Tayanch iboralar:
Konservatorlar-konservativ qarashlar maslakdoshlari, u yoki bu islohotlar yohud o’zgarishlarga qarshilar.
Terd-yunionlar-ingliz kasaba uyushmalari harakatidagi oqim. Asosiy maqsadi xayotning iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilash uchun kurash.
Depressiya-ortiqcha ishlab chiqarish inqirozidan so’ng ro’y beradigan, iqtisodiyot turg’unligi, tovarlarga talab kamligi, ommaviy ishsizlik bilan tavsiflanadigan davr.
Dominion-Britaniya imperiyasi tarkibida bo’lgan ingliz qirolini o’z rahbari deb e’tirof etuvchi davlat.
Investitsiya-sarmoyaning biror-bir korxona, ishga uzoq muddatga joylashtirilishi.
Nazorat savollari:
1. 1918-1939 yillardagi Buyuk Britaniya iqtisodiy taraqqiyoti haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Buyuk Britaniya ichki siyosati hayoti qay yo’nalishda davom etdi?
3. N. Chemberlenning Germaniyani tinchlantirish siyosati qanday oqibatlarga olib kelgan edi?
4. Dominionlar haqida nima bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |