtirildi, ular bosqichma-bosqich zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan
ta’minlanmoqda. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada
yuksaltirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi [5, 210-b.]. Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi farmoniga muvofiq, barcha harbiy akademik
litseylarga “Temurbeklar maktabi” nomining berilishi yoshlar qalbida yurtga
muhabbat, milliy g‘oyaga sadoqat ruhini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Samarqanddagi Oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining
tugatilishi, Milliy xavfsizlik xizmati maqomining Davlat xavfsizlik xizmati tarzida
qayta nomlanishida ham harbiy sohada tizimlilikni ta’minlash maqsad qilib olingan.
2017-yilda yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil
etilganligining 26 yilligi yangicha ko‘rinishda – umumxalq bayrami tarzida
o‘tkazildi. Xorijiy mamlakatlardan andaza olgan holda Samarqand, Toshkent,
Farg‘ona hamda Jizzax shaharlarida “Armiya va yoshlar” festivallari uyushtirildi va
bu an’anaga aylantirildi [6]. Bunday festivallar yoshlarni harbiy sohaga keng jalb
etishda, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishda dadil qadamlardan
sanaladi. Harbiylarning oilasiga g‘amxo‘rlik qilish, ularga qulay shart-sharoitlar
30
yaratishga bo‘lgan e’tibor hozirda yanada kuchaytirildi. Harbiy kadrlarning
farzandlari uchun oliy o‘quv yurtlarida alohida qabul kvotalari ochildi. Harbiy
xizmatni o‘taganlarga beriladigan imtiyozlarning boshqa abituriyentlarga daxl
qilmasligi ta’minlandi. Kichik ofitser darajasida 45 yosh, katta ofitser darajasida 50
yosh, polkovnik darajasi uchun 55 yosh, general darajasi uchun esa 60 yosh harbiy
soha vakillarining nafaqa yoshi sifatida belgilandi. Amalga oshirilayotgan islohotlar
o‘zining samarali natijalarini bermoqda. Global firepower tahlil kompaniyasi
reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi harbiy qudrati bo‘yicha 2016-yilda 54-, 2017-
yilda 48-o‘rinni egallagan. 2018- yilda o‘z pozitsiyasini 15 darajaga ko‘targan holda
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng qudratli harbiy davlati deb topildi [7, 6-b.].
2018-yil 28-dekabr kuni Prezidentimizning Parlamentga taqdim qilgan
Murojaatnomasida “Qurolli Kuchlarimizda jangovar ruhni yuksaltirish, askar va
ofitserlarimizni jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalashga e’tiborni
yanada kuchaytirish kerak”ligini ta’kidladi. Darhaqiqat, Amir Temur, Jaloliddin
Manguberdi, Pahlavon Mahmud kabi mard va jasur o‘g‘lonlarni tarbiyalash, yoshlar
ongiga milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirish, mafkuraviy immunitetni
shakllantirish hamisha dolzarblik kasb etadi. Demak, yoshlarga munosib ta’lim
berish, ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash muhim
ahamiyatga ega. Bu, o‘z navbatida, zamonaviy armiyamiz saflariga ilmiy-texnik
tadqiqotlarni olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarimizni jalb
qilgan holda Qurolli Kuchlarimizning ilmiy salohiyatini yanada oshirish imkonini
yaratadi.
Buyuk ajdodimiz Amir Temur “Boy mamlakatning askari baquvvat bo‘lur,
askari baquvvat mamlakat boy bo‘lur” deb ta’kidlaganlar. Shunday ekan, Vatan
himoyasini o‘zining kasbi, xalq oldidagi muqaddas burchi deb biladigan, butun
hayotini milliy armiya safida xizmat qilishga bag‘ishlagan o‘g‘lonlarimizning yuksak
xizmatlarini qadrlash, o‘z harbiy mahoratini oshirish yo‘lida qilayotgan mashaqqatli
mehnatlarini e’zozlash barchamiz uchun ham farz, ham qarzdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |