Yillarda Buyuk Britaniya



Download 64 Kb.
bet1/2
Sana21.05.2021
Hajmi64 Kb.
#65037
  1   2
Bog'liq
1918-1939 yillarda Buyuk Britaniya


1918-1939 yillarda Buyuk Britaniya
1. Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari, avvalio, uning bu urushda g’olib chiqqan davlatlardan biri bo’lganligi bilan belgilandi. G’alaba tufayli Buyuk Britaniya ko’p narsalarga erishdi. Chunonchi, Germaniyaning Buyuk Britaniyaga xavfi barham topdi.

Buyuk Britaniya harbiy qudrati va xalqaro maydondagi ta’siri yanada o’sdi hamda u Millatlar Ligasida hukmron mavqega ega bo’lgan davlatga aylandi. Millatlar Ligasi joriy etgan mandate tizimi eng ko’p darajada Buyuk Britaniyaga foyda keltirdi. Chunonchi, mag’lub Germaniya va Turkiya sobiq mustamlakalarining eng ko’p qismi Buyuk Britaniyaga tegdi. Masalan, Buyuk Britaniya Yaqin Sharqda Falastin, Transiordaniya va Iroqni boshqarish huquqini qo’lga kiritdi. Afrikada Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismida ham Buyuk Britaniyaning shunday huquqi qaror topdi. Shuningdek, Buyuk Britaniya dominionlari ham quruq qolmadi. Millatlar Ligasi, xususan, Janubiy Afrika Ittifoqiga Germaniyaning Janubi-G’arbiy Afrikasini, Avstraliyaga Yangi Gvineyadagi Germaniya mustamlakalarini, Yangi Zelandiyaga esa G’arbiy Samoa orollarini boshqarish huquqini berdi.

Sanoat ishlab chiqarishi keskin darajada pasaydi. Ishlab chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligi pasayishi oqibatida mamlakat tashqi savdosi hajmi 2 baravardan ortiq kamaydi.

Buyuk Britaniya shundan so’ng o’zining “dengiz malikasi” maqomini tiklay olmadi. Germaniya harbiy-dengiz flioyi qudratli sindirilgan bo’lsa-da endilikda AQSH harbiy-dengiz flotining qudrati shitob bilan o’sib bordi. Natijada 1920 yilga kelib Buyuk Britaniya hukumati ikki davlat harbiy-dengiz flotiga teng keladigan flot saqlash an’anasidan voz kechishga majbur bo’ldi. Bu omillar va Buyuk Britaniya mustamlakalaridagi milliy-ozodlik kurashi oqibatida Britaniya mustamlakachilik tizimining inqirozi boshlandi.



2.Buyuk Britaniya hukmron doiralari butun choralar bilan mavjud ahvolni o’zgartirishga harakat qildi. 1918 yilning oxirida mamlakatda iqtisodiy o’sish boshlandi. Bu 1920 yilning o’rtalarigacha davom etdi. Bunga keng iste’mol tovarlariga aholi talabining o’sishi hamda urush vayronalarini tiklash ehtiyoji hisobiga erishildi.

Bu o’sish tashqi savdo o’sishida yaqqol namoyon bo’ldi. Chunonchi, shu davr oralig’ida eksport 38,1 foiz o’sdi. Biroq bu o’sish uzoqqa cho’zilmadi. 1920 yilning kuzidayoq mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini qamrab olgan iqtisodiy tanglik boshlandi. 1921 yilda sanoat ishlab chiqarishi uchdan birga qisqardi. va u urushdan oldingi darajaning 68 foizini tashkil etdi. Ko’mir qazib chiqarish 30 foiz, tashqi savdo hajmi esa urushdan oldingi darajadan 2 baravar kamaydi.

1924-1929 yillar davlatlar iqtisodiyotida qisman barqarorlashuvning qoro topishi davri bo’di. Biroq Buyuk Britaniya iqtisodiyoti amalda bir joyda depsinib turdi. Masalan, 1929 yilda sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1913 yil darajasiga arang yetdi. Faqat sanoatning yangi turlari (mashinasozlik, kimyo, samolyotsozlik va avtomobil) hisobigagina bunga erishildi.

1913 yilda rivojlangan davlatlar orasida Buyuk Britaniyaning sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 14,8 foizni tashkil eygan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1926-1929 yillarda 9,8 foizga tushib qoldi.

Buyuk Britaniya iqtisodiy jihatdan tobora orqada qolayotganligining asosiy sababi kapitalni yangilashga kam mablag’ sarflayotgani, investitsiya ko’proq “dengiz orti davlatlari”ga qo’yilayotgani va sanoatda ishlatilayotgan texnika sifat jihatidan raqobatbardosh emasligi edi. Angliya hukmron doiralari bu omillar ahamiyatini o’z vaqtida va to’g’ri anglay olmadilar. Texnika jihatdan qoloqligi tufayli Buyuk Britaniya jahon bozorida birin-ketin o’z mavqeini boy bera boshladi. Eksport tobora qisqara bordi. Tashqi savdo hajmi urushdan oldingi darajaning 87 foizini tashkil etdi, xolos. Importning hissasi tobora ortib bordi. Bu holat oddiy xalqning turmish darajasiga ta’sir etmay qolmadi. Xalq turmush darajasi ancha pasaydi va real ish haqi kamaydi.

3. Bu davrda mamlakat hayotini uchta partiya-Liberallar, Konservativ va Leyboristlar partiyalari o’rtasidagi kurash belgilar edi. Birinchi jahon urushi yillarida hokimiyat tepasida turgan Liberal partiya yuqorida qayd etilgan omillar ta’siri ostida tobora o’z mavqeini yo’qotib bordi. Liberal partiya rahbari, mamlakat bosh vaziri D. Lloyd-Jorj (1863-1945) o’z partiyasining mavqeini saqlab qolish niyatida 1918 yil dekabr oyida parlament saylivini o’tkazdi. Birinchi jahon urushida erishilgan g’alanaga qo’shgan hissasi tufayli Liberal partiya harbiylar orasida salmoqli mavqega ega bo’ldi. Liberallar va Konservatorlar partiyasi saylovda birgalikda ishtirok etdilar.

Ular saylovda mamlakatni iqtisodiy va siyosiy qayta qurish shiori bilan ishtirok etdilar. Saylovchilarga yalpi ish o’rni, mehnatni adolatli taqdirlash, arzon uy-joy, tinchlik, chuqur ijtimoiy islohotlarni o’tkazishni va’da qildilar.

Leyboristlar saylovchilarga ishlab chiqarish vositalariga jamoaviy egalik qilishga imkon beruvcgi yangi jamiyat qurishni, ishchilar hukumati tuzishni, milliy transport, energiya manbalari va banklarni egalardan sotib olish yo’lui bilan milliylashtirishni va’da qildilar.

Saylovda Liberal-Konservatorlar ittifoqi g’alaba qozondi. Ular parlamentdagi 707 o’rindan 477 tasiga ega bo’ldilar (undan 136 tasi Liberal partiyasiga tegishli edi). Leyboristlar 62 o’ringa ega bo’lgan bo’lsalarda, 1910 yildagi saylovga nisbatan 5 baravar ko’p (2,5mln.) ovoz oldilar. Shu tariqa bu partiya brogan sari Liberal partiyani siyosiy kurash maydonidan siqib chiqara boradi.

Ishchilar 40 soatlik ish haftasi joriy etilishini, ish haqi kamaytirilmasligini talab etdilar. Ayniqsa, konchi ishchilar harakati to’lqini kuchli bo’ldi.Ular ish haqini 30 foizga oshirishni, 6 soatlik ish kuni belgilanishini talab eta boshladilar.

Leyboristlar va Liberallar partiyasi (158 o’rin) birgalikda S. Bolduin hukumatiga ishonchsizlik bildirdi. Natijada hukumat iste’fo berishga majbur bo’ldi.

Endi Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta Leyboristlar partiyasiga hukumat tuzish topshirildi. 1924 yil yanvarida bu partiya rahbari R. Makdonald (1966-1937) boshchiligida yangi hukumat tuzildi. R. Makdonald hukumati uzoq yashamadi. Bunga bu hukumatning yirik kapital tazyiqi ostida saylovchilarga bergan va’dasini (ko’mir sanoatini milliylashtirish, ishsizlikni bartaraf etish, ishchilar uchun uy-joy qurish va h.k.o.) bajara olmaganligi sabab bo’ldi.

1924 yil 8 oktabrda Konservatorlar partiyasi deputatlari parlamentda ko’pchilikka ega bo’lmagan leyboristlar hukumatiga ishonchsizlik bildirishga muvaffaq bo’ldilar. R. Makdonald iste’fo berishga majbur bo’ldi. 29 oktabrda bo’lib o’tgan yangi parlament saylovida Konservatorlar partiyasi g’alaba qozondi (415 o’rin). Noyabr oyida S. Bolduin yana bosh vazir lavozimini egalladi.



4. S. Bolduin bosh vazirligi davrida ham (19824-1929) Buyuk Britaniya iqtisodiyotida jiddiy o’zgarishlar bo’lmadi. Garchand avtomobil, elektrotexnika va kimyo sanoati jadal sur’atda rivojlangan bo’lsada, sanoatning an’anaviy tarmoqlari bo’lgan kemasozlik, ko’mir sanoati hamon turg’unlik holatida edi.

Ingliz sarmoyadorlari o’z kapitalini mamlakat sanoatini zamon ruhida rekonstruksiya qilishga sarflashdan ko’ra xorijga chiqarishni afzal bildi. Buning oqibatida Buyuk Britaniya urushgacha bo’lgan mavqeini qayta tiklay ololmadi. Dominion va mustamlakalarda o’z milliy sanoatlari taraqqiy etdi. Buyuk Britaniya imperiyasiga AQSH kapitalining kirib kelishi kuchaydi.

Buyuk Britaniyada bir vaqtlar gullab rivojlangan ko’mir sanoati ayniqsan og’ir ahvolda edi. Urushgacha sanoatning bu tarmog’ida 1 mln. 200 ming ishchi mehnat qilgan va mamlakatda yiliga 290 mln. tonna ko’mir qazib olingan. Urushdan keyin esa ahvol keskin yomonlashib, bu sanoat eng qoloq tarmoqqa aylandi. Bunga kichik-kichik shaxtalarning ko’pligi hamda ular jihozlarining eskirib qolganligi asosiy sabab bo’lgan.

1926 yil aprelda kon egalari konchi ishchilar oldiga ul’timatum qo’ydilar. Unda ishchilardan ish haqining pasaytirilishiga, ish kuni bir soatga oshirilishiga hamda shaxta egalari bilan tred-yunionlar o’rtasida manlakat miqyosida jamoaviy shartnomalar imzolanishining bekor qilinishiga rozi bo’lish talab etilgan edi. Ayni paytda, agar ishchilar bu talabni rad etsalar, lokaut e’lon qilinishi bilan dag’dag’a qildilar. Ul’timatum mamlakatda keskin norozilikka sabab bo’ldi. Shunga qaramay, kon egalari 1926 yilning 1 may kuni ish haqi kamaytirilishini e’lon qildilar.

Bunga javoban 4 may kuni Buyuk Britaniyada ishchilarning umumiy ish tashlashi boshlandi. Unda jami 6 mln. ishchi qatnashdi. Tred-yunionlar umumiy ish tashlash sof iqtisodiy talablar ostida o’tishini istar edi. Biroq ish tashlashlar iqtisodiy doiradan chiqib, siyosiy nizoga aylanishi xavfi tug’ildi.

Chet davlatlar ishchilari Buyuk Britaniya ishchilari bilan birdam ekanliklarini bildirdilar. Ular Buyuk Britaniyaga jo’natilishi mo’ljallangan yuklarni ortishni to’xtatib qo’ydilar. Ish tashlaganlarga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida mablag’ to’plab, Buyuk Britaniya ishchilariga jo’natildi.

Tred-yunionlar rahbariyati Buyuk Britaniyadagi mavjud ijtimoiy-siyosiy tizimni saqlab qolish tarafdori ekanligi tufayli shunday bo’ldi. Hukmron doiralar o’z mavqelarini yanada mustahkamlashga qaror qildilar. Chunonchi, ish tashlashni taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Bunga ko’ra, ish tashlash ayrim olingan bir korxona yoki sanoatning ayrim olingan bir tarmog’idagina o’tkazilishi mumkin edi.

5. 1929 yilning may oyida Buyuk Britaniyada navbatdagi parlament saylovi bo’lib o’tdi. Unda Leyboristlar, kichik farq bilan bo’lsa-da, g’alaba qozondi (287 o’ringa ega bo’ldi. Konservatorlar partiyasi 260 o’ringa ega bo’ldi).

Leyboristlar bu g’alabaga ko’mir snoatini, transport va banklarni milliylashtirish, ishsizlikni tugatish, 7 soatlik ish kunini tiklash, 1927 yilgi tred-yunionlar haqidagi bergan va’dasi tufayli erishdi.Iyun oyida R. Makdonald leyboristlarning ikkinchi hukumatini tuzdi.

1929 yilning kuzida boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi hukumat va’dalarining bajarilishini qiyinlashtirib qo’ydi. 1930 yil boshlarida Buyuk Britaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi va u 1932 yilda o’z cho’qqisiga chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishi 1929 yilga nisbatan 20 foizga qisqardi. Ishsizlar soni 3-3,5 mln. kishini tashkil etdi. Funt sterling qiymati uchdan birga qadrsizlandi. Real ish haqi kamaydi. Qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish qisqardi.

Tashqi savdo hajmi keskin kamaydi. Buyuk Britaniyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni kuchaydi. Shunday shqroitda ham hukumat qator va’dalarni bajardi. Chunonchi, ko’mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. Ishsizlik bo’yicha, sug’urta to’g’risida yangi qonun qbul qilindi. Ishsizlik bo’yicha nafaqa olish muddati 3 oydan bir yilga uzaytirildi.

Hukumat tashqi savdoda erkin savdodan voz kechish va proteksionizm (milliy iqtisodiyotni himoya qilish) yo’lidan bordi. Unga ko’ra, imperiya tarkibiga kiruvchi hududlarda ingliz tovarlaridan olinadigan boj chet davlatlar tovarlarinikidan 10 foiz kam miqdorda belgilandi. Bu tadbir Buyuk Britaniyaning imperiya bozorlaridagi mavqeini mustahkamladi.

Hukumat ko’rgan chora-tadbirlar o’z samarasini berdi. 1932 yil oxiridan boshlab iqtisodiyotda biroz bo’lsa-da sog’lomlashish boshlandi. 1934 yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1929 yil darajasiga yetdi.

1935 yil oxirida parlamentga bo’lib o’tgan saylovlarda Konservatorlar partiyasi g’alaba qozondi (385 o’rin). Bu partiya rahbari S.Bolduin ikkinchi milliy hukumatni tuzdi. Hukumat iqtisodiyotni to’la so’g’lomlashtirish siyosatini davon ettirdi. Chunonchu, proteksionizm davom ettirildi. Bu siyosat avtomobil, aviatsiya, elektrotexnika va kimyo sanoatiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

R. Makdonald 1931 yil 25 avgustda “Milliy hukumat” deb atalgan koalitsion hukumat tuzdi (uning tarkibiga milliy-leyboristlar, milliy-leberallar va konservatorlar partiyasi vakillari kirdi).



6. R. Makdonald realist siyosatchi edi. U o’z siyosiy faoliyatini Buyuk Britaniya qudrati davlat bo’lgan paytdan boshlab, uning bu qudratidan faqat alamli xotira qolgan paytda yakunlandi. R. Makdonald realist bo’lganligi uchun ham Buyuk Britaniyaning sobiq buyukligini, qudratini qayta tiklab bo’lmasligini yaxshi tushunar edi. Biroq u Buyuk Britaniyani bundan keyin ham jahon siyosatida o’z so’zi bor davlat holatida ko’rishni xohlar va shunga astoydil inyilar edi. Garchand u sovetlarga qarshi bo’lsa-da, real voqelikdan kelib chiqib, 1924 yilda Sovet davlatini tan oldi va u bilan diplomatik aloqa o’rnatdi.

Buyuk Britaniya 1925 yilda o’tkazilgan Lokarno konferensiyasi tashabbuskorlaridan biri edi. Bu konferensiya Germaniyani G’arb davlatlari bilan yarashtirishga xizmat qildi. Ayni paytda G’arb davlatlari Germaniyaning Yevropa Sharqidagi erkin harakatiga to’siq bo’luvchi kafolatlar tizimini yaratmadi.

1937 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Konservatorlar partiyasi rahbari N. Chemberlen (1869-1940) o’zining 3 yillik bosh vazirlik faoliyati davomida Gitlerni “tinchlantirish” siyosatining tashabbuskori bo’lib maydonga chiqdi.

Shuning uchun ham Buyuk Britaniya Germaniyaning Avstriya, Chexoslovakiyani bosib olishiga amalda yordamlashdi. U bunday “kichik” yon berishlar bilan butun avlod uchun tinchlikni saqlab qolmoqdaman, deb qayta-qayta uqtirardi.

Biroq Germaniya birinchi navbatda Sovet davlatiga emas, G’arb davlatlariga qarshi urush boshlashi to’g’risidagi rejasi haqidagi ma’lumotlar tez orada Buyuk Britaniyaga ma’lum bo’lib qoldi. Endi Buyuk Britaniya zo’r berib urushda tayyorlana boshladi. Harbiy xarajatlar ikki baravar oshirildi.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya harbiy doktrinani faqat o’zini emas, balki Fransiyani ham himoya qilishga mo’ljallab qayta tuzdi. 1939 yil 15 aprelda Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta tinch davrda umumiy harbiy majburiyat joriy eyildi. Agar Germaniya Polshaga hujum qilsa, Buyuk Britaniya unga harbiy kuch bilan ham yordam beradigan bo’ldi. Bunday kafolatlar Gretsiya, Ruminiyaga ham berildi.

Moskva esa bu orada Buyuk Britaniyaning Germaniya bilan dunyoni o’z ta’sir doiralariga bo’lib olish to’g’rida yashirin muzokaralar olib Borayotganligi haqidagi ma’lumotlarni qo’lga kiritildi. Natijasida Sovet hukumati bunga javoban Germaniya bilan yaqinlashish yo’lini tutdi. Va 1939 yil 23 avgustda Germaniya bilan Sovet davlati o’rtasida o’zaro hujum qilmaslik to’g’risida shartnoma tuzildi.

7. Buyuk Brutaniyaning mustamlakalarida milliy-ozodlik hech vaqt to’xtagan emas. Dominionlar esa o’z huquqlarining yanada kengaytirilishi uchun kurashganlar. Shuning uchun ham Buyuk Britaniya mustamlaka va dominionlarda juda katta qo’shin saqlashga majbur bo’ldi. 1930 yil aprel oyida Hindiston Milliy Kongressi hind xalqini yana fuqaroviy bo’ysunmaslikka chaqirdi (Birinchi bosqich 1919-1922 yillar). Bu narsa kuchli ommaviy namoyishni keltirib chiqardi. Ingliz ma’murlari bu namoyish rahbarlarini juda og’ir jazolarga mubtalo etdi.

1931 yilda Buyuk Britaniya o’z dominionlarining huquqlaridagi cheklashlarni bekor qilish haqidagi hujjatni joriy etishga majbur bo’ldi. Bu hujjat Buyuk Britaniya tarixiga “Vestminster nizomi” nomi bilan kirgan. Hujjat dominionlarning ichki va tashqi siyosatda to’la mustaqilligini e’lon qildi.

Endi dominionlar (Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya) qabul qilgan qarorlar Buyuk Britaniya parlamenti tomonidan tasdiqlanmaydigan bo’ldi. Shu tariqa shu vaqtgacha davom etgan qoida, ya’ni Buyuk Britaniya parlamentining dominionlarda qabil qilingan istalgan qonunni bekor qilish huquqi barham topdi. Biroq Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonga dominion huquqi berishga shoshilmadi. Ayni paytda hukumat dominionlarni mumkin qadar o’z ta’sir doirasida saqlashga harakat qildi.

“Vestminster nizomi”ga ko’ra, dominionlar Buyuk Britaniya bilan birgalikda “Britaniya Millatlar Hamdo’stligi”ga birlashdilar. (Bu hamdo’stlik hozirgi kunda ham mavjud. Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi sobiq dominionlarda hamon davlat boshlig’i Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan tayinlanadi.) 30 yillarda Irlandiya masalasi yana keskinlashdi. 1937 yilda Janubiy Irlandiya Mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Shimoliy Irlandiya esa imperiya tarkibida qolaverdi.




Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish